Apteka.uz
SavatKirish

ROTAPROST

- ROTAPROST qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- ROTAPROSTning tarkibi
- ROTAPROST ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- ROTAPROST narxi Toshkent dorixonalarida

ROTAPROST qo'llanmasi

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ROTAPROST

ROTAPROST

 

Preparatning savdo nomi: Rotaprost

Dori shakli: qattiq jelatin kapsulalar.

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Pakana palma mevalarining (Serenoarepens) quruq ekstrakti           80 mg;

Qovoq urug‘ining quruq ekstrakti                                                           200 mg;

Qichitqi o‘t ildizining (Urticadioica) quruq ekstrakti                                    150 mg;

Rux (sink pikolinati shaklida)                                                              0,105 mg;

Selen (natriy seleniti shaklida)                                                           22,5 mkg;

yordamchi moddalar: magniy stearati;

kapsula qobig‘ini tarkibi: temir (II,III) oksidi, titan dioksidi, temir (III) oksidi, jelatin.

Ta‘rifi: №0 o‘lchamli, to‘q jigarrang rangli, oq rangli zarrachalari bilan birga to‘q sariq rangdan jigarrang ranggacha bo‘lgan kukun saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: prostata bezining kasalliklaridan qo‘llanadigan preparat.

ATX kodi: G04SX

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Rotaprost siydik chiqarish kanalini, prostata bezining havfsiz giperplaziyasi va prostatit bilan bog‘liq bo‘lgan funksional buzilishlarida qo‘llanadi.

Pakana palmaning mevalari va qichitqi o‘t ildizining quruq ekstraktlari prostata bezining darajasida tanlab ta‘sir ko‘rsatib, antiandrogen, yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi va antiproliferativ samaralar ko‘rsatadi. Bunda qon plazmasidagi jinsiy gormonlarning darajasiga ta‘sir qilmaydi, potensiya va libidoga ta‘sir qilmaydi.

Mahalliy antiandrogen ta‘sir mexanizmi digidrotestosteronni sintezini ingibisiya bo‘lishi (5-alfa-reduktaza fermentini susayishi hisobiga) va uni sitozol reseptorlarga fiksasiya bo‘lishi bilan ifodalanadi, bu gormonni yadroga kirishiga to‘sqinlik qiladi. Buning natijasida oqsil sintezi kamayadi.

Mahalliy yallig‘lanishga qarshi ta‘sir mexanizmi Serenoarepens ekstrakti fosfolipaza A2 ning faolligini va araxidon kislotasini ajralib chiqishini ingibisiya qilib, shu orqali yallig‘lanish mediatorlari hisoblangan prostaglandinlar va leykotrienlar sintezini sintezini kamaytirish bilan ifodalanadi.

Birinchi hafta davolash davomida prostata bezida kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi va qon-tomirlar stazi kamayadi, shish va yallig‘lanish jarayoni kamayadi, qovuqning bo‘yni va siydik chiqarish kanalini kompressiyasi bartaraf bo‘lib, urodinamika ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.

Preparatning mahalliy antiproliferativ ta‘siri o‘sish omillari (birinchi navbatda epidermal va fibroblastik o‘sish omillari) ning faolligini pasayishi va prostata bezining hujayralarida apoptoz jarayonlarini tezlashishi bilan namoyon bo‘ladi, bu o‘sishni tormozlanishida va keyinchalik prostata bezining hajmini kamayishida aks etadi.

Qovoq urug‘ining quruq ekstrakti

Tokoferollar (alfa-, beta-, gamma-, sigma-, sigma-izomerlar) va karotinoidlarning miqdorini ko‘pligi biologik membranalarda yaqqol antioksidant ta‘sir, lipidlarning peroksidli oksidlanish jarayonlariga susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Qovoq urug‘larida mavjud bo‘lgan biologik faol moddalarning farmakologik hususiyatlarini yig‘indisi uning yallig‘lanishga qarshi va sitoprotektor ta‘sirini belgilaydi. Antiandrogen hususiyatlarga ega bo‘lib, qovoq urug‘i ekstrakti prostata bezida hujaralar proliferasiyasini pasaytiradi, mikrosirkulyasiyani va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirini yaxshilanishi tufayli, uning faoliyatini normallashtiradi.

Rux hujayra membranalarini barqarorlashtiradi, regenerasiya jarayoniga, nerv impulslarini o‘tishiga ta‘sir qiladi, immunitetning T-hujayralari bo‘g‘iniga immunomodulyator ta‘sir ko‘rsatadi va nospesifik immun himoya omillarini oshiradi.

Selen antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi, erkin radikallarni hosil bo‘lishini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan tashqi salbiy omillarni organizmga ta‘sirini pasaytiradi.

Farmakokinetikasi

Preparatning ta‘siri uning tarkibidagi komponentlarni umumiy ta‘siri hisoblanadi, shuning uchun kinetik tadqiqotlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.

Qo‘llanilishi

  • prostata bezining havfsiz giperplaziyasini I va II darajasida siyishni buzilishi;
  • prostatitda siyishni buzilishi;
  • prostata bezining havfsiz giperplaziyasini jarrohlik yo‘li bilan davolashdan keyingi qaytalanishlarni oldini olish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Rotaprost preparati 1 kapsuladan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) buyuriladi. Kapsulalarni ovqatlanishdan qat‘iy nazar, ichga, chaynamasdan, ozgina miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak. Davolash kursi kamida 30 kunni tashkil etadi. Optimal davolash sxemasi va takroriy davolash kurslari har bir holatda shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi va buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, gastralgiya (ayniqsa preparat och qoringa qabul qilinganida).

Boshqalar: allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Rotaprost preparatini dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Anamnezida MIY kasalliklari bo‘lgan pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Pasientning klinik holatini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida preparat qo‘llanmaydi.

Pediatriyada qo‘llanishi

Pediatriya amaliyotida preparatni qo‘llash havfsiziligi va samaradorligi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

 

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Rotaprost avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning katta miqdori ichga bexosdan qabul qilinganida me‘dani yuvish kerak.

Chiqarilish shakli

Qattiq jelatin kapsulalar. 15 kapsula blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz beriladi.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ROTAPROST preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ROTAPROST barcha rasmlari

Barcha rasmlar

ROTAPROST haqida savollar

ROTAPROST haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil