Apteka.uz
SavatKirish

Taufon

Taufon chiqarilish shakllari

TAUFON JL ko'z tomchilari 10ml 4%
TAUFON JL ko'z tomchilari 10ml 4%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories OT MChJ
•1 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
TAUFON ko'z tomchilari 10ml 40mg/ml
Retseptli
TAUFON ko'z tomchilari 10ml 40mg/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•127 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
TAUFON ko'z tomchilari 10ml 4%
TAUFON ko'z tomchilari 10ml 4%
•127 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
- Taufon qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Taufonning tarkibi
- Taufon ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Taufon narxi Toshkent dorixonalarida

Taufon haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Yurak-qon tomir tizimi Ateroskleroz profilaktikasi Surunkali yurak-qon tomir yetishmovchiligi Yurak aritmiyasi Arterial gipertoniya Ko'rish Shoh pardaning distrofik shikastlanishlari To'r parda distrofiyasining turli shakllari Ko'ruv nervi atrofiyasi Tug'ma uzoqni ko'ra olmaslik Kompyuter, teleekran bilan ishlashda, o'qishda, transport haydashda, sport bilan shug'ullanishda ko'z toliqishi Ko'rish o'tkirligini oshirish uchun Nerv tizimi Vegeto-tomir distoniyasi Zo'riqish bosh og'rig'i Organizmning stresslarga chidamliligini oshirish Endokrin tizim I va II turdagi qandli diabet Metabolik sindrom Jigar va o't chiqarish yo'llari Surunkali gepatit Fibroz Jigar yog'li distrofiyasi Giperxolesterinemiya Surunkali xoletsistit Gerontologiya Keksa yoshdagi shaxslar uchun taurin manbai

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — tauringa yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • 1 ml taurin 40 mg 250 mg miqdorda taurin, kaliy xlorid, kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati saqlaydigan 350 mg li kapsulalar. 250 mg miqdorda taurin, kaliy xlorid, mikrokristall tsellyuloza, o‘rta molekulyar polivinilpirrolidon, kaltsiy stearati, kartoshka kraxmali saqlaydigan 360 mg massali qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakologik ta'siri

Taufon™ Vita ning ta'sir etuvchi moddasi taurin aminokislotasi (2-aminoetansulfon kislotasi) hisoblanadi. Taurin nomi yunoncha Taurus so'zidan kelib chiqqan bo'lib, buqa degan ma'noni anglatadi. Birinchi marta 19-asrda ajratib olingan va 180 yillik o'rganish davomida 20 mingga yaqin ilmiy ishlar, 18 ta monografiya nashr etilgan, taurin metabolizmi, fiziologiyasi va kimyosining turli jihatlariga bag'ishlangan 23 ta xalqaro va mintaqaviy konferentsiyalar o'tkazilgan. Taufonning (taurinning) turli a'zolar va to'qimalar ishiga foydali ta'siri ushbu modda inson organizmida bajaradigan tabiiy funktsiyalari bilan bog'liq. Taurin insonning bosh miya, yurak, jigar, oshqozon osti bezi, ko'z to'qimalari kabi hayotiy muhim a'zolari to'qimalarida mavjud. Faqat yurakning o'zida barcha almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar yig'indisining 50% i taurin hissasiga to'g'ri keladi. Ayniqsa limfoid to'qimada, shuningdek qonning asosiy elementlari: limfotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlarda ko'p bo'lib, ular ma'lumki, organizmda himoya funktsiyalarini bajaradi. Leykotsitlar va trombotsitlarda u har qanday aminokislotadan 12-20 baravar ko'p. Sog'lom organizmning hujayra ichidagi taurin miqdori ochlik, kimyoviy moddalar yoki bakterial toksinlar bilan o'tkir zaharlanish, og'ir jismoniy yuklamalar kabi ekstremal holatlarda ham doimiy darajada saqlanib turadi. Organizmda taurin tanqisligi "yashirin taurin ochligi" holatini keltirib chiqaradi, bu quyidagilarga sabab bo'ladi: yurak etishmovchiligi, aritmiya, arterial gipertoniya, ko'rishning pasayishi va ko'z kasalliklarining rivojlanishi, jigar va oshqozon osti bezi ishidagi buzilishlar, yog'lar va qandlarning o'zlashtirilishidagi buzilishlar, xolesterin ortiqchaligi, ateroskleroz rivojlanishi, skelet mushaklari kuchsizligi, xavotirlilik, asabiylik, xotira susayishi, vegeto-tomir distoniya, immunitet pasayishi, jinsiy faollikning pasayishi. Yuqorida sanab o'tilgan asoratlarning o'z vaqtida oldini olish Taufon™ Vita ni profilaktik qo'llash orqali mumkin.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Allergik reaktsiyalar.

Dori shaklining ta'rifi

  • Ko'z tomchilari 4% Ikki tomonlama qavariq, och-zarg'aldoq qobiq bilan qoplangan tabletkalar yoki qattiq jelatin kapsulalar, ikki rangli (kapsula korpusi oq, qopqoqchasi och-zarg'aldoq rangli

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TAUFON

TAUFON

 

Preparatning savdo nomi: Taufon

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): taurin

Dori shakli: ko‘z tomchilari

Tarkibi:

1 ml quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 40 mg taurin;

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (nipagin) (Ye 218), tozalangan suv.

Ta‘rifi: rangsiz, tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Trofik vositalar.

ATX kodi: S01X A.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Taurin distrofik xarakterdagi ko‘z to‘r pardasi kasalliklarida, ko‘z to‘qimalarini jarohat shikastlanishlarida, bu to‘qimalarning metabolizmini keskin buzilishlari bilan kechuvchi patologik jarayonlarda reparativ va regenerasion jarayonlarni rag‘batlantiruvchi aminokislotali preparat hisoblanadi. Oltingugurt saqlovchi aminokislotasi sifatida, preparat xujayralar membranasining funksiyasini normallashishiga, energetik va almashinuv jarayonlarini optimallashishi, xujayralar sitoplazmasining elektrolit tarkibini doimiyligini tutib turish, sinaptik o‘tkazuvchanlikni tormozlanishiga (neyromediator rol) yordam beradi.

Preparatni glaukomasi bo‘lgan bemorlarda ko‘z ichki bosimini pasaytiruvchi vosita sifatida samaradorligi haqida ma‘lumotlar bor.

Farmakokinetikasi

Preparat tomizilganda ko‘z ichiga kiradi, u yerda o‘zining spesifik ta‘sirini namoyon qiladi. Taurin terapevtik dozalarda qo‘llanilganda tizimli qon oqimiga deyarli so‘rilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Ko‘z to‘p pardasining distrofik shikastlanishlari, shu jumladan tapetoretinal degenerasiyalar, shox parda distrofiyalari, qarilik, diabetik, jarohat va nur ta‘siridagi kataraktalar; shox pardani shikastlanishlarida tiklanish jarayonlarini rag‘batlantiruvchi vosita sifatida.

Ko‘z shox pardasini shikastlanishi va distrofiyasi, shu jumladan nasliy tapetoretinal degenerasiyalar. Katarakta (yoshga doir, diabetik, jarohat, nur ta‘siridagi). Ochiq burchakli glaukomada (timolol bilan birga) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat kattalarga buyuriladi. Qo‘llashdan bevosita oldin preparat saqlovchi flakonni tana haroratigacha isitish uchun uni kaftda ushlab turish maqsadga muvofiq. Shikastlangan ko‘zning kon‘yunktival qopchasiga 2-3 tomchidan sutkada 2-4 marta tomiziladi.

Davolash davomiyligi jarohatlarda – 1 oy, kataraktada – 3 oy (1 oy interval bilan takrorlansin).

Ko‘z to‘r pardasining tapetoretinal degenerasiyasi va boshqa distrofik kasalliklari, shox pardani teshib o‘tuvchi jarohatlarni davolashda preparat kon‘yunktivaga yuboriladi: 4% li eritma 0,3 ml dan sutkada 1 marta 10 kun davomida. 6-8 oydan keyin davolash kursi takrorlanadi.

Ochiq burchakli glaukomada timololni qo‘llashdan 20-30 minut oldin har bir kon‘yunktival qopchaga sutkada 2 marta 2-3 tomchidan instillyasiya qilinadi. Davolash kursi individual ravishda belgilanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatni qo‘llaganda preparatning komponentlariga individual o‘ta yuqori sezuvchanlik bilan chaqirgan allergik kon‘yunktivit ko‘rinishida allergik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Timolol ko‘z tomchilari bilan bir vaqtda qo‘llanganda ko‘z ichki bosimini kuchayishi, shu jumladan arterial bosimini pasayishini kuchayishi kuzatiladi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ochiq burchakli glaukomada preparat timololni tomizishdan 20-30 minut oldin timolol bilan birga qo‘llanadi.

Bolalar. Bolalarda preparatni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan, shuning uchun bu toifadagi pasientlarda preparatni buyurish mumkin emas.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaksiya tezligiga ta‘sir ko‘rsatish qobiliyati. Timolol ko‘z tomchilari bilan bir vaqtda qo‘llaganda ko‘z ichki bosimini pasayishi, shuningdek arterial bosimni pasayishi kuzatiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Chiqarilish shakli

5 ml dan shisha flakonda, 3 flakon polietilen tomchilagich-qopqoq bilan karton qutida.

10 ml dan shisha flakonda, 1 flakon polietilen tomchilagich-qopqoq bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Flakon ochilgandan keyin yaroqlilik muddati – 14 sutka.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Taufon preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Taufon narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
7 200 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
7 200 so'm
Bron qilish
Target Farm №3
Yashnobod tumani, Oltin tepa ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
7 500 so'm
Bron qilish
Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
7 500 so'm
Bron qilish

Taufon haqida savollar

Taufon haqida fikr-mulohazalar

Reyting 3.9, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil