INDOMETASIN BERLIN XEMI 0,05 rektal suppozitorialar N10

INDOMETASIN BERLIN XEMI 0,05 rektal suppozitorialar N10 o'xshash dorilari




INDOMETASIN BERLIN XEMI 0,05 rektal suppozitorialar N10 qo'llanmasi
Og'riq qoldiruvchi Yallig'lanishga qarshi
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: NYQP-gastropatiya, abdominal og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, anoreksiya, diareya, jigar funktsiyasining buzilishi (qonda bilirubin, "jigar" transaminazalari darajasining oshishi). Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda - me'da-ichak yo‘llari shilliq qavatining yaralanishi.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, ta'sirchanlik, toliqish, uyquchanlik, depressiya, periferik neyropatiya.
Sezgi a'zolari tomonidan: eshitishning pasayishi, quloqlarda shovqin, ta'm bilishning buzilishi, diplopiya, ko‘rishning xiralashishi, shox pardaning xiralashishi, kon'yunktivit.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak yetishmovchiligi, taxiaritmiya, qon bosimining oshishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funktsiyasining buzilishi, proteinuriya, gematuriya, interstitsial nefrit, nefrotik sindrom, so‘rg‘ichlar nekrozi.
Gemostaz tizimi tomonidan: qon ketishi (me'da-ichakdan, milkdan, bachadondan, gemorroidal), trombositopeniya.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, bronxospazm; kam hollarda - Layell sindromi, tugunli eritema, anafilaktik shok.
Qon yaratish tizimi tomonidan: agranulotsitoz, leykopeniya, aplastik anemiya, autoimmun gemolitik anemiya.
Moddalar almashinuvi tomonidan: giperglikemiya, glyukozuriya.
Suv-elektrolit balansi tomonidan: giperkaliemiya.
Keksa yoshdagi bemorlarda, shuningdek anamnezida jigar, buyrak, OIT kasalliklari bo'lganda, qo'llash vaqtida dispeptik simptomlarda, arterial gipertenziyada, yurak yetishmovchiligida, jiddiy jarrohlik amaliyotlaridan so'ng darhol, parkinsonizmda, epilepsiyada ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Anamnezida NYQP ga allergik reaktsiyalar ko'rsatilganda faqat shoshilinch holatlarda qo'llaniladi.
Davolash davrida jigar va buyrak funktsiyasi, periferik qon manzarasi ustidan muntazam nazorat zarur.
Atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYQP bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Indometatsinni diflunizal bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas.
Indometatsinni litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llaganda litiyning toksik ta'siri simptomlari paydo bo'lishi mumkinligini nazarda tutish kerak.
Mahalliy qo'llanilganda terining jarohatlangan yuzasiga surtish mumkin emas, shuningdek ko'zga yoki shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida diqqatni jamlash va yuqori psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlaridan saqlanish kerak.
— me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi;
— yarali kolit;
— qon ketish (bosh suyagi ichiga, me'da-ichakdan);
— tug'ma yurak nuqsonlari (aorta koarktatsiyasi, o'pka arteriyasi atreziyasi, Fallo tetradasi);
— yurak yetishmovchiligi;
— arterial gipertenziya;
— rang ajratishning buzilishi;
— ko'ruv nervi kasalligi;
— portal gipertenziya bilan kechuvchi jigar sirrozi;
— jigar yetishmovchiligi;
— bronxial astma;
— gemofiliya, gipokoagulyatsiya, boshqa qon kasalliklari;
— surunkali buyrak yetishmovchiligi;
— eshitishning pasayishi;
— vestibulyar apparat patologiyasi;
— glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi;
— proktit, gemorroy;
— homiladorlik va emizish davri;
— 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar;
— indometatsinga va boshqa NYaQVlarga yuqori sezuvchanlik, shu jumladan "aspirin" astmasi
Bir vaqtda qo'llanilganda indometatsin saluretiklar, beta-adrenoblokatorlar samarasini kamaytirishi; bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar samarasini kuchaytirishi mumkin.
Indometatsin va diflunizalni bir vaqtda qo'llaganda OIT dan kuchli qon ketish xavfi mavjud.
Probenetsid bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida indometatsin kontsentratsiyasi oshishi mumkin.
Indometatsin metotreksatning naychalar sekretsiyasini kamaytirishi mumkin, bu uning toksikligi oshishiga olib keladi.
NYQVS bilan bir vaqtda qo'llanilganda siklosporin toksikligi oshadi.
Indometatsin 50 mg dozada kuniga 3 marta qabul qilinganda ruhiy kasalliklari bo'lgan bemorlarda qon plazmasida litiy kontsentratsiyasini oshiradi va litiyning organizmdan klirensini kamaytiradi.
Indometatsinni digoksin bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida digoksin kontsentratsiyasi oshishi va digoksinning yarim chiqarilish davri uzayishi mumkin
Kattalarga suppozitoriylar 100 mg 1 shamdan kuniga 1 marta; suppozitoriylar 50 mg 1 shamdan kuniga 1-3 marta
Podagra xuruji vaqtida kuniga 200 mg gacha
Xususiyatlar INDOMETASIN BERLIN XEMI 0,05 rektal suppozitorialar N10
Indometatsin boshqa chiqarish shakllari
INDOMETASIN BERLIN XEMI 0,05 rektal suppozitorialar N10 analoglari























