DOPPELGERS AKTIV KOENZIM Q10+VITAMINI GRUPPI V kapsulalar N30





DOPPELGERS AKTIV KOENZIM Q10+VITAMINI GRUPPI V kapsulalar N30 o'xshash dorilari




DOPPELGERS AKTIV KOENZIM Q10+VITAMINI GRUPPI V kapsulalar N30 qo'llanmasi
Retseptsiz.
Koenzim Q10 – 50 mg
Ye vitamini – 24 mg
S vitamini - 12 mg
Rux - 5 mg
V12 vitamini – 5 mkg
V2 vitamini – 3,5 mg
V6 vitamini - 2,8 mg
V1 vitamini – 1,1 mg
Biotin - 50 mkg
yordamchi moddalar:
Soya moyi, jelatin, kokos moyi, glitserin, suv, yog‘li kislotalarning mono- va diglitseridlari, sorbitol, letsitinlar, temir oksidlari va gidroksidlari.
1 kapsulaga ozuqaviy qiymat (g)
|
Oqsillar |
0,1 g |
|
Yog‘lar |
0,2 g |
|
Uglevodlar |
<0,1 g |
|
Ulardan shakar |
< 0,1 g |
|
Energiya qiymati |
8 kDj/2 kkal |
Chiqarilish shakli
0,45 g. og‘irlikdagi kapsulalar, 30 kapsuladan blisterlarda, qadoqda 3 blisterlar.
V guruhi vitaminlari va Ye vitamini, biotin, ruxning qo‘shimcha manbai, koenzim Q10 manbai.
Majmuaning komponentlari energiya almashinuvini qo‘llab-quvvatlashga va charchoqlikni pasaytirishga, aqliy ish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi, antioksidant ta’sir ko‘rsatadi.Mahsulot komponentlarini individual o‘zlashtirilmasligi, homiladorlik va emizikli ayollar, 14 yoshdan kichik bolalar.
Kattalarga ovqat vaqtida kuniga 1 kapsuladan.
Qabul qilish davomiyligi - 1 oy. Qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Koenzim Q10 ATF (adenozintrifosfat) sinteziga yordam berib, energiya almashinuvida ishtirok etadi, antioksidant faollikka ega, organizmning energiya almashinuvini qo‘llab-quvvatlashga va toliqishlikni pasaytirishga yordam beradi.
E vitamini hujayra membranalarining universal stabilizatori bo‘lmish antioksidant hisoblanadi, jinsiy bezlar, yurak mushaklarining faoliyat yuritishi uchun zarur.
V12 vitamini (sianokobalamin) metabolizmda va aminokislotalarning aylanishida muhim rol o‘ynaydi.
V6 vitamini (piridoksin) kofermentlar shaklida aminokislotalar aylanishida, triptofan, lipidlar va nuklein kislotalarning metabolizmida, immun javobni qo‘llab-quvvatlashda, markaziy nerv tizimini tormozlanishi va qo‘zg‘atilishi jarayonlarida ishtirok etadi, eritrotsitlarning me’yordagi shakllanitirilishiga, qonda gomotsisteinning me’yordagi darajasini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
V1 vitamini (tiamin) organizmni energiya va plastik moddalar bilan ta’minlovchi uglevod va energiya almashinuvining muhim fermentlari tarkibiga kiradi, hamda shoxlangan aminokislotalarning metabolizmiga yordam beradi, glyukozaning boshqa shakarlarga aylanishida belgilab beruvchi rol o‘ynaydi. Tiamin nerv impulsining uzatilishini modellashtiradi, neyronal membrana orqali natriyning ko‘chirilishini tartiblashtiradi, antioksidant ta’sir ko‘rsatadi.
Biotin yog‘lar, glikogen sintezida, aminokislotalar metabolizmida ishtirok etadi.
E vitamini - tabiiy antioksidant bo‘lib, jinsiy bezlar faoliyatini rag‘batlantiradi, hayotiy tonusni oshirishga yordam beradi, yurak mushagining ishini qo‘llab-quvvatlaydi. Ye vitamini tanqisligida nevrologik buzilishlar, qon hosil qilish tizimida o‘zgarishlar kuzatiladi. Ye vitamini boshqa vitaminlarni o‘zlashtirilishi uchun talab etiladi, sog‘liqning va ish qobiliyatining umumiy holati uchun muhimdir.
C vitamini qon tomirlarning to‘g‘ri faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi. S vitamini va rux hujayralarni oksidlovchi stressdan himoyalanishga yordam beradi.
DOPPELGERS AKTIV KOENZIM Q10+VITAMINI GRUPPI V kapsulalar N30 boshqa chiqarish shakllari


















