RELAB ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
RELAB
RELAB
Preparatning savdo nomi: Relab
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): albumin
Dori shakli: infuziya uchun 20% li eritma
Tarkibi:
Har ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: odam normal albumini – 200 mg;
yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy kaprilati, natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: deyarli rangsizdan ko‘kimtir sarg‘ish yoki qahrabo rangli, tiniq, biroz qovushqoq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: plazma o‘rnini bosuvchi preparatlar.
ATX kodi: V05AA01.
Farmakologik xususiyatlari
Albumin – organizmda qator faoliyatlarni bajaruvchi, plazma o‘rnini bosuvchi qon preparatidir. Uning asosiy vazifasi – qonning kolloid-onkotik bosimini tutib turish. Albumin eritmalari OITV va gepatit viruslaridan holi bo‘lgan odam qoni, yo‘ldosh plazmasidan fraksiyalash yo‘li bilan tayyorlanadi. Albumin eritmasi turli genezli gipoalbuminemiyani muvofiqlash (plazma albumini tanqisligini to‘ldiradi), kolloid-onkotik bosimni buzilgan markaziy va periferik gemodinamikasini (to‘qima suyuqligini qon tomir xavzasiga o‘tishini oshishi hisobiga, arterial bosimni (AB) va aylanayotgan qon hajmini (AQX) tez oshiradi), suv-elektrolitlar muvozanatini tiklash uchun samarali vositasidir, dori vositalarini yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi, dezintaksion xususiyatlarga ega. Albumin pigmentlarini (bilirubin), yog‘ kislotalarini, ayrim metallarning ionlarini, dori vositalarini bog‘laydi va organizmning ichida tashiydi. Bundan tashqari, Albumin toksinlarni bog‘laydi va ularni faolsizlantiradi.
20% albuminning har 50 ml vena ichiga yuborilganida bemorda taxminan 200 ml sitrat plazmaga ekvivalent onkotik bosimni oshishini ta‘minlaydi. Adekvat gidratlangan sub‘ektda vena ichiga qo‘llanganida 20% li 50 ml albuminning onkotik (kolloidli – osmotik) samarasi shundayki, u qon tomiridan tashqari to‘qimalardan qon aylanish tizimiga 15 minut davomida taxminan 125 ml suyuqlikni jalb qiladi, shu bilan aylanayotgan qon hajmini oshiradi, gematokrit va qonning qovushqoqligini pasaytiradi.
Farmakokinetikasi
Albumin – odam qonining oqsil fraksiyasini tarkibiy qismi bo‘lgan tabiiy oqsildir. Albuminning molekulyar massasi – 69,000 dalton. Odam qonining normal plazmasida oqsillarning taxminan 60% ni albumin tashkil qiladi. Albuminning oqsil molekulasi tarkibiga barcha 20 aminokislotalar kiradi. Albuminning sintezi jigarda sodir bo‘ladi. Odatdagi sharoitlarda albuminning umumiy almashma to‘plami (puli) tana vazniga 4-5 g/kg ni tashkil qiladi, undan 40-45% tomir ichida va 55-60% tomirdan tashqarida bo‘ladi. Kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshishi albuminning kinetikasini o‘zgartiradi va og‘ir kuyishlar yoki septik shok kabi holatlarda bu taqsimlanish buziladi.
Odatdagi sharoitlarda albuminni o‘rtacha yarim chiqarilish vaqti taxminan 19 kunni tashkil qiladi. Sintez va parchalanish orasidagi muvozanat odatda teskari aloqa prinsipi bo‘yicha boshqarilishi hisobiga amalga oshiriladi. Chiqarilishi asosan xujayra ichida lizosomal proteazalar faolligi hisobiga yuz beradi.
Qo‘llanilishi
- yondosh to‘qimalarni shishi bilan yoki usiz, onkotik bosimni pasayishi (15 mm sim. ust. past) bilan birga kechuvchi gipoproteinemiya va gipoalbuminemiya (plazmada albumin miqdorini 30 g/l dan pasayishi, yoki umumiy oqsilni 50 g/l dan pasayishida);
- shok (gipovolemik, gemorragik, travmatik, operasion, toksik, yiringli–septik) degidratasiya va qonning “quyuqlashganida” aylanayogan qon xajmini oshirish maqsadida;
- nefritlardagi nefrotik sindrom;
- og‘ir kuyishlar;
- yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning gemolitik kasalligi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi giperbilirubinemiya – qon quyishni o‘tkazish vaqtida yuz beradi (qondagi erkin bilirubinning darajasini kamaytirish maqsadida);
- o‘tkir jigar yetishmovchiligi; o‘tkir jigar nekrozi (ham plazmaning onkotik bosimini tutib turish maqsadida, va ham qon plazmasidagi ortiqcha erkin bilirubin miqdorini bog‘lash maqsadida);
- assit (aylanayotgan qonning hajmini tutib turish uchun);
- miya shishi;
- sun‘iy qon aylanishi yordamida o‘tkaziladigan operasiyalar;
- davolovchi plazmaferez, gemodializ;
- kattalardagi o‘tkir reseptor distress sindromi (volemik zo‘riqishda diuretiklar bilan birga);
- operasiyadan oldingi gemodelyusiyani o‘tkazish va autoqon komponentlarini tayyorlash maqsadida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Odam albumini kattalar va bolalarga vena ichiga tomchilab va oqim bilan yuboriladi. Qon plazmasidagi albuminning konsentrasiyasini monitoringini o‘tkazish va gemodinamika ko‘rsatkichlarni nazorat qilish tavsiya etiladi. Quyish tezligini pasientlarning holati va ko‘rsatmalarga qarab tanlash kerak. Plazmani vena ichiga quyishda quyish tezligi yuqoriroq bo‘lishi mumkin va u qonni yo‘qotish tezligiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Albumin vena ichiga tomchilab minutiga 1-2 ml yoki 40 tomchidan yuqori bo‘lmagan tezlikda yuborish kerak. Maksimal yuborish vaqti – 3 soat. Katta hajmlarda yuborilganida, qo‘llashdan oldin Albumin xona haroratigacha yoki tana haroratigacha isitilishi kerak.
Qo‘llashga tayyorlash
Qopqog‘idan plyonkani oling. Flakonni ochishdan oldin mos keluvchi antiseptikli tampon bilan qopqog‘i ustini darhol arting. 5, 10, 20% albumin eritmasini quyishdan oldin shifokor preparat va uni saqlovchi idishni qattiq zarrachalarni borligi va rangini o‘zgarganligini tekshirish uchun vizual ko‘rikdan o‘tkazishi kerak.
Preparat vizual ko‘rganda tiniq bo‘lishi va quyqalar hamda cho‘kma saqlamasligigi kerak.
Preparatning germetikligi va berkitilganligi saqlanganida, butilkada yorliqlar bo‘lmaganida, etiketkasi saqlangan holda, ishlatish uchun yaroqli xisoblanadi. Vizual ko‘rik natijalari va yorliqdagi ma‘lumotlari (preparatning nomi, ishlab chiqaruvchi korxona, seriya raqami) kasallik tarixida qayd qilinadi.
Preparatning maksimal bir martalik dozasi albumin eritmasining konsentrasiyasi, bemorning dastlabki holati va yoshiga bog‘liq. 20% li Relab eritmasining maksimal bir martalik dozasi 100 ml ga cheklanishi mumkin.
Albumin eritmalarini oqim bilan yuborish arterial bosimni tez oshirish uchun turli genezli shoklarda mumkin.
Gipovolemiya
Gipovolemik shokni davolash uchun qo‘llanayotgan preparatning hajmi va infuziya tezligi konkret pasientning javob reaksiyasiga moslashtirilgan bo‘lishi kerak. Pasientlarning gemodinamik ko‘rsatkichlarinii kuzatish kerak, qon aylanish tizimiga ortiqcha volemik yuklamaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, odatdagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak.
Kattalar: o‘rtacha boshlang‘ich doza 25 g, 48 soat davomida 250 g gacha yuboriladi. Umumiy dozasi faol qon ketishi bo‘lmaganida normada kuzatiladigan albumin darajasidan (tana vazniga taxminan 2 g/kg) oshmasligi kerak.
Bolalar: shoshilinch holatlarda boshlang‘ich doza 25 g, qolgan holatlarda doza kattalar uchun dozadan 2-4 marta kam bo‘lishi va albumin eritmasining konsentrasiyasini hisobga olib bir kilogramm tana vazniga millilitrlarda (bolaning tana vazniga 3 mg/kg dan ko‘p emas) hisoblanishi kerak.
Agar xujayradan tashqari degidratasiya bo‘lsa, unda albumindan keyin tuzli eritma quyiladi.
