DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 1mg 0,1%

DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 1mg 0,1% o'xshash dorilari



DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 1mg 0,1% qo'llanmasi
Mahalliy qo'llanilganda deksametazon butun epiteliyli shox parda orqali ko'zning old kamerasidagi suyuqlikka kiradi.
Oftalmologiyada mahalliy qo'llash uchun GKS. Yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va antiekssudativ ta'sir ko'rsatadi.
Preparatning faol moddasi - deksametazon - hujayra membranalarini barqarorlashtiradi, kapillyarlar o'tkazuvchanligini kamaytiradi, lizosomalar membranalarini barqarorlashtirish hisobiga antiekssudativ ta'sir ko'rsatadi.
Mahalliy reaksiyalar: preparat tomizilgandan so'ng darhol tez o'tib ketuvchi achishish hissi bo'lishi mumkin. Uzoq muddat qo'llanilganda ko'z ichki bosimining oshishi mumkin (shuning uchun kortikosteroidlarni o'z ichiga olgan preparatlar 10 kundan ortiq qo'llanilganda ko'z ichki bosimini muntazam o'lchash kerak).
3 oydan ortiq qo'llanilganda orqa kapsulyar katarakta rivojlanishi mumkin. Regeneratsiya jarayonlarining sekinlashishi mumkin.
Preparatni uzoq muddat qo'llash zamburug'lar yoki viruslar chaqirgan ikkilamchi infektsiya paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, preparat uzoq muddat qo'llanilganda ko'z ichki bosimining oshishi mumkin. Shuning uchun, agar preparat 2 haftadan ortiq qo'llanilsa, ko'z ichki bosimini nazorat qilish zarur.
Preparatni qo'llashdan oldin yumshoq kontakt linzalarni yechib turish va ularni preparat tomizilgan paytdan boshlab kamida 15 daqiqadan so'ng qayta taqish kerak.
Infektsion jarayon rivojlanganda Deksametazonni antibakterial preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash mumkin.
Allergik reaksiyalar rivojlanganda Deksametazon qo'llashni darhol to'xtatish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat tomizilgandan so'ng ko'z yoshlanishi mumkinligini inobatga olib, uni bevosita transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashdan oldin qo'llamaslik kerak.
- Herpes simplex yoki Varicella zoster viruslari chaqirgan keratit (daraxtsimon keratit), shox parda va kon'yunktivaning virusli kasalliklari (shu jumladan suvchechakda);
- ko'zning mikobakterial infektsiyalari;
- ko'zning zamburug'li kasalliklari;
- ko'zning o'tkir yiringli kasalliklari;
- shox parda epiteliopatiyasi;
- ko'z ichki bosimining oshishi;
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Deksametazon ba'zi preparatlar ta'sirini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.
Deksametazonni midriatiklar va tizimli qo'llash uchun preparatlar (vitaminlar, kalsiy preparatlari, salitsilatlar) bilan bir vaqtda qo'llash mumkin.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga o'tkir yallig'lanish jarayonlarida preparat kon'yunktival qopchaga 1-2 tomchidan sutkasiga 4-5 marta 2 kun davomida tomiziladi, so'ngra 4-6 kun davomida sutkasiga 3-4 marta qo'llaniladi.
Surunkali jarayonlarda preparat 4 hafta davomida sutkasiga 2 marta tomiziladi. Preparatni qo'llashning maksimal davomiyligi - 4 hafta.
Operatsiyadan keyingi va posttravmatik davrlarda yallig'lanish jarayonining intensivlik darajasiga qarab preparat 2-4 hafta davomida sutkasiga 2-4 marta 1-2 tomchidan tomiziladi.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga allergik va yallig'lanish holatlarini davolashda 7-10 kun davomida sutkasiga 2-3 marta 1 tomchidan tomiziladi. Zarurat bo'lganda davolashni 10-kuni fluoressin sinovini o'tkazgandan keyin (shoh parda epiteliysining butunligini tekshirish uchun) davom ettiradilar.
Qo'llashdan oldin flakonni chayqatish kerak.
Deksametazon boshqa chiqarish shakllari


DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 1mg 0,1% analoglari
















