GINO TARDIFERON tabletkalari N30

GINO TARDIFERON tabletkalari N30 o'xshash dorilari




GINO TARDIFERON tabletkalari N30 qo'llanmasi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: suvsiz temir (Fe 2+) sulьfati 247,25 mg (80 mg temirga muvofiq), folat kislotasi 0,350 mg.
yordamchi moddalar:
tabletka yadrosi: malьtodekstrin, mikrokristall sellyuloza, ammoniy metakrilatining dispersion V tur sopolimeri, ammoniy metakrilatining dispersion A tur sopolimeri, talьk, trietiltsitrat, glitserol dibegenat.
tabletka qobig'i: Sepifilm LP010, temir II oksidi, temir III oksidi, titan dioksidi, trietiltsitrat.
Gino-Tardiferon® - antianemik va gemopoetik vosita, temi rva folat kislota saqlaydi, asosan temir tanqisligi anemiyasida organizmda ular yetishmovchiligini to'ldiradi. Temir mikroelementi organizmni xayot faoliyati uchun zarur: u gemin (gemoglobin, mioglobin, sitoxrom) va gemin bo'lmagan fermentlar: kislorodni qaytuvchan bog'laydi va qator oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida ishtirok etadi, eritropoezni stimulyatsiya qiladi.
Organizmda folat kislotasi megaloblastlar yetilishi va ularni normoblastlarga o'tishi uchun zarur bo'lgan tetragidrofolat kislotasiga aylanadi. Ayollarda homiladorlik va laktatsiya davrida folat kislotaga bo'lgan extiyoj keskin ko'tariladi.
Temir ionlarini so'rilishi – faol jarayon va asosan ingichka ichakning boshlang'ich bo'limlarida yuz beradi. Ichga qabul qilingandan keyin temirni cho'qqi kontsentratsiyasiga qon plazmasida 2 soat oldin erishiladi va uning miqdori temir sulьfati dozasiga proportsional. Yarim taqsimlanish 6 soatni tashkil qiladi.
Normada qabul qilingan dozaning taxminan 10-35% so'riladi, ammo temir tanqisligi xollarida 80-95% gacha oshadi. Temirni muntazam ajralib chiqishi uzoq vaqt davomida davomiy so'rilishiga yordam beradi.
Folat kislotasi me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi, bunda so'rilishi asosan o'n ikki barmoq va ingichka ichakda yuz beradi.
Barcha dorilar kabi bu preparat nojo'ya samaralar chaqirishi mumkin, lekin u xammasida xam kuzatilmaydi:
Tez-tezligi bo'yicha kamayish tartibida tasniflanadigan quyidagi samaralar paydo bo'lishi mumkin:
Tez-tez (100 taga 1 dan 10 gacha patsiyenlarda)
Qabziyat, diareya, qorin dam bo'lishi, qorinda og'riq, axlatni rangsizlanishi, ko'ngil aynishi.
Tez-tez emas (1000 taga 1 dan 10 gacha patsiyentlarda)
Tomoqni shishi (hiqildoq), anomal axlat (kal), qorinning yuqori qismida diskomfort va og'riq (dispepsiya), qusish, me'dani o'tkir yallig'lanishi (gastrit), qichishish, eritematoz toshma.
Noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo'yicha baxolab bo'lmaydi)
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaktik reaktsiya (jiddiy, xayot uchun potentsial xavfli allergik reaktsiya), angionevrotik shish (tasodifan lab, lunj, qovoq, til, tanglay, tomoq yoki ovoz bog'lamlarini shishi) eshakemi va allergik dermatit (teri allergik reaktsiyalari), o'pka nekrozi (to'qimalarni nobud bo'lishi) *, o'pka granulemasi (yallig'lanishi) *, bronxlar stenozi (nafas yo'llarini torayishi) * tomoqda yara *, tishlarni bo'yalishi **, og'izda yaralar **, qizilo'ngach shikastlanishi (qizilo'ngachda yara) ) *, me'da-ichak yo'llarini bo'yalishi (me'da-ichak melanozi) ***
* Barcha patsiyentlar, ayniqsa keksa patsiyentlar va yutishi qiyinlashgan patsiyentlar, shuningdek tomoq va qizilo'ngachda yara paydo bo'lish xavfi tug'ilishi mumkin. Agar tabletka nafas yo'llariga tushsa bronxlarda yara paydo bo'lish (asosiy nafas yo'llari) va o'pka granulyomasi (yallig'lanish) xavfi tug'ilishi mumkin, bu bronxlarni torayishiga olib keladi.
** Noto'g'ri qo'llangan xollarda: tabletkalar chaynalsa, so'rilsa yoki uzoq og'izda ushlab turilsa.
*** Adabiyotdagi ma'lumotlarga asosan, me'da-ichak melanozi (me'da-ichak yo'llari bo'yalishi) surunkali buyrak kasalligi bo'lgan keksa patsiyentlarda, qandli diabet va / yoki gipertoniyasi (arterial bosimni oshishi) kuzatilgan, uni bu kasalliklar uchun bir qancha dorilar bilan davolashgan va shuningdek temir preparatlari bilan anemiyadan davolanayotganlar.
Nojo'ya samaralar xaqida ma'lumotlar
Agar sizda biron-bir nojo'ya samaralar paydo bo'lsa o'zingizning shifokor, farmatsevt yoki xamshira bilan maslaxatlashing. Bu kutilishi mumkin bo'lgan yo'riqnomada sanab o'tilmagan xar qanday nojo'ya samaralarni o'z ichiga oladi. Nojo'ya samaralar xaqida xabar berib siz ushbu dorilar xavfsizligi xaqida ko'proq ma'lumot berishingiz mumkin.
Gino-Tardiferon®ni ozuqa, ichimlik va alkogol bilan qabul qilish xaqida maxsus ogohlantirishlar. Siz ko'p miqdorda choy, kofe, qizil vino ichmasligingiz kerak, chunki bu organizmingizda temir so'rilishini kamaytirishi mumkin. Don maxsulotlari (kepak, dukkakli, moyli g'alla), ayrim oqsillar bilan (tuxum) yoki kalьtsiy saqlovchi maxsulot yoki ichimliklar (pishloq, sut va boshqalar) bilan bir vaqtda bu dorini qabul qilish tavsiya etilmaydi. Temir tuzlari va yuqorida sanab o'tilgan maxsulotlarni qabul qilish orasida intervallar tashlab keting.
Homiladorlik, emizish va fertillik
Agar siz homilador yoki emizayotgan bo'lsangiz, homiladorlikni taxmin qilayotgan yoki bola ko'rishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, ushbu dorini qabul qilishdan avval shifokor yoki farmatsevtga maslaxat uchun murojaat qiling. Gino-Tardiferon®ni homiladorlikda va emizish davrida qo'llash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Gino-Tardiferon®ni qo'llash avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining extimoli kam. • Og'izda yaralar xosil bo'lishi va tishlarni rangsizlanishi xavfi tufayli tabletkalarni so'rish, qirsillatish yoki og'izda ushlamaslik kerak, balki to'la stakan suv bilan butunligicha yutish kerak. Agar sizda ushbu dorini qo'llashga oid qo'shimcha biron-bir savollar bo'lsa o'zingizning shifokordan so'rang.
• Dorini bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
- folat va temir tanqisligi anemiyasini davolash va oldini olish, shu jumladan muqobil ravishda ozuqa bilan temir miqdori organizmga o'tishi mumkin bo'lmagan homiladorlik davrida
-nerv nayini (spina bifida..) embrional xavf nuqsonlarini birlamchi profilaktikasi sifatida qo'llash uchun
-temir tanqisligi anemiyasida qo'llanadi.
GINO-TARDIFERON® 12 dan 16-18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarga va kattalarga ko'rsatilgan.
Gino-Tardiferon®ni qo'llamang:
• Agar sizda temir sulьfatiga va folat kislotasiga yoki ushbu dorining boshqa biron-bir boshqa ingrediyentlariga allergiya bo'lsa (6 bo'limda sanab o'tilgan).
• Agar sizda temir ko'p saqlanishi, gemoxromatoz, talassemiya, refrakter anemiya yoki medullyar yetishmovchilik kabilar bo'lsa qo'llash mumkin emas.
Ogoxlantirishlar va extiyotkorlik choralari
• Temir bilan davolash iloji boricha anemiya sabablarini anemiyani sabablarini davolash bilan birga bo'lishi kerak.
• Yallig'lanish sindromi bilan bog'liq giposideremiya temir bilan davolashga oson o'zgaradi.
O'zingizning shifokor yoki farmatsevt bilan Gino-Tardiferonni qabul qilishdan oldin maslaxatlashing.
- Agar sizda yutish bilan qiyinchiliklar bo'lsa
- Agar siz bexosdan tabletkadan tiqilib yo'talsangiz tezroq shifokorga murojaat qiling. Bu yara va bronxlarni torayishi paydo bo'lish xavfi bilan bog'liq xolda tabletkalar nafas yo'llariga o'tadi. Bu simptomlar paydo bo'lishigacha bir necha kun yoki bir necha oy oldin yuz bergan bo'lsa xam bu muntazam yo'talga, qon aralash yo'talga va/yoki og'izdan xid kelishini xis etish, bo'g'ilishga olib kelishi mumkin. Sizning nafas yo'llaringizni tabletka shikastlamasligiga ishonch xosil qilish uchun siz zudlik bilan tekshiruvdan o'tishingiz kerak.
Adabiyotdagi ma'lumotlarga asosan, me'da-ichak melanozi (me'da-ichak yo'llari bo'yalishi) surunkali buyrak kasalligi bo'lgan keksa patsiyentlarda, qandli diabet va / yoki gipertoniyasi (arterial bosimni oshishi) kuzatilgan, uni bu kasalliklar uchun bir qancha dorilar bilan davolashgan va shuningdek temir preparatlari bilan anemiyadan davolanayotganlar.
Og'izda yaralar xosil bo'lishi va tishlarni rangsizlanishi xavfi tufayli tabletkalarni so'rish, qirsillatish yoki og'izda ushlamaslik kerak, balki to'la stakan suv bilan butunligicha yutish kerak. Agar sizda ushbu dorini qo'llashga oid qo'shimcha biron-bir savollar bo'lsa o'zingizning shifokordan so'rang.
Bolalar va o'smirlar
Bu dori preparatini 12 yoshdan kichik o'smirlarga buyurish mumkin emas.
Agar siz quyidagi dori preparatlarini qabul qilayotgan bo'lsangiz, shifokor bu zarurligini xal qilmagan bo'lsa Gino-Tardiferon® ni qabul qilmang.
Ayrim preparatlarni bir vaqtda qabul qilish deyarli mumkin emas, bunda boshqa preparatlar qabulni aloxida o'zgarishlarini talab qiladi (masalan, qabul vaqtida):
- Agar sizga temir saqlovchi preparatlarni inьektsion shakllari buyurilgan bo'lsa, siz Gino-Tardiferona® ni qabul qilishdan saqlanishingiz kerak.
- Agar siz quyidagi dori preparatlarini qabul qilayotgan bo'lsangiz, Gino-Tardiferon® preparatini qabul qilish orasida kamida 2 soat intervalga rioya qilishingiz kerak.
- aloxida antibiotiklar (tsiklinlar yoki ftorxinolonlar),
- suyaklarni mo'rtligini davolash uchun dori vositalari (bisfosfonatlar),
-bo'g'im kasalliklarini davolash uchun dori vositalari (penitsillamin),
-me'dada oshgan kislotalilikni davolash uchun dori vositalari: me'da-ichak mineral preparatlar, ko'mir yoki antatsidlar (alyuminiy tuzlari, kalьtsiy va magniy),
-qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun dori vositalari (tiroksin),
- Parkinson kasalligini davolash uchun dori vositalari (metildopa, levodopa, karbidopa),
- sink yoki kalьtsiy saqlovchi qo'shimcha va/yoki dorilar.
- Agar siz xolestiramin qabul qilayotgan bo'lsangiz: Gino-Tardiferon® ni xolestiramin qabul qilgandan keyin 1-2 soat oldin yoki 4-6 soat keyin qo'llash kerak.
- Gino-Tardiferon® da folat kislotasi mavjudligi tufayli aloxida extiyotkorlik choralarini talab qiluvchi boshqa majmualar mavjud: fenobarbital, fenitoin, fosfintoin, primidon kabi tirishishga qarshi preparatlar.
- metotreksat yoki sulьfasalazin kabi folat kislotasi antagonistlari.
Agar siz yaqinda boshqa dori qabul qilgan yoki qilayotgan bo'lsangiz, va agar bu dori retseptsiz olingan bo'lsa o'zingizning shifokor yoki farmatsevtga xabar bering.
Bu dorini doim aniq sizning shifokor yoki farmatsevt aytganidek qo'llang. Agar sizni ishonchingiz bo'lmasa shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
Tavsiya etiladigan maxsulot dozasi quyidagilarni tashkil qiladi:
Kattalar:
• Temir tanqisligi anemiyasini davolash:
-Engil temir tanqisligi anemiyasida: 1 tabletkadan kuniga bir marta (ertalab).
-Og'ir temir tanqisligi anemiyasida: 1 tabletkadan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun).
• Homiladorlik vaqtida temir va folat kislotasi tanqisligida profilaktik davolash uchun: bir kunda 1 tabletkadan (ertalab).
O'smirlar:
• Temir tanqisligi anemiyasini davolash: bir kunda 1 tabletkadan (ertalab)
Davolash davomiyligi
• Temir tanqisligi anemiyasini davolash:
Davolash davomiyligi anemiyani to'g'rilash va temir zaxirasini tiklash uchun yetarlicha bo'lishi kerak. Davolash kamida 3-6 oy davom etishi mumkin va shifokor maslaxatidan keyin uzaytirilishi mumkin.
• Homiladorlik vaqtida temir va folat kislotasi tanqisligini profilaktik davolash uchun:
Davolash homiladorlikning oxirgi ikki uchoyligida davom ettiriladi (yoki 4-oyligidan boshlab).
Qo'llash usuli
GINO-TARDIFERON® tabletkalari peroral qo'llash uchun mo'ljallangan.
Tabletkalarni butunligicha suv bilan yuting. So'rmang, chaynamang va tabletkalarni uzoq vakt davomida og'zingizda saqlamang.
Tabletkalarni katta stakanda suv bilan, ovqat vaqtida yoki oldin avzalroq, me'da-ichakda o'zlashtiraolinishiga bog'liq xolda qabul qilish kerak («ozuqa, ichimlik va alkogollar bilan o'zaro ta'siri»bo'limida eslatib o'tilgan spetsifik maxsulotlardan tashqari).
Agar Siz Gino-Tardiferon®ni keragidan ko'p qabul qilgan bo'lsangiz
Temir tuzlarini dozasini oshirib yuborilishi xollari xaqida, ayniqsa bolalarda, ommaviy ichga qabul qilish natijasida xabarlar bo'lgan.
Dozani oshirib yuborilish simptomlari qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, me'da-ichak yo'llarini ta'sirlanishi belgilarini, yurak-qon tomir shoki simptomlari yoki metabolik atsidoz xolati (tez-tez yoki qisqa nafas, tez-tez yurak urishi, bosh og'rig'i, ongni chalkashuvi, uyquchanlik, charchoqlik, ishtaxani yo'qolishi, me'dada og'riq, qusish) keyinchalik jiga rva buyrak yetishmovchiligini o'z ichiga oladi.
Agar siz xaddan tashqari ko'p Gino-Tardiferona® qabul qilgan bo'lsangiz, siz zudlik bilan shifokorga yoki yaqindagi shoshilinch yordam bo'limiga, muvofiq davolash olish uchun murojaat qilishingiz kerak.
Agar siz Gino-Tardiferon® qabul qilishni unutgan bo'lsangiz
Agar siz tabletkalarni odatdagi vaqtda qabul qilishni unutgan bo'lsangiz, eslagan zaxoti qabul qiling, ammo agar keyingi dozani qabul qilish vaqti deyarli yainlashgan bo'lsa, o'tkazib yuborgan tabletkani qabul qilmang, keyingi tabletkani odatdagi vaqtda qabul qiling. O'tkazib yuborgan tabletkani o'rnini to'ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.
Agar siz Gino-Tardiferona®ni qabul qilishni bekor qilgan bo'lsangiz
Gino-Tardiferon®ni shifokor sizga qancha buyurgan bo'lsa shuncha qabulish kerak. Davolashni vaqtidan oldin bekor qilingandan keyin simptomlar qaytalanishi mumkin. Agar sizda dori vositasini qo'llash bo'yicha biron-bir qo'shimcha savollar bo'lsa qo'shimcha ma'lumot uchun shifokokr yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Bu dori preparatini 12 yoshdan kichik o'smirlarga buyurish mumkin emas.
Xususiyatlar GINO TARDIFERON tabletkalari N30
GINO TARDIFERON tabletkalari N30 boshqa chiqarish shakllari
GINO TARDIFERON tabletkalari N30 analoglari




