DOPPELGERS AKTIV MAGNIY+KALIY 400 tabletkalari N30





DOPPELGERS AKTIV MAGNIY+KALIY 400 tabletkalari N30 o'xshash dorilari



DOPPELGERS AKTIV MAGNIY+KALIY 400 tabletkalari N30 qo'llanmasi
Retseptsiz.
faol moddalar:
Magniy - 400 mg
Kaliy - 400 mg
Rux - 5 mg
Temir – 3,5 mg
V6 vitamini - 4 mg
V12 vitamini – 2 mkg
Xrom – 30 mkg
Biotin - 50 mkg
yordamchi moddalar:
Mikrokristall sellyuloza, natriy karboksimetilsellyulozasi, gidroksipropilmetilsellyuloza, yog‘li kislotalar, yog‘li kislotalarning magniy tuzlari, polietilenglikol, kraxmal, saxaroza va yog‘li kislotalarning murakkab efirlari, talk, kremniy dioksidi, temir oksidlari va gidroksidlari.
1 tabletkaga ozuqaviy qiymat (g)
|
Oqsillar |
0 g |
|
Yog‘lar |
0 g |
|
Uglevodlar |
0 g |
|
Ulardan shakar |
0 g |
|
Energiya qiymati |
4 kDj/1 kkal |
Chiqarilish shakli
2 g. og‘irlikdagi tabletkalar, 10 tabletkadan blisterlarda, qadoqda 3 blisterlar.
Magniy, kaliy, temir, xrom, rux, V6 vitamini, V12 vitaminining qo‘shimcha manbai.
Organizmning energiya imkoniyatlarini oshirilishiga va elektrolitlar muvozanatini maqbul darajada qo‘llab-quvvatlanishiga yordam beruvchi vitaminlar va minerallar majmuasi.Mahsulot komponentlarini individual o‘zlashtirilmasligi, homiladorlik va emizikli ayollar, 14 yoshdan kichik bolalar.
Kattalarga ovqat vaqtida kuniga 1 tabletkadan.
Qabul qilish davomiyligi - 1 oy. Qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Magniy - hayotiy muhim mineral modda, uni organizm mustaqil ravishda ishlab chiqarish imkoniga ega emas. Asosiy hujayraichi elementi hisoblanib, magniy uglevod almashinuvini tartiblashtiruvchi fermentlarni faollashtiradi, oqsillar hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, energiya saqlanishi va bo‘shatilishini tartiblashtiradi, nerv hujayralardagi qo‘zg‘alishlarni pasaytiradi, yurak mushagini bo‘shashtiradi. Odam organizmida magniy yetishmovchiligi stress, surunkali charchoqlik sindromi, gipertoniya, qon tomirlarning buzilishi kabi shunday tarqalgan holatlarning rivojlanishiga zamin yaratadi.
Kaliy - organizmning barcha hujayralarini me’yorda faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy muhim mineral moddadir. Kaliy magniyning konsentratsiyasini va faolligini qo‘llab-quvvatlaydi, bu yurakning me’yorda ishlashi uchun zarur. Organizm elektrolitlar muvozanatining tashkil etuvchi qismi sifatida ikkala moddalarda ehtiyoj sezadi. Kaliy tanqisligida yurak aritmiyasining rivojlanish ehtimoli bor. Kaliy yetishmovchiligi surunkali charchoqlik sindromi sabablaridan biri hisoblanadi.
Rux - har xil ferment tizimlarning faol komponenti. Shikastlangan teri qatlamlarining tiklanishiga yordam beradi, teri jarohatlarini bitishini yaxshilaydi. Reproduktiv va immun tizimi faoliyatiga yordam beradi, suyak to‘qimasining shakllanishi uchun zarur.
Xrom - uglevod almashinuvining faol ishtirokchisi, qonda qand darajasini tartiblashtirishda muhim o‘rin egallaydi, insulin sinteziga yordam beradi. Xrom jismoniy mashqlarda moddalar almashinuvini faollashtiradi va kaloriyalarning sarflanishini kuchaytiradi, shuning sharofati bilan ortiqcha vazn yo‘q qilinadi. Jismoniy yuklama organizmdan xromning chiqarilishiga yordam beradi, shuning uchun sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi shaxslarga uning yetkazib berilishini ta’minlashlari zarur.
Temir - gemoglobin sintezi uchun zarur bo‘lgan mikroelement. Ikki valentli temir tuzlari ko‘rinishida temirning qo‘llanilishida uning organizmdagi tanqisligini to‘ldirish sodir bo‘ladi. Organizmning temirdagi ehtiyoji o‘sish, homiladorlik, hayz ko‘rish vaqtida qonning yo‘qotilishi davrida yuqori bo‘ladi. Temir tanqisligi uning ovqat bilan birga past keltirilishida, bir qator kasalliklarda (axlorgidriya, diareyada ichakdan so‘rilishning buzilishi, turlicha qon yo‘qotishlarda, shu jumladan peptik yara va boshqalar bilan bog‘liq buzilishlar) yuzaga kelishi mumkin. Temir qon hosil qilish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi.
V6 vitamini - oqsil almashinuvida katta rolni o‘ynovchi bir qator fermentlarning tarkibiga kiradi, immun tizimning me’yorda faoliyat yuritishi uchun zarur. V6 vitamini uglevod almashinuviga jalb qilingan, uning qo‘shimcha qabul qilinishi qonda qand darajasining me’yorlashishiga yordam beradi, glyukoza metabolizmini yaxshilaydi.
V12 vitamini - qon hosil qilinishga ta’sir qiladi, qon ivish jarayonlarini faollashtiradi, turlicha aminokislotalar, nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi, uglevodlar va yog‘larning almashinuv jarayonlarini faollashtiradi. Jigar, nerv va ovqat hazm qilish tizimi faoliyatiga maqbul ta’sir ko‘rsatadi. V12 vitaminini yetarlicha iste’mol qilinmasligida anemiya (kamqonlik) yuzaga keladi, nerv tizimi faoliyati buziladi, holsizlik, bosh aylanishi, nafas siqishi, ishtaha pasayishi yuzaga keladi.
DOPPELGERS AKTIV MAGNIY+KALIY 400 tabletkalari N30 boshqa chiqarish shakllari



