Sirrozi bo‘lgan pasientlarda assistik suyuqligini yo‘qotish, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini o‘zgarishlari va xatto gipovolemik shokni rivojlanishi bilan kechishi mumkin. Bunday vaziyatlarda albuminni quyish aylanayotgan qon hajmini tutib turish uchun kerak.
Kuyishlarni davolash
Kuyishli shikastlanishlardan keyin (odatda 24 soatdan ko‘proq vaqt o‘tganidan keyin quyilayotgan albuminning miqdori va plazmaning osmotik kolloid bosimini yuz berayotgan oshishi o‘rtasida aniq muvofiqlik mavjud. Maqsad plazmaning 20 ml simob ustuniga teng bo‘lgan onkotik bosimi (5,2 g/l teng bo‘lgan umumiy oqsil konsentrasiyasiga ekvivalent) bilan plazmadagi albuminning konsentrasiyasini 2,5±0,5°g/l tutib turishdan iborat bo‘lishi kerak. Davolash davomiyligi kuygan sohalar va siydik bilan yo‘qotilgan oqsilning miqdori bilan aniqlanadi. Bundan tashqari, aminokislotalar bilan zondli yoki parenteral oziqlantirishni boshlash kerak, chunki albuminni uzoq muddatli qo‘llashni ozuqa manbai deb hisoblash mumkin emas.
Katta maydonli kuyishlarni transfuzion davolashni optimal tartibi (kolloid va tuzli eritmalarni buyurish) aniqlanmagan. Odatda termik shikastlanishdan keyingi birinchi 24 soatda, interstisial (xujayra tashqasidagi) suyuqlikni kamaygan hajmini tiklash uchun katta xajmlarda tuzli eritmalar quyiladi. 24 soat o‘tgach, Relabni plazmaning kolloidli onkotik bosimini tutib turish maqsadida qo‘llash mumkin.
To‘qimalarni shishi bilan yoki usiz kechuvchi gipoproteinemiya
Agar gipoproteinemiyaga olib kelgan asosiy patologiyani to‘g‘rilash mumkin bo‘lsa, albuminni qo‘llashni faqat simptomatik yoki tutib turuvchi davolash deb hisoblash kerak. Kattalar uchun albuminning odatdagi sutkalik dozasi 50 dan 75 g (0,5-1 g/kg) gacha bo‘lgan miqdorni va bolalar uchun 25 g ni tashkil qiladi. Albumin yo‘qotishda davom etayotgan kuchli gipoproteinemiyasi bo‘lgan pasientlarga, katta miqdorlari talab qilinishi mumkin. Gipoproteinemiya bo‘lgan pasientlarda odatda qonning hajmi taxminan normal bo‘lganligi tufayli, albuminni infuziya tezligi minutiga 2 ml dan oshmasligi kerak, chunki tezroq yuborish qon aylanishini buzilishini va o‘pka shishini chaqirishi mumkin.
Yirik jarrohlik operasiyalar vaqtida pasientlar qon xavzasida aylanayotgan albuminning yarmidan ko‘pini yo‘qotishlari mumkin, bu shish sindromini rivojlanishi yoki usiz onkotik bosimni pasayishi bilan birga kechadi. Bunday vaziyat shuningdek jadal davolash bo‘limlarida davolanayotgan bemorlar sepsisida kuzatiladi. Bunday holatlarda albuminni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash ko‘rsatilgan.
Kattalardagi o‘tkir respirator distress sindromi (KRDS)
KRDS kislorodning yetkazib berilishini o‘pkalarning interstisial shishi bilan bog‘liq bo‘lgan yetishmovchiligi bilan ifodalanadi, va shokning hamda o‘tkir ko‘p qon yo‘qotilishining, shuningdek bosh miya jarohatining asorati hisoblanadi. Agar bunda bir vaqtda gipoproteinemiya va ortiqcha volemik yuklanishga ishora qiluvchi klinik belgilar bo‘lsa, unda albuminni diuretiklar bilan birga buyurish jadal infuzion davolashning juda muhim qismini hisoblanadi.
Aorto-koronar shuntlash
Zamonaviy sun‘iy qon aylantirish apparatlari (QAA) to‘ldirish uchun nisbatan katta bo‘lmagan hajmlarni talab qiladi. Pasientlarda albumin va kristalloidlarni yordamida erishiladigan operasiyadan oldingi gemodilyusiyani xavfsizligi va yaxshi o‘zlashtirilishi ko‘rsatilgan. Gematokrit va plazma albuminining darajasini xavfsiz pasayish chegarasi aniqlanmagan, biroq albumin va kristalloidlarni QAA ni to‘ldirish uchun gematokritni 20% darajasiga va plazma albumining konsentrasiyasini 2,5 g/l ga erishilgunicha ishlatish umumiy qabul qilingan amaliyot hisoblanadi.
O‘tkir jigar yetishmovchiligi
Jigar faoliyatini koma rivojlanishi (jigar ensefalopatiyasi) bilan yoki usiz yo‘qotishni tez-tez bo‘lmagan vaziyatlarida, albumin onkotik bosimni tutib turish va plazma bilirubinini bog‘lash maqsadida qo‘llanadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni gemolitik kasalligi
Albumin yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashda plazmani o‘rnini bosish uchun ishlatilganida, sariqlik va gemoliz bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar xavfini kamaytirish uchun erkin bilirubinni bog‘lash maqsadida buyurilishi mumkin. Tana vazniga 1 g/kg doza almashtirish transfuziya muolajasini boshlashdan taxminan bir soat oldin buyuriladi. Bolalarda oldindan gipervolemiya mavjudligida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Oqsillarga boy suyuqliklarni yo‘qotish
Jigar sirrozi, yurak yetishmovchiligi, peritonit, shuningdek ekssudativ plevrit oqibatida rivojlangan assit ko‘pincha yo‘qotishni talab qiladi. Bunda uchinchi bo‘shliqqa yo‘qotiladigan oqsilning, shu jumladan albuminning miqdori, hajmni to‘ldirishga yoki onkotik bosimni tutib turishga qaratilgan davolashni talab qilishi mumkin, buni Relabni infuziya qilish yordamida amalga oshirish mumkin.
Eritrositlarni qayta suspenziyalanishi
Katta hajmdagi eritilgan yuvilgan eritrositlarni quyish gipoproteinemiyani haddan ziyod rivojlanishi bilan birga kechishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida albuminni eritilgan yuvilgan eritrositlarni bevosita transfuziyasidan oldin ishlatish mumkin.
O‘tkir nefroz
Siklofosfan yoki steroidlar bilan davolashga nisbatan javob reaksiyasi kuzatilmaganida yoki steroidlar bilan davolash vaqtida shish sindromi yomonlashganida, diurez va qon plazmasida kaliyning konsentrasiyasini nazorati ostida 7-10 kun davomida har kuni 100 ml 20% li albuminni va diuretiklarni birga buyurish mumkin. Shundan so‘ng steroidlarni takroran buyurish samarali bo‘lishi mumkin.
Gemodializ
Surunkali buyrak yetishmovchiligida albuminni qo‘llash standart gemodializni o‘tkazish protokolining majburiy qismi hisoblanmaydi, biroq bu pasientlarda shok yoki gipotoniya rivojlanganida uni qo‘llash ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Odatda bunday vaziyatlarda 100 ml 20% li albumin quyiladi. Bunday bemorlarda ko‘pincha kuzatiladigan ortiqcha volemik yuklamadan saqlanish kerak (xuddi shuning uchun ular katta hajmdagi tuzli eritmalarni ko‘tara olmaydilar).
Miya shishi
Miya shishini davolash uchun albumining 20% li giperonkotik eritmasi ishlatiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kam hollarda (> 1/10000 < 1/1000) – anafilaktik reaksiya; gipotoniya;
Juda kam hollarda (< 1/10000) – eshakemi, angionevrotik shish, eritematoz toshma, anafilaktik shok; ongni chalkashishi holati, bosh og‘rig‘i; taxikardiya, bradikardiya, gipertoniya; hansirash; ko‘ngil aynishi; isitma, qaltirash, kuchli terlash, teri giperemiyasi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- albuminni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik (shu jumladan anamnezda o‘ta yuqori sezuvchanlik);
- og‘ir anemiya;
- giperolemiya;
- II–III darajali surunkali yurak yetishmovchiligi;
- o‘pka shishi;
- tromboz;
- arterial gipertenziya;
- davom etayotgan ichki qon ketishi;
- gemorragik diatez;
- renal va postrenal anuriya;
- qizilo‘ngach venalarini varikoz kengayishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Odam albuminini boshqa dori mahsulotlari bilan spesifik o‘zaro ta‘siri noma‘lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Odam albumini eritmasini boshqa dori mahsulotlari, yangi qon va eritrositar massa, oqsil gidrolizatlari, aminokislotalarning eritmalari va spirt saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Albumin eritmalarini in‘eksiya uchun suv bilan suyultirish mumkin emas, chunki bu resipientlarda gemoliz chaqirishi mumkin.
Relab eritmalarini, agar ular muzlatilgan bo‘lsa yoki ular loyqalangan bo‘lsa qo‘llash mumkin emas. To‘liq ishlatilmagan flakonlarni qayta ishlatish mumkin emas. Darz ketgan, oldindan ochilgan yoki shikastlangan flakonlarni bakterial zararlanishi mumkinligi tufayli qo‘llash mumkin emas.
Ilgari sensibilizasiyalangan ayrim bemorlarda turli og‘irlik darajasidagi allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Reaksiyalar va asoratlarni paydo bo‘lish ehtimoli xavf guruhiga taalluqli bemorlarda, ya‘ni anamnezida oqsil preparatlari va boshqa plazma o‘rnini bosuvchi vositalari, dori vositalari, zardoblar, vaksinalarni vena ichiga yuborishni o‘zlashtiraolmaslikka ko‘rsatma bo‘lgan bemorlarda istisno qilinmaydi. Reaksiyalar yoki asoratlar paydo bo‘lganida, albumin preparatini quyishni darhol to‘xtatish va ignani venadan chiqarmay, antigistamin, kardiotonik vositalar, glyukokortikoidlar, vazopressor preparatlarni yuborish kerak (ko‘rsatmalar bo‘lganida). Shok holatida, amaldagi tibbiy standartlarga muvofiq shokka qarshi davolashni boshlash kerak.
Albumin yuborilganida pasientlardagi elektrolitlar statusini nazorat qilish va elektrolitlar muvozanatini tiklash yoki tutib turish uchun muvofiq choralarni ko‘rish, degidratasiyada esa oldindan regidratasion davolashni o‘tkazish kerak.
Nisbatan katta hajmlarning o‘rnini qoplash zarurati tug‘ilganda, qon ivishini va gematokritni nazorat qilish talab etiladi. Boshqa qon komponentlarini (ivish omillari, elektrolitlar, trombositlar va eritrositlar) muvofiq almashtirishni ta‘minlash kerak.
Odam qoni va plazmasidan olingan preparatlarni qo‘llashda infeksion kasalliklar bilan zararlanish ehtimolini to‘liq inkor qilib bo‘lmaydi. Infeksion agentlarning transmissiya xavfini pasaytirish uchun donorlar va olingan preparatlar sinchiklab tekshiriladi. Ishlab chiqarishda donor plazmasining faqat antigen-negativ namunalari ishlatiladi.
Albuminni qo‘llash asoslanmagan holatlar
Surunkali nefrozda quyilayotgan albumin eritmasi, buyrak to‘qimasini asosiy shikastlanishiga ta‘sir ko‘rsatishga ulgurmasdan buyraklar orqali tez chiqariladi. Albumin kamdan-kam hollarda o‘tkir nefrozda qo‘llanadi. Surunkali jigar sirrozi, ichakda so‘rilishni buzilishi, surunkali pankreatit yoki ochlik oqibatida tana vaznini tanqisligi bo‘lgan bemorlarga albuminni infuziya qilishni oqsilli oziqlantirish manbai sifatida qo‘llash oqlanmagan.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalarda plazmaning fiziologik xajmi yoshga bog‘liqligini xisobga olish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davri
Albuminni odamda homiladorlikda qo‘llash xavfsizligi nazoratli klinik tadqiqotlarda aniqlanmagan. Biroq albuminni klinik qo‘llash tajribasi homiladorlikni kechishiga, homilaga yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqqa zararli ta‘sirini kutishga asos bo‘lmaydi.
Dori vositasini transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilish xususiyati
Preparat faqat stasionar sharoitlarida qo‘llanganligi tufayli ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: juda yuqori doza va quyish tezligi yuqori bo‘lganida gipovolemiya va yurak-qon tomir tizimini ortiqcha yuklanishini bosh og‘rig‘i, hansirash, bo‘yinturiq venalarini to‘lib ketishi, arterial bosimni oshishi, markaziy venoz bosimni oshishi kabi belgilari paydo bo‘ladi, o‘pka shishi kuzatilishi mumkin.
Davolash: preparatni quyishni darhol to‘xtatish va pasientning gemodinamik xarakteristikasini sinchiklab nazorat qilish kerak. Simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
50 ml va 100 ml dan rangsiz shisha flakonlarda. 1 flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +8°S dan +25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari