Ortofen analoglari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar






Ortofen
- Bo'g'im sindromi (revmatoid artrit, osteoartrit, ankilozlovchi spondilit, podagra), tayanch-harakat apparatining degenerativ va surunkali yallig'lanish kasalliklari (osteoxondroz, osteoartroz, periartropatiyalar), yumshoq to'qimalar va tayanch-harakat apparatining travmadan keyingi yallig'lanishi (cho'zilishlar, lat yeyishlar). Umurtqa pog'onasidagi og'riqlar, nevralgiyalar, mialgiyalar, artralgiyalar, operatsiyalar va travmalardan keyingi og'riq sindromi va yallig'lanish, podagradagi og'riq sindromi, migren, algodismenoreya, adneksit, proktitdagi og'riq sindromi, sanchiqlar (o't va buyrak), LOR-a'zolarining infektsion-yallig'lanish kasalliklaridagi og'riq sindromi. Mahalliy qo'llash uchun: katarakta bo'yicha operatsiya vaqtida miozni ingibitsiya qilish, gavhar olib tashlanishi va implantatsiyasi bilan bog'liq tsistoid makulyar shish profilaktikasi, ko'zning noinfektsion tabiatli yallig'lanish jarayonlari, ko'z olmasining teshib o'tuvchi va teshib o'tmaydigan jarohatlarida travmadan keyingi yallig'lanish jarayoni.
- Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya, epigastral sohada og'riqlar va noxush sezgilar, meteorizm, qabziyat, diareya; ayrim hollarda - OHT eroziv-yarali shikastlanishlari, qon ketishlar va perforatsiyalar; kamdan-kam hollarda - jigar funktsiyasining buzilishi. Rektal yuborilganda yakka hollarda qon ketish bilan yo'g'on ichak yallig'lanishi, yarali kolitning kuchayishi qayd etilgan. MNT va periferik asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, qo'zg'alish, uyqusizlik, ta'sirlanuvchanlik, charchoq hissi; kamdan-kam hollarda - paresteziyalar, ko'rishning buzilishi (xiralashish, diplopiya), quloqlarda shovqin, uyqu buzilishlari, tirishishlar, ta'sirlanuvchanlik, tremor, ruhiy buzilishlar, depressiya. Qon yaratish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - buyrak funktsiyasining buzilishi; moyilligi bo'lgan bemorlarda shishlar bo'lishi mumkin. Dermatologik reaktsiyalar: kamdan-kam hollarda - soch to'kilishi. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish; ko'z tomchilari shaklida qo'llanilganda - qichishish, qizarish, fotosensibilizatsiya. Mahalliy reaktsiyalar: m/o yuborilgan joyda achishish, ayrim hollarda - infiltrat, abstsess hosil bo'lishi, yog' to'qimasi nekrozi bo'lishi mumkin; rektal yuborilganda mahalliy ta'sirlanish, qon aralash shilliq ajralmalar paydo bo'lishi, og'riqli defekatsiya bo'lishi mumkin; sirtga qo'llanilganda kamdan-kam hollarda - qichishish, qizarish, toshma, achishish; oftalmologiyada mahalliy qo'llanilganda o'tkinchi achishish hissi bo'lishi mumkin
Retseptli
- Tabletkalar
Diklogen
Quyidagi holatlarda og'riq sindromini engillashtirish va bartaraf etish:
- tayanch-harakat apparatining yallig'lanishli kasalliklari (revmatoidli artrit, psoriatik, yuvenil va surunkali artrit, o'tkir podagrik artrit, ankilozlovchi spondilit, osteoartrit);
- tayanch-harakat apparatining degenerativ kasalliklari (deformasiyalanuvchi osteoartroz, osteoxondroz, artroz, spondiloartroz);
- bo'g'im oldi to'qimalarining kasalliklari (tendovaginit, bursit, tendinit, tenosinovit);
- lyumbago, ishias, nevralgiya, mialgiya;
- jarohatlardan keyingi (cho'zilishlar, chiqishlar, sport jarohatlari) va jarroqlik amaliyotlardan keyingi og'riqlar;
- LOR-a'zolarining kasalliklari (faringit, tonzillit, otit) majmuaviy davosining bir qismi sifatida;
- bosh va tish og'riqlari;
- ayollar jinsiy a'zolarining kasalliklari (algodismenoreya, adneksit);
- isitma sindromida qo'llanadi.
Retseptli
- Tabletkalar
- Eritma
- Gel


























