Apteka.uz
SavatKirish

ALMAGEL NEO suspenziya 10ml N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:Balkanfarma - Troyan AD
Teglar:Gastritdan
ATX kodi:A02AX
Barcha Almagel dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ALMAGEL NEO suspenziya 10ml N10 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Simetikon fiziologik va kimyoviy inertligi tufayli a'zo va to'qimalarga so'rilmaydi va me'da-ichak traktidan (MITY) o'tgandan so'ng o'zgarmagan holda chiqariladi. Ichakda alyuminiy va magniy ionlarining so'rilishi - past. Buyrak funktsiyasi normal bo'lganda qondagi alyuminiy va magniy kontsentratsiyasi o'zgarmaydi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda alyuminiy va magniyning qondagi darajasi ularning chiqarilishi buzilishi natijasida toksik qiymatlargacha oshishi mumkin.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar, ko'ngil aynishi, qusish, ta'm sezgilarining o'zgarishi, qabziyat, diareya. Yuqori dozalarda uzoq vaqt qabul qilinganda - gipofosfatemiya, gipokaltsiemiya, giperkaltsiuriya, osteomalyatsiya, osteoporoz, gipermagniemiya, giperalyuminemiya, entsefalopatiya, nefrokalsinoz, buyrak funktsiyasining buzilishi. Hamroh buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda - chanqoq, qon bosimining pasayishi, giporefleksiya.

Maxsus saqlash sharoitlari

Almagel® Neo va boshqa dori vositalarini qabul qilish orasidagi oraliq 1-2 soatni tashkil qilishi kerak.

Uzoq muddat qabul qilganda ovqat bilan yetarli miqdorda fosfor tushishini ta'minlash lozim.

Nazorat qilinadigan klinik sinovlar ma'lumotlari yo'qligi sababli, emizikli ayollarga Almagel® Neoni faqat shifokor maslahatidan so'ng qabul qilish kerak.

Preparatning bitta o'lchov qoshig'i (5 ml) 0,113 g etil spirti saqlaydi. Preparatning bitta paketchasi (10 ml) 0,226 g etil spirti saqlaydi.

Natijada jigar va miya kasalliklari bo'lgan bemorlarda, alkogolizm va epilepsiya bilan og'riganlarda, homilador ayollar va 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda asoratlar yuzaga kelishi mumkin.

Preparatning sutkalik dozasi (8 o'lchov qoshig'i yoki 4 paketcha) 0,904 g etil spirti saqlaydi, suspenziyaning maksimal sutkalik dozasi (12 o'lchov qoshig'i yoki 6 paketcha) 1,356 g etil spirti saqlaydi. Almagel® Neo preparatining bitta o'lchov qoshig'i (5 ml) 0,475 g sorbitol saqlaydi. Bitta paketcha (10 ml) suspenziya 0,950 g sorbitol saqlaydi. Sorbitol tug'ma fruktozani o'zlashtira olmaslikda mumkin emas va me'da ta'sirlanishi hamda diareyani chaqirishi mumkin.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Almagel® Neo avtotransportni boshqarish va yuqori diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Yuqori sezuvchanlik, surunkali buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, Altsgeymer kasalligi, gipofosfatemiya, 10 yoshgacha bo'lgan bolalar, tug'ma fruktoza o'zlashtiraolmaslik.

Ehtiyotkorlik bilan:

Laktatsiya davri, jigar kasalliklari, alkogolizm, bosh miya jarohati, bosh miya kasalliklari, epilepsiya, 10 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar.

Homiladorlik va laktatsiya:

Nazorat qilingan klinik sinovlar ma'lumotlari yo'qligi sababli, emizikli ayollarga Almagel® Neo ni faqat shifokor maslahatidan keyin qabul qilish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Almagel® Neo digoksin, indometatsin, salitsilatlar, xlorpromazin, fenitoin, H2-gistamin retseptorlari blokatorlari, beta-adrenoblokatorlar, diflunizal, ketokonazol va itrakonazol, izoniazid, tetratsiklin qatori antibiotiklari va xinolonlar, azitromitsin, sefpodoksim, pivampitsillin, rifampitsin, bilvosita antikoagulyantlar, barbituratlar, feksofenadin, dipiridamol, zaltsitabin, xenodezoksixol va ursodezoksixol kislotalari, penitsillamin va lansoprazolning so'rilishini kamaytiradi va sekinlashtiradi.

