DOPPELGERS AKTIV GINKO+VITAMINI GRUPPI V+XOLIN tabletkalari N40





DOPPELGERS AKTIV GINKO+VITAMINI GRUPPI V+XOLIN tabletkalari N40 o'xshash dorilari




DOPPELGERS AKTIV GINKO+VITAMINI GRUPPI V+XOLIN tabletkalari N40 qo'llanmasi
Retseptsiz.
faol moddalar:
Xolin - 100 mg
Ginkgo barglari ekstrakti – 100 mg
Pantotenat kislotasi - 6 mg
V1 vitamini – 2,1 mg
Rux – 2,5 mg
V2 vitamini – 2,4 mg
V12 vitamini – 1,5 mkg
Folat kislotasi - 400 mkg
yordamchi moddalar:
Jelatin, kraxmal, mikrokristall sellyuloza, yog‘li kislotalarning kalsiy tuzlari, kremniy dioksidi, temir oksidlari va gidroksidlari.
1 kapsulaga ozuqaviy qiymat (g)
|
Oqsillar |
0 g |
|
Yog‘lar |
0 g |
|
Uglevodlar |
0 g |
|
Ulardan shakar |
0 g |
|
Energiya qiymati |
3 kDj/0,7 kkal |
Chiqarilish shakli
0,560 g. og‘irlikdagi kapsulalar, 40 kapsuladan blisterlarda, qadoqda 4 blisterlar.
Flavonolglikozidlar manbai, V1, V2 va V12 vitaminlarining qo‘shimcha manbai.
Ginkgo Biloba, hamda V1, V2 va V12 vitaminlari – miyada qon aylanishini yaxshilash, aqliy va zakovatli faoliyatni oshirish, xotirani yaxshilash uchun foydali.Mahsulot komponentlarini individual o‘zlashtirilmasligi, homiladorlik va emizikli ayollar, 14 yoshdan kichik bolalar.
Kattalarga ovqat vaqtida kuniga 1 kapsuladan.
Qabul qilish davomiyligi - 1 oy. Qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Hozirgi vaqtda ginkgo biloba ekstrakti bosh miya faoliyatini yaxshilash, qon tomirlarini mustahkamlash, xotirani yaxshilash uchun juda ham ommabop tabiiy vosita hisoblanadi. Ginkgo biloba ekstraktida antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan va shuning ta’sirida organizm hujayralariga erkin radikallarning ta’siridan himoya qiluvchi giyohli vositalar - flavonoidlar va terpenoidlar saqlanadi. Ginkgo bilobaning bioflavonoidlari miyani kislorod va energiya bilan ta’minlaydi, ularni qabul qilishda butun organizmda, ayniqsa bosh miyada qon aylanishi yaxshilanadi, fikr yuritish tezlashadi va yaxshilanadi, qon tomirlarning devorlari mustahkamlanadi.
V1 vitamini (tiamin) – bosh miyaning energiya bilan to‘yintirilishiga yordam beruvchi moddalarning uglevod almashinuvidagi muhim ishtirokchidir. U miya faoliyati buzilishida va o‘qish bilan muammolarda foyda beradi. Uning organizmdagi tanqisligida yurak yetishmovchiligi rivojlanadi. V1 vitaminining qabul qilinishi odatda ushbu guruhga mansub boshqa vitaminlarning qabul qilinishi bilan uyg‘unlashadi.
V2 vitamini (riboflavin) – organizmda V6 vitamining faol shaklga aylanishini tezlashtiradi. Antioksidant xususiyatlarga ega, uning ta’sirida infarktlar va insultlar hosil bo‘lish xavfi pasayadi, toksinlar ta’siri ostida respirator traktning shikastlanishi kamayadi. Riboflavin kamchiligida temirni o‘zlashtirish pasayadi va qalqonsimon bezning faoliyat ko‘rsatishi yomonlashadi.
Ginkgo Biloba, V1 vitamini va pantotenat kislotasining majmualanishi moddalar almashinuvi nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiq keladi, chunki bosh miya energiyani faqat uglevodlardan o‘zlashtirishga qodir, V1 vitamini va pantotenat kislotasi esa moddalarning uglevod almashinuvida muhim kofermentlar hisoblanadi. V2 vitamini aqliy qobiliyatlarni kuchaytirish uchun miyaga kislorodni qo‘llashda yordam beradi. V12 vitamini va folat kislotasi qon hosil qilish va qizil qon tanachalarini hosil bo‘lish jarayonida ishtirok etuvchi ikki asosiy vitaminlar hisoblanadi, shunday qilib, bosh miyaning faoliyatiga qo‘shimcha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Rux mikroelement hisoblanib, u me’yordagi kognitiv funksiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun zarurdir.
Xolin nerv tizimining me’yorda faoliyat yuritishi uchun zarur, yurak maqomini me’yorlashtiradi va yurak mushaklarini mustahkamlaydi.
Ginkgo Biloba ekstrakti va V guruhi vitaminlari majmuasi - bu bosh miyaning aqliy faoliyati va odam xotirasi uchun yaxshi qo‘llab-quvvatlash.
DOPPELGERS AKTIV GINKO+VITAMINI GRUPPI V+XOLIN tabletkalari N40 boshqa chiqarish shakllari

















