URSOLAYF
URSOLAYF chiqarilish shakllari
URSOLAYF haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- o’t pufagi yoki o’t chiqarish yo’llarining o’tkir yallig’lanish kasalliklari, o't pufagi empiemasi
- o’t chiqarish yo’llarining berkilib qolishi (umumiy o’t chiqarish yo’llari yoki pufak yo’llari)
- jigar sanchig’ining tez-tez epizodlari
- rentgen-musbat (kalsiy miqdori yuqori bo’lgan) o’t toshlari
- o’t pufagi qisqarish qobiliyatining buzilishi
- preparat tarkibiy qismlariga yoki o’t kislotalariga o’ta yuqori sezuvchanlik
- 6 yoshgacha bo’lgan bolalar
- o’t chiqarish yo’llari atreziyasi bo’lgan bolalar: muvaffaqiyatsiz porto-enterostomiya yoki o’t
chiqishining buzilishida qo’llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Ta’sir mexanizmi
Ursolayf - o’t haydovchi, xolelitolitik, gipolipidemik, gipoxolesterinemik va ba’zi immunomodulyatsion ta’sirga ega bo’lgan gepatoprotektor vositadir. Jigarda xolesterin sintezini, uning ichaklarda so’rilishini va o’tda konsentratsiyasini pasaytiradi, o’t chiqarish yo’llarida xolesterinning eruvchanligini oshiradi, o’t hosil bo’lishi va chiqishini rag’batlantiradi. Yuqori qutbli xususiyatlarga ega bo’lgan UDXK apoIyar (toksik) o’t kislotalari bilan zaharli bo’lmagan aralash mitsellalarni hosil qiladi, bu esa biliar reflyuks-gastrit va reflyuks-ezofagitida me’da reflyuktatining hujayra membranalariga zarar yetkazish qobiliyatini kamaytiradi. Bundan tashqari, UDXK, hujayra membranalariga qo’shilib, ularni barqarorlashtiruvchi va sitotoksik mitsellalar ta’siriga bardosh bo’lgan qo’sh molekulalarni hosil qiladi. Ichakda uning so’rilishini kamaytirish, jigarda sintezini bostirish va o’tga sekretsiyasini kamaytirish hisobiga o'tning xolesterin bilan to’yinganligini kamaytiradi; o’tda xolesterinning eruvchanligini oshiradi va ular bilan suyuq kristallar hosil qiladi; o’tning litogen indeksini kamaytiradi. Natijada xolesterinli o’t toshlarining erishi va yangi toshlar paydo bo’lishini oldini oladi. Immunomodulyatsion ta’siri gepatotsitlar va xolangiotsitlar membranalaridagi HLA-antigenlari ekspressiyasining susayishi, limfotsitlarning tabiiy killer faolligini me’yorlashtirish va boshqalar bilan bog'liq. Bu birlamchi biliar sirroz, mukovistsidoz va alkogolli steatogepatiti bo’lgan bemorlarda fibrozning rivojlanishini sezilarli darajada kechiktiradi, qizilo’ngach venalarining varikozli kengayishi xavfini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
So’rilishi
Ursodezoksixol kislotasi (UDXK) och ichakda passiv diffuziya (taxminan 90%) va yonbosh
ichakda faol transport hisobiga so’riladi.
Sutkalik dozaga va jigarning mavjud buzilishi yoki holatiga qarab, o’tda yanada ko’proq gidrofil ursodezoksixol kislotasi to’planadi. Shu bilan birga, boshqa, ko’proq lipofil o’t kislotalari miqdorining nisbatan kamayishi kuzatiladi.
Taqsimlanlshi
Ichak bakteriyalari ta’sirida preparatning 7-ketolitoxol kislota va litoxol kislotaga qisman parchalanishi sodir bo’ladi. Odamlarda juda oz miqdorda so’riladi, u jigarda sulfatlanadi va shu tariqa o’tda yoki oxir-oqibat axlatda zararsizlantiriladi.
Biotransformatsiyasi
Ursodezoksixol kislotasi jigarda taurin va glitsin kon’yugatlariga metabolizmga uchraydi. Yarim
chiqarilish davri 3,5-5,8 kun.
Chiqarilishi
Dozaning taxminan 50-70% o’t bilan, juda oz miqdori siydik bilan chiqariladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Ursodezoksixol kislotasini, xususan, homiladorlikning I uch oyligida qo’llash xavfsizligi to’g’risida yetarli ma’lumotlar yo’q. Preparatni homiladorlik paytida qo’llash mumkin emas. Davolashni boshlashdan oldin homiladorlikni istisno qilish lozim. Reproduktiv yoshdagi ayollar uchun preparatni faqat ishonchli kontratsepsiya shartlarida buyurish kerak.
Ursodezoksixol kislotasining ona sutiga o’tish qobiliyati to’g’risida ishonchli ma’lumotlar yo'qligi sababli, preparatni laktatsiya davrida qo’llash mumkin emas. Preparatni qo’llash zarur bo’lganda, emizishni to’xtatish zarur.
Tug’ish yoshidagi ayollar uchun Ursolayf preparati bilan davolash paytida nogormonal kontratsepsiya vositalari yoki tarkibida estrogen miqdori kam bo’lgan peroral gormonal kontratseptivlarni qo’llash tavsiya etiladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozaning oshirib yuborilishi diareyaga olib kelishi mumkin. Dozani oshirib yuborishning boshqa simptomlari dargumon, chunki ursodezoksixol kislotasining so’rilishi dozani oshirish bilan kamayadi va shunga muvofiq ravishda uning ko’p qismi axlat bilan chiqariladi.
Davolash - preparatning dozasini kamaytirish; doimiy diareya hollarida - preparatni bekor qilish,
suyuqlik va elektrolitlar muvozanatini tiklashga qaratilgan simptomatik davolash.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparat faqat shifokor nazorati ostida qo’llanilishi kerak.
Davolashning dastlabki 3 oyi davomida har 4 haftadan keyin jigarning funksional ko’rsatkichlarini kuzatib borish va aspartataminotransferaza (AST), alanin- aminotransferaza (ALT) va gamma- glutamiltransferaza (GGT) faolligini aniqlash kerak, keyinchalik bunday sinamalarni har 3 oyda o'tkazish tavsiya etiladi. Ushbu ko’rsatkichlarning monitoringi jigar funksiyasi buzilishlarini erta bosqichlarda, xususan, birlamchi biliar sirrozning kech bosqichlari bo’lgan patsiyentlarda aniqlash imkonini beradi; bundan tashqari, mazkur yo’l bilan birlamchi biliar sirrozi bo'lgan patsiyentning o’tkazilayotgan davolashga javob berishi yoki yo’qligini tezda aniqlash mumkin.
Agar o’t pufagining xoletsistogrammasini o’tkazishning iloji bo’lmasa, kalsinatsiyalangan toshlar mavjud bo’lsa, o’t pufagi motor faolligining buzilishlari yoki tez-tez o’t chiqarish yo’llari sanchig’i bo’lsa, Ursolayfni buyurish mumkin emas.
Ayollar xolesterinli o’t toshlarni eritish uchun Ursolayf 250 mg kapsulalarini qo’llaganda samarali nogormonal kontratsepsiya usulidan foydalanishlari kerak, chunki gormonal kontratseptivlar o’t toshlarning shakllanishini kuchaytirishi mumkin.
Xolesterinli о’t toshlarni eritish uchun qo’llaganda terapevtik ta’simi baholash va o’t toshlarning kalsinatsiyasini o’z vaqtida aniqlash, o’t pufagining holatini har 6-10 oyda ultratovush yoki xoletsistografiya yordamida tik turgan holatda va chalqancha holatda tekshirish lozim. Agar o’t toshlari kalsifikatsiyasining belgilari mavjud bo’lsa, davolashni to’xtatish zarur.
Birlamchi biliar sirrozning kechki bosqichlarida patsiyentlarni davolashda jigar sirrozining dekompensatsiyasi holatlari juda kam hollarda kuzatilgan, ular preparatni bekor qilgandan keyin qisman regressiyaga uchragan.
Birlamchi biliar sirozning kech bosqichlarida patsiyentlarni davolashda jigar sirrozining dekompensatsiyasi holatlari juda kam uchraydi, bu preparat to'xtatilgandan keyin qisman orqaga qaytadi.
Birlamchi biliar sirrozi bo’lgan patsiyentlarda kamdan-kam hollarda davolanishning boshida klinik belgilar kuchayishi mumkin, masalan, qichishish kuchayishi mumkin. Bunday hollarda Ursolayf 250 mg kapsulalarining dozasini kuniga bitta Ursolayf 250 mg kapsulaga kamaytirish va keyin asta-sekin yana oshirish kerak.
Diareya rivojlanishi hollarida, preparatning dozasini kamaytirish lozim, turg’un diareya holatida
esa davolashni to’xtatish zarur. Maxsus ogohlantirishlar
Yordamchi moddalar
Preparat yordamchi moddalar sifatida natriy laurilsulfat, natriy kroskameloza saqlaydi. Shuning uchun, tuzsiz parhezga rioya qilganlarga tayinlashda ehtiyot bo'lish kerak.
Avtomobilni va murakkab mehanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ta’sir qilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Ursolayfni xolestiramin, kolestipol yoki tarkibida alyuminiy bo’lgan antatsidlar bilan bir vaqtda qo’llash mumkin emas, chunki bu preparatlar ichakdagi ursodezoksixol kislotasini bog’laydi va shuning uchun uning so’rilishini va samaradorligini ingibitsiya qiladi. Agar yuqorida ko’rsatilgan moddalardan birini o’z ichiga olgan preparatni buyurish kerak bo’lsa, uni Ursolayf kapsulalarini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki 2 soat o’tgach qabul qilish lozim.
Siklosporinlar
Siklosporin ingichka ichakda ursodezoksixol kislotasining so’rilishini oshiradi, shuning uchun qondagi siklosporin miqdorini vaqti-vaqti bilan kuzatib borish va kerak bo’lganda uning dozalariga tuzatish kiritish zarur;
Siprofloksatsin
Ba’zi hollarda ursodezoksixol kislotasi siprofloksatsinning so’rilishini pasaytirishi mumkin;
Gipolipidemik preparatlar (klofibrat, bezafibrat, probutsol), estrogenlar
Ushbu preparatlar, o'tda xolesterin miqdorini oshirishi tufayli, ursodezoksixol kislotasining ta’sirini kamaytirishi va o’t pufagida toshlarning shakllanishini rag’batlantirishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Dozalash rejimi
Turli xil qo‘llash uchun ko‘rsatmalarga quyidagi kunlik dozalash rejimlari tavsiya etiladi:
Birlamchi biliar sirrozni davolash uchun
Preparatning sutkalik dozasi bemorning tana vazniga bog’liq bo’lib, 3 dan 7 kapsulagacha (1 kg
tana vazniga 14±2 mg ursodezoksixol kislotasi) o’zgaradi.
Davolashning dastlabki 3 oyida preparat qabulini kun davomida bo’lish kerak. Jigar ko’rsatkichlari
yaxshilagandan so’ng, preparatning kunlik dozasini bir marta, kechqurun qabul qilish mumkin.
Tana vazni (kg)
Ursolayf kapsulalari 250 mg
Dastlabki uch oy Keyinchalik kechqurun
Ertalab Kunduzi Kechqurun (kuniga 1 mahal)
47-62 1 1 1 3
63-78 1 1 2 4
79-93 1 2 2 5
94-109 2 2 2 6
100 kg dan ortiq 2 2 3 7
Kapsulalarni chaynamasdan, oz miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak. 250 mg kapsulalami muntazam ravishda qabul qilish lozim. Birlamchi biliar sirrozni davolash uchun Ursolayf kapsulalarini 250 mg dozada qo’llash cheklanmagan muddat davom etishi mumkin.
Birlamchi biliar sirrozi bo’lgan patsiyentlarda kamdan-kam hollarda davolash boshida klinik belgilar kuchayishi, masalan, qichishish kuchayishi mumkin. Bunday holda, davolashni har kuni bitta Ursolayf kapsulasini qabul qilish bilan davom ettirish kerak, keyinchalik tavsiya etilgan dozalash rejimiga qayta erishilgunga qadar dozani asta-sekin oshirish lozim (kunlik dozani har haftada bitta kapsulaga oshirish hisobiga).
Xolesterinli о’t toshlarini eritish uchun
Har kuni 10 mg/kg tana vazni kunlik dozada bu:
Tana vazni 60 kg gacha bo’lgan patsiyentlarga Ursolayf ning 2 ta kapsulasi Tana vazni 80 kg gacha bo’lgan patsiyentlarga Ursolayf ning 3 ta kapsulasi Tana vazni 100 kg gacha bo’lgan patsiyentlarga Ursolayf ning 4 ta kapsulasi
Tana vazni 100 kg dan ortiq bo’lgan patsiyentlarga Ursolayf ning 5 ta kapsulasi to’g’ri keladi.
Kapsulalarni kuniga bir marta yotishdan oldin, chaynamasdan va oz miqdordagi suv bilan qabul qilish tavsiya etiladi.
O’t toshlarining erishi uchun zarur bo’lgan vaqt toshning o’lchami va tarkibiga qarab 6 oydan 24 oygacha o’zgarishi mumkin. Har 6 oyda ultratovush yoki rentgenologik tekshiruv yordamida davolash samaradorligini nazorat qilib turish shart. Keyingi tekshiruvda toshlarning kalsinozi rivojlanishi bor yoki yo’qligini tekshirish kerak. Ushbu holat sodir bo’lsa, davolashni to’xtatish lozim. Agar toshlarning o’lchami 12 oy o’tgandan keyin kichraymasa, davolashni davom etish mumkin emas.
Biliar reflyuks-gastritni davolash uchun
Kuniga 250 mg (1 kapsula) dan, chaynamasdan va kechqurun, yotishdan oldin oz miqdordagi suv bilan ichish buyuriladi. Davolash kursi 10-14 kunni tashkil qiladi. Umuman olganda, qo’llash muddati kasallikning kechishiga bog’liq.
Patsiyentlarning maxsus guruhlari
6-18 yoshdagi bolalar
Mukovistsidoz
Dozasi: 20 mg/kg/kun, zarur boTganda, keyinchalik 30 mg/kg/kungacha oshiriladi.
Ursolayf qattiq kapsulalari 250 mg
Tana vazni (kg) Sutkalik doza (mg/kg) Ertalab Kunduzi Kechqurun
20-29 17-25 1 - 1
30-39 19-25 1 1 1
40-49 20-25 1 1 2
50-59 21-25 1 2 2
60-69 22-25 2 2 2
70-79 22-25 2 2 3
80-89 22-25 2 3 3
90-99 23-25 3 3 3
100-109 23-25 3 3 4
>110 3 4 4
Yuborish usuli va уо’li
Ichish uchun
Ursolayf preparatini qo’llashdan oldin o’z shifokoringiz bilan maslahatlashing. Preparatning bir yoki bir nechta dozasi o’tkazib yuborilganda talab qilinadigan choralar O’tkazib yuborilgan dozani to’ldirish uchun ikki martalik dozani qabul qilmang.
Dori preparatini qo’llash usulini tushuntirish uchun tibbiy xodimdan maslahat olish bo’yicha tavsiyaiar
Dori preparatini qo’llashdan oldin shifokoringizdan maslahat olish uchun murojaat qiling.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)


























