KRENFIT
KRENFIT chiqarilish shakllari

KRENFIT haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Klyukva sharbati yoki yordamchi moddalardan birontasiga nisbatan yuqori sezuvchanlik; Buyraklarning dastlabki yoki xozirgi kasalliklari, shu jumladan buyrakda tosh boʼlganda;
Suyuklikni isteʼmol qilishni cheklashni talab qiluvchi holatlar, masalan yurak yoki buyrakning ogʼir kasalliklari;
Varfarin va boshqa antikoagulyantlar, immunodepressantlar va kimyo-terapevtik preparatlarni bir vaqtda qabul qilinganda qoʼllash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Siydik chiqarish yoʼllarini himoya qilish uchun preparat.
Klyukva ekstrakti, koʼp holatlarda siydik chiqarish yoʼllari infektsiyalarini, ayniqsa siydik chiqarish yoʼllarining qaytalangan infektsiyalarini adgeziyani ingibitsiya qilish yoʼli bilan samarali bartaraf qiladi.
Klyukva uropatogenlarning uroepitelial hujayralarga adgeziya boʼlishining oldini oladi, bu siydik chiqarish yoʼllari infektsiyalari patogenezining boshlangʼich bosqichi hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
Kuzatilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Аgar dozani oʼtkazib yuborsangiz, eslashingiz bilan uni qabul qiling. Аgar u keyingi dozani qabul qilish vaqtiga yaqin boʼlsa, oʼtkazib yuborilgan dozani oʼtkazib yuboring va odatiy dozalash tartibini davom ettiring. Oʼtkazib yuborilgan dozani oʼrnini toʼldirish uchun dozani ikki barobar oshirmang.
Maxsus ko‘rsatmalari
Quyidagi holatlarda shifokorga murojaat qiling:
- Homiladorlik yoki emizish davri
- Isitma
- Qorinda ogʼriq
- Siyishning tutilishi yoki siyishni tutib turolmaslik
- 18 yoshgacha boʼlgan bolalar va oʼsmirlarda qoʼllash tavsiya etilmaydi, chunki yetarlicha maʼlumotlar yoʼq, tibbiy yordamga murojaat qilish lozim.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Kuzatilmagan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Kattalarga ichga 1 sashe paketchadan kuniga 1-2 marta yoki shifokor koʼrsatmasi boʼyicha. Bir paketcha ichidagisini bir stakan suvda eritiladi va darhol qoʼllaniladi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)














