Suprastin analoglari
Guruh analoglari
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish
Suprastin
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Mavsumiy va yil bo'yi kuzatiladigan (persistirlovchi) allergik rinit va kon'yunktivit (qichishish, aksirish, rinoreya, ko'z yoshlanishi, kon'yunktiva giperemiyasi); pichan isatmasi (pollinoz); eshakemi, sh.j. surunkali idiopatik eshakemi; Kvinke shishi; qichishish va toshmalar bilan kechuvchi allergik dermatozlar simptomatik davosi.
Nojo'ya ta'sirlar
- Nojo'ya ta'sirlar odatda juda kamdan-kam hollarda yuzaga keladi, vaqtinchalik xarakterga ega, preparat bekor qilingandan keyin o'tib ketadi. MNT tomonidan: uyquchanlik, tez charchash, bosh aylanishi, asabiy qo'zg'alish, tremor, bosh og'rig'i, eyforiya. Oshqozon-ichak trakti tomonidan: qorinda noqulaylik, og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qabziyat, ishtahaning yo'qolishi yoki oshishi, qorinning yuqori qismida og'riq. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial qon bosimining pasayishi, taxikardiya, aritmiya. Ushbu nojo'ya ta'sirlarning preparatni qabul qilish bilan bevosita bog'liqligi har doim ham aniqlanmagan. Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kamdan-kam hollarda: leykopeniya, agranulotsitoz. Boshqalar: siyishning qiyinlashishi, mushak kuchsizligi, ko'z ichki bosimining oshishi, fotosensibilizatsiya. Yuqorida sanab o'tilgan har qanday ta'sirlar yuzaga kelganda, preparatni qabul qilishni to'xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Retseptli
Kategoriya
Antiallergik dorilarMavjud chiqarilish shakllari
- Tabletkalar
- Eritma
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Allergiyadan 











