Apteka.uz
SavatKirish

Immunoglobulin analoglari

To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar

Analog dorilar
OKTAGAM infuziya uchun eritma 20ml 50mg/ml
Retseptli
OKTAGAM infuziya uchun eritma 20ml 50mg/ml
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Octapharma Pharmazeutika Produktionsges m.b.H.
Narxi
1 899 000 so'm dan
INTRATEKT eritma 50ml 50mg/ml
Retseptli
INTRATEKT eritma 50ml 50mg/ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Biotest Pharma GmbH
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

Immunoglobulin

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Preparat faqat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qo'llaniladi. Odam antirezus Rh0 (D) immunoglobulini Rh0 (D) antigeniga sensibilizatsiya bo'lmagan (ya'ni rezus-antitanachalar ishlab chiqarmagan) rezus-manfiy ayollarda, birinchi homiladorlik va qoni ona qoni bilan ABO tizimi qon guruhlari bo'yicha mos keladigan rezus-musbat bola tug'ilishi sharti bilan qo'llaniladi. Preparat shuningdek Rh0 (D) antitanachasiga sensibilizatsiya bo'lmagan rezus-manfiy ayollarda homiladorlik sun'iy to'xtatilganda, erining qoni rezus-musbat bo'lgan hollarda qo'llaniladi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Davolash jarayonida ba'zi bemorlarda asosiy kasallikning biroz va qisqa muddatli kuchayishi yuzaga kelishi mumkin, kamdan-kam hollarda yuborilgandan keyingi birinchi sutka davomida giperemiya ko'rinishidagi mahalliy reaktsiyalar, shuningdek haroratning 37°C gacha ko'tarilishi rivojlanishi mumkin, bu preparatni yuborishni to'xtatish uchun asos bo'lmaydi. Yaqqol umumiy reaktsiyalar (arterial qon bosimining pasayishi, holsizlik, ko'ngil aynishi, bosh aylanishi), shuningdek asosiy kasallikning yaqqol kuchayishi paydo bo'lganda preparat bilan davolash to'xtatiladi. Interkurrent kasalliklar (gripp, o'tkir respirator kasalliklar) rivojlanganda immunoglobulin bilan davolash bekor qilinadi. Bemor preparat bilan davolash kursi davomida rivojlangan barcha noxush reaktsiyalar holatlari haqida davolovchi shifokorni xabardor qilishi zarurligi to'g'risida ogohlantirilgan bo'lishi kerak.
Batafsil

Retseptli

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Eritma
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi

Intratekt

Qo‘llash ko‘rsatmalari
Ma'lumot topilmadi
Nojo'ya ta'sirlar
Ma'lumot topilmadi
Batafsil

Retseptli

Kategoriya
Immunobiologik
Mavjud chiqarilish shakllari
  • Eritma
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi

Oktagam

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • O'rinbosar terapiya: — birlamchi immunitet tanqisligi sindromlari, sh.j. tug'ma agammaglobulinemiya va gipogammaglobulinemiya, tasniflanmagan variabelli immunitet tanqisligi, og'ir kombinatsiyalangan immunitet tanqisliklari, Viskott-Oldrich sindromi; — og'ir ikkilamchi gipogammaglobulinemiya va qaytalanuvchi infektsiyalar bilan kechuvchi mieloma kasalligi yoki surunkali limfoleykoz; — tug'ma OIV-infektsiyasi bor bolalarda qaytalanuvchi infektsiyalar. Immunomodulyatsiya qiluvchi terapiya: — qon ketish xavfi yuqori bo'lgan kattalar va bolalarda yoki trombotsitlar sonini korrektsiya qilish uchun jarrohlik aralashuvidan oldin idiopatik trombotsitopenik purpura; — Giyen-Barre sindromi; — Kavasaki kasalligi; — suyak ko'migi transplantatsiyasi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Grippsimon sindrom: et uvishishi, bosh og'rig'i, gipertermiya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AB pasayishi; kamdan-kam hollarda - kollaps; bosh miya yoki yurak ishemiyasida, keksa yoshdagi bemorlarda, semizlikda, yaqqol gipovolemiyada, plazma qovushqoqligi oshganda (masalan, gipergammaglobulinemiyada, giperfibrinogenemiyada, o'roqsimon hujayrali anemiyada), tomirlarning okklyuzion kasalliklarida - tranzitor ishemik hujumlar va/yoki tromboembolik asoratlar. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: giperkreatininemiya, o'tkir buyrak yetishmovchiligi (ayniqsa anamnezida buyrak yetishmovchiligi bo'lganida, qandli diabetda, gipovolemiyada, semizlikda, nefrotoksik preparatlar bilan hamroh davolashda, 65 yoshdan oshgan bemorlarda). Qon yaratish tizimi tomonidan: yakka hollarda - o'tkinchi gemolitik anemiya, gemoliz. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish; kamdan-kam hollarda - anafilaktik shok. Boshqalar: artralgiya, bel va dumg'aza sohasida og'riqlar; yakka hollarda - qaytuvchan aseptik meningit; qandli diabetda - giperglikemiya. Nojo'ya ta'sir rivojlanganda preparat yuborish tezligini kamaytirish yoki infuziyani to'xtatish kerak.
Batafsil

Retseptli

Kategoriya
Immunobiologik
Mavjud chiqarilish shakllari
  • Eritma
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil