Apteka.uz
SavatKirish

ALMAGEL suspenziya 10ml N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:Balkanfarma - Troyan AD
Teglar:Gastritdan
ATX kodi:A02AX
Barcha Almagel dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ALMAGEL suspenziya 10ml N10 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Algeldrat

So'rilishi - preparatning oz miqdori rezorbsiyalanadi, bu qondagi alyuminiy tuzlari kontsentratsiyasini amalda o'zgartirmaydi.

Taqsimlanishi - yo'q.

Metabolizmi - yo'q.

Chiqarilishi - ichak orqali chiqariladi.

Magniy gidroksidi

So'rilishi - magniy ionlari qabul qilingan dozaning taxminan 10% da rezorbsiyalanadi va qondagi magniy ionlari kontsentratsiyasini o'zgartirmaydi.

Taqsimlanishi - odatda mahalliy.

Metabolizmi - yo'q.

Chiqarilishi - ichak orqali chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Almagel qabziyatni keltirib chiqarishi mumkin, bu dozani kamaytirgandan keyin o'tib ketadi.

Kam hollarda ko'ngil aynishi, qusish, oshqozon spazmi, ta'm sezgilarining o'zgarishi, allergik reaksiyalar va gipermagniemiya (qonda magniy darajasining oshishi) kuzatiladi. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan va dializdagi bemorlarda preparat uzoq vaqt qabul qilinganda kayfiyat va aqliy faollikning o'zgarishi mumkin; Yuqori dozalarda uzoq vaqt qabul qilinganda, ovqatda fosfor tanqisligi bilan bir qatorda osteomalyatsiya paydo bo'lishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Og'ir qabziyati bor bemorlarda; kelib chiqishi noma'lum bo'lgan me'da og'rig'ida va o'tkir appenditsitga shubha qilinganda; yarali kolit, divertikulyoz, kolostomiya yoki ileostomiya mavjud bo'lganda; surunkali diareya; o'tkir gemorroy; organizmda kislota-ishqor muvozanati o'zgarganda, shuningdek metabolik alkaloz mavjud bo'lganda; jigar sirrozida; og'ir yurak yetishmovchiligida; homiladorlik toksikozida; buyrak funksiyasi buzilishlarida (kreatinin klirensi
Preparat uzoq muddat (20 kundan ortiq) qabul qilinganda, buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarni davolashda zardobdagi magniy darajasini muntazam shifokor nazorati zarur.

Preparat shakar saqlamaydi, bu uni qandli diabeti bo'lgan bemorlarga qabul qilish imkonini beradi. Preparat sorbitol saqlaydi, u tug'ma fruktozani o'zlashtira olmaslikda mumkin emas.

Preparatning transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Almagel avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Tavsiya etilgan sutkalik dozada qabul qilinganda preparat tarkibidagi etil spirti avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Ta'sir etuvchi yoki preparat tarkibiga kiruvchi har qanday yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlik.

- Buyrak yetishmovchiligining og'ir shakli (gipermagniemiya va alyuminiy intoksikatsiyasi rivojlanish xavfi tufayli).

- Homiladorlik.

- Altsgeymer kasalligi.

- Gipofosfatemiya.

- 10 yoshgacha bo'lgan bolalar.

- Tug'ma fruktoza o'zlashtiraolmaslik (sorbitol saqlaydi).

Homiladorlik va laktatsiya:

Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, teratogen potentsial yoki embrion va/yoki homilaga boshqa noxush ta'sirlar mavjudligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Homilador ayollar tomonidan Almagel qo'llanilishi haqida klinik ma'lumotlar yo'q. Homiladorlik vaqtida preparat tavsiya etilmaydi, lekin agar uni qo'llashdan kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lsa, preparatni shifokor nazorati ostida 5-6 kundan ortiq qabul qilmaslik kerak.

Preparatning faol moddalari ko'krak suti bilan ajralib chiqishi haqida ma'lumotlar yo'q. Almagelni emizish davrida faqat ona uchun foyda va yangi tug'ilgan chaqaloq uchun potentsial xavf nisbati sinchkovlik bilan baholangandan keyin qo'llash mumkin.

Emizish davrida shifokor nazorati ostida 5-6 kundan ortiq bo'lmagan muddatda qo'llash tavsiya etiladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Ba'zi dori vositalarini adsorbsiya qilishi mumkin, shu tariqa ularning so'rilishini kamaytiradi, shuning uchun boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilishda ularni Almagel qabul qilingandan 1-2 soat oldin yoki keyin qabul qilish kerak.

Almagel me'da shirasining kislotaliligini kamaytiradi va bu bir vaqtda qabul qilinganda ko'p sonli dori vositalarining ta'siriga ta'sir qilishi mumkin.

Almagel H2-gistamin retseptorlari blokatorlari (simetidin, ranitidin, famotidin), yurak glikozidlari, temir tuzlari, litiy preparatlari, xinidin, meksiletin, fenotiazin preparatlari, tetratsiklin qatori antibiotiklari, siprofloksatsin, izoniazid va ketokonazol samarasini kamaytiradi.

Ichakda eruvchan preparatlar bir vaqtda qabul qilinganda me'da shirasining yuqori pH i ularning qobig'i tez buzilishiga va me'da va o'n ikki barmoqli ichak ta'sirlanishini chaqirishga olib kelishi mumkin.

Almagel ba'zi laborator va funktsional tekshiruvlar va testlar natijalariga ta'sir qilishi mumkin: u kislotaliligini aniqlashda me'da sekretsiyasi darajasini pasaytiradi; texnetsiy (TS₉₉) ishlatiladigan testlar natijalarini o'zgartiradi, masalan suyaklar stsintigrafiyasi va qizilo'ngachni tekshirish uchun ba'zi testlar, zardobdagi fosfor darajasini, zardob va siydik pH qiymatlarini oshiradi.

Dozirovkasi

DozalashDavolash

Kattalar va 15 yoshdan katta bolalarga

5-10 ml dan (1-2 o'lchov qoshiq) yoki 1 paketcha kuniga 3-4 marta.

Zarurat bo'lganda bir martalik dozani 15 ml gacha (3 o'lchov qoshiq) oshirish mumkin.

10 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarga

Kattalar uchun dozaning yarmiga teng dozada qo'llaniladi - 1 o'lchov qoshiqdan kuniga 2-4 marta yoki 2 o'lchov qoshiqdan kuniga 1-2 marta yoki 1 paketchadan kuniga 1-2 marta.

Preparat ovqatdan 45-60 daqiqa keyin va kechqurun uyqudan oldin qabul qilinadi.

Terapevtik samaraga erishilgandan so'ng, sutkalik dozani 15-20 kun davomida sutkasiga 3-4 marta 5 ml (1 o'lchov qoshiq) gacha yoki sutkasiga 1-2 marta 1 paketchagacha kamaytiradilar.

Almagel preparatini qabul qilgandan keyin 15 daqiqa davomida suyuqlik qabul qilish tavsiya etilmaydi. Qo'llashdan oldin suspenziyani flakonni silkitib yoki paketni uqalab va silkitib, yaxshilab gomogenizatsiya qilish kerak.

Profilaktika uchun

Ta'sirlantiruvchi ta'sirga ega preparatlarni qabul qilishdan 15 daqiqa oldin 5-15 ml (1-3 o'lchov qoshiq) yoki 1 paketcha.Dozani oshirib yuborishBir marta doza oshirib yuborilganda qabziyat, meteorizm, og'izda metall ta'mini his qilishdan boshqa dozani oshirib yuborish belgilari kuzatilmaydi.

Uzoq vaqt davomida yuqori dozalar qabul qilinganda buyraklarda tosh hosil bo'lishi, og'ir qabziyatlar paydo bo'lishi, engil uyquchanlik, gipermagniyemiya bo'lishi mumkin. Metabolik alkaloz belgilari ham kuzatilishi mumkin: kayfiyat yoki aqliy faoliyatning o'zgarishi, mushaklarda uvishish yoki og'riq, asabiylashish va tez charchash, nafas olishning sekinlashishi, yoqimsiz ta'm sezgilari. Bunday hollarda preparatni organizmdan tez chiqarish bo'yicha darhol choralar ko'rish kerak - oshqozonni yuvish, qusishni stimulyatsiya qilish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ALMAGEL suspenziya 10ml N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ALMAGEL suspenziya 10ml N10 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
31 900 so'm dan
ZOTONIKS tabletkalari 40mg N30
ZOTONIKS tabletkalari 40mg N30
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Ry.) Limited
•4 ta dorixonada bor
Narxi
36 500 so'm dan
NOLPAZA tabletkalari 20mg N28
NOLPAZA tabletkalari 20mg N28
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto, AO
•126 ta dorixonada bor
Narxi
34 500 so'm dan
OMEPRAZOL kapsulalar  20mg N100
Retseptli
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Kentreck Laboratories Pvt. Ltd
•103 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan

ALMAGEL suspenziya 10ml N10 xususiyatlari

Almagel boshqa chiqarish shakllari

ALMAGEL suspenziya 170ml
Retseptsiz
ALMAGEL suspenziya 170ml
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Balkanpharma-Troyan AD
Narxi
31 000 so'm dan
ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 100 ml N
Retseptsiz
ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 100 ml N
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LEKINTERKAPS OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
24 000 so'm dan
ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 170 ml N
Retseptsiz
ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 170 ml N
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LEKINTERKAPS OOO
•18 ta dorixonada bor
Narxi
20 500 so'm dan
Narxi
35 000 so'm dan

ALMAGEL suspenziya 10ml N10 analoglari

Narxi
355 000 so'm dan
MAALOKS suspenziya 250ml
MAALOKS suspenziya 250ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi S.p.A.
Narxi
214 900 so'm dan
Narxi
84 000 so'm dan
MAALOKS suspenziya 250ml
MAALOKS suspenziya 250ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis France, Fransiya proizvedeno: Sanofi Aventis S.p.A.
Narxi
214 900 so'm dan
ALMAGEL suspenziya 170ml
Retseptsiz
ALMAGEL suspenziya 170ml
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Balkanpharma-Troyan AD
Narxi
31 000 so'm dan
MAALOKS tabletkalari N20
Retseptsiz
MAALOKS tabletkalari N20
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Aventis S.p.A.
Narxi
84 000 so'm dan
MAALOKS suspenziya 15ml N30
Retseptli
MAALOKS suspenziya 15ml N30
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis France, Fransiya proizvedeno: Pharmatis
Narxi
355 000 so'm dan

ALMAGEL suspenziya 10ml N10 haqida savollar

ALMAGEL suspenziya 10ml N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil