Apteka.uz
SavatKirish

GEPTRAL poroshok 400mg N5

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Frantsiya
Faol modda:Ademetionin
Ishlab chiqaruvchi:Abbott Laboratories GmbH, Germaniya proizvedeno: Famar L'aigle, Fransiya (proizvoditel liofilizata) Famar S.A., Gresiya (proizvoditel rastvoritelya)
ATX kodi:A16AA02
Barcha Geptral dorilari
2 ta dorixonada bor
Narxi 560 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 2 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

GEPTRAL poroshok 400mg N5 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Odamda vena ichiga yuborilgandan so'ng ademetioninning farmakokinetik profili to'qimalarda tez taqsimlanish fazasi va yarim chiqarilish davri taxminan 1,5 soat bo'lgan klirens bilan bieksponensial hisoblanadi. Mushak ichiga yuborilganda so'rilishi – 96 %, maksimal plazma kontsentratsiyasiga qo'llanilgandan 45 daqiqa o'tgach erishiladi. Ademetioninning ichakda eruvchi tabletkalarini (400 – 1000 mg) ichga qabul qilgandan so'ng erishiladigan maksimal plazma kontsentratsiyasi dozaga bog'liq bo'lib, 3 – 5 soatdan keyin 0,5 – 1 mg/l ni tashkil qiladi. Agar ademetionin ovqatlanish oralig'ida qo'llanilgan bo'lsa, oral qabul qilingandan keyin biokiraolishligi oshadi. Plazma kontsentratsiyasi 24 soat ichida dastlabki qiymatlarga tushadi.

Taqsimlanishi

Taqsimlanish hajmi ademetioninning 100 mg va 500 mg dozalari uchun mos ravishda 0,41 va 0,44 l/kg ni tashkil qiladi. Qon zardobi oqsillari bilan bog'lanishi ahamiyatsiz va ≤ 5 % ni tashkil qiladi.

Metabolizmi

Ademetionin metabolizmi jarayoni tsiklik bo'lib, ademetionin tsikli deb ataladi. Ushbu tsiklning birinchi bosqichida ademetioninga bog'liq metilaza S-adenozil-gomosistein ishlab chiqarish uchun substrat sifatida ademetionindan foydalanadi, u keyinchalik S-adenozil-gomosistein-gidralaza yordamida gomosistein va adenozingacha gidrolizlanadi. Gomosistein o'z navbatida 5-metiltetragidrofolatdan metil guruhini o'tkazish orqali metioningacha teskari transformatsiyaga uchraydi. Natijada, metionin ademetioningacha aylanishi mumkin, bu bilan tsikl yakunlanadi.

Chiqarilishi

Radioaktiv (metil 14C) ademetioninni ichga qabul qilish bo'yicha tadqiqotlarda ishtirok etgan sog'lom ko'ngillilar umumiy sonining taxminan 60% ida buyrak ekskretsiyasi 48 soatdan keyin 15,5±1,5%, axlat bilan ekskretsiya – 78 soatdan keyin 23,5±3,5% ni tashkil etdi.

Farmakologik ta'siri

Geptral (faol modda - S-adenozil-L-metionin (ademetionin)) – organizmning barcha to'qimalari va suyuq muhitlarida mavjud bo'lgan tabiiy aminokislota. Geptral (ademetionin) birinchi navbatda koferment va ko'plab transmetillanish reaktsiyalarida metil guruhining donori sifatida ta'sir qiladi. Metil guruhlarining ko'chishi (transmetillanish) ademetioninning hujayra fosfolipid membranasini qurishda asos bo'lib, membranalar oquvchanligida rol o'ynaydi.

Geptral (ademetionin) gematoensefalik to'siq orqali o'tishga qodir. Geptralning (ademetioninning) yuqori kontsentratsiyalari katexolaminlar (dofamin, adrenalin, noradrenalin), indolaminlar (serotonin, melatonin) va gistamin metabolizmiga ta'siri tufayli miya to'qimasida juda muhim bo'lgan transmetillanish jarayonlariga ta'sir qiladi.

Geptral (ademetionin) shuningdek biokimyoviy tiol birikmalarining (tsistein, taurin, glyutation, koferment A va b.) o'tmishdoshi hisoblanadi – transsulfurirlanish reaktsiyalarida.

Glyutation, eng kuchli antioksidant, jigar detoksikatsiyasi uchun muhim komponent hisoblanadi. Geptral ham alkogolli, ham alkogolsiz genezli jigar shikastlanishi bo'lgan bemorlarda glyutation darajasini oshiradi. Foliy kislotasi va B12 vitamini Geptral (ademetionin) metabolizmi va to'planishida essentsial ko-nutrientlar hisoblanadi.

Jigar ichi xolestazi

Preparat jigar kasalliklarida, homiladorlik paytida va boshqa surunkali jigar kasalliklarida jigar ichi xolestazini davolashda samarali.

Jigar ichi xolestazi surunkali jigar kasalliklarining asorati bo'lib, jigar hujayralari shikastlanishining sababi hisoblanadi.

Surunkali jigar kasalliklarida gepatotsitlarning klirens va o't kislotalari ishlab chiqarilishini tartibga solish kabi funktsiyalari buziladi, bu jigar ichi xolestazi rivojlanishiga olib keladi.

Ademetioninni qo'llash ko'pincha jigar ichi xolestazi bilan kechuvchi surunkali jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda o'rganilgan: birlamchi biliar sirroz, birlamchi sklerozlovchi xolangit, jigarning dorilar chaqirgan shikastlanishlari, virusli gepatitlar; parenteral oziqlantirish chaqirgan xolestaz, jigarning alkogolli va alkogolsiz genezli shikastlanishlari.

Depressiya

Geptral (ademetionin) depressiyani davolash uchun parenteral va ichga tabletkalar ko'rinishida qo'llanilgan. Antidepressiv ta'sir davolashning 5-7 kunida nojo'ya ta'sirlar, shu jumladan antixolinergik reaktsiyalar bo'lmaganda namoyon bo'lgan.

Homiladorlar jigar ichi xolestazi

Ademetionin bilan davolash (v/i, m/i, ichga tabletkalar ko'rinishida) homiladorlar jigar ichi xolestazida samarali bo'lib, teri qichishishining kamayishi va biokimyoviy ko'rsatkichlarning yaxshilanishi ko'rinishida namoyon bo'ladi.

Nojo'ya samaralari

Klinik tadqiqotlardan olingan nojo'ya ta'sirlar

Tez-tez(≥1/100, <1/10)

- ko'ngil aynishi, qorinda og'riqlar, diareya

- bosh og'rig'i

- xavotir, uyqusizlik

- teri qichishishi

Tez-tez emas (≥ 1/1000, <1/100)

- og'iz qurishi, dispepsiya, meteorizm, me'da-ichak og'rig'i, me'da-ichakdan qon ketishlar, me'da-ichak buzilishlari, qusish

- asteniya, shish, isitma, titroq*, in'ektsiya joyidagi reaksiyalar*, yuborish joyida nekroz*

- o'ta yuqori sezuvchanlik, anafilaktoid reaksiyalar yoki anafilaktik reaksiyalar (masalan, teri qoplamalarining qizarishi, hansirash, bronxospazm, belda og'riq, ko'krakda noqulaylik hissi, arterial qon bosimi (gipotoniya, gipertoniya) yoki puls tezligi (taxikardiya, bradikardiya) o'zgarishi) *

- siydik chiqarish yo'llari infeksiyalari

- artralgiyalar, mushak tirishishlari

- bosh aylanishi, paresteziyalar

- ajitatsiya, ongning chalkashishi

- hiqildoq shishi*

- ko'p terlash, angionevrotik shish*, teri-allergik reaksiyalar (masalan, toshma, teri qichishishi, eshakemi, eritema)*

- «qizib ketishlar», gipotenziya, flebit

Kamdan-kam hollarda (≥ 1/10000, <1/1000)

- qorin dam bo'lishi, ezofagit

- lanjlik

* Klinik tadqiqotlarda kuzatilmagan postmarketing qo'llash («spontan» xabarlar) nojo'ya ta'sirlari, uchrash bahosining 95% ishonch oralig'ining yuqori chegarasi 3/X dan oshmasligi asosida tez-tez emas uchraydigan ta'sirlar qatoriga kiritilgan, bu yerda X = 2115 (klinik tadqiqotlarda kuzatilgan sub'ektlarning umumiy soni).

Maxsus saqlash sharoitlari

Vena ichiga yuborish juda sekin o'tkaziladi.

V vitamin B12 va foliy kislotasi yetishmovchiligi ademetionin konsentratsiyalari kamayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun xavf guruhidagi bemorlarga (anemiya, jigar yetishmovchiligi, homiladorlik yoki boshqa kasalliklar yoki ovqatlanishdagi afzalliklar, masalan qat'iy vegetarianlar tufayli vitaminlar yetishmovchiligi ehtimoli) plazmadagi darajalarni tekshirish uchun har kuni qon tahlillarini o'tkazish zarur. Agar yetishmovchilik aniqlansa, V12 vitamini va foliy kislotasi bilan davolashni ademetionin qo'llash bilan bir vaqtda o'tkazish tavsiya etiladi.

Ba'zi bemorlarda ademetionin bilan terapiyada bosh aylanishi paydo bo'lishi mumkin. Ko'rsatilgan faoliyat turlarida reaksiya tezligiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan simptomlar to'liq yo'qolguncha transport vositalarini boshqarmaslik yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlamaslik kerak.

Geptral bipolyar psixozlari bo'lgan bemorlarda qo'llash uchun tavsiya etilmaydi. Ademetionin bilan davolashda depressiyaning gipomaniya yoki maniyaga o'tishi haqida xabarlar olingan.

Bemorlarni Geptral bilan terapiya vaqtida kasallik (depressiya) simptomlari o'tib ketmasa yoki yomonlashsa shifokorni xabardor qilish zarurligi haqida ogohlantirish kerak. Depressiyasi bo'lgan bemorlar davolash samaradorligini nazorat qilish maqsadida ademetionin bilan davolashda sinchkov kuzatuvga va doimiy psixiatrik yordamga muhtojdirlar.

Ademetionin va klomipramin olgan bemorda serotonin sindromi haqida bitta adabiy xabar olingan. Dori vositalarining o'zaro ta'siri ehtimoli istisno qilinmaganligi sababli, Geptralni serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar, tritsiklik antidepressantlar (klomipramin kabi), triptofan saqlovchi preparatlar va o'simlik vositalari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Geptral (ademetionin) bilan davolash olgan bemorlarda tranzitor yoki kuchayuvchi xavotir haqida xabarlar olingan. Ko'pchilik hollarda davolashni to'xtatish talab qilinmagan. Ba'zi hollarda xavotir doza kamaytirilgandan yoki terapiya to'xtatilgandan keyin to'xtagan.

Ademetionin gomotsisteinni aniqlash uchun immunologik testlar bilan o'zaro ta'sir qiladi, bu Geptral (ademetionin) bilan davolash olayotgan bemorlarda qon plazmasida gomotsistein darajasining soxta oshishiga olib kelishi mumkin. Ushbu toifadagi bemorlarda qon plazmasida gomotsistein darajasini aniqlashning noimmunologik usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Ko'rsatilgan faoliyat turlarida reaksiya tezligiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan bosh aylanishi simptomlari to'liq yo'qolguncha transport vositalarini boshqarmaslik yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlamaslik kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik

- metionin metabolizmiga ta'sir qiluvchi genetik nuqsoni va/yoki gomotsistinuriya va/yoki gipergomotsisteinemiyasi (masalan, tsistation beta-sintetaza fermenti yetishmovchiligi, V12 vitamini metabolizmi nuqsoni) bo‘lgan bemorlar

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Ademetionin va klomipramin qo'llagan bemorda serotonin sindromi rivojlanishi haqida xabar bo'lgan. Geptralni serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar (klomipramin kabi), triptofan saqlovchi preparatlar va o'simlik vositalari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Dozirovkasi

Davolash preparatni parenteral yuborishdan (vena ichiga sekin yoki mushak ichiga) keyinchalik preparatni tabletka shaklida qo‘llash bilan yoki darhol tabletkalarni qo‘llashdan boshlanishi mumkin.

Liofilizatsiyalangan kukun maxsus erituvchida bevosita qo‘llashdan oldin eritiladi. Ishlatilmagan qoldiq tashlab yuboriladi.

Geptralni ishqoriy eritmalar yoki kalsiy ionlarini saqlovchi eritmalar bilan aralashtirmaslik kerak. Kukunning rangi dastlabkidan oqdan sarg‘ishgacha o‘zgargan taqdirda (flakonning shikastlanishi yoki isishi oqibatida) uni qo‘llamaslik kerak. Vena ichiga yuborish juda sekin amalga oshiriladi

Kattalarga

Boshlang‘ich terapiya (parenteral yuborish): Tavsiya etilgan doza dastlabki 2 hafta davomida vena ichiga yoki mushak ichiga 5-12 mg/kg/sutkani tashkil qiladi. Odatiy boshlang‘ich doza sutkasiga 400 mg ni tashkil qiladi. Sutkalik doza 800 mg dan oshmasligi kerak. Boshlang‘ich terapiya davomiyligi – depressiv sindromni davolashda 15-20 kun, jigar ichi xolestazini jigar sirrozi oldi holatlari va sirrozida, homiladorlarda III trimestrda jigar ichi xolestazini davolashda 14 kun.

Geptral bilan tabletka shaklida boshlang‘ich terapiya o‘tkazilganda (peroral qabul qilish): Tavsiya etilgan doza 10-25 mg/kg/sutkani tashkil qiladi. Odatiy boshlang‘ich doza 400 mg dan sutkasiga 1-2 marta. Sutkalik doza 1600 mg dan oshmasligi kerak.

Tutib turuvchi terapiya: 2 – 3 tabletka sutkasiga, ichga (800 – 1600 mg/sutka).

Terapiya davomiyligi kasallikning og‘irligi va kechishiga bog‘liq va shifokor tomonidan individual belgilanadi.

Keksa yoshdagi bemorlar.

Davolashni eng kichik tavsiya etilgan dozadan boshlash tavsiya etiladi, bunda jigar, buyrak yoki yurak funksiyasining pasayishi, yondosh patologik holatlar mavjudligi va boshqa dori vositalarining qo‘llanilishini hisobga olish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilishi

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuning uchun ademetioninni bunday bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilishi Sog‘lom ko‘ngillilar va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda farmakokinetik parametrlar bir xil.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. GEPTRAL poroshok 400mg N5 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

GEPTRAL poroshok 400mg N5 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
KARTAN inyeksiya uchun eritma 5 ml 1 g/1 ml N5
Retseptli
KARTAN inyeksiya uchun eritma 5 ml 1 g/1 ml N5
Gretsiya
Vakil:
WELFAR VST
Ishlab chiqaruvchi:
Demo S.A Pharmaceutical Industry
KALSEMIN ADVANS tabletkalari N60
Retseptsiz
KALSEMIN ADVANS tabletkalari N60
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•101 ta dorixonada bor
Narxi
89 000 so'm dan

Geptral boshqa chiqarish shakllari

GEPTRAL tabletkalari 500mg N20
GEPTRAL tabletkalari 500mg N20
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Abbott Laboratories GmbH, Germaniya proizvedeno: Abbvie S.r.l.
•123 ta dorixonada bor
Narxi
389 500 so'm dan
GEPTRAL tabletkalari 400mg N20
GEPTRAL tabletkalari 400mg N20
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Abbott Laboratories GmbH, Germaniya proizvedeno: Abbvie S.r.l.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
540 000 so'm dan

GEPTRAL poroshok 400mg N5 analoglari

GEPTOR 0,4 tabletkalari N40
GEPTOR 0,4 tabletkalari N40
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verofarm AO
GEPTOR 0,4 tabletkalari N20
GEPTOR 0,4 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verofarm AO
GEPTOR 0,4 liofilizat N5
GEPTOR 0,4 liofilizat N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verofarm, OOO
ADEMTA tabletkalari 400mg N20
Retseptli
ADEMTA tabletkalari 400mg N20
Turkiya
Vakil:
Dr.Sertus
Ishlab chiqaruvchi:
Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi
•74 ta dorixonada bor
Narxi
290 000 so'm dan
LEGEND poroshok 400mg/5ml N5
LEGEND poroshok 400mg/5ml N5
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Biomedica Foscama Group S.p.A.
GEPTRAL tabletkalari 500mg N20
GEPTRAL tabletkalari 500mg N20
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Abbott Laboratories GmbH, Germaniya proizvedeno: Abbvie S.r.l.
•123 ta dorixonada bor
Narxi
389 500 so'm dan
GEPTRAL tabletkalari 400mg N20
GEPTRAL tabletkalari 400mg N20
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Abbott Laboratories GmbH, Germaniya proizvedeno: Abbvie S.r.l.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
540 000 so'm dan

GEPTRAL poroshok 400mg N5 haqida savollar

GEPTRAL poroshok 400mg N5 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil