GEPTRAL tabletkalari 500mg N20

GEPTRAL tabletkalari 500mg N20 o'xshash dorilari




GEPTRAL tabletkalari 500mg N20 qo'llanmasi
Absorbtsiya
Odamda vena ichiga yuborilgandan so‘ng ademetioninning farmakokinetik profili to‘qimalarda tez taqsimlanish fazasi va taxminan 1,5 soatlik yarim chiqarilish davri bilan klirensga ega bo‘lgan biekspotentsial hisoblanadi. Mushak ichiga yuborilganda absorbtsiya – 96%, maksimal plazma konsentratsiyalariga qo‘llanilgandan so‘ng 45 daqiqa o‘tgach erishiladi. Ademetionin ichakda eriydigan tabletkalar (400 – 1000 mg) ichga qabul qilingandan so‘ng erishiladigan maksimal plazma konsentratsiyalari dozaga bog‘liq va 3-5 soatdan keyin 0,5 – 1 mg/l ni tashkil qiladi. Ademetionin ovqatlanishlar orasida qo‘llanilganda peroral qabuldan keyingi biokiraolishlik ortadi. Plazma konsentratsiyalari 24 soat ichida dastlabki ko‘rsatkichlargacha pasayadi.
Taqsimlanishi
Taqsimlanish hajmi ademetioninning 100 mg va 500 mg dozalari uchun mos ravishda 0,41 va 0,44 l/kg ni tashkil qiladi. Qon zardobi oqsillari bilan bog‘lanishi arzimas va ≤ 5% ni tashkil qiladi.
Metabolizm
Ademetionin metabolizmi jarayoni siklik bo‘lib, ademetionin sikli deb ataladi. Ushbu siklning birinchi bosqichida ademetioninga bog‘liq metilaza ademetioninni S-adenozil-gomotsistein ishlab chiqarish uchun substrat sifatida ishlatadi, u keyinchalik S-adenozil-gomotsistein-gidralaza yordamida gomotsistein va adenozingacha gidrolizlanadi. Gomotsistein o‘z navbatida 5-metiltetragidrofolatdan metil guruhini ko‘chirish yo‘li bilan metioningacha teskari transformatsiyaga uchraydi. Natijada metionin ademetioningacha aylanishi va siklni yakunlashi mumkin.
Chiqarilishi
Radioaktiv (metil 14C) ademetioninni ichga qabul qilish bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etgan sog‘lom ko‘ngillilar umumiy sonining taxminan 60% ida buyrak ekskretsiyasi 48 soatdan keyin 15,5±1,5% ni, axlat bilan ekskretsiya esa 78 soatdan keyin 23,5±3,5% ni tashkil qilgan.
Geptral (faol modda - S-adenozil-L-metionin (ademetionin)) – organizmning barcha to'qimalari va suyuq muhitlarida mavjud bo'lgan tabiiy aminokislota. Geptral (ademetionin) birinchi navbatda koenzim va ko'plab transmetillash reaktsiyalarida metil guruhi donori sifatida ta'sir qiladi. Metil guruhlarini ko'chirish (transmetillash) ademetionin hujayra fosfolipid membranasini qurishda asos bo'lib xizmat qiladi va membrana oqquvchanligida rol o'ynaydi.
Geptral (ademetionin) gematoentsefalik to'siqdan o'tishga qodir. Geptral (ademetionin) ning yuqori kontsentratsiyalari katexolaminlar (dopamin, adrenalin, noradrenalin), indolaminlar (serotonin, melatonin) va gistamin metabolizmiga ta'siri tufayli miya to'qimasida juda muhim bo'lgan transmetillash jarayonlariga ta'sir qiladi.
Geptral (ademetionin) shuningdek biokimyoviy tiol birikmalar (tsistein, taurin, glutatyon, koenzim A va boshq.) o'tmishdoshi hisoblanadi – transsulfurlash reaktsiyalarida.
Glutatyon, kuchli antioksidant bo'lib, jigar detoksikatsiyasi uchun muhim komponent hisoblanadi. Geptral alkogolli va alkogolsiz genezli jigar shikastlanishi bo'lgan bemorlarda glutatyon darajasini oshiradi. Foliy kislotasi va vitamin B12 Geptral (ademetionin) metabolizmi va to'planishida essentsial ko-nutrientlar hisoblanadi.
Jigar ichi xolestazi
Preparat jigar kasalliklarida, homiladorlik davrida va boshqa surunkali jigar kasalliklarida jigar ichi xolestazini davolashda samarali.
Jigar ichi xolestazi surunkali jigar kasalliklarining asorati hisoblanadi va jigar hujayralari shikastlanishining sababi bo'lib xizmat qiladi.
