RENOKETOL
RENOKETOL chiqarilish shakllari
RENOKETOL haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Giperkaltsiemiya, aminokislotalar almashinuvining buzilishi, preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Tarkibi
Xar bir 2,7 g sashe paket quyidagilarni saklaydi:
faol moddalar
Kaltsiy 3 - metil -2 -okso -valerat i (izoleytsin) - 0,201 g
Kaltsiy 4 – metil - 2 - okso - valerati (leytsin) - 0,303 g
Kaltsiy 2 - okso - 3 fenilpropionata (fenilalanin) - 0,204 g
Kaltsiy 3 - metil - 2 - okso - butirata (valin) - 0,258 g
Kaltsiy Dl – 2 gidroksi - 4 (metiltio) butirati (metionin)- 0,177 g
L-lizina atsetat (ekvivalent L-lizina) - 0,315 (0,225) g
L-treonin - 0,159 g
L-triptofan - 0,069 g
L-gistidin - 0,015 g
L-tirozin - 0,090 g
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza, natriy xloridi, povidon (K30), natriy kroskarmelloza, sukraloza, titan dioksidi, suyuq glyukoza, menrik bo'yovchi modda kukuni, apelsinli kukun aromatizatori, izopropil spirti.
Farmakologik ta'siri
Aminokislotalar – bu oqsillarni tarkibiy qismi bo'lib xizmat qiladigan organik birikmalardir. Har bir aminokislotada amino guruh va karboksil kislota guruhi mavjud. Aminokislotalar muhim ahamiyatga ega, chunki ular organizm uchun muhim qismi bo'lgan oqsillarni tashkil qiladi.
Farmakologik ta'siri
Aminokislotalar oqsillar va fermentlarning asosiy qurilish bloklari bo'lib, tananing normal ishlashi uchun, ayniqsa, o'sish va kasallikdan keyin tiklanish davrida muhimdir. Almashinmaydigan aminokislotalar organizmda ishlab chiqarilmaydi va shuning uchun ular ovqat tarkibidi yoki ko'shimchalar sifatida qabul kilinishi kerak.
Bolalar uchun qo'llanilishi
Aminokislota tabletkalari, ehtimol 6 oygacha bo'lgan bolalarda og'iz orqali qabul qilinganda, bolalar uchun xavfsizdir.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Agar homilador yoki emizikli bo'lsangiz, aminokislotalar, kaltsiy tabletkalarini qabul qilish xavfsizligi to'g'risida etarlicha ma'lumot yo'q. Ehtiyot bo'ling va shifokoringizga murojaat qiling.
Maxsus ko‘rsatmalari
Shu vaqtgacha homiladorlik va pediatriyada qo'llanilmagan. Alfaketoanalogini tegishli aminokislotalarga to'g'ri singishi va metabolizmini yaxshilash uchun ovkat bilan birga qabul qilish kerak. Qon zardobidagi kaltsiy miqdorini muntazam ravishda kuzatib borish kerak. Etarli kaloriya ta'minlanishi kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Tarkibida kaltsiy saqlovchi preparatlar bilan qabul qilinganda qon zardobida kaltsiyning ko'payishiga olib kelishi mumkin. Kaltsiy bilan qiyin eruvchi birikmalar hosil qiluvchi (masalan: tetrasiklinlar, tsiprofloksasin va norfloksasin kabi xinolinlar, shuningdek temir, ftorid yoki estramustin saqlovchi) preparatlarni alfaketoanalog bilan bir vaqtda kabul qilmaslik kerak. Alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi tabletkalarni qabul qilish oralig'i kamida ikki soatni tashkil qilishi kerak. Kardioaktiv glikozidlarga sezuvchanlik aritmiya rivojlanish xavfini oshiradi. Alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi tabletkalar qon zardobida kaltsiy miqdorini oshiradi. Alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi preparatlar bilan davolashda uremik alomatlar yaxshilanadi. Shuningdek tarkibida alyuminiy gidroksid saqlovchi preparat qabul qilinganda, kerak bo'lganda ushbu preparat dozasi kamaytirilishi kerak. Qon zardobi tarkibidagi fosfat miqdori kamaytirilishi nazorat qilinishi kerak.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichish uchun.
Kattalar: kuniga 1 dan 3 ta gacha paketdan yoki shifokor/sog'lik uchun ma'sul xodim ko'rsatmasiga binoan. Ovqat vaqtida qabul qilinganda tog'ri so'riladi va metabolizmga uchraydi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













