Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Antibiotiklar  / AZITROMISIN FORTE OBL tabletkalari 500mg N3

AZITROMISIN FORTE OBL tabletkalari 500mg N3

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Azitromisin
Ishlab chiqaruvchi:Obolenskoe Farmasevticheskoe predpriyatie, ZAO
ATX kodi:J01FA10
Barcha Azitromitsin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

AZITROMISIN FORTE OBL tabletkalari 500mg N3 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Azitromitsin me'da-ichak traktidan (MITY) tez so'riladi, bu uning kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan bog'liq. Butun organizm bo'ylab tez taqsimlanadi, bunda to'qimalarda antibiotikning yuqori kontsentratsiyalariga erishiladi. Ichga 500 mg qabul qilingandan so'ng qon plazmasidagi azitromitsinning maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) 2,5 - 2,9 soatdan keyin erishiladi va 0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biologik kira olishligi 37,5% ni tashkil qiladi.

Azitromitsin nafas yo'llariga, urogenital trakt organlari va to'qimalariga (xususan, prostata beziga), teri va yumshoq to'qimalarga yaxshi kirib boradi. To'qimalardagi yuqori kontsentratsiya (qon plazmasidagiga qaraganda 10-50 baravar yuqori) va uzoq yarim chiqarilish davri (Т½) azitromitsinning qon plazmasi oqsillari bilan past darajada bog'lanishi, shuningdek, uning eukariotik hujayralarga kirish va lizosomalar atrofidagi past pH muhitida to'planish qobiliyati bilan bog'liq. Bu o'z navbatida katta ko'rinadigan taqsimlanish hajmini (31,1 l/kg) va yuqori plazma klirensini belgilaydi. Azitromitsinning asosan lizosomalarda to'planish qobiliyati hujayra ichidagi qo'zg'atuvchilarni yo'q qilish uchun ayniqsa muhimdir. Fagotsitlar azitromitsinni infektsiya lokalizatsiyasi joylariga yetkazib berishi, u yerda u fagotsitoz jarayonida ajralib chiqishi isbotlangan. Infektsiya o'choqlarida azitromitsin kontsentratsiyasi sog'lom to'qimalarga qaraganda ishonchli darajada yuqori (o'rtacha 24-34% ga) va yallig'lanish shishi darajasi bilan korrelyatsiya qiladi. Azitromitsin oxirgi doza qabul qilingandan keyin 5-7 kun davomida bakteritsid kontsentratsiyalarda saqlanib turadi, bu esa qisqa (3 kunlik va 5 kunlik) davolash kurslarini ishlab chiqishga imkon berdi.

Jigarda demetillanadi, hosil bo'lgan metabolitlar faol emas.

Azitromitsinning qon plazmasidan chiqarilishi 2 bosqichda o'tadi: Т½ preparat qabul qilingandan keyin 8 dan 24 soatgacha bo'lgan oraliqda 14-20 soatni va 24 dan 72 soatgacha bo'lgan oraliqda - 41 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 1 marta qo'llash imkonini beradi.

Preparat asosan safro bilan o'zgarmagan holda chiqariladi, kichik qismi buyraklar orqali chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Azitromitsin qo'llanilganda nojo'ya reaksiyalarning tezligi quyida umumiy qabul qilingan tasnifga muvofiq keltirilgan:

juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100,
OIT tomonidan: tez-tez - diareya, ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq yoki spazmlar; tez-tez emas - meteorizm, shakllanmagan axlat, ovqat hazm qilishning buzilishi, anoreksiya; kam hollarda - qabziyat, til rangining o'zgarishi, soxtamembranoz kolit, gepatit, xolestatik sariqlik, jigar funktsional sinamalarining buzilishi («jigar» transaminazalari faolligining oshishi), jigar nekrozi va jigar yetishmovchiligi (o'lim holatigacha).

Asab tizimi tomonidan: tez-tez emas - bosh aylanishi, vertigo, uyquchanlik, bosh og'rig'i, tirishishlar, ta'm va hid bilishning buzilishi; kam hollarda - paresteziya, asteniya, uyqusizlik, giperfaollik, tajovuzkorlik, bezovtalik, xavotirlik, asabiylik.

Siydik-tanosil tizimi tomonidan: tez-tez emas - vaginit; kam hollarda - interstitsial nefrit, o'tkir buyrak yetishmovchiligi.

Tayanch-harakat tizimi tomonidan: tez-tez emas - artralgiya.

Allergik reaksiyalar: tez-tez emas - toshma, eshakemi, teri qichishishi; kam hollarda - angionevrotik shish, anafilaksik reaksiyalar, Stivens-Djonson sindromi.

Sezgi a'zolari tomonidan: kam hollarda - eshitishning buzilishi, karlik, quloqlarda jaranglash.

Yurak-qon tomir tizimi (YuQTT) tomonidan: kam hollarda - yurak urishini his qilish, aritmiya (shu jumladan, qorinchalar taxikardiyasi, piruet taxikardiya), Q-T oralig'ining uzayishi.

Teri qoplamalari tomonidan: kam hollarda - fotosensibilizatsiya, ko'p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz.

Qon yaratish a'zolari tomonidan: kam hollarda - trombotsitopeniya, juda kam hollarda - tranzitor neytropeniya.

Boshqalar: kam hollarda - kandidoz.

Maxsus saqlash sharoitlari

Ovqat bilan qabul qilinmasin.

Dozani qabul qilish o'tkazib yuborilgan taqdirda, o'tkazib yuborilgan dozani imkon qadar tezroq, keyingilarini esa - 24 soatlik oraliq bilan qabul qilish kerak.

Antatsidlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda 2 soatlik tanaffusga rioya qilish kerak.

Davolash to'xtatilgandan so'ng, ba'zi bemorlarda o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari saqlanib qolishi mumkin, bu esa shifokor nazorati ostida maxsus davolashni talab qiladi.

Streptococcuspyogenes chaqirgan faringit va tonzillitda penitsillinlar tanlov antibiotiklari hisoblanadi. Revmatik isitma profilaktikasi uchun azitromitsinning samaradorligi noma'lum.

Azitromitsin qo'llanilganda, boshqa antibiotiklar qo'llanilganda bo'lgani kabi, superinfeksiya (shu jumladan zamburug'li) rivojlanishi mumkin.

Avtomobilni yoki boshqa mexanik vositalarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Sumametsin forte bilan davolashda yuqori diqqatni jamlash va tezkor psixomotor reaksiyalar zarurati bilan bog'liq faoliyat turlaridan (shu jumladan avtomobilni boshqarishdan) saqlanish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa makrolidlarga); og'ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, laktatsiya davri, tana vazni 45 kg dan kam bo'lgan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar, ergotamin va digidroergotamin bilan bir vaqtda qabul qilish.

Ehtiyotkorlik bilan:

- Aritmiya (qorinchalar aritmiyasi va QT oralig'ining uzayishi mumkin);

- Jigar yoki buyrak faoliyatining o'rtacha buzilishlari;

- Terfenadin, varfarin, digoksinni birgalikda tayinlash.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi: Homiladorlikda preparatni qo'llash faqat ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan holdagina mumkin.

Laktatsiya davrida preparatni tayinlash zarurati tug'ilganda emizishni to'xtatish kerak (ko'krak suti bilan ajralib chiqadi).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antatsidlar (alyuminiy va magniy saqlovchi), etanol va ovqat azitromitsin so'rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi, shuning uchun azitromitsinni antatsidlar qabul qilinishidan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish kerak.

Siklosporin bilan bir vaqtda qo'llanilganda qonda konsentratsiyasini nazorat qilish va oxirgisining dozasini to'g'irlash kerak.

Varfarin va azitromitsin birga tayinlanganda (oddiy dozalarda) protrombin vaqti o'zgarishi aniqlanmagan, biroq makrolidlar va varfarin o'zaro ta'sirlashganda antikoagulyant samara kuchayishi mumkinligini hisobga olib, bemorlarga protrombin vaqtini va xalqaro normallashtirilgan nisbatni (XNN) sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

Digoksin konsentratsiyasini oshiradi.

Ergotamin va digidroergotamin: toksik ta'sir kuchayishi (ergotizm -vazospazm, dizesteziya). Bir vaqtda qo'llash mumkin emas.

Triazolam: klirens pasayishi va triazolamning farmakologik ta'siri oshishi.

Azitromitsin sikloserin, bilvosita antikoagulyantlar, metilprednizolon, felodipinning, shuningdek mikrosomal oksidlanishga uchraydigan dori vositalarining (DV) (karbamazepin, terfenadin, siklosporin, geksobarbital, sporinya alkaloidlari, valproat kislotasi, dizopiramid, bromokriptin, fenitoin, peroral gipo-

glikemik DV, teofillin va boshqa ksantin hosilalari) chiqarilishini sekinlashtiradi va plazmadagi konsentratsiyasini va toksikligini oshiradi, gepatotsitlarda azitromitsin tomonidan mikrosomal oksidlanish ingibitsiya qilinishi hisobiga.

Linkozaminlar azitromitsin samaradorligini susaytiradi, tetratsiklin va xloramfenikol esa kuchaytiradi.

Rifabutin bilan bir vaqtda qo'llash neytropeniyaga olib kelishi mumkin.

Dozirovkasi

DozalashIchga, ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin sutkasiga 1 marta.

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga yuqori va pastki nafas yo'llari, LOR-a'zolari, teri va yumshoq to'qimalar infektsiyalarida - 3 kun davomida bir qabulda 0,5 g/sut (kurs dozasi - 1,5 g).

Siydik yo'llari infektsiyalarida (asoratlanmagan uretrit yoki tservitsit) - bir marta 1 g.

Laym kasalligida (borrelioz) I bosqichni (Erythema migrans) davolash uchun - birinchi kuni 1 g va 2-kundan 5-kungacha har kuni 0,5 g (kurs dozasi - 3 g).Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborish simptomlari: karlik, ko'ngil aynishi, qusish, diareya.

Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, simptomatik terapiya.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. AZITROMISIN FORTE OBL tabletkalari 500mg N3 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

AZITROMISIN FORTE OBL tabletkalari 500mg N3 o'xshash dorilari

SEF-OD DS poroshok 200mg/5ml 30ml N1
Retseptli
SEF-OD DS poroshok 200mg/5ml 30ml N1
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
•106 ta dorixonada bor
Narxi
75 000 so'm dan

Azitromitsin boshqa chiqarish shakllari

AZITROMISIN VERTEKS kapsulalar  250mg N6
Retseptli
AZITROMISIN VERTEKS kapsulalar 250mg N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo
AZITROMISIN kapsulalar  500 mg N30
Retseptli
AZITROMISIN kapsulalar 500 mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LAFZ, OOO
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Retseptli
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo
•86 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
AZITROMISIN VERTEKS tabletkalari 125mg N6
Retseptli
AZITROMISIN VERTEKS tabletkalari 125mg N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo
AZITROMISIN RAFARMA tabletkalari 500mg N3
Retseptli
AZITROMISIN RAFARMA tabletkalari 500mg N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Rafarma, AO
AZITROMISIN DALXIMFARM kapsulalar  250mg N6
Retseptli
AZITROMISIN DALXIMFARM kapsulalar 250mg N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Dalximfarm, OAO
AZITROMISIN kapsulalar  500 mg N6
Retseptli
AZITROMISIN kapsulalar 500 mg N6
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, CP OOO, Uzbeksko-Britanskoe
AZITROMISIN DALXIMFARM kapsulalar  250mg N10
Retseptli
AZITROMISIN DALXIMFARM kapsulalar 250mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Dalximfarm, OAO
AZITROMISIN kapsulalar  500 mg N3
Retseptli
AZITROMISIN kapsulalar 500 mg N3
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LAFZ, OOO
•11 ta dorixonada bor
Narxi
7 000 so'm dan
AZITROMISIN kapsulalar  250mg N6
Retseptli
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
PROIZVODSTVO MEDIKAMENTOV, OOO
•14 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
AZITROMISIN REMEDY kapsulalar  250mg N6
Retseptli
AZITROMISIN REMEDY kapsulalar 250mg N6
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
•14 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
AZITROMISIN kapsulalar  250mg N6
Retseptli
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•14 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
AZITROMISIN kapsulalar  250 mg N6
Retseptli
AZITROMISIN kapsulalar 250 mg N6
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LAFZ, OOO
•14 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N6
Retseptli
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N6
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torimed Pharm, OOO
•64 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan

AZITROMISIN FORTE OBL tabletkalari 500mg N3 analoglari

AZITROMISIN EKOMED poroshok 16,5g 100mg/5ml
Retseptli
AZITROMISIN EKOMED poroshok 16,5g 100mg/5ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
AZITROMISIN EKOMED poroshok 16,5g 200mg/5ml
Retseptli
AZITROMISIN EKOMED poroshok 16,5g 200mg/5ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
EKOMED tabletkalari 500mg N3
EKOMED tabletkalari 500mg N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
EKOMED tabletkalari 250mg N6
EKOMED tabletkalari 250mg N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
AZITRUS FORTE 0,5 N3
AZITRUS FORTE 0,5 N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
AZITRUS 0,1 poroshok N3
Retseptli
AZITRUS 0,1 poroshok N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
AZITRUS 0,2 poroshok N3
Retseptli
AZITRUS 0,2 poroshok N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
AZITRUS 0,05 poroshok N3
Retseptli
AZITRUS 0,05 poroshok N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
AZITRUS kapsulalar  250mg N6
Retseptli
AZITRUS kapsulalar 250mg N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
•2 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
AZITRAL kapsulalar  500mg N3
Retseptli
AZITRAL kapsulalar 500mg N3
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Layf Saensiz Pvt Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
36 600 so'm dan
SUMAMED 0,5 tabletkalari N3
Retseptli
SUMAMED 0,5 tabletkalari N3
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pliva Xrvatska d.o.o
SUMAMED tabletkalari 500 mg N3
Retseptli
SUMAMED tabletkalari 500 mg N3
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pliva Xrvatska d.o.o
•28 ta dorixonada bor
Narxi
59 200 so'm dan

AZITROMISIN FORTE OBL tabletkalari 500mg N3 haqida savollar

AZITROMISIN FORTE OBL tabletkalari 500mg N3 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil