KAVINTON tabletkalari 5mg N50

KAVINTON tabletkalari 5mg N50 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Tez so'riladi, ichga qabul qilingandan 1 soat o'tgach qonda Cmax ga erishiladi. So'rilish asosan MITYning proksimal bo'limlarida sodir bo'ladi. Ichak devori orqali o'tayotganda metabolizmga uchramaydi.
Taqsimlanishi
To'qimalarda Cmax ichga qabul qilingandan 2-4 soat o'tgach qayd etiladi. Odam organizmida oqsillar bilan bog'lanishi - 66%, ichga qabul qilinganda biokiraolishligi - 7%.
Ichga 5 mg va 10 mg dozalarda takroran qabul qilinganda kinetika chiziqli xususiyatga ega.
Chiqarilishi
Klirens 66,7 l/soat. Jigar plazma hajmidan (50 l/soat) oshadi, bu jigardan tashqari metabolizm mavjudligini ko'rsatadi.
Odamda T 4,83±1,29 soat. Siydik va axlat massalari bilan 3:2 nisbatda chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Bosh miya to'qimasi tomonidan glyukoza va kislorod iste'molini oshirib, bosh miya metabolizmini yaxshilaydi. Neyronlarning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi; GEB orqali glyukozaning bosh miyaga tashilishini kuchaytiradi; glyukozaning parchalanish jarayonini energetik jihatdan tejamkor, aerob yo'lga o'tkazadi; Sa2+-ga bog'liq fosfodiesterazani selektiv bloklaydi; bosh miyaning AMF va tsGMF darajalarini oshiradi. Bosh miya to'qimalarida ATF kontsentratsiyasini va ATF/AMF nisbatini oshiradi; bosh miyaning noradrenalin va serotonin almashinuvini kuchaytiradi; noradrenergik tizimning ko'tariluvchi tarmog'ini rag'batlantiradi, antioksidant ta'sir ko'rsatadi.
Trombositlar agregatsiyasini va qonning yuqori qovushqoqligini pasaytiradi; eritrotsitlarning deformatsiyalanish qobiliyatini oshiradi va eritrotsitlar tomonidan adenozin utilizatsiyasini bloklaydi; eritrotsitlar tomonidan kislorod berilishi oshishiga yordam beradi. Adenozinning neyroprotektor ta'sirini kuchaytiradi.
Serebral qon oqimini oshiradi; tizimli qon aylanishi ko'rsatkichlarini (AB, daqiqalik hajm, YQS, umumiy periferik qarshilik) sezilarli darajada o'zgartirmasdan bosh miya tomirlari qarshiligini pasaytiradi. Nafaqat "o'g'irlash" samarasini ko'rsatmaydi, balki qon ta'minotini, birinchi navbatda, past perfuziyaga ega miyaning ishemik sohalarida kuchaytiradi.
Nojo'ya samaralari
Preparat qo'llanilishi fonida nojo'ya hodisalar kamdan-kam hollarda aniqlangan.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: EKG o'zgarishi (ST depressiyasi, QT intervalining uzayishi); taxikardiya, ekstrasistoliya, ammo sababiy bog'liqlik isbotlanmagan, chunki tabiiy populyatsiyada bu simptomlar xuddi shunday chastotada kuzatiladi; AB labilligi, qizib ketish hissi,
MNT tomonidan: uyqu buzilishi (uyqusizlik, uyquchanlikning kuchayishi), bosh aylanishi, bosh og'rig'i, umumiy holsizlik (bu simptomlar asosiy kasallikning ko'rinishlari bo'lishi mumkin).
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi.
Boshqalar: allergik teri reaksiyalari; ko'p terlash.
Maxsus saqlash sharoitlari
Uzaygan QT intervali sindromi mavjudligi va QT intervalini uzaytiruvchi preparatlarni qabul qilish EKG ni davriy nazorat qilishni talab qiladi.
Kavinton® tabletkalari laktoza saqlaydi. Laktozani ko'tara olmaslik holatida 1 tab. 41,5 mg laktoza monogidrati saqlashini hisobga olish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Vinpotsetinning avtomobil va ishchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo'q.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- gemorragik insultning o‘tkir fazasi;
- YIK ning og‘ir shakli;
- og‘ir aritmiyalar;
- laktozani o‘zlashtira olmaslik;
- homiladorlik;
- emizish davri;
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ma'lumotlar yetarli emasligi sababli);
- vinpotsetinga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Beta-adrenoblokatorlar (xloranolol, pindolol), klopamid, glibenklamid, digoksin, atsenokumarol yoki gidroxlorotiazid, imipramin bilan bir vaqtda qo'llanilganda o'zaro ta'sir kuzatilmaydi.
KavintonВ® preparati va alfa-metildopani bir vaqtda qo'llash ba'zan gipotenziv samaraning biroz kuchayishini keltirib chiqargan, shuning uchun bunday davolashda AB ni muntazam nazorat qilish talab etiladi.
O'zaro ta'sir ehtimolini tasdiqlovchi ma'lumotlar yo'qligiga qaramay, MAT ga ta'sir qiluvchi preparatlar, antiaritmiklar va antikoagulyantlar bilan bir vaqtda tayinlanganda ehtiyotkorlik ko'rsatish tavsiya etiladi.
Dozirovkasi
Davolash kursi va doza davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.
Ichga, ovqatdan keyin.
Odatda sutkalik doza 15-30 mg ni (5-10 mg dan sutkasiga 3 marta) tashkil qiladi.
Boshlang‘ich sutkalik doza 15 mg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza - 30 mg.
Terapevtik samara preparatni qabul qilish boshlangandan taxminan bir hafta o‘tgach rivojlanadi. Davolash kursi - 1-3 oy.
Buyrak va jigar kasalliklarida preparat odatdagi dozada tayinlanadi, kumulyatsiya yo‘qligi uzoq muddatli davolash kurslarini o‘tkazishga imkon beradi.
KAVINTON tabletkalari 5mg N50 o'xshash dorilari


KAVINTON tabletkalari 5mg N50 xususiyatlari
KAVINTON boshqa chiqarish shakllari






KAVINTON tabletkalari 5mg N50 analoglari





KAVINTON tabletkalari 5mg N50 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 56732,
"stores_apteka_id": 346250,
"slug": "kavinton-tabletki",
"stores_apteka_slug": "kavinton-tab-5mg-n50",
"name": "KAVINTON tabletkalari 5mg N50",
"brand_name": "KAVINTON",
"image": "uploads/iblock/f23/f230ec0d91109de0bec0411f833a5c43.webp",
"atx_code": "N06BX18",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": true,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Gedeon Richter PLC",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 490,
"slug": "nervnaya-sistema",
"name": "Asab tizimi",
"external_link_title": "Nevropatolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/nevropatolog"
},
"drug_group": {
"id": 5987,
"slug": "kavinton",
"name": "KAVINTON"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 10,
"slug": "vengriya",
"name": "Vengriya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6750,
"slug": "vinpotsetin",
"name": "Vinposetin"
}
],
"tags": [
{
"id": 153,
"slug": "dlya-mozga",
"name": "Miya uchun"
},
{
"id": 129483,
"slug": "ot-snizheniya-pamyati-i-vnimaniya",
"name": "Hotira va e'tibor susayishidan"
},
{
"id": 129488,
"slug": "dlya-pamyati",
"name": "Hotira uchun"
}
]
}
}












