Apteka.uz
SavatKirish

Tardiferon

Tardiferon chiqarilish shakllari

GINO TARDIFERON tabletkalari N30
GINO TARDIFERON tabletkalari N30
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Per Fabr Medikament Prodakshn.
•8 ta dorixonada bor
Narxi
89 000 so'm dan
TARDIFERON tabletkalari 80mg N30
TARDIFERON tabletkalari 80mg N30
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pierre Fabre Medicament Production
•42 ta dorixonada bor
Narxi
62 000 so'm dan
- Tardiferon qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Tardiferonning tarkibi
- Tardiferon ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Tardiferon narxi Toshkent dorixonalarida

Tardiferon haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TARDIFERON®

TARDYFERON®

Preparatning savdo nomi: Tardiferon®

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): temir sulfati

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan retard tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 256,30 mg temir sulfatining bir yarim gidrati (miqdor jihatidan 80 mg temirga ekvivalent).

Yordamchi moddalar: tabletka markazi: Askorbin kislotasi, suvsiz mukoproteoza, kartoshka kraxmali, metakril kislotasining metilmetakrilat kopolimeri (Eudragit S), trietilsitrat, polividon K30, talk, magniy stearati, gidrogenlangan kanakunjut moyi, magniy trisilikati

tabletka qobig‘i: metakril kopolimerining butillangan asosi (Eudragit Ye), talk, titan dioksidi, guruch kraxmali, karnaub mumi, saxaroza.

Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish rangli, silliq yuzali, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antianemik preparatlar.

ATX kodi: V03AA07

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy tarkibga ega antianemik preparat. Preparatning tarkibiga kiruvchi temir sulfati organizmda temir tanqisligini to‘ldiradi. Temir gemoglobin, mioglobin, sitoxrom S tarkibiga kiradi, gemning tarkibiy qismi bo‘lib, kislorodni qayta qamrab olinishida ishtirok etadi, eritropoezda ishtirok etadi.

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Temir asosan o‘n ikki barmoq va ingichka ichakda so‘riladi. Temirning biokiraolishligi 10-20% ni tashkil qiladi. Mukoproteoza-temir majmuasi ichakning shilliq qavatlaridagi kriptalarni to‘ldiradi, bu majmuani shilliq qavatning katta yuzasi bilan birikishini ta‘minlaydi, shu tariqa temirni so‘rilishi kuchayadi.

Taqsimlanishi va metabolizmi

Temir plazma transferrinlari bilan deyarli to‘liq bog‘lanadi va gemoglobin, mioglobin, sitoxromoksidaza hosil bo‘lishi jarayonida ishtirok etadi yoki ferritin shaklida organizm to‘qimalarida to‘planadi.

Chiqarilishi

Temir axlat, siydik va ter bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Temir tanqisligi (gipoxrom) anemiyalari, ayniqsa ovqat bilan yetarli darajada tushmasligi, fiziologik yuqori ehtiyoj bilan bog‘liq va surunkali qon ketishlari oqibatida temir tanqisligi anemiyalari. Temirni latent yetishmovchiligi, ayniqsa tug‘ruq yoshidagi ayollar, jadal o‘sish davridagi o‘smirlar va keksa yoshdagi shaxslarda yetishmovchiligi.

Homiladorlik, tug‘ruqdan keyingi davr va emizish vaqtida temir tanqisligini oldini olish uchun temirga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lgan vaqtida profilaktik chora sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Faqat kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.

Olti yoshdan oshgan bolalarga kuniga 1 tabletka buyuriladi.

10 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga kuniga 1-2 tabletka buyuriladi.

Homiladorlarni profilaktik davolash yuzasidan odatda 1 tabletkadan har kuni yoki homiladorlikning oxirgi 2-ta uch oyligi davomida (yoki 4-oylikdan boshlanadi) 2 kunda bir marta buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Barcha dori vositalari kabi, Tardiferon® 80 mg ham nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin, garchi ular  hammada ham namoyon bo‘lmasada:

Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi tez-tezligini ortib borishi bo‘yicha tasniflanadi:

Tez-tez (>1/100 va <1/10)

Qabziyat,

Diareya,

Qorinni dam bo‘lishi,

Axlatni qora kelishi,

Ko‘ngil aynishi.

Tez-tez emas (>1/1000 va <1/100)

Hiqildoqni shishi,

Diareya va qabziyatni almashinishi,

Jig‘ildon qaynashi (dispepsiya),

Qusish,

Me‘dani yallig‘lanishi (gastritlar),

Qichishish,

Qizil teri toshmasi (to‘satdan eritema).

Tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi)

Tish rangini o‘zgarishi,

Og‘iz shilliq qavatini shikastlanishi (og‘iz bo‘shlig‘ida yara paydo bo‘lishi),

Toshma, eshakemi, nafas olishni qiyinlashishi, o‘zini yomon his qilishni o‘zi ichiga oluvchi allergik reaksiyalar,

Achishish hissi bilan o‘tuvchan teri toshmasi.

Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar postmarketing kuzatuv jarayonida aniqlangan.

Ushbu reaksiyalarning tez-tezligi noma‘lum deb baholangan (mavjud ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlanishi va tishlarni rangini qaytuvchan o‘zgarishi tabletkani chaynash, shimish yoki og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab turish kabi noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan. Keksa pasientlar va yutishi buzilgan pasientlar qizilo‘ngach shilliq qavatini shikastlanishi yoki tabletkani noto‘g‘ri tushishi natijasida bronxial to‘qimani nobud bo‘lishi xavfi bo‘lishi mumkin.

Nojo‘ya samaralar bo‘yicha hisobot

Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara, shu jumladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samara paydo bo‘lsa, o‘z davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt yoki tibbiyot hamshirasiga xabar bering. Shuningdek, Siz nojo‘ya samara haqida nojo‘ya samaralarning davlat hisobot tizimi bo‘yicha ham xabar berishingiz mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– Organizmda temir miqdorini oshishi yoki uni utilizasiyasini buzilishi bilan ifodalanuvchi  holatlar (gemoxromatoz, gemosideroz, gemolitik anemiya)

– Preparatning har qanday komponentiga allergiya.

– Tarkibida kanakunjut moyi borligi sababli ichak tutilishi.

– 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Turli dori vositalari, ayniqsa temir tuzlari bilan o‘zaro ta‘sirdan saqlanish maqsadida, Siz qabul qilayotgan boshqa preparatlar haqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Noxush kombinasiyalar:

Temir tuzlarining in‘eksion shakllari

Kompleksdan temirni tez ajralib chiqishi va transferrin bilan tez to‘yinish natijasida lipotimiya yoki shok bo‘lishi mumkin.

Maxsus ehtiyotkorlik choralarini talab etuvchi kombinasiyalar:

Peroral tetrasiklinlar

Me‘da-ichak yo‘llarida tetrasiklinlarni so‘rilishi pasayadi (kompleks hosil bo‘ladi).

Tetrasiklinlar va temir tuzlarini qabul qilish orasida intervalga (2 soat) rioya qilish kerak.

Magniy trisilikati (antasidlar)

Temir tuzlarini so‘rilishi pasayadi.

Antasidlar va temir tuzlarini qabul qilish orasida intervalga (2 soat) rioya qilish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

– Yallig‘lanish sindromi bilan bog‘liq giposideremiya temir bilan davolash yordamida to‘g‘rilanmaydi.

– Temir bilan davolash, iloji boricha anemiya sababini davolash bilan birga olib borilishi kerak.

– Preparatning tarkibida saxaroza mavjudligi sababli, ushbu preparatni fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza/galaktoza malabsorbsiyasi yoki sukraza-izomaltaza fermentini tanqisligida qo‘llash mumkin emas.

– Choy, qaxva, qizil vinoni katta miqdorini bir vaqtda qabul qilish temirni so‘rilishini ingibirlashi mumkin.

– Sut mahsulotlari va tuxum temir preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda ular ham temirni so‘rilishini ahamiyatli darajada pasaytirishi mumkin.

– Kanakunjut moyi mavjudligi sababli ayniqsa, 6 yoshdan kichik bolalarda allergik reaksiyalar xavfi mavjud.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Davolash kursini o‘tgan bir necha ming ayollarda salbiy ta‘sirni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari temir sulfatining salbiy ta‘sirini inkor etadi. Shu tariqa, bu preparatni odatdagi qo‘llashda homiladorlik vaqtida buyurish mumkin.

Temir sulfatini ko‘krak sutiga kirishi baholanmagan, lekin muolajaning o‘ziga xosligi ushbu preparatni emizish davrida qabul qilish imkonini beradi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, shok bilan kechuvchi me‘da-ichak yo‘llarini ta‘sirlanishi va nekrozi.

Davolash: xom tuxum va sut qabul qilish kerak, bu me‘da-ichak yo‘llarida temirni erimaydigan birikmalarini hosil bo‘lishi va uni organizmdan chiqarilishiga olib keladi. Bemorda qusishni chaqirib, ko‘pincha me‘dadan endigina ortiqcha qabul qilingan tabletkalarni bartaraf etish mumkin. Shifokor natriy karbonatining 1% eritmasi bilan me‘dani yuvish yoki deferoksaminni buyurish yo‘li bilan ortiqcha temirni bartaraf etishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar blister (PVC/PVDC/Aluminium) o‘ramga joylangan; bir blisterda 10 tabletka; o‘ramda 3 blister (30 tabletka).

 

Saqlash sharoiti

30oS dan past haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — turli etiologiyali temir tanqisligi holatlarini davolash va oldini olish (sh.j. homiladorlikda va laktatsiya davrida, MTYdan temir so'rilishi pasayganda, uzoq muddatli qon ketishlarda, to'laqonli bo'lmagan va muvozanatlanmagan ovqatlanishda).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar (aplastik va gemolitik anemiyalar, talassemiyalar, V12 vitaminining izolyatsiyalangan tanqisligi bilan bog‘liq megaloblast anemiya); — organizmda temir miqdorining oshishi (gemosideroz, gemoxromatoz); — temir utilizatsiyasi mexanizmlarining buzilishi (sideroaxrestik anemiya, qo‘rg‘oshin bilan zaharlanish oqibatidagi anemiya); — qizilo‘ngach stenozi, ichak tutilishi va/yoki OIT obstruktiv o‘zgarishlari, OITdan o‘tkir qon ketishlar; — fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza va galaktoza so‘rilishining buzilishi sindromi, invertaza/izomaltaza yetishmovchiligi sindromi; — bolalar yoshi (6 yoshgacha); — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Ichakning yallig‘lanish kasalliklarida, alkogolizmda, jigar yoki buyrak yetishmovchiligida, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasida preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.

Tarkibi

  • temir sulfati x 11/2 H2O 256.3 mg, shu jumladan temir 80 mg Yordamchi moddalar: askorbin kislotasi, mukoproteoza (suvsiz), kartoshka kraxmali, metakril kislotasi va metakrilat kopolimeri (Eudragit S), magniy trisilikati, trietiltsitrat, povidon, magniy stearati, gidrogenlangan kanakunjut moyi, talk Qobiq tarkibi: talk, titan dioksidi, guruch kraxmali, metilmetakrilat, dimetilaminoetilmetakrilat va butilmetakrilat kopolimeri (Eudragit E), karnauba mumi, saxaroza

Farmakodinamikasi

Gino-Tardiferon® - antianemik va gemopoetik vosita, temi rva folat kislota saqlaydi, asosan temir tanqisligi anemiyasida organizmda ular yetishmovchiligini to'ldiradi. Temir mikroelementi organizmni xayot faoliyati uchun zarur: u gemin (gemoglobin, mioglobin, sitoxrom) va gemin bo'lmagan fermentlar: kislorodni qaytuvchan bog'laydi va qator oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida ishtirok etadi, eritropoezni stimulyatsiya qiladi.
Organizmda folat kislotasi megaloblastlar yetilishi va ularni normoblastlarga o'tishi uchun zarur bo'lgan tetragidrofolat kislotasiga aylanadi. Ayollarda homiladorlik va laktatsiya davrida folat kislotaga bo'lgan extiyoj keskin ko'tariladi.

Farmakokinetikasi

Temir ionlarini so'rilishi – faol jarayon va asosan ingichka ichakning boshlang'ich bo'limlarida yuz beradi. Ichga qabul qilingandan keyin temirni cho'qqi kontsentratsiyasiga qon plazmasida 2 soat oldin erishiladi va uning miqdori temir sulьfati dozasiga proportsional. Yarim taqsimlanish 6 soatni tashkil qiladi.
Normada qabul qilingan dozaning taxminan 10-35% so'riladi, ammo temir tanqisligi xollarida 80-95% gacha oshadi. Temirni muntazam ajralib chiqishi uzoq vaqt davomida davomiy so'rilishiga yordam beradi.
Folat kislotasi me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi, bunda so'rilishi asosan o'n ikki barmoq va ingichka ichakda yuz beradi.

Farmakologik ta'siri

Preparat organizmdagi temir tanqisligini to'ldiradi. Preparat tarkibiga kiruvchi mukopolisaxarid va askorbin kislotasi temirning yaxshiroq o'zlashtirilishiga yordam beradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat. Ayrim hollarda teri allergik reaktsiyalari bo'lishi mumkin.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Bu dori preparatini 12 yoshdan kichik o'smirlarga buyurish mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Agar Siz Gino-Tardiferon®ni keragidan ko'p qabul qilgan bo'lsangiz
Temir tuzlarini dozasini oshirib yuborilishi xollari xaqida, ayniqsa bolalarda, ommaviy ichga qabul qilish natijasida xabarlar bo'lgan.
Dozani oshirib yuborilish simptomlari qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, me'da-ichak yo'llarini ta'sirlanishi belgilarini, yurak-qon tomir shoki simptomlari yoki metabolik atsidoz xolati (tez-tez yoki qisqa nafas, tez-tez yurak urishi, bosh og'rig'i, ongni chalkashuvi, uyquchanlik, charchoqlik, ishtaxani yo'qolishi, me'dada og'riq, qusish) keyinchalik jiga rva buyrak yetishmovchiligini o'z ichiga oladi.
Agar siz xaddan tashqari ko'p Gino-Tardiferona® qabul qilgan bo'lsangiz, siz zudlik bilan shifokorga yoki yaqindagi shoshilinch yordam bo'limiga, muvofiq davolash olish uchun murojaat qilishingiz kerak.
Agar siz Gino-Tardiferon® qabul qilishni unutgan bo'lsangiz
Agar siz tabletkalarni odatdagi vaqtda qabul qilishni unutgan bo'lsangiz, eslagan zaxoti qabul qiling, ammo agar keyingi dozani qabul qilish vaqti deyarli yainlashgan bo'lsa, o'tkazib yuborgan tabletkani qabul qilmang, keyingi tabletkani odatdagi vaqtda qabul qiling. O'tkazib yuborgan tabletkani o'rnini to'ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.
Agar siz Gino-Tardiferona®ni qabul qilishni bekor qilgan bo'lsangiz
Gino-Tardiferon®ni shifokor sizga qancha buyurgan bo'lsa shuncha qabulish kerak. Davolashni vaqtidan oldin bekor qilingandan keyin simptomlar qaytalanishi mumkin. Agar sizda dori vositasini qo'llash bo'yicha biron-bir qo'shimcha savollar bo'lsa qo'shimcha ma'lumot uchun shifokokr yoki farmatsevtga murojaat qiling.

Dori shaklining ta'rifi

  • Deyarli oq rangli (oqdan och-bej ranggacha), silliq, tekis yuzali qandli qobiq bilan qoplangan uzaytirilgan ta'sirga ega tabletkalar.

Maxsus ko‘rsatmalari

Gino-Tardiferon®ni ozuqa, ichimlik va alkogol bilan qabul qilish xaqida maxsus ogohlantirishlar. Siz ko'p miqdorda choy, kofe, qizil vino ichmasligingiz kerak, chunki bu organizmingizda temir so'rilishini kamaytirishi mumkin. Don maxsulotlari (kepak, dukkakli, moyli g'alla), ayrim oqsillar bilan (tuxum) yoki kalьtsiy saqlovchi maxsulot yoki ichimliklar (pishloq, sut va boshqalar) bilan bir vaqtda bu dorini qabul qilish tavsiya etilmaydi. Temir tuzlari va yuqorida sanab o'tilgan maxsulotlarni qabul qilish orasida intervallar tashlab keting.
Homiladorlik, emizish va fertillik
Agar siz homilador yoki emizayotgan bo'lsangiz, homiladorlikni taxmin qilayotgan yoki bola ko'rishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, ushbu dorini qabul qilishdan avval shifokor yoki farmatsevtga maslaxat uchun murojaat qiling. Gino-Tardiferon®ni homiladorlikda va emizish davrida qo'llash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Gino-Tardiferon®ni qo'llash avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining extimoli kam. • Og'izda yaralar xosil bo'lishi va tishlarni rangsizlanishi xavfi tufayli tabletkalarni so'rish, qirsillatish yoki og'izda ushlamaslik kerak, balki to'la stakan suv bilan butunligicha yutish kerak. Agar sizda ushbu dorini qo'llashga oid qo'shimcha biron-bir savollar bo'lsa o'zingizning shifokordan so'rang.
• Dorini bolalar ololmaydigan joyda saqlang.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Agar siz quyidagi dori preparatlarini qabul qilayotgan bo'lsangiz, shifokor bu zarurligini xal qilmagan bo'lsa Gino-Tardiferon® ni qabul qilmang.
Ayrim preparatlarni bir vaqtda qabul qilish deyarli mumkin emas, bunda boshqa preparatlar qabulni aloxida o'zgarishlarini talab qiladi (masalan, qabul vaqtida):
- Agar sizga temir saqlovchi preparatlarni inьektsion shakllari buyurilgan bo'lsa, siz Gino-Tardiferona® ni qabul qilishdan saqlanishingiz kerak.
- Agar siz quyidagi dori preparatlarini qabul qilayotgan bo'lsangiz, Gino-Tardiferon® preparatini qabul qilish orasida kamida 2 soat intervalga rioya qilishingiz kerak.
- aloxida antibiotiklar (tsiklinlar yoki ftorxinolonlar),
- suyaklarni mo'rtligini davolash uchun dori vositalari (bisfosfonatlar),
-bo'g'im kasalliklarini davolash uchun dori vositalari (penitsillamin),
-me'dada oshgan kislotalilikni davolash uchun dori vositalari: me'da-ichak mineral preparatlar, ko'mir yoki antatsidlar (alyuminiy tuzlari, kalьtsiy va magniy),
-qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun dori vositalari (tiroksin),
- Parkinson kasalligini davolash uchun dori vositalari (metildopa, levodopa, karbidopa),
- sink yoki kalьtsiy saqlovchi qo'shimcha va/yoki dorilar.
- Agar siz xolestiramin qabul qilayotgan bo'lsangiz: Gino-Tardiferon® ni xolestiramin qabul qilgandan keyin 1-2 soat oldin yoki 4-6 soat keyin qo'llash kerak.
- Gino-Tardiferon® da folat kislotasi mavjudligi tufayli aloxida extiyotkorlik choralarini talab qiluvchi boshqa majmualar mavjud: fenobarbital, fenitoin, fosfintoin, primidon kabi tirishishga qarshi preparatlar.
- metotreksat yoki sulьfasalazin kabi folat kislotasi antagonistlari.
Agar siz yaqinda boshqa dori qabul qilgan yoki qilayotgan bo'lsangiz, va agar bu dori retseptsiz olingan bo'lsa o'zingizning shifokor yoki farmatsevtga xabar bering.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Bu dorini doim aniq sizning shifokor yoki farmatsevt aytganidek qo'llang. Agar sizni ishonchingiz bo'lmasa shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
Tavsiya etiladigan maxsulot dozasi quyidagilarni tashkil qiladi:
Kattalar:
• Temir tanqisligi anemiyasini davolash:
-Engil temir tanqisligi anemiyasida: 1 tabletkadan kuniga bir marta (ertalab).
-Og'ir temir tanqisligi anemiyasida: 1 tabletkadan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun).
• Homiladorlik vaqtida temir va folat kislotasi tanqisligida profilaktik davolash uchun: bir kunda 1 tabletkadan (ertalab).
O'smirlar:
• Temir tanqisligi anemiyasini davolash: bir kunda 1 tabletkadan (ertalab)

Davolash davomiyligi
• Temir tanqisligi anemiyasini davolash:
Davolash davomiyligi anemiyani to'g'rilash va temir zaxirasini tiklash uchun yetarlicha bo'lishi kerak. Davolash kamida 3-6 oy davom etishi mumkin va shifokor maslaxatidan keyin uzaytirilishi mumkin.
• Homiladorlik vaqtida temir va folat kislotasi tanqisligini profilaktik davolash uchun:
Davolash homiladorlikning oxirgi ikki uchoyligida davom ettiriladi (yoki 4-oyligidan boshlab).
Qo'llash usuli
GINO-TARDIFERON® tabletkalari peroral qo'llash uchun mo'ljallangan.
Tabletkalarni butunligicha suv bilan yuting. So'rmang, chaynamang va tabletkalarni uzoq vakt davomida og'zingizda saqlamang.
Tabletkalarni katta stakanda suv bilan, ovqat vaqtida yoki oldin avzalroq, me'da-ichakda o'zlashtiraolinishiga bog'liq xolda qabul qilish kerak («ozuqa, ichimlik va alkogollar bilan o'zaro ta'siri»bo'limida eslatib o'tilgan spetsifik maxsulotlardan tashqari).

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Tardiferon preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Tardiferon narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
66 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
68 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
68 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
68 000 so'm
Bron qilish

Tardiferon haqida savollar

Tardiferon haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.7, 9 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil