KAVINTON
KAVINTON chiqarilish shakllari





KAVINTON haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — nevrologiyada: bosh miya qon aylanishi yetishmovchiligining turli shakllarida (ishemik insult, gemorragik insultning tiklanish bosqichi, o'tkazilgan insult oqibatlari; tranzitor ishemik hujum; tomir dementsiyasi; vertebrobazilyar yetishmovchilik; bosh miya tomirlari aterosklerozi; posttravmatik va gipertonik entsefalopatiya) nevrologik va ruhiy simptomlar yaqqolligini kamaytirish; — oftalmologiyada: tomirli parda va to'r pardaning surunkali tomir kasalliklari, sh.j. to'r parda markaziy arteriyasi yoki venasi trombozi (okkklyuziyasi); — otorinolaringologik amaliyotda: pertseptiv turdagi eshitish pasayishi, Mener kasalligi, quloqlarda idiopatik shovqinni davolash uchun.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — gemorragik insultning o‘tkir fazasi; — yurak ishemik kasalligining (YIK) og‘ir shakli; — og‘ir aritmiyalar; — homiladorlik; — laktatsiya davri; — 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ma’lumotlar yetarli emasligi sababli); — laktozani o‘zlashtira olmaslik; — vinposetinga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
- 1 tab. vinpotsetin 10 mg Yordamchi moddalar: mannitol, oldindan jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, butilmetakrilat kopolimeri, quyi o‘rinbosarli giprolaza, krospovidon, magniy stearati. natriy stearilfumarat, kolloid kremniy dioksidi, aspartam, stearin kislotasi, natriy laurilsulfat, dimetikon, apelsin aromatizatori. 1 tab. vinpotsetin 10 mg Yordamchi moddalar: magniy stearati - 2 mg, kolloid kremniy dioksidi - 2.5 mg, talk - 5 mg, laktoza monogidrati - 83 mg, makkajo‘xori kraxmali - 97.5 mg. vinpotsetin 5 mg Yordamchi moddalar: askorbin kislotasi, natriy disulfit, vino kislotasi, benzil spirti, sorbitol, in'ektsiya uchun suv. vinpotsetin 5 mg Yordamchi moddalar: suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, talk, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati. vinpotsetin 5 mg/ml Yordamchi moddalar: askorbin kislotasi, natriy disulfit, vino kislotasi, benzil spirti, sorbitol, in'ektsiya uchun suv. vinpotsetin 10 mg Yordamchi moddalar: magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, talk, laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali. Yordamchi moddalar: mannitol, oldindan jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, butilmetakrilat kopolimeri, quyi o‘rinbosarli giprolaza, krospovidon, magniy stearati. natriy stearilfumarat, kolloid kremniy dioksidi, aspartam, stearin kislotasi, natriy laurilsulfat, dimetikon, apelsin aromatizatori. Faol modda: 1 tabletka 10 mg vinpotsetin saqlaydi Yordamchi moddalar: magniy stearati, kremniy kislotasi, kolloid, talk, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.
Farmakodinamikasi
Ta'sir mexanizmi
Vinposetinning ta'sir mexanizmi bir necha elementlardan tashkil topadi: u miya qon aylanishini va modda almashinuvini yaxshilaydi, qonning reologik xususiyatlariga yaxshi ta'sir ko'rsatadi.
Vinposetin neyroprotektiv ta'sir ko'rsatadi: neyroprotektiv ta'siri aminokislotalarni qo'zg'atuvchi zararli tsitotoksik ta'sirning susayishi hisobiga amalga oshadi. Na+- va Ca2+-kanallarini, shuningdek NMDA va AMPA reseptorlarini bloklaydi. Adenozinning neyroprotektiv mexanizmini oshiradi.
Vinposetin bosh miyadagi metabolizmni rag'batlantiradi: glyukoza va kislorodni qamrab olinishini va istemol qilinishini kuchaytiradi. Preparat bosh miyani gipoksiyaga chidamliligini oshiradi; bosh miya uchun yagona energiya manbai bo'lgan glyukozaning gematoentsefalik to'siq orqali tashilishini oshiradi; glyukozaning metabolizmini energetik foydaliroq anaerob yo'lga suradi; Sa2+- kalmodulin-qaram sGMF-fosfodiesteraza fermentini tanlab ingibitsiya qiladi; bosh miyada tsiklik adenozinmonofosfat (tsAMF) va tsiklik guanozinmonofosfat (sGMF) miqdorini oshiradi. Preparat ATF kontsentrasiyasini va ATF/AMF nisbatini oshiradi; bosh miyada noradrenalin va serotoninni aylanishini kuchaytiradi; ko'tariluvchi noradrenergik tizimni rag'batlantiradi; antioksidant faollikka ega; yuqorida sanab o'tilgan samaralar ta'siri natijasida vinposetin tserebroprotektiv ta'sir ko'rsatadi.
Trombositlar agregasiyasini ingibitsiya qilishi, qonning patologik oshgan qovushqoqligini pasaytirishi, eritrositlarning deformasion xususiyatini oshiradi va adenozinni qamrab olinishini ingibitsiya qilishi hisobiga bosh miyada mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi; kislorodni eritrositlarga yaqinligini kamaytirish yo'li bilan to'qimalarga kislorodni tashilishini yaxshilaydi. tizimli qon aylanishining ko'rsatkichlariga (arterial bosim (AB), yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmi, yurak qisqarishining tez-tezligi, umumiy periferik qon tomir qarshiligiga) ta'sir ko'rsatmay, tserebral tomir qarshiligini pasaytirishi hisobiga bosh miyada qon aylanishini tanlab oshiradi; "o'g'irlash sindromini" chaqirmaydi.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Odatda vinposetin yaxshi o'zlashtiriladi, preparatni qo'llash fonida nojo'ya ta'sirlar kamdan-kam kuzatiladi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial qon bosimining pasayishi/o'zgaruvchanligi, taxikardiya, ekstrasistoliya; EKGda ST segmenti depressiyasi va QT intervalining uzayishi, «qizib ketish» hissi. Markaziy asab tizimi tomonidan: uyqu buzilishi (uyqusizlik, uyquchanlik), bosh aylanishi, bosh og'rig'i, umumiy holsizlik, terlash (preparat qabul qilinganda hamroh bo'lishi mumkin, lekin ko'pincha asosiy kasallik simptomlari hisoblanadi). Ovqat hazm qilish a'zolari tomonidan — og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi. Teri tomonidan: qizarish, allergik teri reaktsiyalari – juda kamdan-kam hollarda. Ko'rish a'zolari tomonidan: ko'ruv nervi diskining shishi.
Dozirovkasi
- 10 mg 5 mg 5 mg/ml
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat rangsiz yoki biroz yashil tusli, tiniq. Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat rangsiz yoki biroz yashil tusli, tiniq. Tabletkalar Oq yoki deyarli oq rangli, disk shaklida, chetlari qiya, bir tomonida «10 mg» yozuvi, ikkinchi tomonida chiziqchasi bo'lgan tabletkalar. Dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli, bir tomonida "N83" gravirovkasi bo'lgan, dispertsiyalanuvchi tabletkalar.
Maxsus ko‘rsatmalari
Alohida ogohlantirish va ehtiyotkorlik choralari
Uzaygan QT intervali sindromining borligi va QT intervalning uzayishini chaqiruvchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilinganda vaqtivaqti bilan EKG nazoratini o'tkazish tavsiya etiladi.
Har bir kavinton® Komforte 10 mg, tabletkasida 1,28 mg aspartam, fenilalanin asosi saqlanadi, shuning uchun uni fenilketonuriyasi bo'lgan pasientlarda qo'llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Homiladorlik paytida va emizish davrida, shuningdek, ishonchli kontratsepsiya usulini qo'llamaydigan, tug'ilish saqlanib qolgan ayollarda, vinposetinni qo'llash mumkin emas.
Homiladorlik
Vinposetin yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi va shuning uchun uni homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin emas. Bunda preparatning yo'ldosh va homila qonidagi kontsentrasiyasi, homilador ayolning qonidagidan past. Katta dozalarini yuborilishida plasentar qon oqimini kuchayishi natijasida plasentar qon ketishlari va homila tushishi hollari kuzatilishi mumkin.
Emizish davri
Bir soat davomida ko'krak sutiga preparatning qabul qilingan dozasining 0,25% o'tadi. Preparatni qo'llash vaqtida emizishni to'xtatish kerak.
Transport vositalari va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Vinposetinning mexanizmlarni haydash va boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o'rganish yuzasidan tadqiqotlar o'tkazilmagan. Ko'rish buzilishi, bosh aylanishi va nerv tizimi tomonidan boshqa buzilishlar rivojlanishida yuqori diqqat va psixomotor tezlik reaktsiyalarini talab qiluvchi harakatlardan saqlanish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Davolash kursi va dozasi shifokor tomonidan belgilanadi.
Preparatni ovqat qabul qilgandan keyin ichga qabul qilish kerak. Preparatning sutkalik dozasi 30 mg ni (10 mg bir tabletkadan kuniga 3 marta) tashkil qiladi. Terapevtik samara preparatni qabul qilishni boshlagandan keyin taxminan bir hafta o'tgandan so'ng rivojlanadi.
Kavinton® Komforte tabletkalarni ko'p bo'lmagan miqdordagi suv bilan butunligicha yutib yuborish mumkin, yutish qiyinlashishida tabletkani so'rilishi uchun tilda qoldirish kerak.
Agar pasientga kavinton® Komforte tabletkasining ta'mi yoqsa, uni shimish mumkin.
Buyrak va jigar faoliyatini buzilishi bo'lgan pasientlar: doza tuzatish kiritish talab etilmaydi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
















