Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Dori vositalari  / DOPPELGERS SISTEM OT A DO SINKA +OMEGA-3 kapsulalar N30

DOPPELGERS SISTEM OT A DO SINKA +OMEGA-3 kapsulalar N30

Mahsulot haqida tafsilotlar
Barcha DOPPELHERZ dorilari
9 ta dorixonada bor
Narxi 225 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 9 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

DOPPELGERS SISTEM OT A DO SINKA +OMEGA-3 kapsulalar N30 o'xshash dorilari

DOPPELGERS SISTEM OT A DO SINKA +OMEGA-3 kapsulalar N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi: 

faol moddalar:

Dengiz balig‘i yog‘idan kontsentrat - 500 mg,

 tarkibida PTYoK - 300 mg

jumladan

eykozapentayen kislotasi – 135 mg

dokozageksayen kislotasi – 90 mg

Magniy – 60 mg

S vitamini – 80 mg

Niatsin – 18 mg

Temir – 5 mg

Ye vitamini - 10 mg

Koyenzim Q10 – 10 mg

Pantoten kislotasi – 6 mg

V12 vitamini – 6 mkg

Sink – 5 mg

Lyutein – 4 mg

V1 vitamini – 2,8 mg

V2  vitamini - 3,2 mg

V6  vitamini – 2,1 mg

A vitamini – 400 mkg

D vitamini – 10 mkg

Folat kislotasi – 100 mkg

Xrom – 20 mkg

Yod – 75 mkg

Selen – 25 mkg

Biotin – 50 mkg

K vitamini – 20 mkg

yordamchi moddalar:

Jelatin, kokos yog‘i, glitserin, sorbit siropi, yog‘li kislotalarning mono- va diglitseridlari, caflor yog‘i, temir oksidlari va gidroksidlari.

1 kapsulaga (g) ozuqaviy qiymati   

 
Oqsillar
    0.2 g
 
Yog‘lar
     0,8 g
 
Uglevodlar
     0,13 g
 
Shulardan qandlar
     <0,1 g
 
Energetik qiymati
  35 kDj/9 kkal

Chiqarilish shakli

Massasi 1,5 g kapsulalar, blisterda 30 tadan kapsula, qadoqda 3 ta blister.

Qo'llanilishi

Omega-3 polito‘yinmagan yog‘li kislotalar (PTYoK), jumladan eykozapentayen va dokozageksayen kislotalar, vitaminlar va i mikroelementlarning qo‘shimcha manbasi, tarkibida magniy, yod va selen mavjud.

Dozirovkasi

Kattalarga kuniga 1 kapsuladan ovqat paytida. Qabul qilish davomiyligi - 1 oy. Qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.


Dozani oshirib yuborilishi

Mahsulot komponentlarini shaxsiy ko‘tara olmaslik, homilador va emizikli ayollar, 14 yoshdan kichik bolalar.

Xususiyatlari

Baliq yog‘ining tarkibida qimmatli polito‘yinmagan yog‘li kislotalar (Omega-3 turidagi yog‘lar) mavjud. Omega-3 "tengsiz" yog‘li kislotalar turiga mansub bo‘lib, ularni organizmning o‘zi mustaqil ravishda ishlab chiqara olmaydi va ular ozuqa bilan kelib tushadi. Odatda ovqat bilan odam Omega-3 kislotasini yetarli miqdorda olmaydi, faqat ratsionni tubdan o‘zgartirib ularni olish mumkin. 

Omega-3 immun va nerv tizimlarini qo‘llab-quvvatlab turishga yordam beradi, uni qo‘llash yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, lipidli almashinuvni me'yorlashtiradi. 

Baliq yog‘i organizmning infektsiyalarga qarshiligini oshiradi. Omega-3 PTYoK prostaglandinlar - yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega moddalar sintezini rag‘batlantiradi.

E vitamini - bu yog‘ erituvchi vitamin bo‘lib, u kuchli tabiiy antikosidant xususiyatga ega, organizmda keksayish jarayonlarini sekinlashtiradi, immunitetni qo‘llab-quvvatlab turadi.  

Magniy qo‘zg‘alish jarayonini pasaytiradi, ko‘pgina fermentativ reaktsiyalarda ishtirok etadi.

S vitamini organizmda oksidlovchi-tiklovchi jarayonlarni tartibga solishda muhim rolь o‘ynaydi. Birikma to‘qimasida moddalar almashinuvini tartibga solishda, uglevod almashinuvida, qon ivishi va to‘qimalar regeneratsiyasida ishtirok etadi, steroid gormonlar hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini me'yorlashtiradi.  S vitamini organizmning infektsiyalarga qarshi turg‘unligini oshiradi, yallig‘lanish reaktsiyalarini kamaytiradi.
 
Niatsin (nikotinamid) to‘qima nafas olishida, yog‘ va uglerod almashinuvida ishtirok etadi.
Sink V guruhi vitaminlarining o‘zlashtirilishini yaxshilashga yordam beradi, suyak to‘qimasining normal rivojlanishi uchun muhim, bir qator gormonlar hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
 
E vitamini tabiiy antioksidant hisoblanadi, periferik qon aylanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Oqsillar va gemoglobin sintezida, hujayralar o‘sishi jarayonida, skelet mushaklari, yurak va qon tomirlari, jinsiy bezlar funktsiyasida ishtirok etadi.

V6 vitamini aminokislotalar va oqsillar metabolizmida ishtirok etadi.

Biotin yog‘lar va aminokislotalar sintezida va utilizatsiyasida ishtirok etadi. Biotin sog‘lom tirnoq va sochlar shakllanishi uchun zarur.

V1 vitamini uglevod almashinuvida, nerv tizimining ishlashida ishtirok etadi.

V2 vitamini – hujayralar nafas olishi va ko‘rib idrok etishning katalizatori. DNK shakllanishida muhim rolь o‘ynaydi, to‘qimalarning regeneratsiya jarayoniga yordam beradi.

V5 vitamini (Pantoten kislotasi) koenzim A tarkibiga kiradi, ular yog‘ va uglevod almashinuvida, energiya ishlab chiqarilishida, buyrak usti bezlari gormonlari hosil bo‘lishida muhim rolь o‘ynaydi. V5 vitamini yog‘li kislotalar metabolizmida ishtirok etadi.

V12 vitamini  folat kislotasi bilan birgalikda nukleotidlar sintezida ishtirok etadi, eritrotsitlar va miyelin hujayralarini shakllantirishda ishtirok etadi, organizmning o‘sishi uchun zarur.
A vitamini oqsillar, lipidlar, mukopolisaxaridlar sintezida ishtirok etadi, teri qoplamalari, shilliq qavatlar hamda ko‘rish a'zolarining normal holatini ta'minlaydi.

Lyutein – karotinoid, u ko‘zlarni fotota'sirlanishdan himoya qiluvchi asosiy pigmentlardan biri hisoblanadi. Ko‘z gavxari va pardasidagi lyutein yorug‘lik oqimi spektrining UB-qismini tanlagan holda o‘zlashtirib, fotoretseptorli hujayralarning kislorodli radikallardan himoyasini ta'minlaydi, antikosidantli ta'sir ko‘rsatadi hamda ayrim ko‘z kasalliklari rivojlanishini oldini oladi. 
 
D3 vitamini organizmda kalьtsiy va fosfor muvozanatini qo‘llab turishda muhim rolь o‘ynaydi. D3 vitaminining tanqisligi so‘yak to‘qimasida kalьtsiy tarkibining kamayishiga va osteoporoz rivojlanishiga olib keladi.

Folat kislotasi aminokislotalar sintezida faol ishtirok etadi, qon hujayralari normal hosil bo‘lishi uchun zarur, eritropoezni rag‘batlantiradi.

K vitamini jigarda tegishli fermentlar sintezini rag‘batlantirish yo‘li bilan qon ivishi jarayonlariga tartibga soluvchi ta'sir ko‘rsatadi. K vitamini yetishmasligida protrombin hosil bo‘lishi jarayoni jabr ko‘radi, bu esa qon ketishlarga yuqori moyillikni keltirib chiqaradi. Yurak-qon tomir tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Koenzim Q10 biologik faollikning keng ko‘lamiga ega, immun tizimi tanqisligini tiklashga yordam beradi, erta keksayish jarayonlariga ta'sir ko‘rsatadi.
Selen – tabiiy antioksidant. Hujayralarni erkin kislorodli radikallarning shikastlovchi ta'siridan himoya qiladi. Selen yetishmasligi yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

DOPPELGERS SISTEM OT A DO SINKA +OMEGA-3 kapsulalar N30 boshqa chiqarish shakllari

Narxi
162 000 so'm dan
Narxi
120 000 so'm dan
Narxi
225 000 so'm dan
Narxi
138 000 so'm dan
Narxi
86 000 so'm dan
Narxi
132 000 so'm dan
Narxi
78 900 so'm dan
Analoglar DOPPELGERS SISTEM OT A DO SINKA +OMEGA-3 kapsulalar N30
Analoglari yo'q

DOPPELGERS SISTEM OT A DO SINKA +OMEGA-3 kapsulalar N30 savollari

DOPPELGERS SISTEM OT A DO SINKA +OMEGA-3 kapsulalar N30 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil