VEGADERM analoglari
Guruh analoglari
VEGADERM
kortikosteroid davolashga sezgir va Klotrimazol va gentamisinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan ikkilamchi infektsiyalar bilan asoratlangan teri kasalliklarini (kattalarda va 3 yoshdan oshgan bolalarda) mahalliy davolash uchun qo'llanadi.
Retseptli
- Maz
Triderm
Triderm kortikosteroidlar bilan davolashga sezuvchan bakteriyalar va/yoki zamburugʼlar tomonidan chaqirilgan infektsiyalar allaqachon mavjud boʼlganda, yoki ularni rivojlanish havfidan saqlanish kerak boʼlgandagi dermatozlarni davolash uchun qoʼllanadi. Preparat, eng avvalo, kasallik namlanuvchi jarohatlar bosqichida boʼlganda qoʼllash uchun toʼgʼri keladi.
Retseptli
- Maz
- Krem
Akriderm
- Glyukokortikosteroid terapiyaga beriladigan teri kasalliklari: atopik dermatit; allergik kontakt dermatit; ekzema (turli shakllari); kontakt dermatit (sh.j. professional) va boshqa noallergik dermatitlar (shu jumladan quyosh va nur dermatitlari); hasharotlar chaqishiga reaktsiyalar; psoriaz; bullez dermatozlar; diskoid qizil yuguruk; qizil yassi temiratki; ekssudativ ko'p shaklli eritema; turli etiologiyali teri qichishishi.
- Juda kamdan-kam hollarda Akriderm® GENTA mazi qo'llanilganda quyidagilar qayd etiladi: achishish hissi, eritema, ekssudatsiya, pigmentatsiya buzilishi va qichishish. Mahalliy GKS qo'llanilganda uchraydigan nojo'ya reaktsiyalar: (ayniqsa okklyuzion bog'lamlar qo'llanilganda): achishish hissi, qichishish, terining qurishi, follikulit, gipertrixoz, husnbuzarlar, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, teri matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya rivojlanishi, teri atrofiyasi, striyalar, issiqlik toshmasi. O'ta kamdan-kam hollarda (gentamitsinning sezilarli tizimli so'rilishi hollarida) eshitish nervi va vestibulyar apparatning shikastlanishi xavfi mavjud, bu quloqlarda shovqin va eshitishning buzilishi bilan kechadi. Bunday nojo'ya hodisalar bemorlar bir vaqtda ototoksik yoki nefrotoksik preparatlarni qabul qilganda va buyrak funktsiyasi buzilganda rivojlanadi. Uzoq muddat davolashda yoki katta yuzaga surtilganda — glyukokortikosteroidlarning tizimli nojo'ya ta'sirlari rivojlanishi: tana vaznining oshishi, osteoporoz, arterial qon bosimining oshishi, shishlar, oshqozon-ichak trakti shilliq qavatining yaralanishi, yashirin infektsiya o'choqlarining kuchayishi, giperglikemiya, qo'zg'alish, uyqusizlik, hayz tsiklining buzilishi. Bolalarda — gipofiz-gipotalamus-buyrak usti bezi tizimining susayishi, Kushing sindromi, o'sishning to'xtashi, tana vazni ortishining orqada qolishi, bosh miya ichki bosimining oshishi (betametazon).
Retseptli
- Maz
- Krem




















