BROMGEKSIN 4 BERLIN XEMI eritma

BROMGEKSIN 4 BERLIN XEMI eritma haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Bromgeksin MITYdan tez so'riladi va jigardan "birinchi o'tish"da jadal metabolizmga uchraydi. Biologik kira olishligi taxminan 20% ni tashkil qiladi. Sog'lom bemorlarda plazmadagi Cmax 1 soatdan keyin aniqlanadi.
Organizm to'qimalarida keng taqsimlanadi. Taxminan 85-90% asosan metabolitlar shaklida siydik bilan chiqariladi. Bromgeksinning metaboliti ambroksol hisoblanadi.
Bromgeksinning plazma oqsillari bilan bog'lanishi yuqori. Terminal fazadagi T taxminan 12 soatni tashkil qiladi.
Bromgeksin GEB orqali o'tadi. Yo'ldosh to'sig'i orqali oz miqdorda o'tadi.
Faqat oz miqdori siydik bilan chiqariladi, T Jigar va buyraklar funktsiyasining og'ir buzilishlari bo'lgan bemorlarda bromgeksin yoki uning metabolitlari klirensi kamayishi mumkin.
Farmakologik ta'siri
Balg'am ko'chiruvchi ta'sirga ega mukolitik vosita. Bronxial sekret tarkibidagi kislotali polisaxaridlarni depolyarizatsiya qilish va bronxlar shilliq qavatining neytral polisaxaridlarni saqlovchi sekret ishlab chiqaruvchi sekretor hujayralarini rag'batlantirish hisobiga uning qovushqoqligini pasaytiradi. Bromgeksin surfaktant hosil bo'lishiga yordam beradi deb hisoblanadi.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispeptik hodisalar, qon zardobida jigar transaminazalari faolligining o'tkinchi oshishi.
MNS tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi.
Dermatologik reaksiyalar: terlashning kuchayishi, teri toshmasi.
Nafas olish tizimi tomonidan: yo'tal, bronxospazm.
Maxsus ko‘rsatmalari
Me'da yarasi kasalligida, shuningdek anamnezda me'dadan qon ketishlar ko‘rsatilganda bromgeksinni shifokor nazorati ostida qo‘llash kerak.
Bronxial astmadan aziyat chekuvchi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Bromgeksinni kodein saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki bu suyultirilgan balg‘amni yo‘talib chiqarishni qiyinlashtiradi.
Efir moylari (shu jumladan evkalipt moyi, anis moyi, qalampir yalpiz moyi, mentol) bo‘lgan o‘simlik kelib chiqishli majmuaviy preparatlar tarkibida qo‘llaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Bromgeksinga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Bromgeksin ishqoriy eritmalar bilan nomutanosib.
Dozirovkasi
Ichga, kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga — sutkasiga 3 marta 8–16 mg dan; 14 yoshgacha bo'lgan bolalarga va tana vazni 50 kg dan kam bo'lgan bemorlarga — sutkasiga 3 marta 8 mg dan; 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga — sutkasiga 3 marta 4 mg dan.
Muayyan preparatning qo'llash usuli va dozalash rejimi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Optimal dozalash rejimini shifokor belgilaydi. Muayyan preparatning qo'llaniladigan dori shaklining qo'llash ko'rsatmalariga va dozalash rejimiga qat'iy rioya qilish kerak.
BROMGEKSIN 4 BERLIN XEMI eritma o'xshash dorilari



Bromgeksin boshqa chiqarish shakllari





BROMGEKSIN 4 BERLIN XEMI eritma analoglari













