Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Vitaminlar  / DOPPELGERS AKTIV MAGNIY+KALSIY+D3 tabletkalari N40

DOPPELGERS AKTIV MAGNIY+KALSIY+D3 tabletkalari N40

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Germaniya
Kategoriya:Vitaminlar
Faol modda:vitamin D, kalsiy, Magniy
Ishlab chiqaruvchi:Kvaysser Farma GmbX i Ko. KG
Barcha DOPPELHERZ dorilari
12 ta dorixonada bor
Narxi 162 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 12 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

DOPPELGERS AKTIV MAGNIY+KALSIY+D3 tabletkalari N40 qo'llanmasi

Sotish shartlari

Retseptsiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:

faol moddalar:

Kalsiy - 450 mg

Magniy – 250 mg

D vitamini – 10 mkg

yordamchi moddalar:

Mikrokristall sellyuloza, polivinilpirrolidon, gidroksipropilmetilsellyuloza, yog‘li kislotalar, natriy karboksimetilsellyulozasi, yog‘li kislotalarning magniy tuzlari, polietilenglikol.

1 tabletkaga ozuqaviy qiymat (g)
  

Oqsillar
    <0,1 g
 
Yog‘lar
     <0,1 g
 
Uglevodlar
     <0,1 g

Ulardan shakar
    < 0,1 g

Energiya qiymati
   4 kDj/1 kkal

Chiqarilish shakli

1,98 g. og‘irlikdagi tabletka, 40 kapsuladan blisterlarda, qadoqda 4 blisterlar.

Qo'llanilishi

Magniy, kalsiy, va D3 vitaminining qo‘shimcha manbai.

Kalsiy va magniyni almashinuvini me’yorlashtirish va ularning tanqisligini bartaraf qilishga yordam beradi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Mahsulot komponentlarini individual o‘zlashtirilmasligi, homiladorlik va emizikli ayollar, 12 yoshdan kichik bolalar.

Dozirovkasi

Kattalarga ovqat vaqtida kuniga 1 tabletkadan.

Qabul qilish davomiyligi - 1 oy. Qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Xususiyatlari

Kalsiy - suyak va tish to‘qimalarining bosh elementi hisoblanadi, hujayra membranasining o‘tkazuvchanligini tartiblashtirishda, qon ivish jarayonida ishtirok etadi, barqaror yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur.

Kalsiy nerv impulslarini uzatishda, skelet mushaklar va miokard muskulaturasini qisqarishida, suyak to‘qimasi almashinuvida ishtirok etadi.

Og‘ir metallarning tuzlarini va radionuklidlarninig chiqarilishiga yordam beradi.

Organizmdan kalsiy chiqarilishi doimo sodir bo‘lib turishi munosabatida, har qanday yoshda uning ovqat bilan zaruriy miqdorda kelib turishi ustidan kuzatib borish yoki uni qo‘shimcha qabul qilib borish kerak.

Magniy - eng muhim makroelement hisoblanadi. Ko‘pgina energiya jarayonlarini ta’minlash uchun zarur, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va nuklein kislotalarning almashinuvida ishtirok etadi. Fosfor almashinuvida ishtirok etadi, qon bosimini pasaytirilishida yordam beradi, ko‘pgina fermentlarning faoliyat yuritishi uchun zarur.

Magniy miokard hujayralarining me’yorda faoliyat yuritishini nazorat qiladi, uning qisqarish funksiyasini tartiblashtirishda yordam beradi.

Nerv-mushak qo‘zg‘alishi jarayonida ishtirok etadi.

Stress holatlarda erkin ionlashtirilgan magniyning katta miqdori chiqariladi, shu munosabat bilan, uning qo‘shimcha qabul qilinishi stressga rezistentlikni ko‘tarilishiga yordam beradi.
Organizmga kalsiy bilan muayyan nisbatda kelib turishi kerak.

D3 vitamini – kalsiy o‘zlashtirilishini boshqaradi va uning suyak skeletiga integratsiya qilinishiga ko‘maklashadi. U fosfor-kalsiy almashinuvining bosh tartiblashtirgichi hisoblanadi, qonda kalsiy va fosforning darajasini qo‘llab-quvvatlaydi, suyak to‘qimasini shakllantirishda va yosh bilan bog‘liq so‘rilishida ishtirok etadi. Keksa yoshdagi shaxslarda D3 vitamini tanqisligi umurtqaning pastki sohalari suyaklari, tos va oyoqlarning suyaklari osteoporozini rivojlantiradi. Organizm, teriga quyosh yorug‘ligini muntazam ta’sir etib borishida, mustaqil ravishda D3 vitamini ishlab chiqarilishi mumkin. Biroq, vitamining bu ishlab chiqarilishi bizning shimol mintaqamizda sog‘liq uchun yetarlicha hisoblanmaydi va uning, ayniqsa, yilning qish mavsumida qo‘shimcha kiritilishi talab etiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. DOPPELGERS AKTIV MAGNIY+KALSIY+D3 tabletkalari N40 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

DOPPELGERS AKTIV MAGNIY+KALSIY+D3 tabletkalari N40 o'xshash dorilari

Narxi
67 000 so'm dan
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
115 000 so'm dan
MAGNE B6 tabletkalari 5mg N60
Retseptsiz
MAGNE B6 tabletkalari 5mg N60
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Opella Healthcare Hungary Ltd, 2112 Veresegyhaz, Levai u. 5., Hungary.
•96 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
KALSEMIN tabletkalari N30
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•1 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan

DOPPELHERZ boshqa chiqarish shakllari

Narxi
86 000 so'm dan
Narxi
78 900 so'm dan
Narxi
138 000 so'm dan
Narxi
225 000 so'm dan
Narxi
132 000 so'm dan
Analoglar DOPPELGERS AKTIV MAGNIY+KALSIY+D3 tabletkalari N40
Analoglari yo'q

DOPPELGERS AKTIV MAGNIY+KALSIY+D3 tabletkalari N40 haqida savollar

DOPPELGERS AKTIV MAGNIY+KALSIY+D3 tabletkalari N40 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil