DYUFALAK 0,667/ML sirop 15ml N10


DYUFALAK 0,667/ML sirop 15ml N10 o'xshash dorilari




DYUFALAK 0,667/ML sirop 15ml N10 qo'llanmasi
So'rilishi past. Ichga qabul qilingandan so'ng yo'g'on ichakka o'zgarmagan holda yetib boradi va u yerda ichak florasi tomonidan parchalanadi. 40-75 ml gacha bo'lgan dozalarda qo'llanilganda to'liq metabolizmga uchraydi. Yuqoriroq dozalarda qo'llanilganda qisman o'zgarmagan holda chiqariladi.
Tez-tez va juda tez-tez diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, qorinda og‘riqlar kuzatilgan. Yuqori dozalar uzoq vaqt qo‘llanilganda, bemorda diareya oqibatida elektrolitlar muvozanatining buzilishi rivojlanishi mumkin. Bolalarda preparatni qo‘llashda xavfsizlik profili kattalardagiga o‘xshash bo‘lishi kutiladi.
Laktulozani laktozani ko'tara olmaydigan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak. Qandli diabeti bo'lgan bemorlarga preparatning yuqori dozalarini ehtiyotkorlik bilan tayinlash lozim. Galaktoza, fruktozani ko'tara olmaslik, laktaza tanqisligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo'lgan bemorlarga laktuloza tayinlanmasligi kerak.
Faol komponentga yoki preparatning biron bir nofaol komponentiga yuqori sezuvchanlik; galaktozemiya; MIY tutilishi, perforatsiya yoki MIY perforatsiyasi xavfi. Dyufalak® preparati eritmasi ichakni tozalash uchun ong buzilishi, yaqqol suvsizlanish yoki yutish refleksi buzilishi bo'lgan bemorlarga yuborilmasligi kerak.
Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Laktuloza eritmasini suyultirilgan va suyultirilmagan holda ham qabul qilish mumkin. Surgi vositalari bilan terapiya vaqtida kuniga yetarli miqdorda suyuqlik (1.5-2 litr, bu 6-8 stakanga teng) qabul qilish tavsiya etiladi.
Qabziyatni davolashda yoki tibbiy maqsadlarda axlatni yumshatish uchun dozalash. Boshlang'ich doza terapevtik samaraga qarab ushlab turuvchi dozagacha to'g'rilanishi mumkin. Ba'zan davolash samarasining rivojlanishi uchun bir necha kun (2-3 kun) talab qilinishi mumkin.
|
Yosh |
Boshlang'ich sutkalik doza |
Ushlab turuvchi sutkalik doza |
|
Kattalar va o'smirlar |
15-45 ml (1-3 paketcha) |
15-30 ml (1-2 paketcha) |
|
7-14 yoshli bolalar |
15 ml (1 paketcha) |
10-15 ml (1 paketcha) |
|
1-6 yoshli bolalar* |
5-10 ml |
5-10 ml |
|
1 yoshgacha bo'lgan bolalar* |
5 ml gacha |
5 ml gacha |
* Chaqaloqlar va 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni davolashda aniq dozalash uchun flakonlardagi preparatdan foydalanish kerak.
Jigar komasi va prekomani davolashda dozalash (faqat kattalar uchun): kuniga 3-4 marta 20-30 g yoki 30-45 ml (2-3 paketcha). Ushbu doza yumshoq axlat maksimal kuniga 2-3 marta bo'lishi uchun ushlab turuvchi dozagacha to'g'rilanishi mumkin.
Rektal yuborish uchun: Shoshilinch hollarda (koma rivojlanish xavfi yoki koma) Dyufalak® ushlab turuvchi huqna sifatida yuborilishi mumkin (300 ml Dyufalak/700 ml suv). Huqna 30-60 daqiqa davomida ushlab turilishi kerak; dori vositasini ichishga qabul qilish imkoni bo'lguniga qadar muolaja har 4-6 soatda takrorlanishi kerak.
Jigar ensefalopatiyasi bo'lgan bolalarda (0-18 yosh) xavfsizlik va samaradorlik bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Ichakni tozalash uchun (kattalar) ko'rikdan oldingi kechqurun 10 mg bisakodil va kolonoskopiyadan olti soat oldin 1 litr Dyufalak® preparati eritmasi. Eritmani tayyorlash: Dyufalak® preparati 12,5% li laktuloza eritmasini olish uchun 200 ml Dyufalak® preparatini 800 ml suv yoki limon sharbatida eritish orqali suyultirilishi kerak. Bisakodilni qo'llash bo'yicha yo'riqnomaga muvofiq xavfsizlik ma'lumotlari bilan tanishib chiqish kerak.
Prebiotik sifatida (kattalar): laktulozaning sutkalik dozasi 7,5–15 ml (5–10 g/kun).
Dyufalak boshqa chiqarish shakllari



DYUFALAK 0,667/ML sirop 15ml N10 analoglari














