ESPUMIZAN L emulsiya 30ml

ESPUMIZAN L emulsiya 30ml haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Simetikon kimyoviy jihatdan inert, ichga qabul qilingandan so'ng MITYdan so'rilmaydi va faqat uning bo'shlig'ida ta'sir qiladi. Mikroorganizmlar va fermentlar bilan o'zaro ta'sirga kirmaydi va hazm qilish jarayonlariga ta'sir qilmaydi. Ichak orqali o'zgarmagan holda chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Espumizan® L preparatini qo'llashda nojo'ya ta'sirlar kuzatilmagan.
Preparatning yordamchi komponentlariga allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin
Maxsus saqlash sharoitlari
Haddan tashqari gaz hosil bo‘lishi va/yoki ichak sanchiqlari uzoq vaqt davomida saqlanib qolganda tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun shifokorga murojaat qilish zarur.
Espumizan® L preparati sorbitol (sorbit) saqlaydi, shuning uchun uni irsiy fruktozani ko‘tara olmasligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma'lumot: 1 ml (25 tomchi) da 211,655 mg sorbitol mavjud, bu 0,018 non birligiga (NB) to‘g‘ri keladi.
Preparatning avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Espumizan® L preparati avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi ishga ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, irsiy fruktozani o‘zlashtira olmaslik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
EspumizanВ® L preparatining boshqa dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri aniqlanmagan
Dozirovkasi
Preparat ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin va zarurat bo‘lganda – uyqudan oldin qabul qilinadi.
Qabul qilish tez-tezligi va qo‘llash davomiyligi simptomlarning yaqqolligiga bog‘liq. Zarurat bo‘lganda Espumizan® L preparatini uzoq vaqt davomida qabul qilish mumkin
Ortiqcha gaz hosil bo‘lishi bilan bog‘liq shikoyatlar va ichak sanchiqlarida
Tug‘ilgandan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 ml (25 tomchi) Espumizan® L preparati bolani har bir oziqlantirishda (bolalar ovqati solingan shishachaga qo‘shiladi yoki kichik qoshiq yordamida oziqlantirish vaqtida yoki undan keyin beriladi).
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 ml (25 tomchi) Espumizan® L preparati sutkasiga 3-5 marta.
6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1-2 ml (25-50 tomchi) Espumizan® L preparati sutkasiga 3-5 marta.
14 yoshdan oshgan bolalar va kattalar: 2 ml (50 tomchi) Espumizan® L preparati sutkasiga 3-5 marta.
Rentgenografiya va ultratovush tekshiruviga tayyorgarlikda
Tekshiruvdan bir kun oldin sutkasiga 3 marta 2 ml (50 tomchi) Espumizan® L preparati va tekshiruv kuni ertalab 2 ml (50 tomchi) Espumizan® L preparati qo‘llaniladi.
Ikki tomonlama kontrastli tasvirni olish uchun
1 litr kontrastli aralashmaga 4-8 ml Espumizan® L preparati qo‘shiladi.
Ezofagogastroduodenoskopiyaga tayyorgarlikda
Tekshiruv o‘tkazishdan oldin ichga 4-8 ml Espumizan® L preparati. Endoskopiya o‘tkazish vaqtida, zarurat bo‘lganda, tekshiruvda xalaqit beruvchi gaz pufakchalarini yo‘qotish uchun endoskop kanali orqali bir necha millilitr emulsiya yuborish mumkin.
Tenzidlar saqlovchi yuvish vositalari bilan o‘tkir zaharlanishlarda.
Bolalarga – 2,5-10 ml Espumizan® L preparati, kattalarga – zaharlanish og‘irligiga qarab 10-20 ml Espumizan® L preparati
Hajm/og'irlik
ESPUMIZAN L emulsiya 30ml o'xshash dorilari



ESPUMIZAN L emulsiya 30ml xususiyatlari
Espumizan boshqa chiqarish shakllari


ESPUMIZAN L emulsiya 30ml analoglari








