DOPPELGERS CISTEM OMEGA-3 KONSENTRAT kapsulalar N30

DOPPELGERS CISTEM OMEGA-3 KONSENTRAT kapsulalar N30 qo'llanmasi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Dengiz balig‘i yog‘ining konsentrati - 900 mg,
tarkibida PTYOK - 540 mg
jumladan
eykozapentayen kislotasi – 300 mg
dokozageksayen kislotasi – 200 mg
E vitamini - 14 mg
yordamchi moddalar:
Jelatin, glitserin.
1 kapsulaga (g) ozuqaviy qiymati
|
Oqsillar |
0 |
|
Yog‘lar |
0,9 g |
|
Uglevodlar |
0,13 g |
|
Shulardan qandlar |
0 |
|
Energetik qiymati |
36 kDj/9 kkal |
Chiqarilish shakli
Massasi 1,323 g kapsulalar, blisterda 30, 60, 120 tadan kapsula, qadoqda 3, 6, 12 tadan blister.
Qo'llanilishi
Omega-3 polito‘yinmagan yog‘li kislotalar (PTYOK), jumladan eykozapentayen va dokozageksayen kislotalar, Ye vitaminining qo‘shimcha manbasi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Mahsulot komponentlarini shaxsiy ko‘tara olmaslik, homilador va emizikli ayollar, 14 yoshdan kichik bolalar.
Dozirovkasi
Kattalarga kuniga 1 kapsuladan ovqat paytida. Qabul qilish davomiyligi - 1 oy. Qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Xususiyatlari
Baliq yog‘ining tarkibida qimmatli polito‘yinmagan yog‘li kislotalar (Omega-3 turidagi yog‘lar) mavjud. Omega-3 "tengsiz" yog‘li kislotalar turiga mansub bo‘lib, ularni organizmning o‘zi mustaqil ravishda ishlab chiqara olmaydi va ular ozuqa bilan kelib tushadi. Odatda ovqat bilan odam Omega-3 kislotasini yetarli miqdorda olmaydi, faqat ratsionni tubdan o‘zgartirib ularni olish mumkin. Omega-3 immun va nerv tizimlarini qo‘llab-quvvatlab turishga yordam beradi, uni qo‘llash yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, lipidli almashinuvni me’yorlashtiradi.
Baliq yog‘i organizmning infeksiyalarga qarshiligini oshiradi. Omega-3 PTYOK prostaglandinlar - yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega moddalar sintezini rag‘batlantiradi.
E vitamini - bu yog‘ erituvchi vitamin bo‘lib, u kuchli tabiiy antikosidant xususiyatga ega, organizmda keksayish jarayonlarini sekinlashtiradi, immunitetni qo‘llab-quvvatlab turadi. Shuningdek, u to‘qimalar regeneratsiyasini, qon aylanishini yaxshilaydi, qon tomirlar holatini yaxshilaydi, organizmning tiklanish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
DOPPELGERS CISTEM OMEGA-3 KONSENTRAT kapsulalar N30 o'xshash dorilari



DOPPELHERZ boshqa chiqarish shakllari














1



