Ташкент
logo
SavatKirish

Yarina

Yarina chiqarish shakllari

YARINA PLYUS tabletkalari N28
Retseptli
YARINA PLYUS tabletkalari N28
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Pharma AG, Germaniya proizvedeno: Bayer Weimar GmbH and Co. KG
•58 ta dorixonada bor
Narxi
142 000 so'm dan
YARINA PLYUS tabletkalari N28
YARINA PLYUS tabletkalari N28
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Veymar GmbX i Ko.KG/Bayer AG
•58 ta dorixonada bor
Narxi
142 000 so'm dan
YARINA tabletkalari N21
YARINA tabletkalari N21
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer AG, Germaniya proizvedeno: Bayer Weimar GmbH & Co. KG
•5 ta dorixonada bor
Narxi
232 000 so'm dan
YARINA tabletkalari N21
Retseptli
YARINA tabletkalari N21
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Veymar GmbX i Ko.KG/Bayer AG
•5 ta dorixonada bor
Narxi
232 000 so'm dan
YARINA tabletkalari N63
YARINA tabletkalari N63
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Veymar GmbX i Ko.KG/Bayer AG
YARINA PLYUS tabletkalari N84
YARINA PLYUS tabletkalari N84
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Veymar GmbX i Ko.KG/Bayer AG
- Yarina qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Yarinaning tarkibi
- Yarina ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Yarina narxi Toshkent dorixonalarida

Yarina qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

YARINA®

YARINA®

 

Preparatning savdo nomi: Yarina®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): etinilestradiol, drospirenon

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Yarinaning har bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 0,03 mg etinilestradiol, 3 mg drospirenon,

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, qayta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, povidon K25, magniy stearati, gipromelloza, makrogol 6000, talk, titan dioksidi (Ye 171), temir (II) oksidi (Ye 172).

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, och-sariq rangli, bir tomoni oltiburchakli, uning ichida «DO» harflari bosib tushirilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: progestagenlar va estrogenlar (fiksasiyalangan majmualar)

ATX kodi: G03AA12.

Farmakologik xususiyatlari

Yarinaning kontraseptiv samarasi turli omillarning o‘zaro ta‘siriga asoslanadi, ulardan eng muximi ovulyasiyani susaytirilishi va endometriyni o‘zgarishi hisoblanadi.

Yarina – etinilestradiol va progestagen drospirenon saqlovchi majmuaviy kontraseptiv preparatdir. Terapevtik dozada drospirenon shuningdek antiandrogen va o‘rtacha antimineralokortikoid xususiyatlarga ham ega. U estrogen, glyukokortikoid va antiglyukokortikoid samaralarni namoyish etmaydi. Bu drospirenonga tabiiy gormon progesteronning profiliga juda yaqin farmakologik profilni ta‘minlaydi.

Klinik tadqiqotlar Yarina preparatining o‘rtacha antimineralokortikoid xususiyatlari o‘rtacha antimineralokortikoid samaralarga olib kelishini ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi

Kontrasepsiya (istalmagan homiladorlikni oldini olish) uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalarni qachon va qanday qabul qilish kerak

Kalendar o‘ram 21 tabletka saqlaydi. O‘ramda har bir tabletka, u qabul qilinishi kerak bo‘lgan haftaning kuni bilan belgilanadi. Tabletkalarni ichga har kuni kunning bir vaqtida ozgina miqdordagi suv bilan qabul qiling. Strelka yo‘nalishi bo‘ylab, hamma 21 tabletka qabul qilingunicha davom eting. Keyingi 7 kun davomida siz preparat qabul qilmaysiz. Shu 7 kun davomida hayz ko‘rish (preparatni bekor qilish oqibatida qon ketishi) boshlanishi kerak. Odatda u Yarinaning oxirgi tabletkasi qabul qilinganidan keyingi 2-3 kunlari boshlanadi. 7 kunlik tanaffusdan keyin o‘ramdan keyingi tabletkalarni, hatto agar qon ketishi hali to‘xtamagan bo‘lsa ham qabul qilishni boshlang. Bu sizni doimo yangi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni haftaning xuddi o‘sha kuni boshlashingizni bildiradi, va har oyda bekor qilish qon ketishi haftaning taxminan bir kuniga to‘g‘ri keladi.

 

Yarinaning birinchi o‘ramidan tabletkalarni qabul qilish

  • Oldingi oyda hech qanday gormonal homilaga qarshi vositalar ishlatilmagan

Yarinani qabul qilishni siklning birinchi kunidan, ya‘ni hayz ko‘rish siklining birinchi kunidan boshlang. Haftaning muvofiq kuni bilan belgilangan tabletkani qabul qiling. So‘ngra tabletkalarni navbati bo‘yicha qabul qiling. Siz shuningdek qabul qilishni hayz ko‘rish siklining 2-5 kunlaridan xam boshlashingiz mumkin, lekin bu xolda birinchi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni birinchi 7 kuni davomida qo‘shimcha ravishda kontrasepsiyaning to‘siqli usullarini (prezervativ) ishlatish kerak.

