FERSINOL Z kapsulalar N30

FERSINOL Z kapsulalar N30 qo'llanmasi
Farmakologik ta'siri
Fersinol-Z – temir tanqisligi holatlarini davolash uchun mo'ljallangan majmuaviy tarkibli antianemik preparat.
Preparat tarkibiga kiruvchi temir (II) sulfati organizmda temir tanqisligini to'ldirib, gemopoetik ta'sir ko'rsatadi. Substratli ravishda temir saqlovchi metabolitlar sintezini ta'minlaydi. Mikrodializ granulalarda temir bilan majmuada S vitamini va B guruhi vitaminlari mavjudligi nogem (ionlashgan) temirning so'rilishi va o'zlashtirilishini yaxshilaydi, uning prooksidant ta'sirini oldini oladi, oqsillarning yaxshiroq o'zlashtirilishiga yordam beradi.
Askorbin kislotasi (S vitamini) qon ivishini, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini va qondagi lipidlar darajasini tartibga soladi; foliy kislotasi metabolizmida ishtirok etadi, shuningdek qon yaratish jarayonlarini, immun tizimini rag'batlantiradi, organizmning himoya funktsiyalarini oshiradi.
Foliy kislotasi (B9 vitamini) megaloblastlarning normal yetilishi va normoblastlar hosil bo'lishi uchun zarur. Organizmda turli metabolik jarayonlarda ishtirok etuvchi koferment bo'lgan tetragidrofoliy kislotasigacha tiklanadi. Eritropoezni rag'batlantiradi, aminokislotalar (shu jumladan metionin, serin), nuklein kislotalar, purinlar va pirimidinlar sintezida, xolin almashinuvida ishtirok etadi.
Tiamin mononitrati (B1 vitamini) koferment sifatida uglevod almashinuvida, nerv tizimi faoliyatida ishtirok etadi.
Riboflavin (B2 vitamini) – hujayra nafasi va ko'rish idrokining katalizatori; DNK shakllanishida muhim rol o'ynaydi, to'qimalar (shu jumladan teri hujayralari) regeneratsiyasi jarayonlariga yordam beradi.
Piridoksin (B6 vitamini) koferment sifatida aminokislotalar, oqsillar metabolizmida, shuningdek neyromediatorlar sintezi jarayonlarida ishtirok etadi.
Nikotinamid (RR vitamini) to'qima nafasi, yog' va uglevod almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi.
Rux sulfat shaklida B guruhi vitaminlari o'zlashtirilishini yaxshilashga yordam beradi, suyak to'qimasining normal rivojlanishi uchun muhim, bir qator gormonlar hosil bo'lishida ishtirok etadi. Ruxning biologik roli shuningdek qon yaratish, jarohatlar reparatsiyasi jarayonlarini me'yorlashtirishni ta'minlashda zarurligi bilan belgilanadi; rux ta'sirining molekulyar mexanizmlari uning ko'plab fermentlar tuzilishi va faoliyatida ishtirok etishi bilan bog'liq.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qabziyatlar yoki diareya, ko'ngil aynishi, gastralgiya.
MNT tomonidan: uyqu buzilishi, qo'zg'alish, depressiya.
Allergik reaksiyalar: kamdan-kam hollarda - ekzematoz hodisalar, eshakemi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Temir so'rilishi pasayishining oldini olish uchun kapsulalarni qora choy, qahva yoki sut bilan ichish tavsiya etilmaydi.
Axlatning to'q rangga bo'yalishi qolgan temirning chiqarilishi bilan bog'liq va klinik ahamiyatga ega emas.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bemorning psixofizik holati o'zgarishini chaqirmaydi, avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini buzmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
– preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
– temir tanqisligi chaqirmagan anemiyalar (aplastik, gemolitik, sideroaxrestik, qo'rg'oshinli anemiyalar, B12 vitamini va/yoki foliy kislotasi izolyatsiyalangan tanqisligi chaqirgan megaloblast anemiya);
– gemosideroz, gemoxromatoz;
– jigar yetishmovchiligi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Organik kislotalar, kaltsiy tuzlari, fosfatlar, fitin, xolestiramin, shuningdek alyuminiy, magniy, kaltsiy saqlovchi antatsid preparatlar erimaydigan komplekslar hosil bo'lishi oqibatida temir so'rilishini buzadi.
Oshqozon osti bezi fermentlarini saqlovchi preparatlar temir so'rilishini kamaytirishi mumkin.
Fenobarbital, karbamazepin, valproat, sulfasalazin, gormonal kontratseptivlar, foliy kislotasi antagonistlari, trimetoprim, pirimetamin va triamteren bir vaqtda qo'llanilganda foliy kislotasining biologik kira olishi pasayadi.
Tetratsiklin guruhi antibiotiklari, shuningdek penitsillamin bilan bir vaqtda tayinlanganda temir so'rilishini va antibiotiklarning mikroblarga qarshi faolligini pasaytiruvchi kompleks birikmalar hosil bo'ladi.
Dozirovkasi
Preparat ichga bevosita ovqat vaqtida yoki undan keyin qo'llaniladi.
Temir tanqisligi anemiyasi bo'lgan bemorlarga 1-2 kapsuladan kuniga 2 marta, o'rtacha 3 oy davomida (anemiya og'irligiga qarab).
Yashirin temir tanqisligida 1-2 kapsuladan kuniga 1 marta 3-4 hafta davomida.
Homilador ayollarga, homiladorlikning 14-haftasidan boshlab, to tug'ruqqacha bir haftalik tanaffuslar bilan 2 hafta davomida kuniga 1 kapsuladan 1 marta.
Emizish davrida kuniga 1 kapsuladan. Davolash davomiyligi plazmadagi temir miqdori nazorati ostida individual ravishda belgilanadi. Temir yetishmovchiligining yaqqol klinik ko'rinishlarida davolash davomiyligi 3-6 oyni tashkil qiladi. Gemoglobin ko'rsatkichi normallashganda davolashni organizmdagi temir deposi to'yinguncha yana taxminan 2 oy davom ettirish kerak.
Tibbiy abortdan oldin 10 kun davomida kuniga 1-2 kapsuladan.
Rejalashtirilgan operatsiyalardan oldin 2-3 hafta davomida kuniga 1-2 kapsuladan.
Hayz ko'rish davrida: hayz boshlanishidan 2 kun oldin, butun sikl davomida va tugagandan keyin 2 kun davomida 1 kapsuladan. Preparatni qo'llashning umumiy davomiyligi, hayz kunlarini hisobga olgan holda, 10 kundan oshmasligi kerak.
Jismoniy yuklamalari yuqori bo'lgan shaxslarga, shuningdek gipo- va avitaminozda preparatni kuniga 1-2 kapsuladan qabul qilish tavsiya etiladi. Profilaktika va davolash kursi 10 kunni tashkil qiladi.
FERSINOL Z kapsulalar N30 o'xshash dorilari




FERSINOL boshqa chiqarish shakllari


FERSINOL Z kapsulalar N30 analoglari

FERSINOL Z kapsulalar N30 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 57708,
"stores_apteka_id": 344046,
"slug": "fersinol-z-kapsuly",
"stores_apteka_slug": "fersinol-z-kaps-30-fe",
"name": "FERSINOL Z kapsulalar N30",
"brand_name": "FERSINOL Z",
"image": "uploads/iblock/3ff/3ffdce29cb142ab7b4c1209a41396220.webp",
"atx_code": "B03AЕ03",
"drug_form_id": 3,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "World Medicine Limited, Velikobritaniya proizvedeno: E.I.P.I.Co.",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1080,
"slug": "antianemicheskie-preparaty",
"name": "Kamqonlik",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 68994,
"slug": "fersinol",
"name": "FERSINOL"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 125,
"slug": "egipet",
"name": "Misr"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 5997,
"slug": "folievaya-kislota",
"name": "Folievaya kislota"
},
{
"id": 7197,
"slug": "zheleza-sulfat",
"name": "Jeleza sulfat"
}
],
"tags": []
}
}



