DIAZOLIN 0,05 draje N10

DIAZOLIN 0,05 draje N10 o'xshash dorilari


DIAZOLIN 0,05 draje N10 qo'llanmasi
Me’da-ichak yo‘lidan tez so‘riladi, me’da shilliq qavatining ta’sirlanishini keltirib chiqarishi mumkin, organizmning barcha to‘qimalariga o‘tadi. Biokiraolishligi 40-60% oralig‘ida o‘zgarib turadi. Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 4 soatni tashkil qiladi. Preparat Gematoensefalik to‘siq orqali deyarli o‘tmaydi. Jigarda metillanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi, jigar mikrosomal fermentlarini induksiya qiladi, buyraklar orqali chiqariladi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga ta'sirlovchi ta'sir ko‘rsatadi, bu dispeptik holatlar (jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riqlar va boshq.) bilan namoyon bo‘ladi.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, paresteziyalar, tremor, yuqori toliqish, uyquchanlik, xavotirlik (tunda), psixomotor reaktsiya tezligining sekinlashishi.
Boshqalar: og‘iz qurishi, siydik tutilishi, allergik reaksiyalar, granulotsitopeniya va agranulotsitoz.
Bolalarda - paradoksal reaksiyalar: yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, ta'sirchanlik, tremor, uyquning buzilishi.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida avtotransportni boshqarish va yuqori diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish kerak.
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, prostata bezi giperplaziyasi, yopiq burchakli glaukoma shakli, me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, me'da-ichak traktining boshqa yallig'lanish kasalliklari, pilorostenoz, epilepsiya, yurak ritmining buzilishi (vagolitik ta'sirga ega bo'lganligi sababli, atrioventikulyar o'tkazuvchanlikni yaxshilashi va qorinchalar usti aritmiyalarining rivojlanishiga yordam berishi mumkin), 3 yoshgacha bo'lgan bolalar, saxaraza/izomaltaza yetishmovchiligi, fruktozaga toqat qilolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi.
Ehtiyotkorlik bilan:
Jigar va buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak (dozani va qabullar orasidagi intervallarni to'g'irlash talab qilinishi mumkin).
Homiladorlik va laktatsiya:
Preparatni homiladorlikda qo'llash tavsiya etilmaydi. Emizish davrida preparatni qabul qilishni to'xtatish kerak.
Etanol, sedativ vositalar ta'sirini kuchaytiradi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 100 mg dan kuniga 1-3 marta buyuriladi. Kattalar uchun eng yuqori dozalar: bir martalik - 300 mg, sutkalik - 600 mg.
Bolalarga
3 dan 5 yoshgacha - 50 mg dan kuniga 1-2 marta,
5 dan 10 yoshgacha - 50 mg dan kuniga 2-3 marta,
10 dan 12 yoshgacha - 50 mg dan kuniga 2-4 marta.
Davolash kursi davomiyligi kasallikning xarakteri va erishilgan terapevtik samara bilan belgilanadi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: ongning chalkashishi, uyquchanlik, harakat koordinatsiyasining buzilishi, markaziy asab tizimi funksiyasining susayishi (komagacha) yoki markaziy asab tizimiga rag'batlantiruvchi ta'sir (ko'pincha bolalarda); antixolinergik ta'sir ko'rinishlari: og'iz shilliq qavatining qurishi, qorachiqlarning kengayishi, tananing yuqori qismiga qon "quyilishi", ko'ngil aynishi, qusish, epigastriyda og'riqlar.
Davolash: preparatni bekor qilish, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, simptomatik terapiya.
Xususiyatlar DIAZOLIN 0,05 draje N10
Diazolin boshqa chiqarish shakllari

DIAZOLIN 0,05 draje N10 analoglari
























