Ташкент
logo
SavatKirish

Jes

Jes chiqarish shakllari

DJES PLYUS tabletkalari N28
DJES PLYUS tabletkalari N28
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Veymar Gmbx i Ko KG
•29 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
DJES tabletkalari N28
DJES tabletkalari N28
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Veymar Gmbx i Ko KG
•3 ta dorixonada bor
Narxi
180 000 so'm dan
- Jes qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Jesning tarkibi
- Jes ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Jes narxi Toshkent dorixonalarida

Jes qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Djes

Yaz®

 

Preparatning savdo nomi: Djes

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): etinilestradiol + drospirenon

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan faol tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Tabletkaning yadrosi:

Faol moddalar

Etinilestradiol (betadeks klatrati ko‘rinishida)        0,02 mg

Drospirenon                                                                        3,00 mg

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati

Tabletkaning qobig‘i: gipromelloza, talk, titan dioksidi, temir (III) oksidi bo‘yovchisi.

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan plasebo tabletka saqlaydi:

Tabletkaning yadrosi:

Faol moddalar: yo‘q

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, povidon, magniy stearati

Tabletkaning qobig‘i: gipromelloza, talk, titan dioksidi.

Ta‘rifi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan faol tabletkalar: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, och-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida to‘g‘ri oltiburchagida “DS” gravirovkasi tushirilgan. Sindirilganidagi ko‘rinishi: yadrosi oqdan deyarli oq rangligacha, qobig‘i – och-pushti.

Plyonka qobiq bilan qoplangan plasebo tabletkalar: dumaloq, ikki tomonlama qabariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida to‘g‘ri oltiburchagida “DR” gravirovkasi tushirilgan. Sindirilganidagi ko‘rinishi: yadrosi oqdan deyarli oq rangligacha, qobig‘i – oq.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy kontraseptiv vosita (estrogen+gestagen).

ATX kodi: G03AA12

Farmakologik xususiyatlari

Djes – antimineralokortikoid va antiandrogen ta‘sirga ega bo‘lgan gormonal kontraseptivdir.

Majmuaviy peroral kontraseptiv vositalarning homiladorlikka qarshi samarasi turli omillarning o‘zaro ta‘siriga asoslangan bo‘lib, ulardan eng muhimi ovulyasiyani bostirilishi va servikal sekretning xususiyatlarini o‘zgarishi bo‘lib, buning natijasida u spermatozoidlar uchun kam o‘tkazuvchan bo‘lib qoladi.

To‘g‘ri qo‘llanganida Perl indeksi (yiliga 100 nafar ayolga homiladorliklar soni) 1 dan kamni tashkil qiladi. Tabletkalar o‘tkazib yuborilganda yoki noto‘g‘ri qo‘llanganida Perl indeksi o‘sishi mumkin.

Majmuaviy peroral kontraseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda, hayz ko‘rish sikli muntazamroq bo‘lib qoladi, og‘riqli hayz ko‘rishlar kamroq kuzatiladi, qon ketishlarning jadalligi kamayadi, bu anemiyaning rivojlanishi xavfini pasaytiradi. Bundan tashqari, epidemiologik tekshirishlarning ma‘lumotlariga ko‘ra, majmuaviy peroral kontraseptivlar qo‘llanganida endometriy raki va tuxumdonlarning rakining rivojlanish xavfi pasayadi.

Djes preparatida saqlanuvchi drospirenon antimineralkortikoid ta‘sirga ega. Tana vaznini oshishi va estrogenlar chaqirgan suyuqlikni tutilishi bilan bog‘liq shishlarning paydo bo‘lishini oldini oladi, bu preparatni juda yaxshi o‘zlashtirishini ta‘minlaydi. Drospirenon predmenstrual sindromga (PMS) ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Yaqqol psixoemosional buzilishlar, sut bezlarining dag‘allashishi, bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq, vaznni oshishi va hayz sikli bilan qo‘shilgan boshqa simptomlar kabi PMSning og‘ir shaklining simptomlarini yengillashtirishda Djesning klinik samaradorligi ko‘rsatilgan. AQSHda PMSning og‘ir shakli “predmenstrual disferik sindrom” atamasi bilan belgilanadi.

Drospirenon shuningdek antiandrogen faollikka ega va aknening (xusnbuzarlarning) simptomlarini, teri va sochning yog‘liqligini kamaytirishga yordam beradi. Drospirenonning bu ta‘siri, organizm tomonidan ishlab chiqariluvchi tabiiy progesteronning ta‘siriga o‘xshash.

Drospirenon androgen, estrogen, glyukokortikoid va antiglyukokortikoid faollikka ega emas. Bularning barchasi antimineralokortikoid va antiandrogen ta‘siri bilan birga, drospirenonga tabiiy progesteron bilan bir xil biokimyoviy va farmakologik profilni ta‘minlaydi.

Drospirenon etinilestradiol bilan birga lipid profiliga, YUZLP ni oshishi bilan ifodalanuvchi ijobiy samarani namoyon qiladi.

Qo‘llanilishi

  • Kontrasepsiya
  • Kontrasepsiya va husnbuzarlarning o‘rtacha shakli (acne vulgaris) ni davolash
  • Kontrasepsiya va predmenstrual sindrom (PMS) ning og‘ir shaklini davolashda qo‘llaniladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Djes preparati quyida keltirilgan har qanday holatlar bo‘lganida qo‘llanmasligi lozim:

  • Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi tromboz (venoz va arterial) va tromboemboliyalar (shu jumladan chuqur venalar trombozi, o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi, miokard infarkti), serebrovaskulyar buzilishlar.
  • Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi trombozga o‘tmishdosh holatlar (shu jumladan, tranzitor ishemik xurujlar, stenokardiya).
  • Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi o‘choqli nevrologik simptomlar bilan kechuvchi migren.
  • Tomirlarning asoratlari bilan bo‘lgan qandli diabet.
  • Venoz yoki arterial trombozning ko‘p sonli yoki yaqqol xavf omillari, shu jumladan yurakning klapan apparatini asoratlangan shikastlanishlari; bo‘lmachalarning fibrillyasiyasi; bosh miya tomirlari yoki koronar arteriyalarning kasalliklari; nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya; uzoq muddatli immobilizasiya bilan bo‘lgan jiddiy jarrohlik aralashuvi; 35 yoshdan katta yoshda chekish.
  • Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi yaqqol gipertrigliseridemiyali pankreatit.
  • Jigar yetishmovchiligi va jigarning og‘ir kasalliklari (jigar sinamalari normaga qaytgunga qadar).
  • Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi jigar o‘smalari (xavfli yoki xavfsiz).
  • Og‘ir buyrak yetishmovchiligi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
  • Buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi.
  • Aniqlangan gormonga bog‘liq xavfli kasalliklar (shu jumladan sut bezlari yoki jinsiy a‘zolarning) yoki ularga gumon.
  • Sababi aniq bo‘lmagan qindan qon ketishi.
  • Homiladorlik yoki homiladorlikka gumon.
  • Emizish davri.
  • Djesning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.

Agar bu holatlardan birontasi Djes qabul qilish vaqtida birinchi marta paydo bo‘lsa, darhol bu preparatni qabul qilishni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing. Preparatni qabul qilish to‘xtatilgan davrda shifokor bilan maslahatlashguncha, nogormonal homilaga qarshi vositalarni ishlating. “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga ham qarang.

 

Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi

Agar majmuaviy peroral kontraseptivlar quyida keltirilgan holatlardan har qandayi mavjud bo‘lganida qo‘llanayotgan bo‘lsa, siz sinchkov nazoratga muhtoj bo‘lishingiz mumkin, nima uchunligini shifokor tushuntirishi mumkin. Djes preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin sizda quyida sanab o‘tilgan holatlardan har qandayining borligi to‘g‘risida shifokorga xabar bering.

  • Tromboz va tromboemboliyalarning rivojlanishini xavf omillari: chekish, trombozlar, miokard infarkti yoki yaqin qarindoshlardan birida yoshlikda miyada qon aylanishining buzilishi; semizlik; dislipoproteinemiya; arterial gipertenziya; migren; yurak klapanlarining kasalliklari; yurak ritmining buzilishlari; uzoq muddatli immobilizasiya; jiddiy jarrohlik aralashuvlari; katta jarohat
  • Periferik qon aylanishining buzilishlari aniqlanishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklar; qandli diabet; tizimli qizil yugurik; gemolitik uremik sindromi; kron kasalligi va nospesifik yarali kolit; o‘roqsimon xujayrali anemiya; shuningdek yuza joylashgan venalarning flebiti
  • Nasliy angionevrotik shish
  • Gipertrigliseridemiya
  • Jigar kasalliklari
  • Homiladorlik vaqtida yoki jinsiy gormonlarni ilgari qabul qilish fonida birinchi marta paydo bo‘lgan yoki og‘irlashgan kasalliklar (masalan, sariqlik, xolestaz, xolelitiaz, eshitishni yomonlashishi bilan kechuvchi otoskleroz, porfiriya, homiladorlar gerpesi, Sidengam xoreyasi)
  • Tug‘ruqdan keyingi davr.

 

Homiladorlik va laktasiya

Djesni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Agar Djes preparatni qabul qilish vaqtida homiladorlik aniqlansa yoki gumon qilinsa, preparatni darhol bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak. Biroq yirik epidemiologik tekshirishlar, homiladorlikkacha jinsiy steroidlarni (shu jumladan majmuaviy peroral kontraseptivlar) qabul qilgan ayollar tomonidan tug‘ilgan bolalarda rivojlanishning nuqsonlarining hech qanday yuqori xavfini yoki homiladorlikning ilk muddatlarida jinsiy steroidlar ehtiyotsizlik bilan qabul qilinganida teratogen ta‘sirni aniqlamagan.

 

Tabletkalarni qachon va qanday qabul qilish kerak

Tabletkalarni har kuni taxminan bir vaqtda, zarurati bo‘lganida suv bilan qabul qiling. 28 tabletkaning hammasini ichib bo‘lmaguncha, strelkaning yo‘nalishiga rioya qiling. Odatda hayz ko‘rish Djesning oxirgi faol tabletkasi qabul qilinganidan keyin 2-3 kuni boshlanadi (ya‘ni siz o‘ramning oxirgi qatoridan oxirgi 4 tabletkani qabul qilayotgan davrda). O‘ramlar orasida tanaffus qilmang, ya‘ni joriy o‘ramni tugatganingizdan keyin, ertasi kuni yangi o‘ramdagi tabletkalarni qabul qilishni boshlang, hatto agar sizda hayz ko‘rish tugamagan bo‘lsa ham. Bu, yangi o‘ramni siz doimo haftaning aynan o‘sha kuni boshlashingiz mumkinligini va bekor qilish oqibatidagi qon ketishi har oyning taxminan bir kunida ro‘y berishi mumkinligini bildiradi.

 

Djesning birinchi o‘ramini qabul qilish.

Oldingi oyda xech qanday gormonal homilaga qarshi vosita ishlatilmagan bo‘lsa

Djesni siklning birinchi kunida qabul qilishni boshlang, ya‘ni hayz ko‘rish qon ketishining birinchi kunida. Haftaning tegishli kuni bilan belgilangan tabletkani qabul qiling. So‘ngra tabletkalarni navbat bilan qabul qiling. Siz tabletkalar qabul qilinishini hayz ko‘rish siklning 2-5 kunidan ham boshlashingiz mumkin, ammo bu holda birinchi o‘ramidagi tabletkalarni qabul qilishining birinchi 7 kunida, qo‘shimcha ravishda kontrasepsiyaning to‘siq usulini (maslan, prezervativ) ni ishlatish lozim.

Boshqa majmuaviy peroral kontraseptivdan vaginal xalqa yoki kontraseptiv plastirga o‘tishda

Siz gormonal kontraseptivlarning joriy o‘ramidan oxirgi tabletkani qabul qilinganingizdan keyin ertasi kundan Djesni qabul qilishni boshlashingiz mumkin (bu preparatlarni qabul qilishda uzilish bo‘lmasligini bildiradi). Agar sizning ilgarigi kontraseptivingizda xam faol moddalarsiz tabletkalar ko‘zda tutilgan bo‘lsa, siz oxirgi faol tabletkani qabul qilganingizdan so‘ng ertangi kundan Djesni qabul qilishni boshlashingiz mumkin (agar Sizda shubha tug‘ilsa, bu haqida shifokordan yoki farmasevtdan so‘rang). Siz qabul qilishni kechroq boshlashingiz mumkin, ammo hozirgi vaqtda siz tomondan ishlatilayotgan kontraseptivlarni qabul qilishda rejadagi 7 kunlik tanaffusdan keyingi kunidan kech emas (yoki ishlatilayotgan kontraseptivlarning o‘ramidan oxirgi faol bo‘lmagan tabletkani qabulidan keyin kechi bilan ertasi kuni).

Agar Siz ilgari vaginal xalqa yoki transdermal plastirdan foydalangan bo‘lsangiz, qabulni xalqa/plastirni olib tashlangan kundan boshlagan afzal, lekin xalqa/plastirni almashtirish rejalashtirilgan kundan kech emas. Agarda siz bu qoidalarga rioya qilsangiz, kontrasepsiyaning qo‘shimcha choralariga zarurat yo‘q.

Faqat gestagan (“mini – pili”) saqlovchi peroral kontraseptivlardan o‘tishda

Siz “mini-pili” qabul qilishni istalgan kuni to‘xtatishingiz va Djesni ertasi kunidan o‘sha vaqtni o‘zida qabul qilishni boshlashingiz mumkin. Tabletkalarni qabul qilishning birinchi 7 kun davomida kontrasepsiyaning qo‘shimcha to‘siqli usullari (masalan, prezervativ) dan foydalanish lozim.

In‘eksion kontraseptivdan, implantantdan yoki gestagen ajratib chiqaruvchi bachadon ichidagi kontraseptiv (“Mirena”) dan o‘tishda

Djesni qabul qilishni navbatdagi in‘eksiya qilinishi kerak bo‘lgan kuni yoki implantant yoki bachadon ichidagi kontraseptiv olib tashlangan kuni boshlang. Tabletkalarni qabul qilishning birinchi 7 kuni davomida qo‘shimcha kontrasepsiyaning to‘siqli usullarini ham ishlatish kerak.

Tug‘ruqdan keyin

Agar siz endigina bola tuqqan bo‘lsangiz, shifokor sizga Djesni qabul qilishni boshlashdan oldin birinchi me‘yoriy xayz ko‘rish sikli tugashini kutishni tavsiya qilishi mumkin. Ba‘zida shifokorning tavsiyasiga ko‘ra Djesni qabul qilishni avvalroq ham boshlash mumkin. Agar siz bolani emizayotgan bo‘lsangiz va plyonka qobiq bilan qoplangan Djes tabletkalarini qabul qilishni xohlasangiz, bu masalani avval shifokor bilan muhokama qilish lozim.

Homilani o‘z-o‘zidan tushishida yoki homiladorlikning birinchi uch oyligidagi abortdan keyin

O‘z shifokoringiz bilan maslahatlashing.

 

 

Djes o‘rami bilan qanday muomala qilish kerak

Djesning o‘ramiga blister yopishtirilgan, unda 24 faol tabletka va 4 tabletka plasebo (oxirgi qator) saqlanadi. O‘ramga shuningdek, ularda hafta kunlarining nomlari qayd etilgan 7 o‘zi yelimlanadigan tizimchadan iborat o‘zi yelimlanadigan qabul qilish taqvimi joylangan. Siz tabletkalarni qabul qilishni boshlaydigan hafta kuni birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan tizimchani tanlang. Masalan, Agar siz tabletkalarni qabul qilishni chorshanba kuni boshlasangiz, “Sr.” boshlanuvchi tizimchani ishlating (1-rasmga qarang).

Birinchi tabletkani qabul qilish kuniga mos keluvchi yopishqoq qog‘ozni tanlang va uni “Start” yozuvi tepasiga yopishtiring. Masalan, Agar birinchi qabul qilish kuni chorshanba bo‘lsa, unda “Sr.” Dan boshlanuvchi yopishqoq qog‘ozni tanlang.
Pn. Vt. Sr. Cht. Pt. Sb. Vs.
Pn. Vt. Sr. Cht. Pt. Sb. Vs.
Pn. Vt. Sr. Cht. Pt. Sb. Vs.
Pn. Vt. Sr. Cht. Pt. Sb. Vs.
             

Tizimchani o‘ramning yuqori qismi bo‘ylab shunday yelimlangki, birinchi kunning ko‘rsatkichi “Start” yozuvi bilan strelka yo‘naltirigan tabletka ustida bo‘lishi kerak (2-rasm).

Endi siz har bir tabletkani haftaning qaysi kuni qabul qilishingizni ko‘rasiz (3 rasm)

 

Djesni qabul qilishni to‘xtatish

Qabul qilishni istalgan vaqtda to‘xtatishingiz mumkin. Agar siz kontrasepsiyadan voz kechsangiz, chunki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, odatda tabiiy hayz ko‘rish qon ketishini kutish va shundan so‘nggina homilador bo‘lishga harakat qilish tavsiya etiladi. Bu sizga bolani qachon dunyoga kelishini hisoblab chiqishga yordam beradi.

Agar siz homiladorlikni rejalashtirmagan bo‘lsangiz, kontrasepsiyaning boshqa usullari to‘g‘risida shifokordan bilib oling.

 

O‘tkazib yuborilgan tabletkalarni qabul qilish

Nofaol tabletkalarni o‘tkazib yuborilishiga e‘tibor bermaslik ham mumkin. Shunday bo‘lsada, nofaol tabletkalarni qabul qilish vaqtini tasodifan uzaytirmaslik uchun, o‘tkazib yuborilgan nofaol tabletkalarni tashlab yuborish kerak.

Quyidagi tavsiyalar faqat faol tabletkalarni (o‘ramdagi 1-24 tabletkalar) o‘tkazib yuborilishiga taalluqli:

Agar tabletkani qabul qilishdagi kechikish 12 soatdan kamni tashkil qilsa (oxirgi tabletkani qabul qilgan vaqtdan boshlab 36 soatdan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa), kontraseptiv samarani susayishi ro‘y bermaydi. Siz o‘tkazib yuborilgan tabletkani esingizga tushishi bilanoq qabul qiling, qolgan tabletkalar odatdagi vaqtda qabul qilinadi.

Agar tabletkani qabul qilishdagi kechikish 12 soatdan ortiqni tashkil qilsa (oxirgi tabletkani qabul qilgan vaqtdan boshlab 36 soatdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa), kontraseptiv samara pasayishi mumkin. Qanchalik ko‘p tabletka o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, qanchalik nofaol tabletka qabul qilish bosqichidagi tabletkalarni o‘tkazib yuborish yaqin bo‘lsa, homiladorlikning ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.

– 1 kundan 7 kungacha bo‘lgan davrda bir tabletka o‘tkazib yuborilgan:

Siz oxirgi o‘tkazib yuborilgan tabletkani, bu haqida eslashingiz bilanoq darhol qabul qilishingiz kerak, hattoki agar bu ikkita tabletkani bir vaqtda ichishingizga to‘g‘ri kelishini anglatsa ham. So‘ngra tabletkalarni odatdagi vaqtda qabul qilishni davom ettiring. Bundan tashqari, keyingi 7 kun davomida kontrasepsiyaning to‘siqli usulini (masalan, prezervativ) qo‘shimcha ishlatish kerak. Agar sizda tabletkani o‘tkazib yuborilguncha bir hafta davomida jinsiy aloqa bo‘lgan bo‘lsa, homiladorlikning ehtimoli oshadi. Darhol shifokor bilan maslahatlashing.

– 8 kundan 14 kungacha bo‘lgan davrda bir tabletka o‘tkazib yuborilgan:

Siz oxirgi o‘tkazib yuborilgan tabletkani, bu haqida eslashingiz bilanoq darhol qabul qilishingiz kerak, hattoki Agar bu ikkita tabletkani bir vaqtda ichishingizga to‘g‘ri kelishini anglatsa ham. Birinchi o‘tkazib yuborilishidan oldingi 7 kun davomida tabletkalarni to‘g‘ri qabul qilgan bo‘lsangiz, kontrasepsiyaning qanday bo‘lmasin qo‘shimcha choralarining zarurati yo‘q. Biroq, Agar tabletkalarni qabul qilishda xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa yoki bittadan ortiq tabletka o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, siz 7 kun davomida kontrasepsiyaning to‘siqli usulini (masalan, prezervativ) ishlatishingiz kerak.

– 15 kundan 24 kungacha bo‘lgan davrda bir tabletka o‘tkazib yuborilgan:

Nofaol tabletkalarni qabul qilishni yaqinlashayotgan bosqichi tufayli kontraseptiv ishonchlilikning pasayishini xavfi oshadi. Shunday bo‘lsada, kontraseptiv himoyani susayishini, tabletkalarni qabul qilish tartibini to‘g‘rilab, baribir oldini olish mumkin. Demak, birinchi tabletka o‘tkazib yuborilgunicha bo‘lgan 7 kun davomida siz barcha tabletkalarni to‘g‘ri qabul qilgan sharoitda, quyida taklif etilgan sxemalardan biriga rioya qilib, kontrasepsiyaning qo‘shimcha choralarisiz amallasa bo‘ladi. Aks holda quyidagi sxemalardan birinchisini ishlatishingiz va bu bilan parallel 7 kun davomida kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullarini qo‘llashingiz kerak.

  1. Siz oxirgi o‘tkazib yuborilgan tabletkani, bu haqida eslashingiz bilanoq darhol qabul qilishingiz kerak, hattoki Agar bu ikkita tabletkani bir vaqtda ichishingizga to‘g‘ri kelishini anglatsa ham. So‘ngra siz tabletkalarni odatdagi vaqtda, faol tabletkalar tugagunicha qabul qilishni davom ettiring. To‘rtta nofaol tabletkani tashlab yuborish va keyingi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni darhol boshlash kerak. Ikkinchi o‘ramdagi faol tabletkalar tugagunicha, sizda bekor qilish qon ketishi ro‘y berishini ehtimoli kam, lekin tabletkalarni qabul qilish vaqtida surkaluvchi ajratmalar yoki qon ketishi kuzatilishi mumkin.
  2. Siz shuningdek joriy o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni to‘xtatishingiz mumkin. So‘ngra tabletkalarni qabul qilishda ko‘pi bilan 4 kun, shu jumladan tabletkalarni o‘tkazib yuborilgan kunlarini qo‘shib tanaffus qilish va keyinchalik keyingi o‘ramdan qabulni davom ettirish kerak.

Agar siz tabletkalarni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz va nofaol tabletkalarni qabul qilish davrida qon ketishi yuz bermasa, siz homilador bo‘lib qolishingiz mumkin. Yangi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni davom ettirishdan oldin shifokorga murojaat qiling.

                                                                                               ha

                                                                                                                   yo‘q

                                                                                                                              yoki

Qusish va diareya bo‘lgan hollarda tavsiyalar

Og‘ir me‘da-ichak buzilishlarida so‘rilish to‘liq bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun qo‘shimcha kontraseptiv choralarni ko‘rish kerak.

Agar faol tabletka qabul qilinganidan keyin 4 soat davomida qusish yoki diareya yuz bersa, unda ushbu holatda, “O‘tkazib yuborilgan tabletkalarni qabul qilish” bo‘limida ko‘rsatilgan o‘tkazib yuborilgan tabletkalarga taalluqli tavsiyalar amalda bo‘ladi. Agar siz o‘zingizning odatdagi qabul qilish sxemangizni o‘zgartirishni xohlasangiz, siz boshqa o‘ramdan qo‘shimcha tabletkani ichishingiz kerak.

 

Xayz ko‘rishning boshlanishini kechiktirish

Xayz ko‘rishni boshlanishini kechiktirish uchun, siz joriy o‘ramdagi nofaol tabletkalarni o‘tkazib yuborib, Djesning keyingi o‘ramidagi tabletkalarni qabul qilishni davom ettirishingiz kerak. Shunday qilib, sikl, xohishga qarab, ikkinchi o‘ramdan faol tabletkalar tugagunicha, har qanday muddatga uzaytirilishi mumkin. siklning bu qo‘shimcha kunlari davomida sizda qon ketishi boshlanishi mumkin yoki surkaluvchi ajralmalar aniqlanishi mumkin. So‘ngra Djesni muntazam qabul qilish nofaol tabletkalarni qabul qilish bosqichi tugaganidan keyin qaytadan boshlanadi.

 

Xayz ko‘rishning boshlanish kunini o‘zgartirish.

Hayz ko‘rishning boshlanishini haftaning qaysidir boshqa kuniga o‘tkazish uchun, siz nofaol tabletkalarni qabul qilishni keyingi bosqichini kunlarning istalgan soniga qisqartirishingiz mumkin. Bu interval qanchalik qisqa bo‘lsa, sizda yaqin oradagi hayz ko‘rish boshlanmasligi xavfi shunchalik yuqori, ikkinchi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilish vaqtida sizda surkaluvchi qonli ajralmalar yoki qon ketishlari (hayz ko‘rishni boshlanishini kechiktirishda bo‘lgani kabi) qayd etilishi mumkin.

 

 

Alohida toifa pasientlar uchun qo‘shimcha ma‘lumot

Bolalar va o‘smirlar

Djes preparati faqat menarxe boshlanganidan keyin qo‘llaniladi.

Mavjud ma‘lumotlar ushbu guruh pasientkalarda dozaga tuzatish kiritishni taxmin etmaydi.

Keksa yoshdagi pasientlar

Qo‘llash mumkin emas. Djes preparatini menopauza boshlanganidan keyin qo‘llash mumkin emas.

Jigar tomonidan buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Djes preparatini jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan ayollarda, jigar faoliyati ko‘rsatkichlari normaga kelmaguniga qadar qo‘llash muikin emas. Shuningdek «Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qarang.

Buyrak  tomonidan buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Djes preparatini og‘ir buyrak yetishmovchiligi yoki o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan ayollarda qo‘llash muikin emas. Shuningdek «Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qarang.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Boshqa har qanday dori vositalari kabi, Djes preparatini qabul qilinganda xam, garchi bu samaralarni barcha pasientlarda paydo bo‘lishi shart bo‘lmasada, noxush samaralar kuzatilishi mumkin.

Jiddiy nohush samaralar:

«Ehtiyotkorlik bilan» va «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limlariga qarang. Iltimos, bu bo‘limlarni diqqat bilan o‘qib chiqing va nohush samaralar, shu jumladan preparatni qo‘llash bilan bog‘liq jiddiy reaksiyalar paydo bo‘lgan hollarda shifokor bilan maslahatlashing.

Djesni “Kontrasepsiya” va “Kontrasepsiya va xusnbuzarlarning o‘rtacha shaklini (acne vulgaris)” davolash, shuningdek “Kontrasepsiya va predmenstrual sindrom (PMS) ning og‘ir shaklini davolash ko‘rsatmalari bo‘yicha qo‘llayotgan ayollarda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risida xabar berilgan:

Tez-tez uchraydigan nohush samaralar (1/100 dan ortiq va 1/10 dan kam):

  • kayfiyatni o‘zgarishlari, depressiya / tushkun kayfiyat
  • migren
  • ko‘ngil aynishi
  • sut bezlarida og‘riq1, bachadondan nomuntazam qon ketishlari (shiddatli qon ketishlari)1, jinsiy yo‘llardan aniqlanmagan genezli qon ketishlari (qindan qon ketishi)1

Tez-tez uchramaydigan nohush samaralar (1/1000 dan ortiq va 1/100 dan kam):

  • libidoni kamayishi yoki yo‘qolishi (jinsiy moyillikni kamayishi yoki yo‘qolishi)2

Kam uchraydigan nohush samaralar (1/10000 dan ortiq va 1/1000 dan kam):

  • venoz yoki arterial tromboemboliya*
  • *Majmuaviy peroral kontraseptivlar guruhini qamrab olgan epidemiologik tadqiqotlarning yakuniga ko‘ra taxminiy tez-tezligi. Tez-tezligi juda kam hollarda sifatida baholangan.
  • “Venoz yoki arterial tromboemboliya” quyidagi nozologik birliklarni o‘z ichiga oladi: periferik chuqur venalar okklyuziyasi, o‘pka qon tomirlari trombozi va emboliyasi/ o‘pka qon tomirlari okklyuziyasi, tromboz, emboliya va infarkt/miokard infarkti/ serebral infarkt va gemorragik insult.

1PMS ni baholovchi tadqiqotlar jarayonidagi holatlar tez-tezligi juda tez-tez >10/100 sifatida baholangan

2PMS ni baholovchi tadqiqotlar jarayonidagi holatlar tez-tezligi tez-tez ≥10/100 sifatida baholangan

Djesni qo‘llash vaqtida xabar berilgan, lekin uchrash tez-tezligini keltirishning iloji bo‘lmagan nojo‘ya samaralar:

ko‘p shaklli eritema (qichishuvchi qizil toshmalar yoki terining mahalliy shishi bilan xarakterlanuvchi teri qoplamalarining holati).

Qo‘shimcha ma‘lumotlar:

Quyida, taxmin qilinay

Jes narxlari

Jes tabletkalar
DJES PLYUS tabletkalari N28
29 ta dorixonada bor
DJES tabletkalari N28
3 ta dorixonada bor

Jes barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Jes savollari

Jes fikr-mulohazalari

Reyting 3.6, 7 ta sharh asosida
Бухожар
28.02.2021 05:59
1
Начала принимать по назначению врача,для нормализации цикла,сказали принимать 2-3 месяца всего Заметила ,что на 4 день появилась головная боль,но она была незначительная С каждым днём она только росла Это очень насторожило,но успокаивала тем,что это привыкание,как сказал врач И на 8-9 день головные боли были адские,просто АДСКИЕ на протяжении всего дня, обезболивающие не помогали Сил не было Была как овощ Получалось только лежать Препарат прекратила принимать и очень страшно покупать какие-либо другие ОК(
Гунафша
08.02.2020 16:20
3
Прописали препарат от одного, а помог он совершенно от другого)) Как в анекдоте, но что поделать. Такие у нас врачи, ничего толком и сами не знают, но пытаются создать видимость. Мне джес плюс врач сказала купить для лечения кожи сроком на три месяца. Длительное время я не могла избавиться от высыпаний. Смутила меня сразу цена, но мой внешний вид для меня важнее. Спустя два месяца я поняла, что надеяться и ждать чуда не стоит. Зато для себя я обратила внимание, что критические дни стали проходить безболезненно, сначала подумала, что как то непонятно от чего. Потом уже сообразила что это же наверно таблетки дают такой результат. И да, почитала информацию в интернете, мои догадки подтвердились.
Зумратхон
07.02.2020 22:22
4
На протяжении первого месяца приема препарата было незначительное количество крови, выделений, мазни. Насколько я наслышана, что в этом ничего страшного нет, такое явление происходит практически у каждой женщины при приеме контрацепции. Немного это мешало, не на море толком не поехать, не в баню сходить. Был некий дискомфорт. А так цена на Джес плюс еще ничего, наслышана от подруги что ей вообще прописали какие то таблетки по космической стоимости. Купить мне препарат не составляет труда, в любом районе городе в аптеках имеется в доступе.
Оминахон
01.02.2020 07:27
5
Первый месяц было привыкание к таблеткам Джес плюс. Но, считаю, что ничего такого нет в незначительной мазне. Это мои не первые таблетки подобного действия, поэтому мне приходилось сталкиваться с такими побочными действиями и врагу не пожелаешь. А данный препарат порадовал: и привыкание спокойно проходит, и цена не запредельная, и купить не составляет труда. Сразу после его отмены на второй месяц удалось забеременеть. Беременность проходит отлично. Девчонки идите к своей цели разными способами.
Гузалбону
22.09.2020 21:28
3
Таблетки Джес Плюс мне помогли, но у меня вмести с пережитым появились вопросы – может все таки есть альтернатива, которая переноситься гораздо проще. Пусть даже цена будет выше. Первое время после начала приема у меня очень сильно болела грудь и настолько набухала, что мне даже пришлось купить бюсгалтеры, как будто вымя, как будто ребенка кормлю, а спать на ней было невозможно. Выделения были на протяжении недель трех. Вот с такими минусами мне пришлось столкнуться. Хоть после приема цикл восстановился и теперь вновь все как раньше – идеально в положенный день.
Жилвагар
29.10.2020 18:21
5
После неудавшейся беременности я уже почти отчаялась, ничего не хотела. Муж настоял на обращении к гинекологу спустя пару недель после случившейся беды. Для восстановления моего организма гинеколог мне назначила таблетки Джес плюс. Прежде чем купить я почитала о нем, в основном только хорошие отзывы. Думаю ладно, несмотря на то, что цена не маленькая, пришлось раскошелиться. С побочными действиями я не столкнулась. Я забеременела сразу после отмены препарата и уже на 7м месяце беременности. Понимаю, что на женщин возлагается такая не простая миссия. Главное, чтоб рядом была поддержка и тогда все получиться.
Дилфузахон
05.06.2021 05:55
4
Мой цикл менструации оставлял желать лучшего. Много лет месячные шли, как часики- день в день. Потом пережила несколько стрессовых ситуаций, очень сильно похудела и видимо на этой почве стали происходить изменения в моем женском организме. Супругу боялась признаваться, но он сам стал замечать нелады. Пошла к гинекологу, взяли мазки, сделала узи. Никаких проблем у меня не нашли. Тогда она сказала, что стоит попробовать купить и попринимать препарат Джес Плюс. Меня сначало возмутило – что значит попробовать, на мне что собираются эксперименты ставить?! Думаю ладно, может она так выражается. Цена на данное средство не лучшее, тем более мне пить на протяжении года. Первые 2 месяца приема я никаких изменений не замечала, а вот после ПМС страдать перестала. Время пролетело незаметно, отменили препарат и цикл пришел в норму. Все было не зря.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil