BROMGEKSIN 0,008/ML tomchilar dlya priema vnutr 20ml

BROMGEKSIN 0,008/ML tomchilar dlya priema vnutr 20ml o'xshash dorilari



BROMGEKSIN 0,008/ML tomchilar dlya priema vnutr 20ml qo'llanmasi
Ichga qabul qilinganda deyarli to'liq (99 %) me'da-ichak traktida 30 daqiqa ichida so'riladi. Biologik kira olishligi «jigardan birinchi o'tish» effekti oqibatida taxminan 80 % ni tashkil qiladi. Bromgeksin plazmada oqsillar bilan bog'lanadi, gematoensefalik va yo'ldosh to'siqlari orqali o'tadi. Jigarda bromgeksin demetillanish va oksidlanishga uchraydi, hosil bo'lgan metabolitlarning bir qismi (ambroksol) faollikni saqlab qoladi. Yarim parchalanish davri to'qimalardan sekin qayta diffuziya oqibatida 15 soatni tashkil qiladi. Qondagi maksimal kontsentratsiyaga qabul qilingandan taxminan 1 soat o'tgach erishiladi. Buyraklar orqali ekskretsiya qilinadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida bromgeksin metabolitlarining ajralib chiqishi buziladi. Ko'p marta qo'llanilganda bromgeksin kumulyatsiya qilinishi mumkin.
Noxush reaksiyalar quyidagi mezonlarga ko'ra uchrash tezligi bo'yicha taqsimlangan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, lekin
Immun tizimi tomonidan buzilishlar Kam hollarda: o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.
Uchrash tezligi noma'lum: anafilaktik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok, angionevrotik shish va qichishish, rinit.
Oshqozon-ichak trakti tomonidan Tez-tez emas: ko'ngil aynishi, qorinda og'riq, qusish, diareya.
Kam hollarda: oshqozon va 12-barmoqli ichak yara kasalligining kuchayishi.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan Kam hollarda: toshma, eshakemi.
Uchrash tezligi noma'lum: og'ir teri reaksiyalari (shu jumladan ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi, toksik epidermal nekroliz, o'tkir generalizatsiyalangan ekzantematoz pustulyoz).
Asab tizimi tomonidan buzilishlar Kam hollarda: bosh aylanishi, bosh og'rig'i.
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi a'zolari va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: bronxospazm.
Jigar va o't yo'llari tomonidan
Juda kam hollarda: qon plazmasida «jigar» transaminazalari faolligining oshishi.
Umumiy buzilishlar
Tez-tez emas: isitma, allergik reaksiya (bo'g'ilish).
Agar Sizda yo'riqnomada ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlar qayd etilsa yoki ular kuchaysa, yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Bronxlar motorikasi buzilgan hollarda yoki ajralayotgan balg'am hajmi katta bo'lganda (masalan, kiprikchalarning kam uchraydigan xavfli sindromida) bromgeksinni qo'llash nafas yo'llarida ajralma tutilib qolishi xavfi munosabati bilan ehtiyotkorlikni talab qiladi. Bromgeksinni qabul qilayotgan bemorlarning e'tiborini balg'am ajralishining kuchayishi mumkinligiga qaratish kerak.
Bromgeksin me'da shilliq qavatiga ta'sir qilishi mumkinligi sababli, me'da yara kasalligi bo'lgan bemorlar uni qo'llashda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishlari kerak.
Bromgeksinni qabul qilish munosabati bilan ekssudativ eritema, Stivens-Djonson sindromi, Layel sindromi, toksik epidermal nekroliz, shuningdek o'tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz kabi og'ir teri kasalliklari yuzaga kelishi holatlari kuzatilgan. Kuchayib boruvchi toshma simptomlari yoki belgilari (shilliq qavatda pufakchalar yoki yaralanishlar bilan bir vaqtda) paydo bo'lganda davolashni to'xtatish va shifokor maslahatiga murojaat qilish kerak.
Preparat 41% etil spirti saqlaydi. Kattalar uchun preparatning maksimal bir martalik dozasida mutlaq etil spirti miqdori 0,36 g (23 tomchi) ni tashkil qiladi. Preparat tarkibida etil spirti borligi munosabati bilan, preparatni bolalar, homilador va emizikli ayollar, bosh miya kasalliklari, epilepsiya, jigar kasalliklari bo'lgan bemorlar, bosh miya jarohatida, surunkali alkogolizmda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak va antabus yoki metronidazol bilan davolash kursini o'tayotgan bemorlarda qo'llash mumkin emas.
2 haftadan ortiq qabul qilinganda tishlar shikastlanishini chaqirishi mumkin (preparat tarkibida saxaroza borligi sababli).
Qandli diabeti bo'lgan bemorlar uchun ma'lumot: preparatning maksimal bir martalik dozasidagi uglevodlar miqdori 0,02 non birligiga to'g'ri keladi, preparatning maksimal sutkalik dozasidagi uglevodlar miqdori 0,05 non birligiga to'g'ri keladi.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning transport vositalarini boshqarish va yuqori diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi mexanizmlarga xizmat ko'rsatish qobiliyatiga noxush ta'siri haqida ma'lumotlar yo'q.
Spirt saqlovchi preparatning tavsiya etilgan dozalarini sezilarli darajada oshirish psixomotor reaksiyalar tezligiga ta'sir qilishi va mashinani haydashda yoki uskunalar bilan ishlashda xavf tug'dirishi mumkin.
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik. Emizish davri. 12 yoshgacha bo'lgan bolalar (tarkibida spirt borligi sababli). Me'da yara kasalligi (zo'rayish bosqichida). Saxaraza/izomaltaza yetishmovchiligi, fruktozaga toqat qilolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi. Anamnezda qon tupurish holatlari mavjudligi.
Ehtiyotkorlik bilan
Anamnezda me'dadan qon ketishi bo'lgan bemorlarga; anamnezda me'da yara kasalligi bo'lganlarda; bronxlarda ortiqcha sekret to'planishi bilan kechuvchi kasalliklarda; buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligida; bronxial astmada ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki preparat tarkibidagi levomentol, yalpiz va evkalipt moylarini tasodifan nafas yo'li bilan yutib yuborish laringospazmga olib kelishi yoki bronxial astma xurujini keltirib chiqarishi mumkin.
Preparat tarkibida spirt mavjudligi bolalarga, homilador ayollarga, bosh miya kasalliklari, epilepsiya bilan og'rigan odamlarga, bosh miya jarohatlarida, alkogolizmda salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ushbu bo'limda sanab o'tilgan kasalliklar yoki holatlar mavjud bo'lsa, bemor qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishi kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Preparat homiladorlikda va emizish davrida qo'llash mumkin emas. Agar preparatni qo'llash zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish kerak.
Bromgeksin yo'talga qarshi vositalar (shu jumladan kodein saqlovchi) bilan bir vaqtda tayinlanmaydi, chunki ular bromgeksin bilan suyultirilgan balg'amni yo'talib chiqarishni qiyinlashtirishi mumkin. Bromgeksin antibiotiklarning (eritromitsin, sefaleksin, oksitetratsiklin, ampitsillin, amoksitsillin), sulfanilamid preparatlarning bronxial sekretga kirishiga yordam berib, o'pka to'qimasida antibiotiklar konsentratsiyasi oshishiga olib keladi. Preparat ishqoriy eritmalar bilan nomutanosib.
Agar Siz yuqorida sanab o'tilgan yoki boshqa dori preparatlarini (shu jumladan retseptsiz) qo'llayotgan bo'lsangiz, bromgeksin preparatini qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga:
Bir martalik doza 23-46 tomchi (8-16 mg bromgeksin gidroxloridiga to'g'ri keladi)
Maksimal kunlik doza 138 tomchi = 48 mg bromgeksin gidroxloridi
12 dan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar va tana vazni 50 kg dan kam bo'lgan bemorlarga 23 tomchi (8 mg bromgeksin gidroxloridiga to'g'ri keladi), kuniga 3 marta 23 tomchi = 24 mg bromgeksin gidroxloridi
Bir martalik doza 23 tomchi (8 mg bromgeksin gidroxloridiga to'g'ri keladi)
Maksimal kunlik doza 69 tomchi = 24 mg bromgeksin gidroxloridi
Buyrak yetishmovchiligida preparatning talab qilinadigan dozasi kamaytiriladi yoki preparat qabullari orasidagi intervallar oshiriladi.
Davolash jarayonida yetarli miqdorda suyuqlik iste'mol qilish tavsiya etiladi, bu bromgeksinning sekretolitik ta'sirini qo'llab-quvvatlaydi.
Agar kasallik manzarasi yomonlashsa yoki 4-5 kundan keyin yaxshilanish kuzatilmasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparatni faqat yo'riqnomada ko'rsatilgan ko'rsatmalar, qo'llash usuli va dozalarga muvofiq qo'llang.Dozani oshirib yuborishOdamda bromgeksinni qo'llashda hayot uchun xavfli dozani oshirib yuborish holatlari noma'lum. Quyidagi simptomlar bo'lishi mumkin: ko'ngil aynishi, qusish, diareya va boshqa oshqozon-ichak buzilishlari.
Davolash: simptomatik. O'ziga xos antidot yo'q. Dozani oshirib yuborganda qusishni keltirib chiqarish, so'ngra bemorga suyuqlik (sut yoki suv) berish kerak. Preparat qabul qilingandan keyin 1-2 soat ichida me'dani yuvish tavsiya etiladi.
Xususiyatlar BROMGEKSIN 0,008/ML tomchilar dlya priema vnutr 20ml
Bromgeksin boshqa chiqarish shakllari


BROMGEKSIN 0,008/ML tomchilar dlya priema vnutr 20ml analoglari















