Ташкент
logo
SavatKirish

SINPROJI

SINPROJI chiqarish shakllari

SINPROJI tomchilar 15 ml
SINPROJI tomchilar 15 ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
- SINPROJI qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- SINPROJIning tarkibi
- SINPROJI ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- SINPROJI narxi Toshkent dorixonalarida

SINPROJI qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Italiya
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Mahsulot tarkibiyqismlariga yuqori sezuvchanlik.

Farmakodinamikasi

Laktobakteriyalar (Lactobacillus acidophilus, casei, rhamnosus, helveticus, plantarum) normal metabolizm jarayonida sut kislotasini hosil gilishi, lizozim, antibiotik faolligi bo'lgan boshqa moddalarni ishlab chiqarishi va ichak mikroflorasining 85-95% tashkil etadigan bifidobakteriyalarning o'sishiga yordam beruvchi kislotali muhitni yaratadi. PH muhitining o'zgarishi(kislotali yo'nalishda) antibakterial ta'sirga ega va ichak harakatini yaxshilaydi. Organik kislotalar, bakteriosinlar (yuqori molekulyar og'irlikdagi antibiotiklar) ishlab chiqarilishi tufayli lakto - va bifidobakteriyalar patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarga qarshi aniq antagonistik faollikni namoyish etib, oshqozon - ichak traktini patogen mikroorganizmlarning ta'siridan himoya qiladi. Ular E. Coli, H. Influenzae, Campilobacterjejuni, Salmonella, Shigella, streptococcus, Staphylococcus aureus, Helicobacter pylori kabi patogen mikroorganizmlarga ularning o'sishini to'xtatadi va enterositlarga birikishini oldini oladi.

Lakto- va bifidobakteriyalar oqsillar, yog'lar va murakkab uglevodlarni parchalash jarayonida, safro kislotalari almashinuvida, shuningdek K va B vitaminlari, foliy va nikotin kislotalarning sintezida ishtirok etadi. Ular muhim aminokislotalarning sinteziga hissa qo'shadilar, ularning ishtirokida kalsiy tuzlari, D vitamini yaxshiroq so'riladi, ular ovqat hazm qilish va so'rilishida faol va bevosita ishtirok etadilar, ovqat hazm qilish bezlarining sekretor funksiyasini va ichak harakatini yaxshilaydilar.

Lakto- va bifidobakteriyalar hujayraviy immunitetini va immunoglobulinlarni ishlab chiqarishni faollashtiradi, kasalliklarning uzoq muddatli shakllarining rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.

Immunostimulyator xususiyat ularning hujayra devorida immunomodulyator ta'sirga ega peptiglikanlar va teyxoik kislotalarning mavjudligi bilan bog'liq.

Laktobakteriyalarning afzalligi me'da shirasi va safro kislotalari ta'siriga yuqori chidamlidir, shuning uchun oshqozonning kislotali muhitida 30 daqiqadan so'ng mikroorganizmlarning taxminan 80% omon qoladi. Sinprojadagi bakteriyalar ichak devorining reseptorlariga yopishib olish va profilaktika yoki davolash kursi tugaganidan keyin 7-15 kungacha tirik qolish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, laktobakteriyalar vaginal epiteliya glikogenini sut kislotasiga metabolizasiya qilish orqali vaginal mikroflorani tiklashda muhim rol o'ynaydi, bu esa vaginal pH ni3,8-4,2 darajasida ushlab turadi.

Sut kislotasi laktokokk (Lactococcus lactis) sut kislotasi hosil bo'lishiga va patogen mikroflorani bostirishga yordam beradi.

Termofil streptokokk (Streptococcus thermophilus) oziq-ovqat mahsulotlarini yaxshiroq hazm qilishga, tananing kurashuvchangligini oshirishga yordam beradi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega.

Dozirovkasi

0 - 1 yoshgacha, kuniga                   5 tomchidan              1-2 mahal;

1 - 6 yoshgacha, kuniga                   5 tomchidan               2-3 mahal;

6 - 12 yoshgacha, kuniga                 12 tomchidan             2-3 mahal;

12 yoshdan kattalarga, kuniga       20 tomchidan             2-3 mahal.

Ovqatlanish paytida yoki ovqatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Saqlash shartlari

Qorong'i va salqin joyda 25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi

1 ml tarkibida 2 milliard tirik bakteriyalar mavjud:

L.Acidophilus                                   0,16 mld

L. Casei                                             0,16 mld

L.Rhamnosus                                  0,33 mld

B. Brevis                                            0,16 mld

L.Plantarum                                     0,33 mld

B.Bifidum                                           0,16 mld

B.Longum                                          0,16 mld

L.Helveticus                                      0,16 mld

Lactococcus Lactis                        0,16 mld

S.Thermophilus                                0,16 mld       

Yordamchi komponent: zaytun moyi asosida ishlab chiqarilgan. 

Ovqat hazm qilish tizimini normallashtirish, ichak mikroflorasini tiklash va tananing immun holatini oshirish uchun kompleks biologik faol qo'shimchadir.

Nojo'ya samaralari

Yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining rivojlanishi mumkin.

Qo'llanilishi

- immunitet va tananing kasalliklarga umumiy qarshiligini oshirish;

- antibiotiklar qo‘llash paytida va undan keyin rivojlangan disbiyoz (mikroflorani tiklash va normallashtirish uchun, ovqatlanish tartibini buzilishi);

- diareya, ich qotishi, qorin dam bo'lish, kekirish, og'riq, og'irlik, jig'ildon qaynash va dispepsiyaning boshqa belgilarida;

- oshqozon-ichak traktining bakterial infektsiyalari (kompleks terapiyaning bir qismi sifatida);

- ovqatlanishning o'zgarishi, sayohat va boshqa sabablar bilan bog'liq o'tib ketuvchi ichak disfunksiyalarining (diareya yoki ich qotishi) oldini olish;

- sut laktoza hazm qilaolmaslik.

Xususiyatlari

Tabiiy ingredientlar bo'lishi ta'mdagi, rangdagi farqlariga va mayda cho'kmaga olib kelishi mumkin.

Yaroqlilik muddati (oy)

yaroqlilik muddati 2 yil.

SINPROJI barcha rasmlari

Barcha rasmlar

SINPROJI savollari

SINPROJI fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil