DEKSAMETAZON ko'z tomchilari

DEKSAMETAZON ko'z tomchilari qo'llanmasi
Farmakologik ta'siri
Deksametazon – sintetik ftorlangan glyukokortikosteroid, yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, immunodepressiv ta'sir ko'rsatadi, antiekssudativ va antifibroblastogen xususiyatlarga ega, amalda mineralkortikosteroid ta'sir ko'rsatmaydi. Deksametazon yallig'lanish reaktsiyalari rivojlanishida ishtirok etuvchi oqsillar genlari ekspressiyasini ingibitsiya qiladi. Eozinofillar va semiz hujayralardan yallig'lanish mediatorlari ajralishiga to'sqinlik qiladi. Gialuronidaza, kollagenaza va proteazalar faolligini tormozlaydi. Fibroblastlar faolligini va kollagen hosil bo'lishini bostiradi. Kapillyarlar o'tkazuvchanligini pasaytiradi, hujayra membranalarini barqarorlashtiradi, limfotsitlar va makrofaglardan sitokinlar ajralishini susaytiradi.
Dozirovkasi
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga tomchilarni tomizish takroriyligi va davolash davomiyligi kasallikning og'irligi va davolashga javob xarakteriga bog'liq. Og'ir yallig'lanish jarayonlarida davolashga qoniqarli javobga erishilgunga qadar har 30-60 daqiqada konyunktiva qopchasiga 1-2 tomchi deksametazon tomizish talab qilinadi. O'tkazilayotgan terapiyaga ijobiy reaksiya bo'lganda dozani har 4 soatda 1 tomchigacha kamaytirish tavsiya etiladi. Surunkali holatlarda bir necha hafta davomida kuniga 2 marta 1-2 tomchidan tomiziladi. Preparatni qo'llashning maksimal davomiyligi 4 haftani tashkil qiladi. Operatsiyadan keyingi va jarohatdan keyingi davrlarda preparat g'ilaylik, to'r parda ko'chishi, katarakta ekstraksiyasi bo'yicha operatsiyalardan keyin 8-kundan boshlab va jarohat paydo bo'lgan paytdan boshlab 1-2 tomchidan kuniga 2-4 marta 2-4 hafta davomida qo'llaniladi; glaukomaga qarshi filtrlovchi operatsiyada - operatsiya kuni yoki undan keyingi kun. 6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga allergik va yallig'lanish holatlarida 7-10 kun davomida kuniga 2-3 marta 1 tomchidan tomiziladi, zarurat bo'lganda davolash davom ettiriladi (10-kuni shox parda holatini nazorat qilgandan so'ng). Tyubik-tomchilagichdan foydalanish bo'yicha tavsiyalar: dori vositasini qo'llashdan oldin tyubik-tomchilagichdan himoya qopqog'ini olib tashlash, qaychi bilan korpus bo'ynining membranasini kesib tashlash, burama qismiga zarar yetkazmasdan. Dori vositasi bo'lgan tyubik-tomchilagich korpusini bo'yni bilan pastga qaratib aylantirish va pipetka sifatida ishlatib, tyubik-tomchilagich korpusiga yumshoq bosish. Tyubik-tomchilagich ichidagisini infeksiyalanishini oldini olish uchun tyubikning ochiq uchini ko'zga yoki boshqa yuzaga tekkizmaslik kerak. Agar biron bir sababga ko'ra dori vositasi tomchisi tomizilgandan so'ng darhol konyunktiva qopchasidan oqib chiqsa, tomizishni yana bir bor takrorlash kerak. Shifokor tayinlovi bo'yicha tavsiya etilgan yoki dori vositasini tibbiy qo'llash bo'yicha yo'riqnomada ko'rsatilgan dozani qo'llagandan so'ng, tyubik-tomchilagich korpusini burama qismi bilan yuqoriga qaratib aylantirish va himoya qopqog'ini burab qo'yish kerak.
DEKSAMETAZON ko'z tomchilari o'xshash dorilari



DEKSAMETAZON ko'z tomchilari xususiyatlari
Deksametazon boshqa chiqarish shakllari



DEKSAMETAZON ko'z tomchilari analoglari





{
"data": {
"id": 69829,
"stores_apteka_id": 469355,
"slug": "deksametazon-kapli-glaznye",
"stores_apteka_slug": "deksametazon-gl-kap",
"name": "DEKSAMETAZON ko'z tomchilari",
"brand_name": "DEKSAMETAZON",
"image": "uploads/iblock/4eb/4ebb88b478152fb8a53321081707648f.webp",
"atx_code": "S01BA01",
"drug_form_id": 10,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": {
"id": 14377,
"slug": "dentafill-plyus-chp",
"name": "Dentafill Plyus YaTT"
},
"manufacturer_plain": "CHP «Dentafill Plyus»",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1089,
"slug": "oftalmologicheskie-preparaty",
"name": "Oftolmologik vositalar",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 7901,
"slug": "deksametazon",
"name": "Deksametazon"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 1,
"slug": "uzbekistan",
"name": "O'zbekiston"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7005,
"slug": "deksametazon",
"name": "Deksametazon"
}
],
"tags": [
{
"id": 694,
"slug": "glaznye-kapli",
"name": "Ko'z tomchilar"
}
]
}
}











