DIAZOLIN 0,1 draje N10

DIAZOLIN 0,1 draje N10 haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Me’da-ichak yo‘lidan tez so‘riladi, organizmning barcha to‘qimalariga o‘tadi. Biokiraolishligi 40-60% oralig‘ida o‘zgarib turadi. Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 4 soatni tashkil qiladi. Gematoensefalik to‘siq orqali deyarli o‘tmaydi. Jigarda metillanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi, jigar mikrosomal fermentlarini induksiya qiladi, buyraklar orqali chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga ta'sirlovchi ta'sir ko‘rsatadi, bu dispeptik holatlar (jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq, qusish, qabziyat) bilan namoyon bo‘ladi.
Nerv tizimi va sezgi a'zolari tomonidan: bosh aylanishi, paresteziyalar, tremor, yuqori toliqish, uyquchanlik, xavotirlik (tunda), psixomotor reaktsiya tezligining sekinlashishi, ko‘rish o‘tkirligining xiralashishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siydik chiqarishning buzilishi.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: granulotsitopeniya va agranulotsitoz.
Boshqalar: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qurishi, allergik reaksiyalar.
Bolalarda - paradoksal reaksiyalar: yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, ta'sirchanlik, tremor, uyquning buzilishi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Qandli diabeti bo'lgan bemorlar preparat tarkibida shakar borligiga e'tibor berishlari kerak. 1 draje 50 mg li draje uchun 187,675 mg saxaroza yoki 100 mg li draje uchun 224,715 mg saxaroza saqlaydi, bu 0,02 non birligiga (NB) to'g'ri keladi. Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri: Davolash davrida transport vositalarini boshqarish va yuqori diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish kerak.
Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va yuqori diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Mebgidrolinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, prostata bezi giperplaziyasi, yopiq burchakli glaukoma, me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, me'da-ichak traktining yallig'lanish kasalliklari, pilorostenoz, epilepsiya, yurak ritmining buzilishi, homiladorlik, laktatsiya davri, 3 yoshgacha bo'lgan bolalar, saxaraza/izomaltaza yetishmovchiligi, fruktozaga toqat qilolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi (preparat tarkibida saxaroza mavjudligi sababli).
Ehtiyotkorlik bilan:
Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (dozani va qabullar orasidagi intervallarni to'g'irlash talab qilinishi mumkin), qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda (preparat tarkibida saxaroza mavjudligi sababli) ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya:
Preparatni homiladorlikda qo'llash mumkin emas.
Agar laktatsiya davrida preparatni qo'llash zarur bo'lsa, davolash vaqtida emizishni to'xtatish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Etanol, sedativ vositalar ta'sirini kuchaytiradi.
Dozirovkasi
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 100 mg dan kuniga 1-3 marta buyuriladi. Kattalar uchun maksimal dozalar: bir martalik - 300 mg, sutkalik - 600 mg.
Davolash kursi davomiyligi kasallikning xarakteri va erishilgan terapevtik samara bilan belgilanadi.
3 dan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun - 50 mg dan kuniga 1-2 marta, 5 dan 10 yoshgacha - 50 mg dan kuniga 2-3 marta, 10 dan 12 yoshgacha - 50 mg dan kuniga 2-4 marta.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: Ongning chalkashishi, uyquchanlik, harakat koordinatsiyasining buzilishi. Keyinchalik, qabul qilingan preparat so'rilishi bilan markaziy asab tizimi (MAT) funksiyalari susayishi simptomlari kuchayishi mumkin, koma boshlanguncha. Dozani oshirib yuborish shuningdek MAT ga rag'batlantiruvchi ta'sirga olib kelishi mumkin (ko'pincha bolalarda kuzatiladi). Shuningdek, antixolinergik ta'sir ko'rinishlari rivojlanishi mumkin: og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, qorachiqlarning kengayishi, tananing yuqori qismiga qon quyilishi, oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar (ko'ngil aynishi, epigastriyda og'riqlar, qusish).
Davolash: Preparatni bekor qilish, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, zarurat bo'lganda - simptomatik terapiya.
DIAZOLIN 0,1 draje N10 o'xshash dorilari












