ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N100

ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N100 haqida qo'llanma
Qadoqda soni
Farmakokinetikasi
Simetikon kimyoviy jihatdan inert, peroral qabul qilingandan so'ng MITYdan so'rilmaydi va faqat uning bo'shlig'ida ta'sir qiladi.
MITYda mavjud bo'lgan fermentlar va mikroorganizmlarga ta'sir qilmaydi.
O'zgarmagan holda chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Yel haydovchi vosita. Ta'sir etuvchi modda - simetikon sirt faolligiga va suyuqlik/gaz muhitlari chegarasida sirt tarangligini pasaytirish qobiliyatiga ega. Bunda gaz pufakchalarining qo'shilishi va ko'pik parchalanishi sodir bo'ladi, buning natijasida ajralib chiqqan gaz so'rilish yoki ichak peristaltikasi ta'sirida tabiiy yo'l bilan chiqib ketish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Espumizan® preparatini diagnostik tekshiruvlar o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish uchun qo'llash gaz pufakchalari keltirib chiqaradigan tasvir nuqsonlari paydo bo'lishining oldini oladi.
Nojo'ya samaralari
Espumizan® preparatini qabul qilishda nojo'ya ta'sirlar kuzatilmagan.
Preparatning yordamchi komponentlariga allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparat komponentlariga (metilparagidroksibenzoat va sariq xinolin bo'yovchisi) yuqori sezuvchanligi bo'lgan odamlarda tezkor turdagi o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shuningdek sekin turdagi o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo'lishi mumkin. Har qanday allergik reaksiyalar paydo bo'lganda preparat qabul qilishni darhol to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Espumizan® preparati psixomotor reaksiyalar tezligiga va vaziyatni idrok etish yoki baholash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- ichak tutilishi;
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
EspumizanВ® preparatining boshqa dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Dozirovkasi
Ortiqcha gaz hosil bo‘lishi bilan bog‘liq shikoyatlarda kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga 2 kapsuladan sutkasiga 3-5 marta, oz miqdorda suyuqlik bilan, har bir ovqatlanishdan keyin va zarurat bo‘lganda uyqudan oldin tayinlanadi.
Davolash kursi davomiyligi gaz hosil bo‘lishi kuchayishi simptomlarining mavjudligiga bog‘liq. Zarurat bo‘lganda Espumizan® preparatini uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin.
Diagnostik tekshiruvlarga tayyorgarlikda 2 kapsuladan sutkasiga 3 marta tekshiruvdan bir kun oldin va tekshiruv kuni ertalab 2 kapsula suv bilan ichmasdan tayinlanadi.
Ko‘pik hosil qiluvchi moddalarni saqlovchi yuvish vositalari bilan zaharlanishlarda ko‘pik so‘ndiruvchi sifatida bir martalik doza kattalar uchun 10-20 kapsulani, 6 yoshdan oshgan bolalar uchun - 3-10 kapsulani bir qabulda tashkil qiladi; doza intoksikatsiya og‘irligiga bog‘liq.
Hajm/og'irlik
ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N100 o'xshash dorilari



Espumizan boshqa chiqarish shakllari


ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N100 analoglari








