Apteka.uz
SavatKirish

FERSINOL

FERSINOL chiqarilish shakllari

FERSINOL Z kapsulalar  N30
Retseptli
FERSINOL Z kapsulalar N30
Misr
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Limited, Velikobritaniya proizvedeno: E.I.P.I.Co.
•113 ta dorixonada bor
Narxi
58 000 so'm dan
FERSINOL inyeksiya uchun eritma 2ml N5
Retseptli
FERSINOL inyeksiya uchun eritma 2ml N5
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Tursiya proizvedeno: Idol Ilac Dolum San. Ve Tic. A.S.
•34 ta dorixonada bor
Narxi
99 000 so'm dan
FERSINOL tomchilar dlya priema vnutr 30ml 50mg/ml
FERSINOL tomchilar dlya priema vnutr 30ml 50mg/ml
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Limited, Velikobritaniya proizvedeno: S.C.Rompharm Company S.R.L.
•112 ta dorixonada bor
Narxi
64 000 so'm dan
FERSINOL tomchilar 30 ml 50 mg/ml N1
FERSINOL tomchilar 30 ml 50 mg/ml N1
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş.
•112 ta dorixonada bor
Narxi
64 000 so'm dan
- FERSINOL qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- FERSINOLning tarkibi
- FERSINOL ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- FERSINOL narxi Toshkent dorixonalarida

FERSINOL haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- yuqori sezuvchanlik;

- organizmda temir moddasining ortiqchaligi (gemoxromatoz, gemosideroz);

- temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar (gemolitik anemiya yoki V12 vitamini yetishmovchiligi oqibatidagi megaloblast anemiya, aplastik anemiya);

- temir utilizatsiyasining buzilishi (sideroaxrestik anemiya, talassemiya, qo‘rg‘oshinli anemiya, terining kechki porfiriyasi).

Farmakokinetikasi

Temir tanqisligi darajasi va tizimli qon oqimiga so'rilgan temir miqdori o'rtasida korrelyatsiya mavjud (temir tanqisligi qanchalik yuqori bo'lsa, so'rilish shunchalik yaxshi bo'ladi). Preparat ichga qabul qilingandan so'ng temirning maksimal so'rilishi o'n ikki barmoqli ichak va ingichka ichakda sodir bo'ladi.

Qolgan (so'rilmagan) temir axlat bilan chiqariladi. Temir ekskretsiyasi MITY va teri epiteliysining ko'chishi, nafas olish, shuningdek safro va siydik bilan sodir bo'ladi va sutkada atigi 1 mg temirni tashkil qiladi. Ayollarda hayz paytida temir yo'qotilishini ham hisobga olish kerak.

Farmakologik ta'siri

Fersinol - anemiyaga qarshi preparat, temirni temir (III) gidroksidi polimaltoz kompleksi shaklida saqlaydi. Ushbu makromolekulyar kompleks barqaror va oshqozon-ichak traktida (OIT) temirni erkin ionlar ko'rinishida ajratmaydi, prooksidant xususiyatlarga ega emas, bu past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) va juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) oksidlanishining pasayishiga olib keladi.

Kompleks temirning tabiiy birikmasi - ferritinga tuzilishi bo'yicha o'xshash, buning natijasida temir (III) ichakdan qonga faol so'rilish yo'li bilan o'tadi. Temirning plazmada tashilishi jigarda sintezlanadigan γ-globulin transferrin yordamida amalga oshiriladi.

Transferrin bilan kompleksdagi temir organizm hujayralariga tashiladi, u yerda u gemoglobin, mioglobin va temir saqlovchi fermentlar sintezi uchun ishlatiladi. Uch valentli temir gem hosil bo'lishida ishtirok etadi, bu gemoglobin darajasining oshishiga olib keladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Fersinolni qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga tayinlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki 1 ml tomchi 0,03 non birligini saqlaydi.

Tish emalining qaytuvchan bo‘yalishi mumkin, tishlar bo‘yalishining oldini olish uchun eritmani bir stakan suvda, meva yoki sabzavot sharbatida suyultirish va naycha orqali ichish mumkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri aniqlanmagan.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Fersinol ichga, ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol qabul qilinadi.

Preparatni meva, sabzavot sharbatlari yoki alkogolsiz ichimliklar bilan aralashtirish mumkin, preparat faolligi pasayishidan qo'rqmasa ham bo'ladi. 1 ml (20 tomchi) 50 mg elementar temir saqlaydi, 1 tomchi – 2,5 mg elementar temir.

Preparatning sutkalik dozasi temir tanqisligi darajasiga bog'liq, bir necha qabulga bo'linishi yoki bir marta qabul qilinishi mumkin.

Muddatidan oldin tug'ilgan bolalar temir tanqisligi anemiyasida: tana vazniga 1–2 tomchi/kg dan 3–5 oy davomida.

1 yoshgacha bo'lgan bolalar:

temir tanqisligi anemiyasida: 10–20 tomchi (25–50 mg temir);

latent temir tanqisligida: 6–10 tomchi (15–25 mg temir);

profilaktik doza: 6–10 tomchi (15–25 mg temir) ni tashkil qiladi.

1 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar:

temir tanqisligi anemiyasida: 20–40 tomchi (50–100 mg temir);

latent temir tanqisligida: 10–20 tomchi (25–50 mg temir);

profilaktik doza: 10–20 tomchi (25–50 mg temir) ni tashkil qiladi.

12 yoshdan katta bolalar; kattalar; emizikli ayollar:

temir tanqisligi anemiyasida: 40–120 tomchi (100–300 mg temir);

latent temir tanqisligida: 20–40 tomchi (50–100 mg temir);

profilaktik doza: 20–40 tomchi (50–100 mg temir) ni tashkil qiladi.

Homilador ayollar:

temir tanqisligi anemiyasida: 80–120 tomchi (200–300 mg temir);

latent temir tanqisligida: 40 tomchi (100 mg temir);

profilaktik doza: 40 tomchi (100 mg temir) ni tashkil qiladi.

Klinik yaqqol ifodalangan temir tanqisligini (temir tanqisligi anemiyasini) davolash davomiyligi gemoglobin darajasi normallashguncha 3–5 oyni tashkil qiladi. Shundan so'ng preparatni qabul qilishni latent temir tanqisligini davolash uchun dozada yana bir necha oy davomida, homiladorlar uchun esa, temir zaxiralarini tiklash uchun kamida tug'ruqqacha davom ettirish kerak.

Latent temir tanqisligini davolash davomiyligi 1–2 oyni tashkil qiladi.

Klinik yaqqol ifodalangan temir yetishmovchiligida gemoglobin darajasi normallashuvi va temir zaxiralari to'ldirilishi davolash boshlangandan keyin faqat 2–3 oy o'tgach sodir bo'ladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. FERSINOL preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

FERSINOL narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
99 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №11
Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi, 30B-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
117 500 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №2
Shayxontoxur tumani, Gulobod dahasi, 54 uy, 47-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
117 500 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №3
Olmazor tumani, Qoraqamish 2/4 massivi, 20 uy, 37-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
117 500 so'm
Bron qilish

FERSINOL haqida savollar

FERSINOL haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil