FLUKONAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,2%

FLUKONAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,2% o'xshash dorilari



FLUKONAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,2% qo'llanmasi
Ichga qabul qilingandan so'ng flukonazol yaxshi so'riladi, ovqat qabul qilish flukonazolning so'rilish tezligiga ta'sir qilmaydi, uning biokiraolishligi – 90%.
150 mg preparat och qoringa ichga qabul qilingandan so'ng maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti – 0,5–1,5 soat, Cmax 2,5–3,5 mg/l dozada v/i yuborilganda plazmadagi kontsentratsiyaning 90% ini tashkil qiladi. Flukonazolning T1/2 30 soatni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 11–12%. Plazmadagi kontsentratsiya dozaga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. 90% muvozanatli kontsentratsiya darajasi preparat bilan davolashning 4–5-kuniga kelib erishiladi (sutkada 1 marta qabul qilinganda).
Odatdagi sutkalik dozadan 2 baravar yuqori bo'lgan zarba dozasini yuborish (birinchi kuni), ikkinchi kunga kelib 90% muvozanatli kontsentratsiyaga mos keladigan kontsentratsiya darajasiga erishish imkonini beradi.
Flukonazol organizmning barcha biologik suyuqliklariga yaxshi kirib boradi. Faol moddaning ko'krak suti, bo'g'im suyuqligi, so'lak, balg'am va peritoneal suyuqlikdagi kontsentratsiyasi plazmadagi darajalariga o'xshash. Vaginal secretdagi doimiy qiymatlar ichga qabul qilingandan 8 soat o'tgach erishiladi va bu darajada kamida 24 soat ushlab turiladi. Flukonazol orqa miya suyuqligiga (OMS) yaxshi kirib boradi – zamburug'li meningitda OMS dagi kontsentratsiya uning plazmadagi darajasining taxminan 85% ini tashkil qiladi. Ter suyuqligi, epidermis va shox qavatda (selektiv to'planish) zardobdagidan yuqori bo'lgan kontsentratsiyalar erishiladi. 150 mg ichga qabul qilingandan so'ng 7-kuni terining shox qavatidagi kontsentratsiya – 23,4 mkg/g, ikkinchi doza qabul qilingandan 1 hafta o'tgach esa – 7,1 mkg/g; haftada 1 marta 150 mg dozada 4 oy qo'llanilgandan so'ng tirnoqlardagi kontsentratsiya – sog'lom tirnoqlarda 4,05 mkg/g va shikastlanganlarida 1,8 mkg/g. Taqsimlanish hajmi organizmdagi suvning umumiy miqdoriga yaqinlashadi.
Jigarda CYP2C9 izofermenti ingibitori hisoblanadi. Asosan buyraklar orqali (80% – o'zgarmagan holda, 11% – metabolitlar ko'rinishida) chiqariladi. Flukonazol klirensi kreatinin klirensiga mutanosibdir. Periferik qonda flukonazol metabolitlari aniqlanmagan.
Flukonazol farmakokinetikasi buyraklarning funktsional holatiga sezilarli darajada bog'liq, bunda yarim chiqarilish davri va kreatinin klirensi o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud. Gemodializdan so'ng 3 soat ichida plazmada flukonazol kontsentratsiyasi 50% ga pasayadi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtaha pasayishi, ta'm bilishning o'zgarishi, qorinda og'riq, qusish, ko'ngil aynishi, diareya, meteorizm, kamdan-kam — jigar funksiyasining buzilishi (sariqlik, gepatit, gepatonekroz, giperbilirubinemiya, alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza faolligining oshishi, ishqoriy fosfataza faolligining oshishi, gepatotsellyular nekroz), sh.j. og'ir.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, o'ta toliqish, kamdan-kam — talvasalar.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: kamdan-kam — leykopeniya, trombotsitopeniya (qon ketishlar, petexiyalar), neytropeniya, agranulotsitoz.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, kamdan-kam — ko'p shaklli ekssudativ eritema (sh.j. Stivens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktoid reaksiyalar (sh.j. angionevrotik shish, yuz shishi, eshakemi, teri qichishishi).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: QT intervali davomiyligining oshishi, qorinchalar hilpillashi/titrashi.
Boshqalar: kamdan-kam — buyrak funksiyasining buzilishi, alopesiya, giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, gipokaliemiya.
Davolashni klinik-gematologik remissiya paydo bo‘lguncha davom ettirish kerak. Davolashni muddatidan oldin to‘xtatish qaytalanishlarga olib keladi.
Davolash jarayonida qon ko‘rsatkichlari, buyrak va jigar funksiyasini nazorat qilish zarur. Buyrak va jigar funksiyasi buzilishlari yuzaga kelganda preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Kamdan-kam hollarda flukonazolni qo‘llash jigarning toksik o‘zgarishlari, sh.j. o‘lim holati bilan kechgan, asosan jiddiy yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan bemorlarda. Flukonazol bilan bog‘liq gepatotoksik samaralar holatida ularning umumiy sutkalik doza, terapiya davomiyligi, bemorning jinsi va yoshiga aniq bog‘liqligi qayd etilmagan. Flukonazolning gepatotoksik ta'siri odatda qaytuvchan bo‘lgan; uning belgilari terapiya to‘xtatilgandan so‘ng yo‘qolgan. Flukonazol bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan jigar shikastlanishining klinik belgilari paydo bo‘lganda, preparatni bekor qilish kerak.
OITS bilan og‘rigan bemorlar ko‘pchilik preparatlarni qo‘llashda og‘ir teri reaksiyalari rivojlanishiga ko‘proq moyil bo‘ladilar. Yuzaki zamburug‘li infeksiyasi bo‘lgan bemorlarda toshma rivojlangan va u flukonazol bilan aniq bog‘liq deb baholangan hollarda preparatni bekor qilish kerak. Invaziv/tizimli zamburug‘li infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda toshma paydo bo‘lganda, ularni sinchkovlik bilan kuzatish va bullyoz o‘zgarishlar yoki ko‘p shaklli eritema paydo bo‘lganda flukonazolni bekor qilish kerak.
Flukonazolni sizaprid, rifabutin yoki sitoxrom R 450 tizimi orqali metabolizatsiyalanuvchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
preparatga yuqori sezuvchanlik (sh.j. anamnezda boshqa azol zamburug‘ga qarshi DV ga);
terfenadinni (flukonazolni sutkada 400 mg va undan ortiq dozada doimiy qabul qilish fonida) yoki astemizolni, shuningdek QT intervalini uzaytiruvchi boshqa preparatlarni bir vaqtda qabul qilish;
4 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan: jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, yuzaki zamburug‘li infeksiyasi va invaziv/tizimli zamburug‘li infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda flukonazol qo‘llanilganda toshma paydo bo‘lishi, terfenadin va flukonazolni sutkasiga 400 mg dan kam dozada bir vaqtda qabul qilish, potensial gepatotoksik DV ni bir vaqtda qabul qilish, alkogolizm, ko‘plab xavf omillari (yurak organik kasalliklari, elektrolitlar muvozanatining buzilishi, aritmiya chaqiruvchi DV ni bir vaqtda qabul qilish) bo‘lgan bemorlarda potensial proaritmogen holatlar, homiladorlik.
Flukonazolni varfarin bilan qo'llanilganda PV oshadi (o'rtacha 12% ga). Shu munosabat bilan preparatni kumarin antikoagulyantlari bilan birgalikda qabul qilayotgan bemorlarda PV ko'rsatkichlarini diqqat bilan kuzatish tavsiya etiladi.
Flukonazol sog'lom odamlarda peroral gipoglikemik vositalar — sulfonilmochil hosilalarining (xlorpropamid, glibenklamid, glipizid, tolbutamid) plazmadan yarim chiqarilish davrini uzaytiradi. Qandli diabeti bo'lgan bemorlarda Flukonazol va peroral gipoglikemik vositalarni birgalikda qo'llash joizdir, ammo shifokor gipoglikemiya rivojlanishi mumkinligini yodda tutishi kerak.
Flukonazol va fenitoinni bir vaqtda qo'llash plazmada fenitoin kontsentratsiyasining klinik ahamiyatli darajagacha oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ushbu preparatlarni birgalikda qo'llash zarurati tug'ilganda preparat darajasini terapevtik oraliq chegarasida ushlab turish maqsadida fenitoin dozasini to'g'irlash bilan uning kontsentratsiyasini monitoring qilish kerak.
Rifampitsin bilan kombinatsiya AUC ni 25% ga va flukonazolning plazmadan yarim chiqarilish davrini 20% ga kamayishiga olib keladi. Shuning uchun bir vaqtda rifampitsin qabul qilayotgan bemorlarga Flukonazol dozasini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Flukonazol qabul qilayotgan bemorlarda qonda siklosporin kontsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi, chunki buyragi ko'chirib o'tkazilgan bemorlarda flukonazol va siklosporin qo'llanilganda (Flukonazolni 200 mg/sut dozada qabul qilish) plazmada siklosporin kontsentratsiyasining sekin oshishiga olib keladi.
Yuqori dozalarda teofillin qabul qilayotgan yoki teofillin intoksikatsiyasi rivojlanish ehtimoli bo'lgan bemorlar teofillinning dozasini oshirib yuborish simptomlarini erta aniqlash maqsadida kuzatuv ostida bo'lishlari kerak, chunki flukonazol qabul qilish plazmadan teofillin klirensi o'rtacha tezligining pasayishiga olib keladi.
Flukonazolni terfenadin va sisaprid bilan bir vaqtda qo'llanilganda yurak tomonidan nojo'ya reaktsiyalar, shu jumladan qorinchalar paroksizmal taxikardiyasi (torsades de points) holatlari tasvirlangan.
Flukonazol va gidroxlorotiazidni bir vaqtda qo'llash plazmada flukonazol kontsentratsiyasining 40% ga oshishiga olib kelishi mumkin.
Flukonazol va rifabutinning o'zaro ta'siri haqida xabarlar mavjud bo'lib, bu oxirgisining zardobdagi darajasining oshishi bilan kechgan. Flukonazol va rifabutin bir vaqtda qo'llanilganda uveit holatlari tasvirlangan. Bir vaqtda rifabutin va flukonazol olayotgan bemorlarni diqqat bilan kuzatish kerak.
Flukonazol va zidovudin kombinatsiyasini qabul qilayotgan bemorlarda zidovudin kontsentratsiyasining oshishi kuzatiladi, bu oxirgisining o'zining asosiy metabolitiga aylanishining pasayishi bilan chaqirilgan, shuning uchun zidovudinning nojo'ya ta'sirlari ko'payishini kutish kerak.
Midazolam kontsentratsiyasini oshiradi, shu munosabat bilan psixomotor samaralar rivojlanish xavfi ortadi (flukonazol tomir ichiga yuborilgandan ko'ra ichga qabul qilinganda ko'proq namoyon bo'ladi).
Takrolimus kontsentratsiyasini oshiradi, shu munosabat bilan nefrotoksik ta'sir xavfi ortadi.
Ichga.
Kattalar va 15 yoshdan katta bolalarga (tana vazni 50 kg dan ortiq) kriptokokkli meningit va boshqa lokalizatsiyadagi kriptokokkli infeksiyalarda birinchi kuni odatda 400 mg (50 mg dan 8 kaps.) tayinlanadi, keyin esa davolash 200 mg (50 mg dan 4 kaps.) – 400 mg (50 mg dan 8 kaps.) dozada sutkasiga 1 marta davom ettiriladi. Kriptokokkli infeksiyalarda davolash davomiyligi mikologik tekshiruv bilan tasdiqlangan klinik samaradorlikka bog'liq; kriptokokkli meningitda davolash kursi kamida 6–8 hafta bo'lishi kerak.
OITS bilan og'rigan bemorlarda kriptokokkli meningit qaytalanishini oldini olish uchun, birlamchi terapiyaning to'liq kursi tugagandan so'ng, flukonazol 200 mg (50 mg dan 4 kaps.) dozada sutkasiga uzoq vaqt davomida tayinlanadi.
Kandidemiya, tarqalgan kandidoz va boshqa invaziv kandidoz infeksiyalarida birinchi sutkada doza 400 mg (50 mg dan 8 kaps.) ni tashkil qiladi, keyin esa — 200 mg dan (50 mg dan 4 kaps.) sutkasiga. Klinik samaradorlik yetarli bo'lmaganda preparat dozasi 400 mg (50 mg dan 8 kaps.) gacha sutkasiga oshirilishi mumkin. Terapiya davomiyligi klinik samaradorlikka bog'liq.
Orofaringeal kandidozda preparat odatda 150 mg dan 1 marta/sut tayinlanadi, davolash davomiyligi — 7–14 kun. Zarurat bo'lganda, immuniteti yaqqol pasaygan bemorlarda davolash uzoqroq bo'lishi mumkin.
OITS bilan og'rigan bemorlarda orofaringeal kandidoz qaytalanishini oldini olish uchun birlamchi terapiyaning to'liq kursi tugagandan so'ng — 150 mg dan haftasiga 1 marta.
Tish protezlarini taqish bilan bog'liq og'iz bo'shlig'i atrofik kandidozida, — 50 mg dan sutkasiga 1 marta 14 kun davomida protezga ishlov berish uchun mahalliy antiseptik DV bilan birgalikda.
Kandidozning boshqa lokalizatsiyalarida (genitaldan tashqari), masalan ezofagit, noinvaziv bronxo-o'pka shikastlanishi, kandiduriya, teri va shilliq qavatlar kandidozi va h.k.larda, samarali doza odatda 150 mg/sut ni tashkil qiladi, davolash davomiyligi 14–30 kun.
Vaginal kandidozda flukonazol bir marta ichga 150 mg dozada qabul qilinadi. Vaginal kandidoz qaytalanishi chastotasini kamaytirish uchun preparat 150 mg dozada oyiga 1 marta ishlatilishi mumkin. Terapiya davomiyligi individual belgilanadi, u 4 oydan 12 oygacha o'zgarib turadi. Ba'zi bemorlarga tez-tez qo'llash talab qilinishi mumkin.
Candida chaqirgan balanitda, flukonazol ichga bir marta 150 mg/sut dozada tayinlanadi.
Kandidozni oldini olish uchun tavsiya etilgan doza — zamburug'li infeksiya rivojlanish xavfi darajasiga qarab 50–400 mg dan sutkasiga 1 marta. Xavfli o'smalari bo'lgan bemorlarda kandidozni oldini olish uchun flukonazolning tavsiya etilgan dozasi zamburug'li infeksiya rivojlanish xavfi darajasiga qarab 150–400 mg dan sutkasiga 1 marta. Umumlashgan infeksiya xavfi yuqori bo'lgan bemorlar uchun, masalan, yaqqol yoki uzoq vaqt saqlanib turuvchi neytropeniya bilan, tavsiya etilgan doza — 400 mg/sut. Flukonazol kutilayotgan neytropeniya paydo bo'lishidan bir necha kun oldin tayinlanadi; neytrofillar soni 1 ming/mkl dan oshgandan keyin davolash yana 7 sutka davom ettiriladi.
Teri mikozlarida, shu jumladan oyoq panjalari, chov sohasi terisi mikozlari va teri kandidozlarida tavsiya etilgan doza 150 mg haftasiga 1 marta yoki 50 mg sutkasiga 1 marta, dozalash rejimi klinik va mikologik samaraga bog'liq. Davolash davomiyligi odatdagi hollarda 2–4 hafta, ammo oyoq panjalari mikozlarida uzoqroq terapiya talab qilinishi mumkin (6 haftagacha).
Kepaksimon temiratkida — 300 mg (150 mg dan 2 kaps.) haftasiga 1 marta 2 hafta davomida, ba'zi bemorlarga uchinchi doza 300 mg haftasiga talab qilinadi, holbuki qisman hollarda 300–400 mg bir martalik qabul qilish yetarli bo'ladi; muqobil davolash sxemasi 50 mg dan kuniga 1 marta 2–4 hafta davomida qo'llash hisoblanadi.
Onixomikozda tavsiya etilgan doza 150 mg haftasiga 1 marta. Davolashni infeksiyalangan tirnoq almashguncha (infeksiyalanmagan tirnoq o'sib chiqquncha) davom ettirish kerak. Qo'l va oyoq barmoqlarida tirnoqlarning qayta o'sishi uchun odatda mos ravishda 3–6 oy va 6–12 oy talab qilinadi.
Chuqur endemik mikozlarda preparatni 200 mg (50 mg dan 4 kaps.) – 400 mg (50 mg dan 8 kaps.) dozada sutkasiga 2 yilgacha davomida qo'llash talab qilinishi mumkin. Terapiya davomiyligi individual belgilanadi; u koksidioidomikozda 11–24 oy, parakoksidioidomikozda 2–17 oy, sporotrixozda 1–16 oy va gistoplazmozda 3–17 oyni tashkil qilishi mumkin.
Bolalarda, kattalardagi o'xshash infeksiyalarda bo'lgani kabi, davolash davomiyligi klinik va mikologik samaraga bog'liq (1-jadval). Bolalarda preparatni kattalardagidan oshadigan sutkalik dozada qo'llash mumkin emas, ya'ni 400 mg/sut dan ko'p emas. Preparat har kuni 1 marta/sut qo'llaniladi.
1-jadval
4 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarda Flukonazol 50 mg kapsulalarini qo'llash
| Kasallik | Bola yoshi va tana vazni | |||
|
4–6 yosh bolaning o'rtacha vazni 15–20 kg |
7–9 yosh bolaning o'rtacha vazni 21–29 kg |
10–12 yosh bolaning o'rtacha vazni 30–40 kg |
12–15 yosh bolaning o'rtacha vazni 40–50 kg | |
| Qizilo'ngach kandidozi (3 mg/kg/sut) | 1 kaps. 50 mg sutkasiga | 1–2 kaps. 50 mg sutkasiga | 2 kaps. 50 mg bir marta | 2–3 kaps. 50 mg bir marta |
| Davolash davri | Kamida 3 hafta davomida va simptomlar regressiyasidan keyin 2 hafta davomida | |||
| Shilliq qavatlar kandidozi (3 mg/kg/sut) | 1-kuni — 2–3 kaps. Keyin — 1 kaps./sut dan | 1-kuni — 2–4 kaps. Keyin — 1–2 kaps./sut dan | 1-kuni — 4–5 kaps. Keyin — 2 kaps./sut bir marta | 1-kuni — 5–6 kaps. Keyin — 2–3 kaps./sut bir marta |
| Davolash davri | Birinchi kuni doimiy muvozanat konsentratsiyasiga tezroq erishish maqsadi bilan zarb doza (6 mg/kg/sut) tayinlanadi, keyin davolash kamida 3 hafta davom ettiriladi | |||
| Umumlashgan kandidoz va kriptokokkli infeksiya (shu j. meningit) (6–12 mg/kg/sut) | 2–5 kaps./sut | 2–6 kaps./sut | 4–7 kaps./sut | 5–8 kaps./sut |
| Davolash davri | 10–12 hafta davomida (likvorda qo'zg'atuvchilar yo'qligini laboratoriya tasdiqlaguncha) | |||
| Zamburug'li infeksiyalarni oldini olish immuniteti pasaygan bolalarda, sitotoksik kimyoterapiya yoki nur terapiyasi natijasida rivojlanadigan neytropeniya bilan bog'liq infeksiya rivojlanish xavfi mavjud bo'lganda (3–12 mg/kg/sut dan) | 1–5 kaps./sut | 1–6 kaps./sut | 2–7 kaps./sut | 2–8 kaps./sut |
| Davolash davri | Preparat induksiyalangan neytropeniyaning yaqqolligi va saqlanish davomiyligiga qarab dozalarda tayinlanadi | |||
Buyrak funksiyasi buzilgan bolalarda preparatning sutkalik dozasini buyrak yetishmovchiligining yaqqollik darajasiga muvofiq kamaytirish kerak (kattalardagi kabi xuddi shunday proportsional bog'liqlikda).
Keksa yoshdagi bemorlarda buyrak funksiyasi buzilmagan taqdirda preparatni odatdagi dozalash rejimiga rioya qilish kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga (Cl kreatinin 50 ml/daq dan kam) dozalash rejimini quyida ko'rsatilganidek to'g'rilash kerak (2-jadval).
Flukonazol asosan siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida dastlab 50–400 mg zarb doza yuboriladi. Agar Cl kreatinin (KK) 50 ml/daq dan ortiq bo'lsa, preparatning odatdagi dozasi (tavsiya etilgan dozaning 100%) qo'llaniladi. KK 11 dan 50 ml/daq gacha bo'lganda tavsiya etilgan dozaning 50% i yoki odatdagi doza 2 kunda 1 marta qo'llaniladi.
2-jadval
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda preparatni qo'llash
| Kreatinin klirensi | Oraliq/sutkalik doza |
| >40 ml/daq | 24 soat (odatdagi dozalash rejimi) |
| 21–40 ml/daq | 48 soat (2 sutkada 1 marta) yoki odatdagi sutkalik dozaning yarmi (24 soatda 1/2) |
| 10–20 ml/daq | 72 soat (3 sutkada 1 marta) yoki odatdagi sutkalik dozaning uchdan biri (24 soatda 1/3) |
Muntazam dializda bo'lgan bemorlarga preparatning bitta dozasi har bir gemodializ seansidan keyin qo'llaniladi.
Flukonazol boshqa chiqarish shakllari

FLUKONAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,2% analoglari

