M-xolinoblokatorlar me'da bo'shalishini sekinlashtirib, preparat ta'sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.

Dozirovkasi

DozalashKattalar

Ichga, 2 o'lchov qoshiqdan yoki apelsin ta'mli 1 paketchadan suspenziya sutkasiga 4 marta ovqatdan 1 soat keyin va kechqurun uyqudan oldin. Zarurat bo'lganda bir martalik dozani 3 o'lchov qoshiqqacha kuniga 4 martagacha oshirish mumkin.

Maksimal sutkalik doza 12 o'lchov qoshiqdan oshmasligi kerak.

10 yoshdan katta bolalar

Dozani davolovchi shifokor belgilaydi - odatda kattalar uchun dozaning 1/2 qismi.

Davolash kursi - 4 haftadan oshmasligi kerak. Qo'llashdan oldin suspenziyani flakonni silkitib yoki paketni uqalab va silkitib, yaxshilab gomogenizatsiya qilish kerak. Almagel® Neo ni suv bilan suyultirmasdan va ichmasdan qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Preparatni qabul qilgandan keyin yarim soat davomida suyuqlik qabul qilish tavsiya etilmaydi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari. Yuqori dozalarni uzoq muddat qo'llash gipermagniyemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu tez charchash, yuzning qizarishi, oriqlash, mushak zaifligi va xulq-atvorning noadekvatligi bilan tavsiflanadi.

Metabolik alkaloz belgilari ham kuzatilishi mumkin: kayfiyatning o'zgarishi, aqliy faoliyatning buzilishi, mushaklarda uvishish yoki og'riq, asabiylashish va tez charchash, nafas olishning sekinlashishi, yoqimsiz ta'm sezgilari.

Shoshilinch choralar. Preparatni tez chiqarish bo'yicha darhol choralar ko'rish kerak - oshqozonni yuvish, qusishni stimulyatsiya qilish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ALMAGEL NEO suspenziya 10ml N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ALMAGEL NEO suspenziya 10ml N10 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
OMEPRAZOL kapsulalar  20mg N100
Retseptli
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Kentreck Laboratories Pvt. Ltd
•105 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
NOLPAZA tabletkalari 40mg N28
NOLPAZA tabletkalari 40mg N28
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto, AO
•127 ta dorixonada bor
Narxi
47 800 so'm dan
PANZAK tabletkalari 40mg N30
PANZAK tabletkalari 40mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
Narxi
48 000 so'm dan

ALMAGEL NEO suspenziya 10ml N10 xususiyatlari

Almagel boshqa chiqarish shakllari

ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 100 ml N
Retseptsiz
ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 100 ml N
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LEKINTERKAPS OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
24 000 so'm dan
ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 170 ml N
Retseptsiz
ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 170 ml N
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LEKINTERKAPS OOO
•18 ta dorixonada bor
Narxi
20 500 so'm dan
Narxi
33 000 so'm dan
ALMAGEL suspenziya 170ml
Retseptsiz
ALMAGEL suspenziya 170ml
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Balkanpharma-Troyan AD
Narxi
28 600 so'm dan

ALMAGEL NEO suspenziya 10ml N10 analoglari

Narxi
355 000 so'm dan
MAALOKS suspenziya 250ml
MAALOKS suspenziya 250ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi S.p.A.
Narxi
214 900 so'm dan
Narxi
86 000 so'm dan
Narxi
33 000 so'm dan
MAALOKS tabletkalari N20
Retseptsiz
MAALOKS tabletkalari N20
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Aventis S.p.A.
Narxi
86 000 so'm dan
MAALOKS suspenziya 15ml N30
Retseptli
MAALOKS suspenziya 15ml N30
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis France, Fransiya proizvedeno: Pharmatis
Narxi
355 000 so'm dan

ALMAGEL NEO suspenziya 10ml N10 haqida savollar

ALMAGEL NEO suspenziya 10ml N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil