Xikonsil analoglari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar


Guruh analoglari
Xikonsil
- Monoterapiya ko'rinishida va klavulan kislotasi bilan kombinatsiyada qo'llash uchun: sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklari, sh.j. bronxit, pnevmoniya, angina, pielonefrit, uretrit, MTY infektsiyalari, ginekologik infektsiyalar, teri va yumshoq to'qimalarning infektsion kasalliklari, listerioz, leptospiroz, gonoreya. Metronidazol bilan kombinatsiyada qo'llash uchun: Helicobacter pylori bilan bog'liq zo'rayish fazasidagi surunkali gastrit, zo'rayish fazasidagi oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi.
- Allergik reaktsiyalar: eshakemi, eritema, Kvinke shishi, rinit, kon'yunktivit; kamdan-kam hollarda - isitma, bo'g'imlarda og'riq, eozinofiliya; yakka hollarda - anafilaktik shok. Kimyoterapiya ta'siri bilan bog'liq effektlar: superinfektsiyalar rivojlanishi mumkin (ayniqsa surunkali kasalliklari bo'lgan yoki organizm qarshiligi pasaygan bemorlarda). Uzoq muddat yuqori dozalarda qo'llanilganda: bosh aylanishi, ataksiya, ongning chalkashishi, depressiya, periferik nevropatiyalar, tirishishlar. Asosan metronidazol bilan kombinatsiyada qo'llanilganda: ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diareya, qabziyat, epigastriyda og'riqlar, glossit, stomatit; kamdan-kam hollarda - gepatit, soxtamembranoz kolit, allergik reaktsiyalar (eshakemi, angionevrotik shish), interstitsial nefrit, gemopoezning buzilishi. Asosan klavulan kislotasi bilan kombinatsiyada qo'llanilganda: xolestatik sariqlik, gepatit; kamdan-kam hollarda - ko'p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz, eksfoliativ dermatit.
Retseptli
- Kapsulalar
- Kukun
Ospamoks
Bolalar va kattalarda quyidagi infektsiyalarni davolash:
-o'tkir bakterial sinusit;
-o'tkir o'rta otit;
-o'tkir streptokokkli tonzillit va faringit;
-surunkali bronxitni zo'rayishi;
-kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
-o'tkir tsistit;
-homiladorlarda simptomsiz bakteriuriya;
-o'tkir pielonefrit;
-TIF va paratif;
-tarqaluvchi flegmona bilan kechuvchi dental abssess;
-protezlangan bo'g'im infektsiyasi;
-Helicobacter pylori eradikasiyasi;
-Laym kasalligi. Endokarditni oldini olishda qo'llanadi.
Antibakterial preparatlarni tegishli qo'llash bo'yicha rasmiy yo'riqnomalarni e'tiborga olish kerak.
Retseptli
- Tabletkalar
- Kukun
Amoksitsillin
- Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan bakterial infektsiyalar: — nafas yo'llari quyi bo'limlari infektsiyalari (surunkali bronxit zo'rayishi, bo'lakli pnevmoniya va bronxopnevmoniya); — LOR-a'zolari infektsiyalari (o'rta otit, sinusit, qaytalanuvchi tonzillit); — siydik chiqarish yo'llari infektsiyalari (sh.j. tsistit, uretrit, pielonefrit); — kichik tos a'zolari infektsiyalari (sh.j. salpingit, salpingooforit, endometrit, septik abort, pelvioperitonit, tug'ruqdan keyingi sepsis); — teri va yumshoq to'qimalar infektsiyalari (flegmona, yara infektsiyasi, saramas, impetigo, xo'ppozlar); — suyak va bo'g'imlar infektsiyalari (sh.j. surunkali osteomielit); — jinsiy yo'l bilan yuqadigan infektsiyalar (gonoreya, yumshoq shankr); — boshqa infektsion kasalliklar: septitsemiya, peritonit, intraabdominal sepsis, operatsiyadan keyingi infektsiyalar. Operatsiyadan keyingi infektsiyalarning oldini olish, MTY, kichik tos a'zolari, bosh va bo'yin, yurak, buyrak, o't yo'llaridagi jarrohlik aralashuvlarida, shuningdek...
- Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko'ngil aynishi, qusish, dispeptik buzilishlar, kolit (shu jumladan soxtamembranoz va gemorragik). Jigar va o't yo'llari tomonidan: AST va ALT faolligining o'rtacha oshishi, gepatit, xolestatik sariqlik (boshqa penitsillinlar va tsefalosporinlar bilan birga qo'llanilganda), ishqoriy fosfataza faolligi va/yoki bilirubin kontsentratsiyasining oshishi. Buyrak va siydik yo'llari tomonidan: interstitsial nefrit, kristalluriya, gematuriya. Asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, tirishishlar (buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda preparat yuqori dozalarda qabul qilinganda namoyon bo'lishi mumkin), uyqusizlik, qo'zg'alish, xavotir, xulq-atvorning o'zgarishi, qaytuvchan giperfaollik. Qon yaratish va limfa tizimi tomonidan: qaytuvchan leykopeniya (shu jumladan neytropeniya), trombotsitopeniya, qaytuvchan agranulotsitoz va gemolitik anemiya, protrombin vaqti va qon ketish vaqtining uzayishi, eozinofiliya, trombotsitoz, anemiya. Superinfektsiya: teri va shilliq qavatlar kandidozi. Mahalliy reaktsiyalar: ayrim hollarda - v/i yuborilgan joyda flebit. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, ko'p shaklli ekssudativ eritema, angionevrotik shish, anafilaktik reaktsiyalar, zardob kasalligiga o'xshash sindrom, allergik vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bullyoz eksfoliativ dermatit, o'tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz.
Retseptli
- Tabletkalar
- Kapsulalar
- Kukun
- Suspensiya
- Granulalar

























