DOPPELGERS AKTIV LESITIN+VITAMINI GRUPPI V kapsulalar N40





DOPPELGERS AKTIV LESITIN+VITAMINI GRUPPI V kapsulalar N40 o'xshash dorilari


DOPPELGERS AKTIV LESITIN+VITAMINI GRUPPI V kapsulalar N40 qo'llanmasi
Letsitin - 500 mg
Ye vitamini — 12 mg
Niatsin - 16 mg
Pantotenat kislotasi - 6 mg
B12 vitamini - 2,5 mkg
V6 vitamini - 1,4 mg
V2 vitamini – 1,4 mg
V1 vitamini – 1,1 mg
Folat kislotasi - 200 mkg
yordamchi moddalar:
Jelatin, soya moyi, glitserin va sorbit, yog‘li kislotalarning mono- va diglitseridlari, temir oksidlari va gidroksidlari
1 kapsulaga ozuqaviy qiymat (g)
|
Oqsillar |
0,2 g |
|
Yog‘lar |
0,6 g |
|
Uglevodlar |
<0,1 g |
|
Ulardan shakar |
< 0,1 g |
|
Energiya qiymati |
27 kDj/6 kkal |
Chiqarilish shakli
1,04 g. og‘irlikdagi kapsulalar, 40 kapsuladan blisterlarda, qadoqda 4 blisterlar.
Ye, RR vitamining, B guruhi vitaminlarining qo‘shimcha manbai, letsitin saqlaydi.
Letsitin va B guruhi vitaminlari yaxshi xotira saqlanishi va nerv tizimini mustahkamlashga yordam beradi.Mahsulot komponentlarini individual o‘zlashtirilmasligi, homiladorlik va emizikli ayollar, 14 yoshdan kichik bolalar.
Kattalarga ovqat vaqtida kuniga 1-3 kapsuladan.
Qabul qilish davomiyligi - 1 oy. Qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Letsitin bosh miya va nerv tizimini mustahkamlash uchun hayotiy muhim va betakror ozuqaviy modda hisoblanadi.
U hujayra membranalarining shakllantirilishida ishtirok etadi va nerv to‘qimasining komponenti hisoblanadi, u nerv hujayralari va tolalarining miyelon qobig‘i asosini tashkil qiladi. Organizmdagi ko‘pgina muhim biologik jarayonlarda va funksiyalarda ishtirok etadi. Letsitin yog‘larning me’yordagi almashinuvini ta’minlaydi, miya va yurak-qon tomir tizimi ishini yaxshilaydi, A, D, Ye va K vitaminlarining o‘zlashtirilishiga yordam beradi, organizmning toksik moddalar ta’siriga qarshilikni oshiradi, safro ajralib chiqishini, eritrotsitlar va gemoglobinning hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi. Organizmning barcha hujayralari letsitinga ehtiyoj sezadi, u V guruhi vitaminlari majmuasiga kiradi va energiya ishlab chiqarilishiga yordam beradi. U, shuningdek, nerv tizimini maqbul faoliyat yuritishini ta’minlovchi atsetilxolinning ishlab chiqarilishi uchun zarur.
Letsitin tarkibiga nerv impulslarini o‘tkazish, organizm, bosh miya va nerv hujayralarida yog‘ moddalarining transportirovka qilinishi va taqsimlanishi uchun zarur bo‘lgan xolin va linolat kislotasi kabi muhim birikmalar ham kiradi. Bundan tashqari, letsitin qonda xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi, lipotrop ta’sir ko‘rsatadi, yog‘li kislotalarning ichakda so‘rilishiga ko‘maklashadi, vazn me’yorlashtirilishiga yordam beradi. Letsitin xotirani mustahkamlaydi va diqqatni yaxshilaydi.
V guruhi vitaminlari moddalar almashinuvi, nerv, ovqat hazm qilish, yurak-qon tomir tizimlarini faoliyat yuritilishida ishtirok etadi, energiya muvozanatini qo‘llab-quvvatlaydi, organizm to‘qimalari bilan kislorodning o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
V1 vitamini nerv hujayralaridagi moddalar almashinuvi uchun zarur, nerv tizimi faoliyatini yaxshilaydi.
V2 vitamini hujayrali nafas olishi uchun muhimdir, kislorodning o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
V6 vitamini organizmning yashashini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan ko‘pgina biokimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi, immun javobni qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etadi.
V12 vitamini qon hosil qilish jarayonida zarur va nerv tizimining faoliyat yuritishida asosiy rolni o‘ynaydi. Bundan tashqari, u bosh miya va orqa miyaning nerv ustunlari uchun himoya qatlamining qobig‘i - miyelinni hosil qilish uchun zarur.
Nikotinamid – moddalar almashinuvini tartiblashtirishdagi faol ishtirokchi. Xolesterin va triglitseridlar darajasini pasaytirilishiga yordam beradi, teri va nerv tizimini me’yordagi holati uchun muhimdir.
Ye vitamini - tabiiy antioksidant bo‘lib, jinsiy bezlar faoliyatini rag‘batlantiradi, hayotiy tonusni oshirishga yordam beradi, yurak mushagining ishini qo‘llab-quvvatlaydi. Ye vitamini tanqisligida nevrologik buzilishlar, qon hosil qilish tizimida o‘zgarishlar kuzatiladi. Ye vitamini boshqa vitaminlarni o‘zlashtirilishi uchun talab etiladi, sog‘liqning va ish qobiliyatining umumiy holati uchun muhimdir.
Folat kislota - yangi hujayralarni hosil qilishda markaziy rolni o‘ynaydi, u oqsillar almashinuvi uchun juda ham muhimdir, organizm o‘sishi va rivojlanishi jarayonlarida ishtirok etadi.
DOPPELGERS AKTIV LESITIN+VITAMINI GRUPPI V kapsulalar N40 boshqa chiqarish shakllari





