  • Boshqa majmuaviy peroral kontraseptivlardan, qin xalqasidan yoki kontraseptiv plastirdan o‘tishda.

Siz Yarinani qabul qilishni peroral majmuaviy kontraseptivning joriy o‘ramidan oxirgi tabletkani qabul qilgandan keyingi kundan boshlashingiz mumkin (ya‘ni qabul qilishda tanaffussiz. Agar joriy o‘ram 28 tabletka saqlasa, Yarinani qabul qilishni oxirgi faol tabletka qabul qilgandan keyingi kuni qabul qilish mumkin. Agar bu qaysi tabletkaligiga ishonmasangiz, shifokordan so‘rang. Shuningdek qabul qilishni kechroq boshlash ham mumkin, lekin hech ham qabul qilishdagi odatdagi tanaffusdan keyingi kundan kech emas (21 tabletkalarni saqlovchi preparatlar uchun) yoki oxirgi nofaol tabletkani qabul qilgandan keyin (o‘ramda 28 tabletkalarni saqlovchi preparatlar uchun).

Yarinani qabul qilishni qin xalqasi yoki plastir olingan kuni boshlash kerak, lekin kechi bilan yangi xalqa kiritiladigan yoki yangi plastir yopishtiriladigan kuni kech boshlash kerak.

  • Faqat gestagen (mini pili) saqlovchi peroral kontraseptivlardan o‘tishda.

Siz mini-pilini qabul qilishni har qanday kuni to‘xtatishingiz va Yarina qabul qilishni keyingi kuni xuddi shu vaqtdan boshlashingiz mumkin. Tabletkalarni qabul qilishni birinchi 7 kuni davomida shuningdek qo‘shimcha ravishda kontrasepsiyaning to‘siqli usullarini ishlatish kerak.

  • In‘eksion kontraseptiv, implant yoki gestagen ajratib chiqaruvchi qin ichki kontraseptivdan (“Mirena”) o‘tishda.

Yarina qabul qilishni navbatdagi in‘eksiya qilinadigan kuni yoki implant yoki qin ichki kontraseptiv olib tashlangan kuni boshlang. Tabletkalarni qabul qilishni birinchi 7 kuni davomida shuningdek qo‘shimcha ravishda kontrasepsiyaning to‘siqli usullarini ishlatish kerak.

  • Tug‘ruqdan keyin

Agar siz endi bola tuqqan bo‘lsangiz, shifokor sizga Yarina preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin, birinchi normal hayz ko‘rish sikli tugagunicha kutishni tavsiya qilishi mumkin. Ba‘zida, shifokorning tavsiyasi bo‘yicha, preparatni qabul qilishni oldin boshlash mumkin.

  • Homiladorlikning birinchi uch oyligidagi o‘z-o‘zidan yoki tibbiy abortdan keyin.

Shifokoringiz bilan maslahatlashing. Odatda qabul qilishni darhol boshlash tavsiya etiladi.

O‘tkazib yuborilgan tabletkalarni qabul qilish

  • Agar navbatdagi tabletkani qabul qilishdagi kechikish 12 soatdan kam bo‘lsa, Yarinaning homilaga qarshi ta‘siri saqlanadi. Esingizga tushishi bilan tabletkani qabul qiling. Navbatdagi tabletkani odatdagi vaqtida qabul qiling.
  • Agar navbatdagi tabletkani qabul qilishdagi kechikish 12 soatdan ko‘prorq bo‘lsa, kontrapsetiv samara pasayishi mumkin. Qanchalik ko‘p ketma-ket tabletkalar o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, va bu o‘tkazib yuborish qabul qilishni boshiga yoki oxiriga yaqin bo‘lsa, homiladorlik yuz berishini xavfi shuncha yuqori.

Bunda quyidagi qoidalarga amal qilish mumkin:

  • O‘ramdan bittadan ko‘p tabletka unutilgan bo‘lsa

Shifokor bilan maslahatlashing.

  • Preparatni qabul qilishni birinchi haftasida bir tabletka o‘tkazib yuborilgan

O‘tkazib yuborilgan tabletkani esingizga tushgan zaxoti, iloji boricha tezroq qabul qiling (xatto bu, bir vaqtda ikki tabletkani qabul qilishni bildirsa xam). Keyingi 7 kun davomida qo‘shimcha ravishda kontrasepsiyaning to‘siqli usulini ishlating. Agar jinsiy aloqa tabletkani o‘tkazib yuborishdan oldingi hafta davomida bo‘lgan bo‘lsa, homiladorlik yuz berishi ehtimolini hisobga olish kerak. Darhol shifokor bilan maslahatlashing.

  • Preparatni qabul qilishning ikkinchi haftasida bir tabletka o‘tkazib yuborilgan.

O‘tkazib yuborilgan tabletkani esingizga tushgan zaxoti, iloji boricha tezroq qabul qiling (xatto bu, bir vaqtda ikki tabletkani qabul qilishni bildirsa xam). Navbatdagi tabletkani odatdagi vaqtida qabul qiling. Agar siz birinchi o‘tkazib yuborilgan tabletkadan oldingi 7 kun davomida tabletkalarni to‘g‘ri qabul qilgan bo‘lsangiz, Yarinaning homilaga qarshi ta‘siri saqlanadi, va siz qo‘shimcha kontraseptiv choralar ishlatishga muxtoj bo‘lmaysiz. Aks holda, shuningdek ikki va ko‘proq tabletkalar o‘tkazib yuborilganida 7 kun davomida qo‘shimcha ravishda kontrasepsiyaning to‘siqli usullarini ishlatish kerak.

  • Preparat qabul qilishni uchinchi haftasida bir tabletka o‘tkazib yuborilgan.

Agar birinchi o‘tkazib yuborilgan tabletkadan oldingi 7 kun davomida xamma tabletkalar to‘g‘ri qabul qilingan bo‘lsa, kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullarini ishlatishning zarurati yo‘q. Kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullarini ishlatishning zaruratisiz, siz quydagi ikki variantlardan birontasiga amal qilishingiz mumkin.

  1. O‘tkazib yuborilgan tabletkani esingizga tushgan zaxoti, iloji boricha tezroq qabul qiling (xatto bu, bir vaqtda ikki tabletkani qabul qilishni bildirsa xam). Navbatdagi tabletkani odatdagi vaqtida qabul qiling. Navbatdagi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni, joriy o‘ramdagi tabletkalar tugaganidan keyin darhol boshlang, shunday qilib, o‘ramlar orasida tanaffus bo‘lmaydi. Ikkinchi o‘ramdan tabletkalar tugamagunicha “bekor qilish” qon ketishini ehtimoli kam, lekin preparatni qabul qilish kunlari surkaluvchi ajralmalar yoki “muddatli” qon ketishlari aniqlanishi mumkin.
  2. Joriy o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni to‘xtating, 7 yoki kamroq kunga (shu jumladan tabletkalar o‘tkazib yuborilgan kun) tanaffus qiling va so‘ngra yangi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni boshlang.

Bu sxemani ishlatib, siz navbatdagi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni, haftani siz odatda qiladigan o‘sha kunidan boshlashingiz mumkin.

Agar tabletkalarni qabul qilishdagi tanaffusdan keyin kutilayotgan hayz ko‘rish bo‘lmasa, siz homilador bo‘lishingiz mumkin. Yangi o‘ramdan qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

 

1-hafta

                                                                                  ha

Qusish va diareya xolidagi tavsiyalar

Agar Yarina tabletkalarini qabul qilishdan keyin 4 soatgacha chegaralarda sizda qusish yoki diareya (me‘dani buzilishi) bo‘lgan bo‘lsa, faol moddalar, ehtimol, to‘liq so‘rilmagan. Bu vaziyat preparat qabul qilishni o‘tkazib yuborilishiga o‘xshash. Shuning uchun o‘tkazib yuborilgan tabletkalar uchun yo‘riqnomaga amal qiling.

Hayz ko‘rish boshlanishini kechikishi

Agar Yarinaning navbatdagi o‘ramida tabletkalarni qabul qilishni, joriy o‘ram tugaganidan keyin darhol boshlasangiz, siz hayz ko‘rishni boshlanishini kechiktirishingiz mumkin. Siz bu o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni xoxlaganingizcha uzoq, yoki bu o‘ramdan tabletkalar tugagunicha davom ettirishingiz mumkin. Agar siz hayz ko‘rishni boshlanishini xoxlasangiz, tabletkalarni qabul qilishni to‘xtating. Ikkinchi o‘ramdan Yarina tabletkalarini qabul vilish vaqtida tabletkalarni qabul qilish kuni surkaluvchi ajralmalar yoki qon ketishi aniqlanishi mumkin. Navbatdagi o‘ramdan tabletkalar qabul qilishni odatdagi 7 kunlik tanaffusdan keyin boshlang.

Hayz ko‘rishni boshlanish kunini o‘zgartirish

Agar siz tabletkalarni tavsiyalarga muvofiq qabul qilayotgan bo‘lsangiz, sizda har 4 haftaning taxminan xuddi shu bir kunida hayz ko‘rish yuz beradi. Agar siz uni o‘zgartirishni xoxlasangiz, tabletkalarni qabul qilishdan ozod vaqt oralig‘ini qisqartiring (lekin uzaytirmang). Masalan, agar sizning hayz ko‘rish sikli odatda juma kuni boshlansa, kelajakda esa siz uin seshanba kuni boshlanishini xoxlasangiz (3 kun oldin), navbatdagi o‘ramdan tabletkalarni, odatdagidan 3 kun oldin qabul qilishni boshlash kerak. Agar tabletkalarni qabul qilishdan ozod tanaffus juda qisqa bo‘lsa (masalan, 3 kun yoki kam), tanaffus vaqtida hayz ko‘rish yuz bermasligi mumkin. Bunday xolda navbatdagi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilish vaqtida qon ketishi yoki surkaluvchi qonli ajralmalar aniqlanishi mumkin.

Alohida guruh pasientlar uchun qo‘shimcha ma‘lumot

Bolalar va o‘smirlar

Yarina preparati faqat menarxe dan keyin ko‘rsatilgan. Mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bu gurux pasientlarda dozani to‘g‘rilashni nazarda tutmaydi.

Keksa yoshli pasientlar

Qo‘llash mumkin emas. Yarina preparatini menopauza yuz berganidan keyin ko‘rsatilmagan.

Jigar tomonidan buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan ayollarda, jigar faoliyatini ko‘rsatkichlari normaga kelmagunicha Yarina preparatini qo‘llash mumkin emas. Shuningdek “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga ham qarang.

Buyrak tomonidan buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Og‘ir buyrak yetishmovchiligi yoki o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan ayollarda Yarina preparatini qo‘llash mumkin emas. Shuningdek “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga ham qarang.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Har qanday boshqa dori vositalarida bo‘lgani kabi, Yarina preparatini qabul qilishda, garchi ularni paydo bo‘lishi barcha pasientlarda shart bo‘lmasa ham, nojo‘ya reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Agar har qanday nojo‘ya reaksiya jiddiy tus olsa yoki siz o‘zingizda ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaksiyani sezsangiz, iltimos, bu haqida doktorga yoki farmasevtga xabar bering.

Jiddiy noxush samaralar:

Noxush samaralar, paydo bo‘lgan hollarda, shu jumladan preparatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy reaksiyalar, “Ehtiyotkorlik bilan”, “Maxsus ko‘rsatmalar” va “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limlariga qarang. Iltimos, bu bo‘limlarni diqqat bilan o‘qib chiqing va zarurati bo‘lgan hollarda shifokor bilan maslahatlashing. Yarina preparatini qabul qilayotgan ayollarda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berilgan:

Tez-tez noxush samaralar (1/100 dan ko‘proq va 1/10 dan kamroq):

  • depressiya/kayfiyatni tushishi
  • bosh og‘rig‘i
  • migren
  • ko‘ngil aynishi
  • sut bezlarining sezuvchanligi va og‘riqliligi, nomuntazam bachadon qon ketishlari (“muddatli” qon ketishlari), aniqlanmagan genezli jinsiy yo‘llardan qon ketishlar, hayz ko‘rish siklini buzilishi, vulvovaginal kandidoz.

Tez-tez uchramaydigan  noxush samaralar (1/1000 dan ko‘proq va 1/100 dan kamroq):

  • libidoni kamayishi yoki yo‘qolishi (jinsiy moyillikni kamayishi yoki yo‘qolishi)
  • gipertenziya
  • gipotoniya
  • qusish
  • diareya
  • akne
  • ekzema
  • qichishish
  • alopesiya
  • sut bezlarini kattalashishi
  • vaginit
  • shish
  • tana vaznini oshishi yoki kamayishi

Kam uchraydigan noxush samaralar (1/10000 dan ko‘proq va 1/1000 dan kamroq):

  • o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari
  • astma
  • quloqni og‘irligi
  • tugunli eritema
  • ko‘p shaklli eritema
  • venoz yoki arterial tromboemboliya
  • sut bezlaridan ajralmalar.

MGK qo‘llangaida venoz trombo- va tromboembolik ko‘rinishlarning, shu jumladan miokard infarkti, insult, tranzitor ishemik xujum, venoz tromboz va o‘pka emboliyasini rivojlanish xavfi oshadi.

MGK qabul qilayotgan ayollarda quyidagi jiddiy nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan (shuningdek “Maxsus ko‘rsatmalar”, “Alohida guruh pasientlari uchun ko‘rsatmalar” bo‘limlariga ham qarang):

  • venoz tromboembolik buzilishlar
  • arterial tromboembolik buzilishlar
  • gipertenziya
  • jigar o‘smalari
  • majmuaviy peroral kontraseptivlarni qabul qilish vaqtida rivojlanadigan yoki yomonlashadigan holatlar, lekin ularni preparatni qabul qilish bilan bog‘liqligi isbotlanmagan: Kron kasalligi, yarali kolit, tutqanoq, bachadon miomasi, porfiriya, tizimli qizil yugurik, homiladorlar gerpesi, Sidengam xoreyasi, gemolitiko-uremik sindrom, xolestaz bilan bog‘liq bo‘lgan sariqlik va/yoki qichishish.
  • xloazma
  • jigar faoliyatini o‘tkir yoki surunkali buzilishlarida, jigar faoliyatining ko‘rsatgichlari normaga kelmagunicha qabul qilishni to‘xtatish zarurati tug‘ilishi mumkin.

Nasliy angionevrotik shishi bo‘lgan ayollarda estrogenlar uning simptomlarini chaqirishi yoki chuqurlashtirishlari mumkin.

Majmuaviy peroral kontraseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda sut bezi rakining tashxis qilinish tez-tezligi biroz yuqori. 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarda sut bezining raki kam aniqlanishi tufayli, majmuaviy peroral kontraseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda sut bezi raki tashxisi sonini oshishi, bu kasallikning umumiy xavfidan nisbatan ahamiyatsiz hisoblanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Yarina preparati quyida sanab o‘tilgan holatlar/kasalliklardan birontasi bo‘lganida qo‘llanmasligi kerak. Agar preparatni qabul qilish fonida birinchi marta bu holatlar/kasalliklardan birontasi rivojlansa, preparat darhol bekor qilinishi kerak.

  • Tromboemboliya rivojlanishini xavfi
    • Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi tromboemboliya (shu jumladan chuqur venalar trombozi yoki o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi).
    • ARS-qarshilik (shu jumladan Leyden V omili), antitrombin III tanqisligi, S protein tanqisligi, S-protein tanqisligi) kabi venoz trombozga nasliy yoki orttirilgan moyillik.
    • Uzoq muddatli immobilizasiya bilan kechuvchi jiddiy jarrohlik aralashuvlari.
    • Ko‘p sonli xavf omillari tufayli venoz tromboemboliyaning yuqori xavfi.
  • Arterial tromboemboliya xavfi
    • Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi arterial tromboemboliya (masalan, miokard infarkti) yoki trombozning prodromal simptomlari (masalan, stenokardiya).
    • Serebrofaskulyar buzilishlar – hozirgi vaqtdagi yoki anamnezlavgi insult (shu jumladan o‘tkinchi ishemik xurujlar).
    • Gipergomosisteinemiya va antifosfolipid antitelalar (kardiolipinga antitelalar, yugurikli antikoagulyant) kabi arterial tromboemboliyaga nasliy yoki orttirilgan moyillik.
    • Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi o‘choqli nevrologik simptomlar bilan kechuvchi migren
  • qandli diabet
  • yaqqol arterial gipertenziya
  • yaqqol dislipoproteinemiya kabi ko‘pchilik xavf omillari oqibatidagi arterial tromboemboliyaning yuqori xavfi.
  • Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi jigarning og‘ir kasalliklari (jigar sinamalari normallashgunicha)
  • Og‘ir yoki o‘tkir buyrak yetishmovchiligi
  • Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi jigar o‘smalari (xavfsiz yoki xavfli)
  • Aniqlangan gormonga bog‘liq xavfli kasalliklari (shu jumladan jinsiy a‘zolar yoki sut bezlarining kasalliklari) yoki ularga gumon
  • Noma‘lum genezli qindan qon ketishi
  • Yarina preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik.

Ehtiyotkorlik bilan

Agar majmuaviy peroral kontraseptivlar quyida sanab o‘tilgan har qanday kasalliklar/holatlar mavjudligida qo‘llansa, siz sinchkov kuzatuvga muhtoj bo‘lasiz, nima uchunligini – shifokor tushuntirib beradi. Yarina preparatini qabul qilish oldidan quyida sanab o‘tilgan holatlar va kasalliklar sizda mavjudligi to‘g‘risida, shifokorga xabar bering.

  • Tromboz va tromboemboliyani rivojlanish xavf omillari: chekish; trombozlar, miokard infarkti yoki yaqin qarindoshlaringizdan birontasida yoshligida miya qon aylanishini buzilishi; semizlik; dislipoproteinemiya (masalan, qonda xolesterinning yuqori darajasi); arterial gipertenziya; yurak klapanlarining nuqsonlari; uzoq muddatli immobilizasiya, jiddiy jarrohlik aralashuvlari, katta travma
  • Periferik qon aylanishini buzilishlari aniqlanishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklar (qandli diabet; tizimli qizil yugurik; gemolitik uremik sindrom; Kron kasalligi va nospesifik yarali kolit; o‘roq-xujayrali anemiya), yuzaki venalarning flebiti
  • Nasliy angionevrotik shishi
  • Gipertrigliseridemiya
  • Jigar kasalliklari
  • Homiladorlik vaqida yoki ilgari jinsiy gormonlarni qabul qilish fonida birinchi marta paydo bo‘lgan yoki kechishi yomonlashgan kasalliklar (masalan, xolestaz bilan bog‘liq bo‘lgan sariqlik va/yoki qichishish, xolelitiaz, eshitishni yomonlashishi bilan kechuvchi otoskleroz, porfiriya, homiladorlar gerpesi, Sidengam xoreyasi)
  • Tug‘ruqdan keyingi davr.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ayrim dori vositalari Yarinaning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Ularga tutqanoqni (masalan, primidon, fenitoin, barbituratlar, karbamazepin, okskarbamazepin, topiramat, felbamat), tuberkulyoz (masalan, rifampisin, rifabutin) va OITV-infeksiyasini (masalan, ritonavir, nevirapin) davolash uchun preparatlar; boshqa infeksion kasalliklarni davolash uchun antibiotiklar (masalan, penisillin, tetrasiklinlar, grizeofulvin), shuningdek dalachoy (asosan pasaygan kayfiyatni davolash uchun ishlatiladigan) asosidagi dori vositalari xam kiradi.

Peroral majmuaviy kontraseptivlar boshqa preparatlarning (masalan, siklosporin va lamotridjin) metabolizmiga ta‘sir qilishi mumkin.

Yarinani kaliyni zardobdagi darajasini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda olayotgan ayollarda, nazariy kaliyning zardobdagi darajasi oshishi mumkin. Bu preparatlarga angiotenzin-II reseptorlarining antagonistlari, ayrim yallig‘lanishga qarshi preparatlar (masalan, indometasin), kaliyni tejovchi diuretiklar va aldosteron antagonistlari kiradi. Lekin, drospirenonni AAF ingibitorlari yoki indometasin bilan o‘zaro ta‘sirini baholovchi tadqiqotlarda, plasebo bilan solishtirganda, kaliyning zardobdagi konsentrasiyasi orasida ishonchli farqlar aniqlanmagan.

Sizga Yarinani buyurayotgan shifokorga doimo siz qanday preparatlarni qabul qilayotganingiz haqida xabar bering. Shuningdek boshqa preparatlarni buyurayotgan har qanday shifokorga yoki stomatologga, dorixonada shu preparatlarni sotayotgan farmasevtga, siz Yarina qabul qilayotganingiz haqida xabar bering.

Ayrim hollarda shifokor sizga qo‘shimcha ravishda kontrasepsiyaning to‘siqli (prezervativ) usulini ishlatishni tavsiya qilishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Yarinani qo‘llashda ham boshqa majmuaviy peroral kontraseptivlarni ishlatishga taalluqli bo‘lgan quyidagi ogohlantirishlarni hisobga olish kerak.

  • Tromboz

Tromboz – qon laxtasini (tromb) hosil bo‘lishi, u qon tomirini bekitib qo‘yishi mumkin. Tromb uzilganida tromboemboliya rivojlanadi. Ba‘zida oyoqlarning chuqur venalarini (chuqur venalar trombozi), yurak qon tomirlarini (miokard infarkti), bosh miyani (insult) va juda kam hollarda – boshqa a‘zolarning qon tomirlari trombozi rivojlanadi. Epidemiologik tekshirishlarning natijalari majmuaviy preroral kontraseptivlarni qabul qilishda, majmuaviy peroral kontraseptivlarni qo‘llash va venoz va arterial trombozlar va tromboemboliyalar (chuqur venalar tormbozi, o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi, miokard infarkti, serebrovaskulyar buzilishlar kabi)  rivojlanish tez-tezligini oshishi orasida aloqa borligini ko‘rsatadi. Venoz tromboemboliya (VTE) rivojlanishini xavfi, bunday preparatlarni qabul qilishni birinchi yilida maksimal bo‘ladi. Yuqori xavf majmuaviy peroral kontraseptivlar birinchi marta ishlatilganidan yoki birining o‘zini yoki turli majmuaviy peroral kontraseptivlarni ishlatish qayta boshlanganidan keyin (preparatlarni qo‘llash orasidagi 4 hafta yoki ko‘proq tanaffusdan keyin) o‘rin tutadi. Yirik tadqiqotning ma‘lumotlari, yuqori xavfni asosan birinchi 3 oy davomida mavjud bo‘lishini ko‘rsatadi.

Past dozalangan (<50 mkg etinilestradiol) majmuaviy peroral kontraseptivlarni qabul qilayotgan pasientlarda VTE umumiy xavfi, majmuaviy peroral kontraseptivlarni qabul qilmayotgan homilador bo‘lmagan pasientlarga qaraganda ikki-uch marta yuqori, shunga qaramasdan, bu xavf homiladorlik va tug‘ruqlardagi VTE xavfi bilan solishtirganda kamroq bo‘lib qoladi. Juda kam hollarda venoz yoki arterial tromboemboliya jiddiy funksional buzilishlarga olib kelishi, hayotga xavf tug‘dirishi yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Chuqur venalar trombozi, yoki o‘pka arteriyasiningg tromboemboliyasi sifatida namoyon bo‘luvchi VTE, har qanday majmuaviy peroral kontraseptivlarni qo‘llashda yuz berishi mumkin. Juda kam hollarda majmuaviy peroral kontraseptivlar qo‘llanganida boshqa qon tomirlarining trombozi masalan, jigar, ichak tutqichi, buyrak, miya venalari va arteriyalari yoki to‘r parda tomirlarining trombozi paydo bo‘ladi,.

Tromboz (venoz va/yoki arterial) va tromboemboliya rivojlanishi xavfi oshadi:

  • yosh oshishi bilan;
  • chekuvchilarda (sigaretalar miqdorini oshishi yoki yosh oshgan sayin xavf oshadi, ayniqsa 35 yoshdan oshgan ayollarda);

quyidagilar bo‘lganida:

  • oilaviy anamnezda (masalan, nisbatan yoshlikda yaqin qarindoshlar yoki ota-onalaridan birida venoz yoki arterial tromboemboliya bo‘lganida). Nasliy yoki orttirilgan moyillikda ayol, preparatni qabul qilish mumkinligi masalasini hal qilish uchun muvofiq mutaxassisdan ko‘rikdan o‘tishi kerak;
  • semizlik (tana vazni indeksi 30 kg/m2 dan ortiq);
  • dislipoproteidemiya;
  • arterial gipertenziya;
  • migren;
  • yurak klapanlari kasalliklari;
  • yurak bo‘lmachalari fibrillyasiyasi;
  • uzoq muddatli immobilizasiya, jiddiy jarrohlik aralashuvlari, oyoqlardagi har qanday operasiya yoki katta travma. Bunday hollarda Yarina preparatini qo‘llashni to‘xtatish yaxshiroq (rejalashtirilgan operasiya holida, hech bo‘lmaganda, undan to‘rt hafta oldin) va immobilizasiya tugaganidan keyin ikki hafta davomida uni qayta tiklamaslik kerak.
  • O‘smalar

Ayrim epidemiologik tadqiqotlarda majmuaviy peroral kontraseptivlar uzoq vaqt qo‘llanganida (5 yildan ko‘p), bachadon bo‘yni raki rivojlanishini yuqori xavfi haqida xabar berilgan. Lekin majmuaviy peroral kontraseptivlarni qabul qilish bilan aloqasi isbotlanmagan. Bu ma‘lumotlarning o‘zaro aloqasi mumkinligi, bachadon bo‘yni kasalliklarini skriningi bilan yoki jinsiy xulqning o‘ziga xosliklari (kontrasepsiyaningg to‘siqli usullarini kamroq qo‘llash) bilan muhokama qilinmoqda.

Kam hollarda jinsiy steroidlarni qo‘llash fonida jigarning xavfsiz, o‘ta kam hollarda esa – xavfli o‘smalarini rivojlanishi kuzatilgan, ular hayot uchun xavfli qorin ichki qon ketishlarga olib kelishi mumkin. Preparatni qo‘llash bilan bog‘liqligi isbotlanmagan. Qorinda to‘satdan kuchli og‘riq paydo bo‘lganida darhol shifokor bilan maslahatlashing.

Bachadon bo‘yni rakini rivojlanishini eng ahamiyatli omili persistirlovchi papillomavirusli infeksiya hisoblanadi. Bachadon bo‘yni raki uzoq vaqt davomida majmuaviy peroral kontraseptivlarni ishlatayotgan ayollarda biroz ko‘proq aniqlanadi. Majmuaviy peroral kontraseptivlarni qabul qilish bilan bog‘liqligi isbotlanmagan. Bu bachadon bo‘yni kasalliklarini aniqlash uchun ko‘proq o‘tkaziladigan ginekologik ko‘riklar yoki jinsiy xulq-atvor xususiyatlari (kontrasepsiyaning to‘siqli usullarini kamroq qo‘llash) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yuqorida eslatilgan o‘smalar xayotga xavf tug‘dirishi yoki o‘limga olib kelishi mumkin.

  • Boshqa holatlar
  • Xloazmaga moyilligi bo‘lgan ayollar preparatni qabul qilish vaqtida quyoshda uzoq vaqt bo‘lishdan va ultrabinafsha nurlarning ta‘siridan saqlanishlari kerak.
  • Angionevrotik shishning nasliy shakllari bo‘lgan ayollarda ekzogen estrogenlar, angionevrotik shish chaqirishlari yoki uning simptomlarini yomonlashtirishlari mumkin.
  • Majmuaviy kontraseptivlarni qo‘llash fonida Kron kasalligi va nospesifik yarali kolit hollari, shuningdek endogen depressiya va tutqanoqni og‘irlashishi ham ta‘riflangan.

Samaradorligini pasayishi

Yarina preparatining samaradorligi quyidagi hollarda: tabletkalar o‘tkazib yuborilganida, qusish va diareyada yoki dorilarning o‘zaro ta‘siri natijasida pasayishi mumkin.

Yarina narxlari

Yarina barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Yarina savollari

Yarina fikr-mulohazalari

Reyting 3.1, 9 ta sharh asosida
Норгул
30.04.2020 02:13
5
Достоинства: Чистит кожу (не только на лице) Не влияет на общее настроение самочувствие Одно из самых главных достоинств - ушли боли первого дня менструации. Я просто умирала каждый раз. КД начинаются день в день, сократилась их длительность Недостатки: Головная боль, тошнота, приступами по вечерам. РЕДКО, но неприятно Весь первый месяц приёма мазало, на второй пачке все пришло в норму. Комментарий: Из ряда средств, рекомендованных гинекологом выбрала Ярину, потому что этот препарат, по словам врача, должен избавить от сильных менструальных болей и высыпаний. Список побочки в инструкции внушительный и страшный, но для себя я извлекла из влияния препарата больше пользы.
Тошой
13.11.2019 09:23
3
Достоинства: отсутствие беременности Недостатки: Добрый день. История с яриной плюс началась в далеком 2017г примерно в апреле, когда возможно из-за стресса у меня стали нерегулярно идти месячные. Гинеколог назначила, все шикарно, менструация своевременная.Но по истечении времени начала замечать вялость, сонливость, выпадали волосы...Особого значения не предала. Но в 2020г при очередном визите к гинекологу, сообщила о такой проблеме, как повышение температуры в течении дня от 36,6утром и до 37,5. На что она порекомендовала мне, проверить щитовидку и сдать на гормоны. В больницу ходила как к себе домой, сдала все гормоны, и по узи и анализам поставили гипертриоз, при котором температура всегда ниже нормы. Комментарий: Проблема не решилась, сдавала анализы каждые три месяца, врач терапевт сказала-хоть в космос. Никогда за все мои 30лет я столько не обследовалась, сдавала на инфекции... Кстати, увеличились лимфоузлы...что в своем роде говорит об инфекции. Затем в ноябре 2020г мы с мужем болеем короной, колю просто лошадиную дозу антибиотика, как никак-пневмония. А моя субфебрильная температура продолжает подниматься. Закономерность в том, что когда надо быть продуктивной на работе, в течении дня, меня дико рубило, а потом к 21:00 темпа снижалась сама до нормы.День Х настал, 18.01.2021 я решила отменить контрацептив, и что хочу отметить , моя двухлетняя температура исчезла и пришла в норму. Хочу сказать, ни одна таблетка в организме не проходит даром.Всем добра!
Лаълихон
19.11.2019 15:26
5
После долгих и мучительных поисков я наконец-то нашла противозачаточные , которые мне подошли идеально. Все таблетки я подбирала исключительно с гинекологом, никакого так сказать самолечения. До ярина плюс пришлось купить еще двое, не совсем удачных оральных контрацептивов.. Цена их была выше, чем у ярины, но как оказалось – высокая стоимость это далеко не показатель хорошего качества. Сижу на ярина плюс уже девять месяцев. Самочувствие нормальное, вес стабильный – 60 кг, жкт работает отлично, варикоза и прочих «радостей» у меня не появилось. Цикл стал как часы, день в день. Либидо такое же как и всегда, со смазкой тоже все хорошо. Каких-либо гормональных высыпаний и проблем по гинекологии не появилось. Бывало иногда что забывала принять таблетку, сразу же действовала согласно инструкции – проблем никаких не было.
Полина
05.04.2020 04:19
1
Мне как-то не очень подошла ярина плюс, да и цена внушительная. Для меня дорого . Может врач подскажет какие можно купить аналоги за меньшую сумму. Ярину принимать больше не буду.
Джаханбиби
10.09.2019 20:47
2
3 месяца приема ярина плюс прошли под девизом «никакого секса», так как либидо было просто ниже плинтуса. Мне не хотелось ничего и это касалось не только интима , но и всех сфер жизни в принципе. Я стала «овощем». Было чувство какой-то апатии и вечной депрессии. Либидо вернулось только через 2 месяца после отмены препарата. Может у кого-то будет и другой эффект от ярины, можете рискнуть и купить. А вдруг кому-то повезет больше чем мне.
Музаяна
09.08.2019 12:55
4
По стоимости препарат не очень дорогой, есть и намного дороже противозачаточные таблетки. Цена всего-то тысячу с лишним, купить можно в любой аптеке, за 7 месяцев - проблем с наличием Ярина плюс не было ни разу. Мне не нравится что таблетки нужно принимать всегда в одно и тоже время, это не очень удобно когда ведешь активный образ жизни.
Тухтагул
17.04.2020 07:39
3
Год принимала ярина плюс, даже мыслей купить другие оральные контрацептивы никогда не было! Цена меня полностью устраивала. Все было хорошо ровно до того момента как у меня появился варикоз, думаю что в этом есть вина ярина плюс. Поэтому впечатление от таблеток сложилось противоречивое и неоднозначное.
Напийхан
16.01.2020 07:45
1
Таблетки Ярина плюс мне не подошли. Постоянно были от них боли внизу живота и непонятные выделения . Лучше купить тот же Джес плюс, цена такая же как у Ярина, а переносятся намного легче.
Туйбиби
28.07.2020 21:20
4
В инструкции написано внушительное количество возможных негативных последствий от приема Ярина плюс. Признаюсь честно – я сильно испугалась и все размышляла начинать прием или нет. Консультировалась с тремя специалистами, но все они были единогласны – сказали что надо пропить противозачаточные хотя бы 6 месяцев. На удивление перенесла прием очень хорошо! Может все дело и в моем возрасте (мне всего 19 лет). Ничего страшно за первые четыре месяца приема со мной не произошло. Буду продолжать пить ярина плюс. Цена, конечно, высоковата для обычной студентки. Через онлайн бронь можно купить упаковку чуть дешевле.Тогда Хоть какая-то экономия получается !

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil