DOPPELGERS AKTIV OT A DO SINKA tabletkalari N40





DOPPELGERS AKTIV OT A DO SINKA tabletkalari N40 o'xshash dorilari



DOPPELGERS AKTIV OT A DO SINKA tabletkalari N40 qo'llanmasi
Kalsiy - 139,2 mg
Fosfor - 105 mg
S vitamini - 150 mg
Magniy - 56,3 mg
E vitamini — 10 mg
Niatsin - 18 mg
Lyutein - 1500 mkg
Pantotenat kislotasi – 12 mg
Rux - 5 mg
V6 vitamini - 5 mg
Temir - 2,1 mg
V1 vitamini – 3,5 mg
V2 vitamini - 4 mg
A vitamini – 400 mkg
V12 vitamini – 2,5 mkg
D vitamini – 5 mkg
Mis - 2,1 mg
Kalsiy - 0,8 mg
Yod - 100 mkg
K vitamini - 20 mkg
Folat kislotasi - 450 mkg
Biotin - 300 mkg
Xrom – 25 mkg
Molibden - 20 mkg
Selen - 10 mkg
yordamchi moddalar:
Mikrokristall sellyuloza, gidroksipropilmetilsellyuloza, izomalt, yog‘li kislotalar, modifikatsiyalangan kraxmal, yog‘li kislotalarning magniy tuzlari, kraxmal, talk.
1 tabletkaga ozuqaviy qiymat (g)
|
Oqsillar |
0 g |
|
Yog‘lar |
0 g |
|
Uglevodlar |
0,3 g |
|
Ulardan shakar |
0 g |
|
Energiya qiymati |
9 kDj/2 kkal |
Chiqarilish shakli
1,49 g. og‘irlikdagi tabletka, 40 kapsuladan blisterlarda, qadoqda 4 blisterlar.
Tabletkalar - DЕPO komponentlarning asta-sekin va bora-bora bo‘shatilishini ta’minlaydi, bu ularning organizm hujayralari tomonidan maksimal o‘zlashtirilishini kafolatlaydi.
Vitaminlar, mikro- va makroelementlarning qo‘shimcha manbai, kalsiy, magniy, fosfor va selen saqlaydi.
Mahsulot komponentlarini shaxsiy o‘zlashtirilmasligi, homiladorlik va emizikli ayollar, 14 yoshdan kichik bolalar.
Kattalarga ovqat vaqtida kuniga 1 tabletkadan. Qabul qilish davomiyligi - 1 oy. Qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
A vitamini - oqsillar, lipidlar, mukopolisaxaridlar sintezida ishtirok etadi, teri qatlamining, shilliq qavatning, hamda ko‘rish a’zolarining me’yordagi holatini ta’minlaydi.
V guruhi vitaminlari - organizmda moddalar almashinuvi jarayonlarini tartiblashtiruvchi turlicha fermentlarning hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
V1 vitamini – uglevod almashinuvida, nerv tizimi faoliyat yuritishida ishtirok etadi.
V2 vitamini – hujayralarning nafas olishi va vizual idrok etish katalizatori. DNKni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi, to‘qimalar regeneratsiyasi jarayonlariga yordam beradi.
V6 vitamini– aminokislotalar va oqsillar metabolizmida ishtirok etadi.
V12 vitamini – folat kislotasi bilan birgalikda nukleotidlarning sintezida ishtirok etadi, shuningdek, eritrotsitlar va miyelin hujayralarning shakllantirilishida ishtirok etadi, organizm o‘sishi uchun zarur.
Folat kislotasi - aminokislotalar sintezida ishtirok etadi, qon hujayralarning me’yorda hosil bo‘lishi uchun zarur, eritropoezni rag‘batlantiradi.
Ye vitamini - tabiiy antioksidant hisoblanadi. Yuqori qon ivishini oldini oladi, periferik qon aylanishiga maqbul ta’sir ko‘rsatadi. Oqsillar va gemoglobin sintezida, hujayralar o‘sishi, skelet mushaklar, yurak va qon tomirlar, jinsiy bezlar faoliyatida ishtirok etadi.
S vitamini - organizmni oksidlovchi-tiklovchi jarayonlarini tartiblashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Bog‘lovchi to‘qimalarda moddalar almashinuvini tartiblashtirishda, uglevod almashinuvida, qon ivishida va to‘qimalar regeneratsiyasida ishtirok etadi, steroid gormonlar hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini me’yorlashtiradi. S vitamini organizmning infeksiyalarga turg‘unligini oshiradi, yallig‘lanish reaksiyalarini pasaytiradi.
D vitamini – organizmda kalsiy va fosforning muvozanatini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. D vitamini tanqisligi suyak to‘qimada kalsiyning miqdorini pasayishiga va osteoporozning rivojlanishiga olib keladi.
Nikotinamid – to‘qimalar nafas olishi, yog‘ va uglevod almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi.
Kalsiy - suyak to‘qimasini shakllantirishda ishtirok etadi, me’yorda qon ivishiga yordam beradi, nerv impulslarini uzatishda, skelet va yumshoq mushaklarning qisqarishida, yurak faoliyatini tartiblashtirishda ishtirok etadi.
Fosfor - suyak to‘qimasi va tishlarning mustahkamlanishiga yordam beruvchi mikroelement, hujayralarning energiya manbai - ATF tarkibiga kiradi.
Magniy - qo‘zg‘aluvchanlikni pasaytiradi, ko‘pgina fermentativ reaksiyalarda ishtirok etadi.
Xrom - qonda qandning maqbul darajasini qo‘llab-quvvatlashga, ateroskleroz va yurak-qon tomir buzilishlarini rivojlanishi xavfini pasaytirishga, qonda xolesterin darajasini pasaytirishga, organizm hujayralarida yog‘larning hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qilishga yordam beradi.
Temir - eritropoezda ishtirok etadi, gemoglobin tarkibida to‘qimalarga kislorodning tashilishini ta’minlaydi.
Yod - ovqatda yod yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan endemik buqoqning rivojlanishini oldini oladi.
Mis - to‘qima nafas olishida, qon hosil bo‘lishida, immun reaksiyalarda ishtirok etadi.
Marganes – suyak to‘qimaning rivojlanishida ta’sir ko‘rsatadi, to‘qima nafas olishida, immun reaksiyalarda ishtirok etadi.
Molibden – oksidlovchi-tiklovchi reaksiyalarda ishtirok etadi.
Selen - tabiiy antioksidant. Hujayralarni erkin kislorod radikallarning shikastlovchi ta’siridan himoya qiladi. Selen yetishmovchiligi yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Rux - V guruhi vitaminlarini o‘zlashtirilishini yaxshilashga yordam beradi, suyak to‘qimasining me’yorda rivojlanishi uchun muhim, bir qator gormonlarni hosil qilinishida ishtirok etadi.
DOPPELGERS AKTIV OT A DO SINKA tabletkalari N40 boshqa chiqarish shakllari



















