Konkorning aptekalardagi narxlari
KONKOR KOR tabletkalari 2,5mg N60
|
|
3 ta dorixonada bor
|
78 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
KONKOR tabletkalari 5mg N50
|
|
273 ta dorixonada bor
|
75 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
104 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
18 800 so'mdan
Bron qilish
|
KONKOR KOR tabletkalari 2,5mg N30
|
|
251 ta dorixonada bor
|
6 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
60 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
49 800 so'mdan
Bron qilish
|
KONKOR tabletkalari 10mg N30
|
|
136 ta dorixonada bor
|
68 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
78 000 so'mdan
Bron qilish
|
KONKOR tabletkalari 5mg N30
|
|
68 ta dorixonada bor
|
66 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
81 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
68 000 so'mdan
Bron qilish
|
KONKOR tabletkalari 10mg N50
|
|
264 ta dorixonada bor
|
95 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
178 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
115 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Konkor ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
KONKOR
CONCOR
Preparatning savdo nomi: Konkor
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): bisoprolol
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Yadrosi:
faol modda: bisoprolol fumarati – 5,0 mg/10,0 mg;
yordamchi moddalar: suvsiz kalsiy gidrofosfati – 132,0 mg/127,5 mg; mayda kukunli makkajo‘xori kraxmali – 14,5 mg/14,0 mg; suvsiz kolloid kremniy dioksidi –
1,5 mg/1,5 mg; mikrokristall sellyuloza – 10,0 mg/10,0 mg; krospovidon – 5,5 mg/5,5 mg; magniy stearati – 1,5 mg/1,5 mg.
Plyonka qobig‘i:
gipromelloza 2910/15 – 2,2 mg/2,2 mg; makrogol 400 – 0,53 mg/0,53 mg; dimetikon 100 – 0,11 mg/0,22 mg; temir (II) oksidi bo‘yovchisi (Ye172) – 0,02 mg/0,12 mg; titan dioksidi (Ye171) – 0,97 mg/0,85 mg.
Ta‘rifi:
Plyonka qobiq bilan qoplangan 5 mg li tabletkalar: plyonka qobiq bilan qoplangan, har ikkala tomonida riskasi bo‘lgan, ikki tomonlama qavariq, yuraksimon shaklli och-sariq rangli tabletkalar.
Plyonka qobiq bilan qoplangan 10 mg li tabletkalar: plyonka qobiq bilan qoplangan, har ikkala tomonida riskasi bo‘lgan, ikki tomonlama qavariq, yuraksimon shaklli och-to‘q sariq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: selektiv beta1 – adrenoblokator.
ATX kodi: C07AB07.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ta‘sir mexanizmi
Bisoprolol – yaqqol ifodalangan ichki simpatomimetik va membranobarqarorlashtiruvchi faollikka ega bo‘lmagan, yuqori selektiv β1-adrenoblokator. Bronxlar va tomirlarning silliq mushaklarida joylashgan β2-adrenoreseptorlarga, shuningdek metabolizm jarayonlarida ishtirok etuvchi β2-adrenoreseptorlarga nisbatan kam o‘xshashlikka ega. Shu sababli, nafas yo‘llarining qarshiligiga va β2-bog‘liq metabolizm jarayonlariga bisoprololning ta‘siri mo‘ljallanmaydi. β1-selektivlik terapevtik diapazoni doirasidan tashqarida saqlanadi. Bisoprolol yaqqol ifodalangan salbiy inotrop ta‘sirga ega emas.
Maksimal ta‘sirga ichga qabul qilinganidan keyin 3-4 soat o‘tgach erishiladi. Sutkada bir marta buyurilganida yarim chiqarilish davri 10-12 soatni tashkil etadi, ta‘siri esa 24 soat saqlanadi. Umuman, bisoprololning maksimal antigipertenziv ta‘siriga davolash boshlanishidan 2 hafta o‘tgach erishiladi.
Surunkali yurak kasalligi bo‘lmagan, yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarga shoshilinch davolash amalga oshirilganida bisoprolol yurak qisqarishlari tez-tezligini va zarbdor hajmni kamaytiradi, va shu bilan chiqarilish fraksiyasini kamaytiradi va miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini pasaytiradi. Uzoq vaqt davomida davolashda avvaldan yuqori bo‘lgan umumiy periferik tomir qarshiligi kamayadi. Bulardan tashqari, β-adrenoblokatorlarning antigipertenziv ta‘siri asosida bo‘lgan mexanizm sifatida plazmada renin faolligini pasayishi muhokama qilinmoqda.
Bisoprolol yurakda β1-adrenoreseptorlarni blokada qilgan holda adrenergik regulyasiyani susaytiradi. Bu yurak qisqarishlarining sekinlashishini va qisqaruvchanlikning pasayishini keltirib chiqaradi, bu esa o‘z navbatida miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini pasayishiga olib keladi. Miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini pasayishi stenokardiyali va yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda kutilgan samara bo‘lib hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Bisoprolol ichga qabul qilinganida 90% dan ortig‘i me‘da-ichak yo‘llari orqali so‘riladi. Preparatni ovqatlanish vaqtida qabul qilish uni so‘rilishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
«Birinchi o‘tish» samarasi ≤ 10%. Mutlaq biokiraolishi taxminan 90% ni tashkil etadi.
Taqsimlanishi
Bisoprololni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 30% ni tashkil etadi. Taqsimlanish hajmi – 3,5 l/kg.
Metabolizmi va chiqarilishi
Bisoprolol organizmdan ikkita yo‘l orqali chiqariladi: 50 foizi nofaol metabolitlarni hosil qilgan holda jigarda biotransformasiyaga uchraydi, ular keyinchalik buyraklar orqali chiqariladi, qolgan 50 foizi siydik bilan birga o‘zgarmas ko‘rinishda chiqariladi. Dori vositasi buyraklar orqali ham, jigar orqali ham bir xil darajada chiqarilishi tufayli, yengil yoki o‘rtacha darajada jigar va buyrak faoliyati buzilishlari bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi (shuningdek «Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limida «Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida dozalash» qismiga qarang).
Umumiy klirens taxminan soatiga 15 l ni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri – 10-12 soat (shuningdek «Farmakodinamikasi» bo‘limiga qarang).
To‘g‘ri proporsionalligi
Bisoprolol kinetikasi chiziqli xarakterga ega va yoshga bog‘liq emas.
Qo‘llanilishi
– Arterial gipertenziya
– Yurakning ishemik kasalligi (stenokardiya).
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash tartibi
Davolashni ko‘proq kichik dozalardan boshlab, keyinchalik ularni asta-sekin oshirib borgan holda amalga oshirish lozim. Barcha hollarda dozani individual ravishda, puls tez-tezligi va davolash samarasiga muvofiq tanlash lozim.
Arterial gipertenziya
Bisoprolol fumaratining tavsiya etiladigan dozasi kuniga 1 marta 5 mg ni tashkil etadi.
Yengil arterial gipertenziyada (diastolik AB 105 mm sim. ust. qadar) doza sutkada 1 marta 2,5 mg ni tashkil etishi mumkin.
Zarurat bo‘lganida, dozani sutkada 10 mg gacha oshirish mumkin. Dozani keyingi oshirilishi faqat mutlaq hollarda o‘zini oqlashi mumkin.
Maksimal sutkalik doza 20 mg.
Yurakning ishemik kasalligi (stenokardiya)
Bisoprolol fumaratining tavsiya etiladigan dozasi kuniga 1 marta 5 mg ni tashkil etadi.
Zarurat bo‘lganida, dozani sutkada 10 mg gacha oshirish mumkin. Dozani keyingi oshirilishi faqat mutlaq hollarda o‘zini oqlashi mumkin.
Maksimal sutkalik doza 20 mg.
Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida dozalash
Yaqqol ifodalanmagan yoki o‘rtacha darajada jigar va/yoki buyrak faoliyati buzilishlari bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Og‘ir darajada buyrak faoliyati buzilishlari (kreatinin klirensi < 20 ml/min) bo‘lgan pasientlarda va yaqqol ifodalangan jigar faoliyati buzilishlari bo‘lgan pasientlarda bisoprolol fumaratining sutkalik dozasi 10 mg dan oshmasligi kerak.
Dializda bo‘lgan pasientlarda bisoprololni qo‘llashning cheklangan tajribasi mavjud. Dozalash rejimini o‘zgartirishga zarurat yo‘q.
Keksa yoshdagi insonlar
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Bolalar
Pediatriya amaliyotida bisoprololni qo‘llash tajribasi mavjud emas, demak uni mazkur guruhdagi pasientlarda qo‘llash uchun tavsiya qilib bo‘lmaydi.
Qo‘llash usuli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni ertalab, ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmagan holda chaynamasdan, kichik miqdordagi suv bilan butunligicha yutish lozim.
Davolash davomiyligi
Davolash davomiyligi cheklanmagan va kasallikning tabiati va og‘irlik darajasiga bog‘liq. Konkor preparati bilan davolash kursini, ayniqsa yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda birdaniga to‘xtatib bo‘lmaydi, chunki bu pasient salomatligi holatini o‘tkir yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Agar davolashni to‘xtatish zarur bo‘lsa, dozani bosqichma-bosqich kamaytirish (masalan, dozani haftada ikki baravar kamaytirish) lozim.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya reaksiyalar tez-tezligini aniqlash uchun quyidagi toifalardan foydalaniladi:
Tez-tez: ≥1/100 dan <1/10 gacha
Tez-tez emas: ≥1/1 000 dan <1/100 gacha
Kam hollarda: ≥1/10 000 dan <1/1000 gacha
Juda kam hollarda: <1/10 000
Tez-tezligi noma‘lum: mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas.
Laboratoriya va instrumental ma‘lumotlar
Kam hollarda: trigliseridlar darajasining oshishi, jigar fermentlari (ALT, AST) faolligini oshishi.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: bradikardiya, AV-o‘tkazuvchanligini buzilishi, mavjud yurak yetishmovchiligini kuchayishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: bosh aylanishi*, bosh og‘rig‘i*.
Kam hollarda: hushdan ketish.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: yosh ajralishini kamayishi (kontakt linzalarini taquvchi pasientlarda e‘tiborga olish lozim).
Juda kam hollarda: kon‘yunktivit.
Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va muvozanatni buzilishi
Kam hollarda: eshitish qobiliyatini buzilishi.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a‘zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: bronxial astmasi yoki anamnezda nafas yo‘llarining obstruktiv kasalligi bo‘lgan pasientlarda bronxospazm.
Kam hollarda: allergik rinit.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat kabi me‘da-ichak yo‘llari tomonidan shikoyatlar.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (qichishish, terini qizarishi, toshma).
Juda kam hollarda: soch to‘kilishi. β-adrenoblokatorlar psoriazni keltirib chiqarishi yoki psoriaz kechishini qiyinlashtirishi, shuningdek terida psoriazga o‘xshash o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: mushak zaifligi, mushak spazmlari.
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tez: qo‘l-oyoqlarda sovuqlikni sezish yoki ularni uvishishi.
Tez-tez emas: gipotenziya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar
Tez-tez: charchoq*.
Tez-tez emas: asteniya.
Jigar va safro yo‘llari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: gepatit
Jinsiy a‘zolar va ko‘krak bezi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: erkaklarda jinsiy faoliyatni buzilishi.
Ruhiyatni buzilishi
Tez-tez emas: depressiya, uyquni buzilishi.
Kam hollarda: dahshatli tushlar, gallyusinasiyalar.
*Ushbu simptomlar, odatda, davolashni boshida paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda ular kuchsiz ifodalangan bo‘ladi va 1-2 hafta ichida yo‘qoladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Mazkur preparatni quyidagi holatlardagi pasientlarda qo‘llash mumkin emas:
- inotrop davolashni talab qiladigan o‘tkir yurak yetishmovchiligi yoki dekompensasiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi;
- kardiogen shok;
- ikkinchi yoki uchinchi darajadagi AV-blokada (elektrokardiostimulyatorsiz pasientlarda);
- sinus tuguni zaifligi sindromi;
- sinoatrial blokada;
- simptomatik bradikardiya;
- simptomatik gipotenziya;
- og‘ir bronxial astma;
- oyoqlar arteriyalari obliterasiyalanuvchi aterosklerozining og‘ir shakllari va Reyno sindromi;
- davolash buyurilmaganida feoxromositoma («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang);
- metabolik asidoz;
- bisoprololga yoki preparatning har qanday yordamchi komponentlariga («Tarkibi» bo‘limiga qarang) yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Quyidagi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi:
Verapamil turidagi kalsiy antagonistlari va, kam darajada, diltiazem turidagi preparatlar: miokardni qisqarishiga va atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikka salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Verapamil turidagi kalsiy antagonistlarini β-adrenoblokatorlarini qabul qilayotgan pasientlarda vena ichiga yuborish yaqqol ifodalangan arterial gipotenziyaga va atrioventrikulyar blokadaga olib kelishi mumkin.
Klonidin turidagi va boshqa (masalan, metildopa, moksonidin, rezerpin) markaziy ta‘sir etuvchi antigipertenziv preparatlar: markaziy ta‘sir etuvchi antigipertenziv preparatlardan foydalangan holda majmuaviy davolash simpatik nerv tizimi tonusini pasayishi tufayli yurak yetishmovchiligini rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lib, u yurak qisqarishlari tez-tezligini kamayishi, yurakda qon chiqarib tashlashlarni pasayishi, vazodilatasiya bilan kechadi. Markaziy ta‘sir etuvchi antigipertenziv preparat qo‘llanilishini birdaniga, ayniqsa β-adrenoblokatorni qabul qilish to‘xtatilishiga qadar bekor qilish «rikoshetli» arterial gipertenziyani rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llashni talab qiladigan kombinasiyalar:
I sinf antiaritmik preparatlar (masalan, xinidin, dizopiramid, lidokain, fenitoin, flekainid, propafenon): atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni sekinlashishi va salbiy inotrop ta‘sirni kuchayishi.
Digidropiridinlar hosilalari guruhidagi kalsiy antagonistlari (masalan, nifedipin): bir vaqtda qo‘llash arterial gipotenziya rivojlanishi xavfini oshiradi va yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda yurak qorinchalarining nasos faoliyatini yomonlashishi xavfini istisno etmaydi.
I sinf antiaritmik preparatlar (masalan, amiodaron): atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikka ta‘sirni kuchaytirishi mumkin.
Parasimpatomimetiklar: bir vaqtda qo‘llash atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni sekinlashtiradi va bradikardiya rivojlanishi xavfini oshiradi.
Mahalliy qo‘llash uchun β-adrenoblokatorlar (masalan, glaukomani davolash uchun ko‘z tomchilari) bisoprololning tizimli ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
Insulin va peroral gipoglikemik vositalar: gipoglikemik ta‘sir kuchayadi. β-adrenoreseptorlarni blokada qilish oqibatida gipoglikemiya simptomlari yashirin bo‘lishi mumkin.
Anestetiklar: reflektorli taxikardiyani susaytirilishi va arterial gipotenziya xavfini oshishi mumkin (shuningdek «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
Yurak glikozidlari: yurak qisqarishlari tez-tezligi pasayishi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik sekinlashishi mumkin.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP): gipotenziv ta‘sirni kuchsizlanishi. β-adrenomimetiklarni (masalan, dobutamin, orsiprenalin): bisoprolol bilan bir vaqtda qo‘llash har ikkala dori vositalari ta‘sirini pasayishiga olib kelishi mumkin. Allergik reaksiyalarni davolashda adrenalinning yuqoriroq dozalari talab qilinishi mumkin.
α- va β-adrenoreseptorlarni rag‘batlantiruvchi vositalar (masalan, adrenalin, noradrenalin): arterial qon bosimi oshishi va o‘zgaruvchan cho‘loqlanishning namoyon bo‘lishi kuchayishi mumkin. Noselektiv β-adrenoblokatorlar qo‘llanilganida bunday o‘zaro ta‘sirlarni yuz berish ehtimoli ko‘proq.
Trisiklik antidepressantlar, barbituratlar, fenotiazinlar, shuningdek antigipertenziv ta‘sir ko‘rsatuvchi boshqa vositalar: gipotenziv ta‘sir kuchayadi.
E‘tiborga olish kerak bo‘lgan kombinasiyalar:
Mefloxin: bradikardiya rivojlanishini yuqori xavfi bo‘lishi mumkin.
Monoaminoksidaza ingibitorlari (MAO-V ingibitorlari bundan mustasno): β-adrenoblokatorning gipotenziv ta‘siri kuchayishi mumkin, ammo ayni vaqtda gipertonik kriz rivojlanishi xavfi mavjud.
Maxsus ko‘rsatmalar
Konkor preparati bilan, ayniqsa yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda davolashni to‘satdan to‘xtatish mumkin emas, chunki bu holatni o‘tkinchi yomonlashishiga olib kelishi mumkin («Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limiga qarang).
Konkorni yurak yetishmovchiligi bilan birga kechuvchi arterial gipertenziya yoki stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Konkorni quyidagi hollarda o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim:
- qonda glyukoza darajasining sezilarli o‘zgarishlari bo‘ladigan qandli diabetda; gipoglikemiya simptomlari (masalan, taxikardiya, yurakni tez urish hissi yoki ko‘p terlash) bilinar-bilinmas bo‘lishi mumkin;
- qat‘iy ochlik;
- davomli desensibilizasiyalovchi davolashda.
Boshqa β-adrenoblokatorlarni qo‘llashdagi kabi, bisoprolol allergenlarga sezuvchanlikni kuchaytirishi va anafilaktik reaksiyalarning og‘ir kechishini kuchaytirishi mumkin. Adrenalin bilan davolash kutiladigan terapevtik ta‘sirni har doim ham beravermaydi.
- birinchi darajali AV-blokada;
- Prinsmetal stenokardiyasi;
- oyoqlardagi arteriyalarning obliterasiyalovchi aterosklerozi (simptomlarni yomonlashishi ayniqsa davolashni boshlanishida qayd etilishi mumkin).
Garchand kardioselektiv (β1) β-adrenoblokatorlar noselektivlariga nisbatan o‘pka faoliyatiga kam darajada ta‘sir ko‘rsatsa-da, barcha β-adrenoblokatorlar singari, agar ularni qo‘llash uchun ishonarli klinik asoslar bo‘lmasa, ular o‘pkaning obstruktiv kasalligi bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas. Bunday asoslar mavjud bo‘lganida, Konkor preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash mumkin. Bronxial astmada yoki klinik simptomlari bo‘lgan o‘pkaning boshqa surunkali obstruktiv kasalligida bronxodilyatatorlar bilan bir vaqtda davolash buyurilishi kerak. Kam hollarda bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda nafas yo‘llari qarshiligining oshishi β2-simpatomimetiklarning yuqoriroq dozalarini qo‘llashni talab qiladi.
Umumiy anesteziya
Umumiy anesteziya o‘tkazilayotgan pasientlarda dastlabki kirish anesteziyasida, intubasiyada va operesiyadan keyingi davrda β-adrenoblokatorlarni qo‘llash aritmiya va miokard ishemiyasi rivojlanishi xavfini pasaytiradi. Hozirgi vaqtda perioperasiya davrida β-adrenoblokatori bilan davolashni davom ettirish tavsiya etiladi. Anesteziolog pasient tomonidan β-adrenoblokatorlarni qo‘llanilgani haqida xabardor bo‘lishi kerak, chunki bu ehtimol dorilarning o‘zaro ta‘siriga olib kelishi mumkin, bu esa bradiaritmiya rivojlanishi va reflektorli taxikardiya susaytirilishini, shuningdek qon yo‘qotilishini kompensasiya qilishning reflektor qobiliyati pasayishini keltirib chiqarishi mumkin. Jarrohlik aralashuvi o‘tkazilishidan oldin β-adrenoblokator qo‘llanilishini bekor qilish zarurati yuzaga kelganida, buni rejalashtirilgan anesteziyaga qadar 48 soat davomida bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim.
Anamnezda psoriazi bo‘lgan pasientlarda β-adrenoblokatorlar (masalan, bisoprolol) buyurilishidan oldin «foyda-xavf» nisbatini sinchkovlik bilan baholash lozim.
Feoxromositomali pasientlarda α-adrenoreseptorlar dastlabki blokada qilinganidan keyin bisoprololni qo‘llash mumkin.
Bisoprolol bilan davolanganda tireotoksikoz simptomlari yashirin kechishi mumkin.
Konkor preparatini qo‘llash doping-nazorat amalga oshirilganida ijobiy natijaga olib kelishi mumkin.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik
Bisoprololning farmakologik faolligi homiladorlikni kechishiga va/yoki homilaga/yangi tug‘ilgan chaqaloqqa nomaqbul ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Umuman, β-adrenoblokatorlar yo‘ldoshda qon oqimini buzadi, bu homilani ona qornida rivojlanishini ushlanib qolishiga, homilaning ona qornida nobud bo‘lishiga, bola tashlashga yoki muddatidan ilgari tug‘ruqqa olib keladi. Nomaqbul ta‘sirlar (masalan, gipoglikemiya va bradikardiya) homilada va yangi tug‘ilgan chaqaloqda yuzaga kelishi mumkin. β-adrenoblokatorlar bilan davolash zarurati bo‘lganida β1-adrenoblokatorlarni qo‘llash afzalroq bo‘ladi.
Bisoprololni yaqqol zarurat bo‘lmaganida homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bisoprololni qo‘llash zarurati bo‘lganida bachadon-yo‘ldosh qon oqimini va davolash jarayonida homilaning ona qornida rivojlanishini nazorat qilish talab qilinadi. Homiladorlikni kechishiga yoki homilaga salbiy ta‘sir bo‘lganida davolashning muqobil variantlarini ko‘rib chiqish lozim. Yangi tug‘ilgan chaqaloq holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish lozim. Gipoglikemiya va bradikardiya simptomlari ko‘pchilik hollarda hayotning dastlabki 3 kunida yuzaga keladi.
Emizish
Bisoprololning ona sutiga o‘tishi noma‘lum. Shu sababli, laktasiya davrida bisoprolol bilan davolash tavsiya etilmaydi.
Avtomobilni boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda bisoprolol transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmagan. Biroq, preparatga nisbatan individual reaksiyalar rivojlanganida transport vositalarini boshqarish yoki texnik jihatdan murakkab bo‘lgan mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati buzilishi mumkin. Bunga davolash boshlanishida va preparat dozasi o‘zgartirilganidan keyin, shuningdek alkogolni bir vaqtda qo‘llanilganida e‘tibor qaratish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Bradikardiya, arterial gipotenziya, bronxospazm, o‘tkir yurak yetishmovchiligi va gipoglikemiya β-adrenoblokatorlar bilan dozani oshirib yuborilishining ko‘p uchraydigan belgilariga taalluqlidir. Hozirda arterial gipertenziyali va/yoki yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda bisoprolol dozasini (maksimal doza 2000 mg) oshirib yuborilishining ber nechta hollari ma‘lum. Mazkur pasientlarda bradikardiya va arterial gipotenziya rivojlanishi qayd etilgan bo‘lib, barcha pasientlar sog‘aygan.
Bisoprololning yuqori dozasini bir marta qabul qilishga sezuvchanlik pasientlarda sezilarli darajada farq qiladi. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar yuqoriroq sezuvchanlikka ega ekanligi to‘liq ehtimoldan xoli emas.
Davolash
Doza oshirib yuborilganida preparatni qabul qilish to‘xtatilishi va tutib turuvchi hamda simptomatik davolashni boshlash lozim. Cheklangan ma‘lumotlarga ko‘ra, bisoprolol yomon dializlanadigan moddalarga mansub. Farmakologik ta‘sirni va boshqa β-adrenoblokatorlari uchun qo‘llashga doir tavsiyalarni inobatga olgan holda klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha quyidagi umum qabul qilingan tadbirlarni o‘tkazish lozim.
Bradikardiya: atropinni vena ichiga yuboriladi. Ta‘sir yetarlicha bo‘lmaganida orsiprenalinni yoki ijobiy xronotrop ta‘sirga ega boshqa dori vositasini ehtiyotkorlik bilan yuborish mumkin. Ayrim hollarda kardiostimulyatorlarni o‘rnatish talab qilinishi mumkin.
Arterial gipotenziya: Infuzion davolash va vazopressorlarni yuborish amalga oshiriladi. Glyukagonni vena ichiga yuborish samarali bo‘lishi mumkin.
AV-blokada (II va III darajali): pasientlar sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishi va vena ichiga in‘eksiyalar ko‘rinishida orsiprenalinni olishlari kerak. Zarurat bo‘lganida kardiostimulyator o‘rnatiladi.
O‘tkir yurak yetishmovchiligi: diuretiklar, ijobiy inotrop ta‘sirga ega preparatlarni, vazodilyatatorlarni vena ichiga yuboriladi.
Bronxospazmda: orsiprenalin, β2-simpatomimetiklar va/yoki aminofillin kabi bronxodilyatatorlarni buyuriladi.
Gipoglikemiya: glyukozani vena ichiga yuboriladi.
Chiqarilish shakli
30 tabletkadan alyuminiyli folga va PVX blisterda; 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
25 tabletkadan alyuminiyli folga va PVX blisterda; 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha
Chiqarish shakllari