Surunkali jigar kasalliklarida gepatotsitlarning klirens va safro kislotalari ishlab chiqarilishini tartibga solish kabi funktsiyalari buziladi, bu esa jigar ichi xolestazi rivojlanishiga olib keladi.
Ademetioninni qo'llash surunkali jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda o'rganilgan, ular ko'pincha jigar ichi xolestazi bilan birga kechadi: birlamchi biliar sirroz, birlamchi sklerozlovchi xolangit, dori vositalari indutsirlagan jigar shikastlanishlari, virusli gepatitlar; parenteral oziqlantirish indutsirlagan xolestaz, alkogolli va alkogolsiz genezli jigar shikastlanishlari.
Depressiya
Geptral (ademetionin) depressiyani davolash uchun parenteral va ichga qo'llanilgan. Antidepressiv ta'sir davolashning 5-7-kunida nojo'ya samaralar, shu jumladan antixolinergik reaktsiyalar bo'lmaganda namoyon bo'lgan.
Homiladorlar jigar ichi xolestazi
Ademetionin bilan davolash (v/i, m/i, ichga tabletka shaklida) homiladorlar jigar ichi xolestazida samarali bo'lib, teri qichishishining kamayishi va biokimyoviy parametrlarning yaxshilanishi ko'rinishida namoyon bo'ladi.
Klinik tadqiqotlardan nojo‘ya ta'sirlar
Tez-tez (≥1/100, <1/10)
- ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riqlar, diareya
- bosh og‘rig‘i
- xavotir, uyqusizlik
- teri qichishishi
Tez-tez emas (≥ 1/1000, <1/100)
- og‘iz qurishi, dispepsiya, meteorizm, me'da-ichak og‘rig‘i, me'da-ichakdan qon ketishlar, me'da-ichak buzilishlari, qusish
- asteniya, shish, isitma, et uvishishi*, in'ektsiya joyidagi reaksiyalar*, yuborish joyida nekroz*
- o‘ta yuqori sezuvchanlik, anafilaktoid reaksiyalar yoki anafilaktik reaksiyalar (masalan, teri qoplamalarining giperemiyasi, hansirash, bronxospazm, belda og‘riq, ko‘krak qafasida noqulaylik hissi, qon bosimining o‘zgarishi (gipotenziya, gipertoniya) yoki puls chastotasi (taxikardiya, bradikardiya)) *
- siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari
- artralgiyalar, mushak tirishishlari
- bosh aylanishi, paresteziyalar
- ajitatsiya, ongning chalkashishi
- hiqildoq shishi*
- ko‘p terlash, angionevrotik shish*, teri-allergik reaksiyalari (masalan, toshma, teri qichishishi, eshakemi, eritema)*
- «qizib ketishlar», gipotenziya, flebit
Kam hollarda (≥ 1/10000, <1/1000)
- qorin dam bo‘lishi, ezofagit
- holsizlik
* Postmarketing qo‘llash paytidagi («spontan» xabarlar), klinik tadqiqotlarda kuzatilmagan noxush samaralar tez-tez emas uchraydigan samaralar qatoriga kiritilgan, chunki uchrash tezligini baholashning 95% ishonch oralig‘ining yuqori chegarasi 3/X dan oshmaydi, bunda X = 2115 (klinik tadqiqotlarda kuzatilgan sub'ektlarning umumiy soni).
Pre-sirrotik holatlar va giperkreatininemiya bilan kechuvchi jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda Geptral tabletkalarini qabul qilish vaqtida kreatinin darajasini nazorat qilish kerak.
Vitamin B12 va foliy kislotasi yetishmovchiligi ademetionin konsentratsiyalarining kamayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun xavf guruhi bemorlariga (anemiya, jigar yetishmovchiligi, homiladorlik yoki boshqa kasalliklar yoki qat'iy vegetarianlar kabi ovqatdagi afzalliklar tufayli vitaminlar yetishmovchiligi potensiali) plazma darajalarini tekshirish uchun har kuni qon tahlillarini o'tkazish zarur. Agar yetishmovchilik aniqlansa, vitamin B12 va foliy kislotasi bilan davolashni ademetioninni qo'llash bilan bir vaqtda o'tkazish tavsiya etiladi.
Ba'zi bemorlarda ademetionin bilan terapiyada bosh aylanishi yuzaga kelishi mumkin. Ko'rsatilgan faoliyat turlarida reaksiya tezligiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan simptomlar to'liq yo'qolguniga qadar transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash kerak emas.
Geptral bipolyar psixozlari bo'lgan bemorlarda qo'llash uchun tavsiya etilmaydi. Ademetionin bilan davolashda depressiyaning gipomaniya yoki maniyaga o'tishi haqida xabarlar olingan.
Bemorlarni, agar Geptral bilan terapiya vaqtida ularning kasalligi (depressiya) simptomlari o'tib ketmasa yoki yomonlashsa, shifokorga xabar berish zarurligi haqida ogohlantirish kerak. Depressiyasi bo'lgan bemorlar davolash samaradorligini nazorat qilish maqsadida ademetionin bilan davolashda sinchkov kuzatuvga va doimiy psixiatrik yordamga muhtojdirlar.
Ademetionin va klomipramin qabul qilgan bemorda serotonin sindromi haqida bitta adabiy xabar olingan. Dori vositalarining o'zaro ta'siri ehtimoli istisno qilinmasligi sababli, Geptralni serotoninni qayta qamrab olishning selektiv ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar (klomipramin kabi), triptofan saqlovchi preparatlar va o'simlik vositalari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Geptral (ademetionin) bilan davolash olgan bemorlarda tranzitor yoki kuchayib boruvchi xavotir haqida xabarlar olingan. Ko'pchilik hollarda davolashni to'xtatish talab etilmagan. Ba'zi hollarda xavotir doza kamaytirilgandan yoki terapiya to'xtatilgandan so'ng to'xtagan.
Ademetionin gomotsisteinni aniqlash uchun immunologik testlar bilan o'zaro ta'sirga kirishadi, bu Geptral (ademetionin) bilan davolash olayotgan bemorlarda qon plazmasida gomotsistein darajasining soxta oshishiga olib kelishi mumkin. Ushbu toifadagi bemorlarda qon plazmasida gomotsistein darajasini aniqlashning noimmunologik usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ko'rsatilgan faoliyat turlarida reaksiya tezligiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan bosh aylanishi simptomlari to'liq yo'qolguniga qadar transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash kerak emas.
- preparatning biror bir komponentiga yuqori sezuvchanlik
- metionin metabolizmiga ta'sir qiluvchi genetik nuqsoni va/yoki gomotsistinuriya va/yoki gipergomotsisteinemiya (masalan, sistation beta-sintetaza fermenti yetishmovchiligi, V12 vitamini metabolizmi nuqsoni) bo'lgan bemorlar
Ademetionin va klomipramin qo'llagan bemorda serotonin sindromi rivojlanishi haqida xabar bo'lgan. Geptralni serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar (klomipramin kabi), triptofan saqlovchi preparatlar va o'simlik vositalari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Davolash preparatni parenteral yuborish (vena ichiga sekin yoki mushak ichiga) bilan boshlanishi va keyinchalik preparatni tabletka shaklida qo'llash bilan davom ettirilishi yoki darhol tabletkalarni qo'llash bilan boshlanishi mumkin.
Tabletkalarni chaynamasdan yutish kerak. Geptral tabletkalari maxsus qobiq bilan qoplangan bo'lib, u faqat ichakda eriydi, buning natijasida ademetionin o'n ikki barmoqli ichakda ajralib chiqadi. Faol moddaning yaxshiroq so'rilishi va to'liq terapevtik samara uchun tabletkalarni ovqatlanishlar orasida qabul qilish kerak. Geptral tabletkasini bevosita qabul qilishdan oldin blisterdan chiqarish kerak. Tabletkalar rangi dastlabkisidan o'zgargan taqdirda (oqdan sarg'ishgacha), blister alyuminiy qobig'ining shikastlanishi oqibatida, ularni qo'llashdan saqlanish kerak.
Depressiya: Tavsiya etilgan sutkalik doza 10-25 mg/kg/sutka hisobidan hisoblanadi, 800 mg/sutkadan boshlanadi, keyin qabul qilish 800 – 1600 mg/sutka davom ettiriladi. Sutkalik doza 1600 mg dan oshmasligi kerak.
Jigar ichi xolestazi: Tavsiya etilgan sutkalik doza 10-25 mg/kg/sutka hisobidan hisoblanadi, 800 mg/sutkadan boshlanadi, keyin qabul qilish 800–1600 mg/sutka davom ettiriladi. Sutkalik doza 1600 mg dan oshmasligi kerak.
Terapiya davomiyligi kasallikning og'irligi va kechishiga bog'liq va shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.
Keksa yoshdagi bemorlar.
Davolashni eng kichik tavsiya etilgan dozadan boshlash tavsiya etiladi, bunda jigar, buyrak yoki yurak funksiyasining pasayishi, yondosh patologik holatlar mavjudligi va boshqa dori vositalarini qo'llash hisobga olinadi.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda qo'llanilishi
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda tadqiqotlar o'tkazilmagan, shu munosabat bilan bunday bemorlarda ademetioninni qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda qo'llanilishi
Ademetionin farmakokinetikasi parametrlari sog'lom ko'ngillilar va surunkali jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda o'xshash.
Geptral boshqa chiqarish shakllari


GEPTRAL tabletkalari 500mg N20 analoglari













