SISTINOL AKUT
SISTINOL AKUT chiqarilish shakllari

SISTINOL AKUT haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
• Archagul barglariga yoki preparatning boshqa xar qanday komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik;
• Homiladorlik va laktatsiya;
• 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
In vitro sharoitida archagul barglari preparatlari quyidagilarga nisbatan Proteus vulgaris, Yescherichia soli, Ureaplasma urealyticum, Mycoplasma hominis, Staphylococcus aureus, Pseudomonas aeruginosa, Klebsiella pneumoniae, Enterococcus faecalis, Streptococcus strains, , shuningdek Sandida albicans antibakterial ta'sir ko'rsatadi. Antibakterial samarasi asosan arbutindan yoki arbutinning chiqarib yuborish vaqtida hosil bo'lgan mahsulotlardan ajralib chiqadigan gidroxinon aglikonlari bilan bog'liq.
Siydik yo'li infektsiyasini keltirib chiqaradigan mikroorganizmlarning fermentativ faolligi gidrokinonni kon'yugatlardan (gidroxinon glyukuronid va- sul'fat) chiqarishda muhim rol' o'ynaydi.
Farmakokinetikasi
Archagul barglaridan Arbutin (olddori) ingichka ichakda so'riladi, jigarda fermentativ ravishda parchalanadi va tez metabolizmga uchraydi. II bosqich reaktsiyasi natijasida gidroxinon kon'yugatlari glyukuronid va gidrokinon sul'fat shaklida hosil bo'ladi. Ushbu toksik bo'lmagan metabolitlar suvda eriydi va siydik bilan chiqariladi.
Sog'lom ko'ngillilarda metabolizmni o'rganishda (Tsistinol akut preparatini qobiq bilan qoplangan tabletkalarni kuniga 3 marta, 2 tabletkadan), qo'llaniladigan arbutin dozasining 70% gacha siydik bilan kon'yugirlangan gidroxinon sifatida 24 soat davomida chiqariladi.
Erkin gidroxinon sifatida olingan faol modda arbutin dozasining 0,5% dan kamini tashkil etadi.
E. coli bilan keyingi mikrobiologik testi shuni ko'rsatdiki, kon'yugatlarning parchalanishi asosan bakterial fermentativ tarzda sodir bo'ladi va shuning uchun siydik rN qiymatiga bog'liq emas. Dezinfektsiyalash samarasi kerakli harakat joyida bakteriyalar mavjud bo'lganda kuchayadi.
Dozani oshirib yuborilishi
Kuniga Tsistinol akut preparatining qobiq bilan qoplangan tabletkalarini ushbu varaqada tavsiya etilganidek yoki shifokor buyurganidan ko'proq qabul qilmang. Agar siz tasodifan ikki baravar dozani olgan bo'lsangiz, bu odatda salbiy oqibatlarga olib kelmaydi.
Biroq, tavsiya etilganidan ko'ra kattaroq dozalarni qabul qilish ko'ngil aynishi va qusish bilan birga me'da-ichak yo'llarida shikoyatlar, shuningdek, qonli siydik va jigar shikastlanishi kabi muhim shikoyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bunday holda, siz Tsistinol akut preparatining qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilishni darhol to'xtatishingiz kerak, va xatto biron bir simptomlarni sezmasangiz ham shifokor bilan maslahatlashingiz kerak.
Maxsus ko‘rsatmalari
Tsistinol akut preparatining qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilishda alohida e'tibor bering, agar:
- siydikda qon mavjud bo'lsa.
- sizda yuqori harorat bo'lsa.
- ushbu preparatni 5 kundan ortiq qabul qilganidan keyin simptomlar yaxshilanmasa. Bunday hollarda shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Galaktozani irsiy o'zlashtiraolmaydigan, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktoza mal'absorbsiyasi bo'lgan patsientlar Tsistinol akut preparatining qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilmasliklari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi
Homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo'llanilmaydi.
Avtomobilni boshqarish qobiliyatiga va murakkab mexanizmlarga ta'siri
Maxsus ehtiyotkorlik choralari talab qilinmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Tsistinol akut kislotali siydik ishlab chiqarishga olib keladigan preparatlar bilan qabul qilmaslik kerak (masalan, metionin). Bu archagul barglarining antibakterial samarasini kamaytirishini istisno qilib bo'lmaydi. Agar ishonchingiz komil bo'lmasa, shifokor yoki farmatsevtdan so'rang.
Agar siz boshqa dorilarni, shu jumladan retseptsiz beriladigan dorilarni qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo'lsangiz, o'z shifokoringizga yoki farmatsevtingizga xabar bering.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o'smirlarga kuniga 3 marta (ertalab, kunduzi va kechqurun) 2 tabletkadan buyuriladi.
Tsistinol akut preparatining qobiq bilan qoplangan tabletkalari ovqatdan so'ng darhol yetarli miqdorda suyuqlik bilan, yaxshisi 1 stakan suv bilan qabul qilinishi kerak.
Agar shifokor tomonidan boshqacha buyurmagan bo'lsa, unda arbutin saqlovchi preparatni 1 haftadan ko'p bo'lmagan va yiliga 5 martadan ko'p bo'lmagan muddatda qo'llanilishi kerak. Bolalar: 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












