Apteka.uz
SavatKirish

Speman

Speman chiqarilish shakllari

SPEMAN tabletkalari N100
Retseptsiz
SPEMAN tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
The Himalaya Drug Company
•108 ta dorixonada bor
Narxi
102 900 so'm dan
SPEMAN FORTE tabletkalari N100
SPEMAN FORTE tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
The Himalaya Drug Company
•102 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
- Speman qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Spemanning tarkibi
- Speman ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Speman narxi Toshkent dorixonalarida

Speman qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini simptomatik davolash; — oligospermiya; — spermatozoidlar harakatchanligining pasayishi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Farmakokinetikasi

Speman preparatining terapevtik ta'siri uning komponentlarining umumiy ta'siri bilan belgilanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o‘tkazishning imkoni yo‘q.

Farmakologik ta'siri

O'simlikdan olingan kompleks preparat. Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida dimlanish hodisalari va dizuriy buzilishlarni kamaytiradi. Preparat spermatogenezni rag'batlantiradi, spermatozoidlar harakatchanligini oshiradi, sperma qovushqoqligini pasaytiradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Bo'lishi mumkin: allergik reaktsiyalar.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtda Speman forte preparatining dozasi oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan.

Dori shaklining ta'rifi

  • Och-jigarrangdan to'q-jigarrang ranggacha bo'lgan, dog'lari bo'lgan, dumaloq, ikki tomonlama qavariq tabletkalar. Och-jigarrang rangli, kulrang tusli va dog'lari bo'lgan, dumaloq, ikki tomonlama qavariq tabletkalar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Oligospermiyada Speman preparati Tenteks forte preparati bilan bir vaqtda qo‘llanilganda terapiya samaradorligi oshadi.

Umumiy ma'lumot

Speman®

preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Qayd etish raqami:

Savdo nomi:

Speman

Dori shakli:

Tabletkalar

Tarkibi:

Spemanning har bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:

Faol komponentlar:

Kukunlar: 65 mg uxlatadigan vitaniya ildizi (Withania somnifera), 32 mg uzun bargli asterkant urug‘i (Astercantha longifolia), 16 mg kompas latuk urug‘i (Lactuca scariola), 16 mg baxmal qichishtiruvchi loviya urug‘i (Mucuna pruriens), 16 mg mozaikali oltin (Suvarnavang). Ekstraktlar: 32 mg chiroyli argireya ildizi (Argyreia speciosa), 32 mg yerbag‘rli temirtikan mevalari (Tribulus terrestris), 32 mg to‘rsimon leptadeniya poyasi (Leptadenia reticulate), 16 mg marvarid parmeliya qavati (Parmelia perlata).

Yordamchi moddalar: magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, krospovidon, natriy karboksimetilsellyuloza, aerosil (kolloid kremniy dioksidi).

Ta‘rifi:

Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, och-jigarrangdan to‘q-jigarranggacha rangli dog‘lari bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi:

O‘simliklardan olingan prostataning xavfsiz giperplaziyasini davolash uchun vosita.

ATX kodi: G04BX.

Farmakologik ta‘siri:

Tabletkalarning tarkibiga kiruvchi o‘simliklarning ta‘sir etuvchi moddalari spermatogenezni rag‘batlantiradi, spermatoidlarning faolligini oshiradi, spermaning yopishqoqligini pasaytiradi, prostata bezidagi dimlanish ko‘rinishlarini kamaytiradi, prostata bezini xavfsiz kattalashishida dizurik buzilishlarning yaqqollik darajasini kamaytiradi.

Qo‘llanilishi:

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini simptomatik davolash uchun oligospermiyada spermatozoidlarning xarakatchanligi pasayganida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Preparatning alohida komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llash usuli va dozalari.

Ichga buyuriladi. Prostata bezini xavfsiz kattalashishi: dastlab 2 tabletkadan kuniga 2-3 marta, keyinchalik erishilgan samarani bir maromda saqlab turuvchi dozagacha kamaytiriladi.

Oligospermiya: 2 tabletkadan kuniga 3 marta 4-6 oy davomida buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari:

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi:

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri:

Oligospermiyada «Tenteks forte» preparati bir vaqtda ishlatilganida davolash samarasi oshadi.

Chiqarilish shakli:

Tabletkalar; 100 tabletkadan plastmassa flakonda, har bir flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti:

Quruq joyda, +10°S dan +30°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati:

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Speman preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Speman narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
101 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
101 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
101 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
101 900 so'm
Bron qilish

Speman barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Speman haqida savollar

Speman haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil