Apteka.uz
SavatKirish

Tantum

Tantum chiqarilish shakllari

TANTUM VERDE eritma 120ml 0,15%
Retseptsiz
TANTUM VERDE eritma 120ml 0,15%
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Aziende Chimiche Riunite Angelini Francesco A.C.R.A.F. S.p.A.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
145 000 so'm dan
- Tantum qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Tantumning tarkibi
- Tantum ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Tantum narxi Toshkent dorixonalarida

Tantum haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TANTUM® ROZA

TANTUM® ROZA

 

Preparatning savdo nomi: Tantum® Roza

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): benzidamin

Dori shakli: vaginal eritma; vaginal eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

100 ml vaginal eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,1 g benzidamin gidroxloridi (140 ml bir flakonda 0,14 g ga muvofiq keladi);

yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, dinatriy edetati, atirgul (96% li etanol, polisorbat 20 va atirgul moyi), tozalangan suv.

Vaginal eritma tayyorlash uchun bir sashe kukun quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,500 g benzidamin gidroxloridi;

yordamchi moddalar: trimetil-setilammoniy paratoluolsulfonat, povidon, natriy xloridi.

Ta‘rifi:

0,1% li vaginal eritma: o‘ziga xos atirgul hidli, rangsiz tiniq suyuqlik.

Vaginal eritma tayyorlash uchun 500 mg kukun: bir xil oq yoki deyarli oq rangli qumoqlar va yod zarrachalari bo‘lmagan granulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat.

ATX kodi: G02CC03

 

Farmakologik xususiyatlari

Benzidamin nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat bo‘lib, indazollar guruhiga kiradi. Benzidamin antibakterial, yallig‘lanishga qarshi, antiekssudativ va og‘riq qoldiruvchi  ta‘sirga, shuningdek gistoprotektor faollikka ega.

Benzidaminning ta‘sir mexanizmi asosan uning vazofaol aminlarga antagonizm, hujayralar va lizosomal membranalarning barqarorlashtiruvchi va prostaglandinlarning sintezini ingibisiya qiluvchi qobiliyati bilan tushuntiriladi, bu yallig‘lanish jarayonini tutib turadi.

Benzidamin mikroorganizmlarning membranalari orqali tez kirib hujayra strukturasini shikastlashi, metabolik jarayonlarni va hujayra lizisomalarini buzishi hisobiga antibakterial ta‘sir ko‘rsatadi.

Candida albicans ga nisbatan zamburug‘larga qarshi ta‘sirga ega. Zamburug‘larning hujayra devorini va misetlarning metabolik zanjirlarining struktur modifikasiyasini  chaqiradi, shunday qilib ularning reproduksiyasiga to‘sqinlik qiladi, bu benzidaminni infeksion etiologiyali yallig‘lanish jarayonlarida qo‘llash uchun asos bo‘ladi.

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo‘llanganda preparat shilliq qavatlardan yaxshi so‘riladi va yallig‘langan to‘qimalarga kiradi. Preparatning chiqarilishi asosan buyrak va ichak orqali metabolitlari yoki kon‘yugasiya mahsulotlari ko‘rinishida yuz beradi.

Mahalliy qo‘llash uchun dori shakllari tizimli ta‘sirga ega emas va ko‘krak sutiga o‘tmaydi.

 

Qo‘llanilishi

– bakterial vaginoz;

– spesifik vulvovaginitlar (majmuaviy davolashda);

– nospesifik vulvovaginitlar va har qanday etiologiyali servikovaginitlar, shu jumladan ximioterapiya va radioterapiya fonida ikkilamchi rivojlanganlar;

– ginekologik jarrohlik operasiyalaridan oldingi va keyingi asoratlarning oldini olish;

– tug‘ruqdan keyingi davrda gigienik vosita sifatida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Intravaginal.

Vaginal eritma tayyorlash uchun kukun: bir sashe ichidagisini 500 ml suvda bir marta ishlatish uchun eritiladi.

Vaginal eritma: flakondagi eritma, bir martalik purkash uchun ishlatishga tayyor hisoblanadi.

Flakon ichidagisini suv hammomida isitish kerak. Muolajani yotqizib o‘tkazish kerak, suyuqlik qinda bir necha minut qolishi kerak. Bir marta purkab yuvish uchun flakondagi barcha 140 ml hajm ishlatiladi.

  • Bakterial vaginozda: vaginal yuvishlar sutkada 1-2 marta 7-10 kun davomida.
  • Har qanday etiologiyali nospesifik vulvovaginitlar va serikovaginitlarda, shu jumladan kimyoterapiya va radioterapiya fonida ikkilamchi rivojlanganda, spesifik vulvovaginitlarda: majmuaviy davolash tarkibida sutkada 2 marta kamida 10 kun.
  • Ginekologik jarrohlikda operasiyadan oldingi va keyingi asoratlarning oldini olishda va tug‘ruqdan keyingi davrda gigienik vosita sifatida sutkada 1 marta 3-5 kun davomida.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tantum® Roza preparatining har qanday nojo‘ya samaralari to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Preparatni uzoq vaqt qo‘llash yuqori sezuvchanlikka olib kelishi mumkin.

DIQQAT: preparatni uzoq vaqt davomida qo‘llamang. Agar yaxshilanish bo‘lmasa, shifokorga murojaat qiling.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tantum® Roza preparatining boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya

Tantum® Roza preparatini homiladorlik va laktasiya, emizish vaqtida mahalliy qo‘llashga bironta ham qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni qo‘llash avtotransportni boshqarish qobiliyatiga diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Tantum® Roza preparatining dozasini oshirib yuborish hollari haqida xabar berilmagan.

 

Chiqarilish shakli

Vaginal eritma:

–           140 ml dan preparat oq rangli kanyulali qopqoq va konyulali himoyalash va mahkamlash uchun yarim tiniq qopqoqchali yo‘naltiruvchi uchlikka ega bo‘lgan pushti rangli flakonda.

–           5 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Vaginal eritmani tayyorlash uchun kukun:

–           9,44 g dan kukun termik usulda yopishtirilgan qog‘oz, polipropilendan sasheda.

–           10 sashedan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Vaginal eritma: yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Vaginal eritma tayyorlash uchun kukun: 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

Tantum® Roza vaginal eritmasi – 4 yil;

Tantum® Roza vaginal eritma tayyorlash uchun kukun – 5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Tantum preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Tantum haqida savollar

Tantum haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil