Ташкент
logo
SavatKirish

Memantin

Memantin chiqarish shakllari

MEMANTIN Best tabletkalari  10mg N50
Retseptli
MEMANTIN Best tabletkalari 10mg N50
Janubiy Koreya
Ishlab chiqaruvchi:
Alliance Czehcfarm S.R.O., Cheshskaya Respublika proizvedeno: Whan In Pharm. Co., Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
270 000 so'm dan
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N90
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N90
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N30
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N100
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N100
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N120
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N120
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N60
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N10
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
- Memantin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Memantinning tarkibi
- Memantin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Memantin narxi Toshkent dorixonalarida

Memantin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi,
Janubiy Koreya
Kategoriya
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlaridan birortasiga o'ta yuqori sezuvchanlik, og'ir buyrak etishmovchiligi (kk 5-29 ml/min), og'ir jigar etishmovchiligi, galaktozani tug'ma o'zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza/galaktoza so'rilishini buzilishi sindromi, xomiladorlik, laktasiya davri, 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) da qo'llash mumkin emas. Extiyotkorlik bilan: tutqanoq, tireotoksikoz, anamnezida tirishish sindromi, NMDA-reseptorlarning antagonistlarini (amantadin, ketamin, dekstrometorfan) bir vaqtda qo'llash; siydikning rn ni oshiruvchi omillar (parxezni keskin o'zgartirish, masalan, vegetarianlikka o'tish, ishqoriy me'da buferlarni ko'p qabul qilish); siydik chiqarish yo'llarining og'ir infektsiyalari, miokard infarkti (anamnezida), yurak etishmovchiligi (NYHA tasnifi bo'yicha III-IV funktsional sinfi), nazorat qilib bo'lmaydigan arterial gipertenziya, buyrak etishmovchiligi, jigar etishmovchiligi.

Tarkibi

Xar bir plenka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: memantin gidroxloridi 10 mg;

yordamchi moddalar: salisifisiyalangan mikrokristall tsellyuloza (SMCC50), salisifisiyalangan mikrokristall tsellyuloza (SMCC90), kroskarmelloza natriy, talk, magniy stearati, Opadry yellow 03B22227.

Farmakodinamikasi

Adamantan xosilasi bo'lib, kimyoviy tuzilishi va farmakologik xususiyatlari bo'yicha amantadinga yaqin. N-metil-D-aspartat (NMDA)-reseptorlarning (shu jumladan qora moddada) raqobatsiz antagonisti xisoblanadi, buning oqibatida dofaminning ajralib chiqishini etishmovchiligi fonida rivojlanuvchi neostriatumdagi kortikal glutamat neyronlarning xaddan ziyod rag'batlantiruvchi ta'sirini pasaytiradi. Neyronlarga kaltsiy ionlarining kirishini kamaytirib, ularni destruktsiya bo'lish ehtimolini pasaytiradi. Nootrop, tserebrovazodilatator, gipoksiyaga qarshi va psixostimulyator ta'sirlarga ega. Tanglikka (rigidlik va bradikineziyaga) yuqori darajada ta'sir qiladi. Susaygan xotirani, diqqatni jamlashni yaxshilaydi, charchoqlik va depressiyaning simptomlarini kamaytiradi. Farmakokinetikasi – so'rilishi - Memantin miy (me'da-ichak yo'llari) dan tez va to'liq so'riladi, mutlaq Biokiraolishligi taxminan 100% ni tashkil etadi. Qon plazmasidagi Smax erishish vaqti – 3-8 soatni tashkil etadi. Taqsimlanishi - 20 mg dozada qabul qilinganida memantanning qon plazmasidagi kontsentrasiyasi 

70-150 ng/ml ni tashkil etadi. Vd taxminan 10 l/kg ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 45%. Biotransformasiyasi - Memantanning taxminan 80% dastlabki preparat ko'rinishida bo'ladi. Odamdagi asosiy metabolitlari N-3,5-dimetilgludantan, 4 - va 6-gidroksimemantinizomerlari va 1-nitrozo-3,5-dimetil-adamantan aralashmasi xisoblanadi. Bu metabolitlaridan birontasi xam farmakologik faollikka ega emas. Chiqarilishi - buyraklar orqali chiqariladi. Eliminasiyasi bir fazada sodir bo'ladi. T1-2 60-100 soatni tashkil etadi; klirensi 170 ml/min/1,73 m2 tashkil etadi, preparat buyrak naychalari tomonidan qisman sekresiya bo'ladi. Siydikning ishqoriy reaktsiyasida preparatni chiqarilishi sekinlashadi.

Bolalar uchun qo'llanilishi

18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda qo'llash mumkin emas (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Xomiladorlikda va emizish davrida qo'llash mumkin emas.

Dozirovkasi

Ichga. Ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Dozalash tartibi shaxsiy belgilanadi. Davolashni minimal samarali dozani buyurishdan boshlash tavsiya etiladi. Birinchi hafta: sutkalik doza – 5 mg (1/2 tabletkadan ertalab);

Ikkinchi xafta: sutkalik doza – 10 mg (1/2 tabletkadan kuniga 2 marta);

Uchinchi xafta: sutkalik doza – 15 mg (1 tabletka ertalab va ½ tabletka kechqurun);

To'rtinchi xafta: sutkalik doza – 20 mg (1 tabletkadan kuniga 2 marta).

Maksimal sutkalik doza – sutkada 20 mg ni tashkil etadi.

Keksa pasientlar (65 yoshdan katta): dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Buyrak funktsiyasini buzilishi - buyrak funktsiyasi buzilganida preparatning dozasini kamaytirish kerak. Kreatinin klirensi (kk) minutiga 50-80 ml bo'lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. O'rtacha buyrak etishmovchiligi (kk 30-49 ml/min) bo'lgan pasientlar uchun – sutkada 10 mg ni tashkil etadi. Preparat yaxshi o'zlashtirilganida, dozani standart sxema bo'yicha 7 xafta davomida sutkada 20 mg gacha oshirish mumkin. Ma'lumotlar etarli bo'lmaganligi tufayli, og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi (kk 5-29 ml/min) bo'lgan pasientlarda preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi. Jigar funktsiyasini buzilishi - jigarni engil va o'rtacha darajada buzilishlari (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha A va V sinfi) bo'lgan pasientlarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh aylanishi, tremor, ajitasiya, uyquchanlik, ongni chalkashishi, qo'zg'aluvchanlik, stupor, tirishishlar, psixoz, tajavuzkorlik, gallyusinasiyalar, yurishni beqarorligi, qusish, diareya.

Davolash: dozasi oshirib yuborilganida davolash simptomatik. Spesifik antidoti yo'q. Faol moddani me'dadan chiqarishga qaratilgan standart davolash choralarni o'tkazish, masalan, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, siydikning kislotaligini oshirish; jadallashtirilgan diurez o'tkazish mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Memantinni NMDA reseptorlarining boshqa antagonistlari (amantadin, ketamin, dekstrometorfan kabi) bilan birga buyurishdan saqlanish kerak, chunki nojo'ya reaktsiyalari asosan MNT darajasida yanada tezroq va yuqori jadallik bilan paydo bo'lishi mumkin. Jigar funktsiyasini buzilishlarida qo'llanishi Og'ir jigar etishmovchiligida qo'llash mumkin emas. Jigar funktsiyasini engil va o'rtacha darajada buzilishlari (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha A va V sinfi) bo'lgan pasientlarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak funktsiyasini buzilishlarida qo'llanishi - og'ir buyrak etishmovchiligida (kk 5-29 ml/min) qo'llash mumkin emas. Buyrak funktsiyasi buzilganida preparatning dozasini kamaytirish kerak.
Keksa pasientlarda qo'llanishi - keksa (65 yoshdan katta) pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 5 blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan

Nojo'ya samaralari

Bosh aylanishi, uyquchanlik, yuqori qo'zg'aluvchanlik, kuchli toliqish, bezovtalik, bosh miya bosimini oshishi, ko'ngil aynishi, gallyusinasiyalar, bosh og'rig'i, ongni buzilishi, mushaklar gipertonusi, yurishni buzilishi, depressiya, tirishishlar, psixotik reaktsiyalar, suisidal fikrlar, qabziyat, ko'ngil aynishi, pankreatit, kandidomikoz, arterial bosimni oshishi, qusish, tsistit, libidoni oshishi, venoz tromboz, tromboemboliya, allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.

Qo'llanilishi

Alsgeymer kasalligida o'rtacha va og'ir darajadagi dementsiyada qo'llanadi.

Ta'rifi

Och-sariq rangdan – sariq ranggacha bo'lgan, oval shaklli, tabletkaning bir tomonida "W/1" va boshqa tomonida "1/0" gravirovkasi bo'lgan, plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Memantin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Memantin savollari

Memantin fikr-mulohazalari

Reyting 4.8, 5 ta sharh asosida
Арубика
10.03.2020 22:34
5
Моей бабушке уже 80. И у нее начались проблемы с памятью. Сначала это были какие-то мелкие провалы. Забывала, что и куда положила. Но потом все стало хуже. Мы обратились за помощью доктору. Он назначил бабушке принимать Мемантин на протяжении 3-х месяцев. Бабушка поприринимала его где-то месяц и бросила, так как особых улучшений не было. Постепенно ситуация усугубилась еще больше. Бабушка уже стала забывать, как нас зовут. Мы снова обратились за помощью к доктору. Врач настоял на приеме Мемантина. Сейчас бабушка пьет препарат исправно. По 1 таблетке в день строго в одно и то же время. Память полностью не восстановилась. Но и ухудшений больше нет. А это значит, что Мемантин работает.
Оминахон
05.01.2020 15:13
5
У нашей бабушки проблемы с памятью начались в 85. В один прекрасный момент она переставала узнавать своих же внуков. Сначала думали, что шутит, она у нас такая, юморная, но оказалось нет. Мы обратились за помощью к неврологу. Доктор назначил ей принимать Мемантин. Бабуля пьет препарат уже больше года. Память, к сожалению, полностью не восстановилась. Пробелы по-прежнему есть, но они не такие частые и серьезные. Хуже, слава Богу, не стало. Мемантин бабушка принимает на регулярной основе, без перерывов. Побочных реакций никаких нет.
Лутфинисо
24.11.2019 15:37
4
Первые симптомы деменции у отца мы заметили уже больше 5 лет назад. Именно с тех пор он и принимает Мемантин. Пьет таблетки регулярно. Нужна всего 1 таблетка в день в одно и то же время. Очень удобно. Лечение выходит дорогим, но аналогов у препарата нет. Если прекратить прием, деменция будет прогрессировать. Поэтому оценку снижаю только из-за цены. К эффективности у нас претензий нет.
Ойимгул
11.10.2020 17:55
5
Мемантин эффективен только при начальной стадии деменции. У нас их дедушка пьет. Помогает.
Дилнозахон
07.02.2020 20:58
5
В нашей семье Мемантин пьет и бабушка, и дедушка. Всем довольны. Дорого, но о цене мы им не говорим.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil