PANZAKning aptekalardagi narxlari
PANZAK tabletkalari 20mg N30
|
|
43 ta dorixonada bor
|
33 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
37 000 so'mdan
Bron qilish
|
PANZAK tabletkalari 40mg N30
|
|
42 ta dorixonada bor
|
50 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
50 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
PANZAK ko'rsatmalar
Ehtiyotkorlik bilan: jigar yetishmovchiligi.
Bir marta va ko'p marta qo'llanilishidan keyin pantoprazolning farmakokinetikasi bir xil. 10-80 mg dozalar diapazonida qon plazmasida pantoprazolning farmakokinetikasi peroral qo'llanilishida ham, vena ichiga qo'llanilishida ham odatiy bo'lib qoladi.
Ichga qabul qilinganda pantoprazolning mutloq bioerishimligi taxminan 77%ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanish - 98%ni tashkil qiladi. vd 0,15 l/kg.ni tashkil qiladi. Asosan jigarda metabolizatsiyaga uchraydi. Asosiy metabolik yo'li bo'lib keyinchalik sul'fatli kon'yugatsiyasi bilan CYP2C19 yordamida demetillanishi hisoblanadi. Boshqa metabolik yo'llariga CYP3A4 yordamida oksidlanishi kiradi.
Yakuniy T1/2 taxminan 1 soatni, klirens - taxminan 0.1 l/soat/kg.ni tashkil qiladi.
Asosiy chiqarilish yo'li - pantoprazol metabolitlari ko'rinishida (taxminan 80%) buyraklar orqali, qolgan qismi axlat bilan chiqariladi.
Davolashni boshlagunga qadar me'dada va qizilo'ngachda yomon sifatli yangi hosil bo'lishlar ehtimolini istisno qilish kerak, chunki pantoprazolning qo'llanilishi simptomlarning yaqqol ko'rinishi pasaytiradi va to'g'ri tashhisni o'rnatish muddatini uzaytirishi mumkin. Reflyuks-ezofagit tashhisi majburiy endoskopik tasdiqlashni talab etadi.
Keksa bemorlarda va buyraklar faoliyati buzilishida 40 mg/sut. dozani oshirish tavsiya etilmaydi.
Jigar faoliyati buzilishi bo'lgan patsientlarda qo'llashda qon plazmasida jigar fermentlarining faolligini muntazam nazorat qilish va uning ko'tarilishida pantoprazolni bekor qilish kerak.
Proton nasosi ingibitorlari, ayniqsa yuqori dozalarda va uzoq muddat davomida (1 yildan ortiq) qo'llanilishida, tos suyagi, bilak va umurtqa suyagini sinishini vujudga kelish xavfini ustunlikda keksa odamlarda yoki xavfning boshqa omillari mavjudligida o'rtacha orttirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi
Homiladorlikda va laktatsiya (ko'krak bilan emizish) davrida qo'llash mumkin emas.
Laktatsiya davrida zarurat tug'ilganida ko'krak bilan emizishni to'xtatish haqidagi masalani hal qilish kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Pantoprazolni qo'llash davrida patsientlarga transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarishda, hamda diqqatni yuqori kontsentratsiyasi va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PANZAK
PANZAC
Preparatning savdo nomi: Panzak (Panzac)
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pantoprazol natriy
Dori shakli: ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 40 mg pantoprazolga ekvivalent pantoprazol natriy seskvigidrati.
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmal glikolyati, kolloid kremniy angidridi, magniy stearati.
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi: me‘da bezlarining sekresiyasini pasaytiruvchi vosita, protonon nasosi ingibitori.
ATX kodi: A02VS02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Pantoprazol benzimidazolning almashingan hosilasi bo‘lib, prototon nasosining selektiv ingibitoridir. Preparat me‘dada xlorid kislotasini parietal xujayralaridagi sekresiyasini ingibirlaydi. Me‘daning parietal xujayralarining naychalarida to‘planadi va faol shakli – siklik sulfenamidga aylanadi, u selektiv N+-K+-ATFaza bilan o‘zaro ta‘sirga kirishadi. Parietal xujayralarning N+-K+-ATFazasini ingibirlaydi, parietal xujayralardan vodorod ionlarini me‘da bo‘shlig‘iga o‘tishini buzadi va xlorid kislotasining gidrofil sekresiyasini oxirgi bosqichini bloklaydi. Dozaga bog‘liq xlorid kislotasining bazal va rag‘batlantirilgan sekresiyasini davomli bostiradi. Boshqa prototon nasosining ingibitorlari yoki N2-gistamin reseptorlarining blokatorlari kabi pantoprazol bilan davolash kislotalikni pasayishiga va gastrin konsentrasiyasini qaytuvchi oshishiga olib keladi, bunda ushbu oshish me‘daning kislotaliligini kamayishi darajasiga bog‘liq. Pantoprazol ferment bilan xujayra darajasida bog‘langani uchun, uning xlorid kislotasi sekresiyasiga ta‘siri asetilxolin, gistamin va gastrin kabi boshqa moddalarning ta‘siriga bog‘liq emas. Preparat peroral qabul qilinganidan keyin vena ichiga yuborilgandagi kabi samara kuzatiladi.
Farmakokinetika
Pantoprazol og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Uning mutloq biokirishaolishligi 77% ni tashkil qiladi, chunki u jigardan birinchi o‘tish samarasiga uchraydi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish AUC ga (samarasini konsentrasiyaga bog‘liqligini maydoni grafikasi), plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga va demak, biokirishaolishligiga ta‘sir qilmaydi. Ovqat qabul qilish maksimal konsentrasiyaga erishish vaqtini oshirishi mumkin. Og‘iz orqali 40 mg preparat qabul qilingandan keyin plazmadagi maksimal konsentrasiyaga erishiladi. 2-3 mkg/ml maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti taxminan 2,5 soat. Takroriy dozalar yuborganidan keyin konsentrasiya doimiy bo‘lib qoladi. Preparatning taqsimlanish hajmi taxminan 0,15 l/kg, klirensi – taxminan 0,1 l/kg ni tashkil qiladi. O‘rtacha yarimchiqarilish davri 1 soatni tashkil qiladi. Yarimchiqarilish davrining qisqaligiga qaramasdan parietal xujayralarda (H+K+)-ATFaza bilan spesifik bog‘lanish oqibatida pantoprazol xlorid kislotasining sekresiyasini uzoq vaqt ingibirlaydi.
Pantoprazolning farmakokinetikasi bir yoki bir necha dozalari yuborilganidan keyin o‘xshash. Dozalar diapazoni 10-80 mg ni tashkil qiladi, pantoprazolning plazmadagi kinetikasi og‘iz orqali va vena ichiga yuborilgandan keyin to‘g‘ri chiziqli. Pantoprazol 98% ga plazma oqsillari bilan, asosan albumin bilan bog‘lanadi. Preparat jigarda metabolizmga uchraydi. Metabolizmining asosiy yo‘li – demetillanish. Jarayon jigarda R-450 ferment tizimining CYP2C19 izoshakli ishtirokida yuz beradi. Pantoprazol ma‘lum darajada CYP3A4 fermenti tomonidan oksidlanadi. Pantoprazolning metabolizmi yuborish yo‘liga (og‘iz orqali yoki vena ichiga) bog‘liq emas. Pantoprazolning metabolitlarini ahamiyatli farmakologik samarasi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Asosiy metaboliti – demetilpantoprazol va boshqa metabolitlari siydik bilan (71%), 18% ahlat bilan chiqariladi. Demetilpantoprazolning plazmadan yarimchiqarilish davri pantoprazolning yarimchiqarilish davridan katta emas (taxminan 1,5 soat)
Qo‘llanilishi
Zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, shu jumladan NYAQV ni qabul qilish, yoki gistamin N2-reseptorlarining blokatorlari bilan davolashga refrakter bo‘lgan, gastroezofageal reflyuks kasalligi (o‘rtacha va og‘ir shakllari), Zollinger-Ellison sindromi; qaytalanishlar sonini kamaytirish maqsadida peptik yarasi bo‘lgan pasientlarda majmuaviy antixelikobakter eradikasion davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozasi
In‘eksiyalar uchun Panzakni vena ichiga yuborish faqat me‘da yarasi, o‘nikki barmoq ichak yarasi va o‘rtacha va og‘ir darajali reflyuks ezofagit kabi kasalliklarni davolashda og‘iz orqali qabul qilish mumkin bo‘lmagan hollarda tavsiya qilinadi. Vena ichiga yuborish uchun tavsiya qilinadigan doza sutkada 1 ampulani (40 mg pantoprazol) tashkil qiladi. Zollinger-Ellison sindromi va boshqa patologik gipersekretor holatlarni uzoq muddatli davolashda, davolashning boshida tavsiya qilingan sutkalik doza vena ichiga yoki kamaytirilishi mumkin. Keyinchalik doza oshirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Preparat 80 mg dan yuqori sutkalik dozada qo‘llangan holda, doza bo‘linishi va kuniga ikki marta yuboriladi. Vaqtincha, zarur davrdan oshiq bo‘lmagan, sutkalik dozani 160 mg gacha pantoprazolga oshirish mumkin. Kislotani nazorati zarur bo‘lgan holda, 2 qabuldagi 80 mg boshlang‘ich doza, ko‘pchilik bemorlarda bir soat davomida qo‘llash sohasida kislotani kamaytirish uchun yetarli (10 mEq/h). Klinik manzaraning yaxshilanishini birinchi belgilarida Panzakni vena ichiga yuborishdan og‘iz orqali qabul qilishga o‘tish tavsiya qilinadi.
Tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma:
In‘eksiya uchun ishlatishga tayyor eritmani tayyorlash uchun 10 ml natriy xloridining fiziologik eritmasi, quruq modda saqlovchi idishga qo‘shiladi. Bu eritma darhol yoki 100 ml natriy xloridining fiziologik eritmasi, shuningdek 5% glyukoza eritmasi bilan aralashtirilganidan keyin qo‘llanishi mumkin. Tayyorlangan eritma tayyorlanganidan keyin 12 soat davomida ishlatilishi kerak. Vena ichiga yuborish uchun Panzak yuqorida ko‘rsatilgan qanday bo‘lmasin boshqa erituvchilar bilan tayyorlanmasligi yoki aralashtirilmasligi kerak. Klinik manzaraning yaxshilanishini birinchi belgilarida Panzakni vena ichiga yuborishdan og‘iz orqali yuborishga o‘tish tavsiya qilinadi.
Preparatni 2-15 minut davomida yuborish kerak. Mahsulotning qoldig‘i, shuningdek tashqi ko‘rinishi o‘zgargan mahsulot, mahsulotning yaroqsizligi uchun yetarli asos bo‘ladi.
Me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, eroziv gastrit (shu jumladan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan).
Sutkada 40-80 mg dan. Davolash kursi – o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligini zo‘rayishida 2 hafta va me‘da yara kasalligini zo‘rayishida 4-8 hafta. Me‘da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligini qaytalanishlariga qarshi davolash – sutkada 20 mg dan.
Helicobacter pilori eradikasiyasi.
quyidagi kombinasiyalar tavsiya qilgan:
- Panzak 40 mg dan sutkada 2-marta + amoksisillin 1000 mg dan sutkada 2 marta + klaritromisin 500 mg dan sutkada 2 marta.
- Panzak 40 mg dan sutkada 2-marta + metronidazol 500 mg dan sutkada 2 marta + klaritromisin 500 mg dan sutkada 2 marta.
- Panzak 40 mg dan sutkada 2-marta +amoksisillin 1000 mg dan sutkada 2 marta + metronidazol 500 mg dan sutkada 2 marta. Davolash kursi – 7-14 kun.
Reflyuks- ezofagit
Sutkada 40 mg dan. Davolash kursi 4-8 hafta.
Qaytalanishlarga qarshi davolash – sutkada 20 mg dan.
Zollinger-Ellison sindromi.
Sutkada 40-80 mg dan. Jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda dozani 2 kunda 1 marta 40 mg gacha pasaytirish kerak. Bunday hollarda qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak. Jigar fermentlarining darajasi oshganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim.
Keksa pasientlarda, hamda buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda 40 mg sutkali dozani oshirish mumkin emas. Helicobacter pilori ga nisbatan majmuaviy antimikrob davolashni qo‘llash istisno xisoblanadi, bunday xollarda keksa pasientlar ham Panzakni 40 mg dan sutkada 2 marta qo‘llashlari lozim.
Preparat ichga, suyuqlik bilan birga butunligicha yutib qabul qilinadi (tabletkalarni maydalash yoki eritish mumkin emas).
Preparatni sutkada 1 marta qabul qilishni talab etuvchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha Panzakni ertalab qabul qilish lozim. Aniqlanishicha, na sutkalar vaqti, na ovqat iste‘mol qilish, preparatning faolligiga ta‘sir qilmaydi. Lekin Panzak tabletkalarini tavsiya etilgan qabul qilish vaqti, pasientlar tomonidan davolash sxemasiga yaxshiroq amal qilishga yordam beradi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak yo‘llarining a‘zolari tomonidan: diareya; kam – og‘izni qurishi, ishtahani oshishi, ko‘ngil aynishi, kekirish, qusish, meteorizm, qorin og‘rig‘i, qabziyat, transaminazalar faolligini oshishi, gastrintestinal karsinoma (yakka holi).
Nerv tizimi va sezgi a‘zolari tomonidan: bosh og‘rig‘i; kam – asteniya, bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik; alohida hollarda – asabiylik, depressiya, tremor, paresteziyalar, fotofobiyalar, ko‘rishni buzilishi, quloqlarda shovqin.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: yakka hollarda – gematuriya, shishlar, impotensiya.
Teri qoplamalari tomonidan: yakka hollarda – alopesiya, xusnbuzar, eksfoliativ dermatit.
Allergik reaksiyalar: kam – toshma, eshakemi, qichishish, anginevrotik shish.
Boshqalar: kam – giperglikemiya, mialgiya; yakka hollarda – isitma, eozinofiliya, giperlipoproteinemiya, giperxolesterinemiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni, uning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bilan kechuvchi gepatit va jigar sirrozi.
Preparat pernisioz anemiyada ishlatilmaydi. Pantoprazolni homiladorlikda ishlatishdagi xavfsizligi to‘g‘risidagi klinik ma‘lumotlar yetarli emas. Pantoprazol tabletkalari homiladorlikda, faqat agarda potensial foydasi homila yoki bolaga bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llanadi. Pantoprazolni ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum bo‘lganligi tufayli, preparatni emizish vaqtida ishlatish tavsiya qilinmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tekshirishlar diazepam, fenitoin (CYP2A19 substrati), nifedipin (CYP3A4 substrati), metoprolol (CYP2V6 substrati), diklofenak (CYP2S9 substrati) va teofillin (CYP1A2 substrati) pantoprazolning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir qilmasligini ko‘rsatadi.
Pantoprazolni ishlatilishi, shuningdek, teofillin, diazepam (va uning faol metaboliti dimetildiazepam), hamda fenitoin, varfarin, metoprolol, nifedipin, karbamazepin va oral kontraseptivlarning kinetikasiga ta‘sir qilmaydi. Ushbu preparatlar pantoprazol bilan birga buyurilganida dozani tanlash talab qilinmaydi. Boshqa tekshirishlar digoksin, etanol, glibutid, antipirin va kofeinni pantoprazol bilan klinik o‘zaro ta‘sirlashmasligini ko‘rsatadi. Shuningdek, pantoprazolni antasidlar bilan majmuasida o‘zaro ta‘siri kuzatilmagan. Ketokonazol, ampisillin efirlari va temir tuzlari kabi ayrim preparatlarning so‘rilishi me‘daning kislotali muhitida yaxshiroqligi tufayli, ushbu preparatlarni pantoprazol bilan birga qo‘llash ularning biokirishaolishligiga salbiy ta‘sir qilishi mumkin. Pantoprazolni H. Pylori ni eradikasion davolashda ishlatiladigan preparatlar bilan (klaritromisin, amoksisillin va metronidazol) birga qo‘llashda klinik o‘zaro ta‘siri kuzatilmagan. Pantoprazolni alkogol bilan qabul qilish mumkin emas, bu shilliq qavatlarni ta‘sirlashi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashdan oldin xavfli o‘smalarning bo‘lishi mumkinligini istisno qilish lozim, chunki davolash simptomlarni niqoblashi va to‘g‘ri tashxis qo‘yish muddatini kechiktirishi mumkin.
Majmuaviy davolashda pantoprazol bilan qo‘llanadigan boshqa preparatlarning xususiyatlarini hisobga olish kerak. Davolashni o‘tkazishdan oldin me‘daning xavfli yarasini va xavfli ezofagitning yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak.
Reflyuks-ezofagit tashxisi endoskopiya bilan tasdiqlanishi kerak.
Pediatriyada ishlatilishi
Pantoprazolni pediatriya amaliyotida qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Homiladorlik va laktasiya
Homiladorlik – preparat V toifasiga kiritilgan.
Pantoprazolni homiladorlikda ishlatishning xavfsizligi bo‘yicha klinik ma‘lumotlar yetarli emas. Pantoprazol tabletkalarini homiladorlikda faqat, agarda potensial foydasi, homila yoki bolaga bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Pantoprazolni ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum bo‘lganligi tufayli, preparatni emizish vaqtida ishlatish tavsiya qilinmaydi.
Haydash va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Pantoprazolni ushbu qobiliyatlarga bo‘lgan ta‘siri aniqlanmagan.
Kutilmagan samaralari paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha Panzak preparatini qo‘llash natijasida dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan.
Davolash: simptomatik va tutib turuvchi davolash. Pantoprazol gemodializ orqali chiqarilmaydi.
Chiqarilish shakli
40 mg dan 1 flakon ilova-varaqasi (qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma) bilan birga karton qutida.
14 ta ichakda eruvchi qobiqli tabletkadan blisterda. 1, 3 yoki 10 ta blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Kattalarga va 12 yoshdan katta bolalarga
Reflyuks-ekzofagitda
Kuniga pantoprazolning bir tabletkasi. Alohida holatlarda dozani, agar boshqa davolashga javob bo'lmagan bo'lsa, ikki marta oshirish mumkin (pantoprazolni kuniga 2 tabletkagacha oshirish). Reflyuks-ekzofagitni davolash uchun odatda, agar bu yetarli bo'lmasa, haftalik davr talab etiladi, odatda keyingi 4-hafta davomida erishiladi.
Reflyuks-ekzofagit retsidivlarini uzoq vaqt davolash va oldini olish
Uzoq muddatli davolash uchun kuniga 20 mg bir me'da-rezistent tabletkaning qo'llab turuvchi dozasi tavsiya etiladi.
Qon hosil qilish tizimi tomonidan: kam hollarda - agranulotsitoz; juda kam hollarda - trombotsitopeniya, leykopeniya, pantsitopeniya.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas - bosh og'rig'i, bosh aylanishi; kam hollarda - ta'mning buzilishi; tez-tezligi noma'lum - paresteziyalar.
Psixika tomonidan: tez-tez emas - uyquning buzilishi; kam hollarda - depressiya (jumladan mavjud bo'lgan buzilishlarning zo'rayishi); juda kam hollarda - orientatsiyaning buzilishi (jumladan mavjud bo'lgan buzilishlarning zo'rayishi); tez-tezligi noma'lum - gallyutsinatsiyalar, ongning chalkashligi (ayniqsa moyilkor patsientlarda), hamda davolashni boshlagunga qadar ularning mavjudligida simptomlarning ehtimolli zo'rayishi.
Ko'rish a'zolari tomonidan: kam hollarda - ko'rishning xiralashishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - me'daning fundal bezlarining poliplari (yaxshi sifatli); tez-tez emas - diareya, ko'ngil aynishi, qusish, qorinning dam bo'lishi, meteorizm, qabziyat, og'izdagi quruqlik, qorinda noqulaylik va og'riq.
Jigar va safro chiqaruvchi yo'llar tomonidan: tez-tez emas - jigar fermentlarning (transaminazalar, γ-glutamintransferaza) faolligini ortishi; kam hollarda - bilirubin darajasining ko'tarilishi; tez-tezlik noma'lum - gepatotsellyulyar shikastlanish, sariq kasal, jigar-hujayra yetishmovchiligi.
Siydik chiqaruvchi tizim tomonidan: tez-tezlik noma'lum - interstitsial nefrit.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez emas - bilak, tos, umurtqaning sinishi; kam hollarda - artralgiya, mialgiya.
Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda - giperlipidemiya, tana vaznining o'zgarishi; tez-tezlik noma'lum - giponatriemiya, gipomagniemiya.
Immun tizimi tomonidan: kam hollarda - yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (jumladan, anafilaktik reaktsiya va anafilaktik shok), angionevrotik shish.
Reproduktiv tizim tomonidan: kam hollarda - ginekomastiya.
Teri va teri osti to'qimalar tomonidan: tez-tez emas - ekzantema/toshma, qichishish, dermatit; kam hollarda - eshakemi; tez-tezlik noma'lum - yomon sifatli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), ekssudativ ko'p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz, yorug'likka sezuvchanlik, o'tkir osti teri qizil yugurik.
Umumiy reaktsiyalar: tez-tez emas - holsizlik, charchoqlilik, umumiy lohaslik; kam hollarda - tana haroratining ko'tarilishi, periferik shishlar.
Pantoprazolning va atazanavir, nelfinavir kabi so'rilishi me'da shirasining nordonligiga (pH) bog'liq bo'lgan OITV-proteaza ingibitorlari bilan birgalikda qo'llanilishi ularning bioerishimligini ahamiyatli pasaytiradi.
Pantoprazol P450 tsitoxromning ferment tizimi bilan jigarda metabolizatsiyaga uchrashi munosabati bilan xuddi o'sha ferment tizim tomonidan metabolizatsiya qilinuvchi preparatlar bilan dori o'zaro ta'siri ehtimolini istisno qilish mumkin emas.
Ichakda eriydigan qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: pantoprazol natriy seskvigidrati 22,56 mg pantoprazolga ekvivalent 20 mg;
yordamchi moddalar: mannitol, trinatriy fosfat dodekagidrat (uchbazali fosfat natriya), kroskarmeloza natriy, stearat kal'tsiy, izopropil spirti, dixlormetan, Instacoat Universal IC-U-5859 (oq) qoplamasi, Acryl-Eze sariq (93O92157) ichakda eruvchan qoplamasi, tozalangan suv.
Chiqarilish shakli.
10 tabletkadan alyumin fol'gadan blisterda va shunday 3ta blisterlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birgalikda karton qutilarda.
Yaroqlilik muddati.
3 yil
Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qo'llanilmasin.
Chiqarish shakllari